{"id":53085,"date":"2026-10-06T08:10:36","date_gmt":"2026-10-06T03:10:36","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53085"},"modified":"2026-10-06T08:14:53","modified_gmt":"2026-10-06T03:14:53","slug":"gunohi-kabira-qilgan-kishi-shafoat-qilinadimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53085&lang=oz","title":{"rendered":"GUNOHI KABIRA QILGAN KISHI SHAFOAT QILINADIMI?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>(\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari asosida)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shafoat \u2013 qiyomat kuni boshqa birov uchun manfaat keltirish yoki zararni daf qilishda vositachi bo\u02bblishdir. Shafoatning barchasi yolg\u02bbiz Allohning ixtiyoridadir. U Alloh taoloning mo\u02bbmin bandalar uchun beradigan buyuk ne\u02bcmatidir. Har bir mo\u02bbmin banda qiyomat kuni shafoatdan nasibador bo\u02bblishga umid qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi farishtalar ba\u02bczi odamlarni va ba\u02bczi odamlar ham ba\u02bczilarini shafoat qiladi. Payg\u02bbambarlar o\u02bbz ummatlarini shafoat qiladi. Ba\u02bczi ota-onalar o\u02bbz farzandlarini shafoat qiladi. Ba\u02bczi farzandlar o\u02bbz ota-onasini shafoat qiladi. Eng katta shafoat egasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdir. Alloh taolo: <strong>\u201cShoyad, Robbing seni maqtalgan maqomda tiriltirsa\u201d<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/strong>, degan. Sahoba va tobeinlarning katta qismi \u201cmaqtalgan maqomda\u201d degan iborani \u201cshafoat maqomi\u201d, deb tafsir qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga ko\u02bbra, Alloh taolo gunohi kabira qilgan kishini shafoatsiz ham kechirishi mumkin. Shunday ekan uning Payg\u02bbambarlar va solihlarning shafoati bilan kechirilishi undan ham afzalroq sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbtazilalar nazdida gunohi kabira qilgan kishini shafoat qilish mumkin emas. Ular: \u201cGunohi kabira qilgan kishi fosiqdir, mo\u02bbmin ham, kofir ham emas. U ikki manzil orasida bo\u02bbladi. Toat-ibodatlari foyda bermaydi. Uning afv va mag\u02bbfirat qilinishi mumkin bo\u02bblmaydi\u201d, deydi. Ularning nazdida uni kechirish xuddi kofirni kechirishga o\u02bbxshaydi. Bu noto\u02bbg\u02bbridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\"> \ufd3f\u064a\u064e\u0648\u0652\u0645\u064e \u0646\u064e\u062d\u0652\u0634\u064f\u0631\u064f \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u062a\u0651\u064e\u0642\u0650\u064a\u0646\u064e \u0625\u0650\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u0650 \u0648\u064e\u0641\u0652\u062f\u064b\u0627 (85) \u0648\u064e\u0646\u064e\u0633\u064f\u0648\u0642\u064f \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u062c\u0652\u0631\u0650\u0645\u0650\u064a\u0646\u064e \u0625\u0650\u0644\u064e\u0649 \u062c\u064e\u0647\u064e\u0646\u0651\u064e\u0645\u064e \u0648\u0650\u0631\u0652\u062f\u064b\u0627 (86) \u0644\u064e\u0627 \u064a\u064e\u0645\u0652\u0644\u0650\u0643\u064f\u0648\u0646\u064e \u0627\u0644\u0634\u0651\u064e\u0641\u064e\u0627\u0639\u064e\u0629\u064e \u0625\u0650\u0644\u0651\u064e\u0627 \u0645\u064e\u0646\u0650 \u0627\u062a\u0651\u064e\u062e\u064e\u0630\u064e \u0639\u0650\u0646\u0652\u062f\u064e \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u0650 \u0639\u064e\u0647\u0652\u062f\u064b\u0627 (87) \ufd3e <\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cTaqvodorlarni Rahmon huzuriga mehmon hay\u02bcati etib to\u02bbplagan kunimizda. Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz. Ular shafoatga molik bo\u02bblmaslar. Magar kim Rahmon huzurida ahdu paymon olgan bo\u02bblsa <\/strong>(molik bo\u02bblur)<strong>\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>, <\/strong>degan. Gunohi kabira egasi esa Rahmonning huzurida imon va tavhid bilan ahdu paymon olgandir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKim \u201cLaa ilaaha illalloh\u201d deb, U Zotga biror narsani sherik qilmasa, u Rahmonning huzurida ahdu paymon olgandir\u201d, <\/em><\/strong>deganlar<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Demak, ushbu oyat gunohi kabira egasini ham qamrab oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo yana:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\"> \ufd3f\u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u064a\u064e\u0634\u0652\u0641\u064e\u0639\u064f\u0648\u0646\u064e \u0625\u0650\u0644\u0651\u064e\u0627 \u0644\u0650\u0645\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0631\u0652\u062a\u064e\u0636\u064e\u0649\ufd3e <\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cU<\/strong>(farishta)<strong>lar faqat U Zot rozi bo\u02bblgan shaxslarnigina shafoat qilurlar\u201d<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, <\/strong>degan. Gunohi kabira egasi esa imoni, toati va tavhidi sababli Alloh taolo rozi bo\u02bblgan shaxslardan hisoblanadi. Mo\u02bbmindagi tavhid uni Alloh rozi bo\u02bblganlar ahlidan qiladigan eng ulug\u02bb toatdir. Xabarda: <strong><em>\u201cTarozining bir pallasiga yetti osmon, bir pallasiga \u201cLaa ilaaha illalloh\u201d kalimasi qo\u02bbyilsa, \u201cLaa ilaaha illalloh\u201d kalimasi og\u02bbir keladi\u201d,<\/em><\/strong> deyilgan<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cMening shafoatim ummatimning gunohi kabira qilganlari uchundir\u201d,<\/em><\/strong> deganlar. Bu mashhur hadis. Boshqa hadisda u zot: <strong><em>\u201cQiyomat kuni mening shafoatim bilan eng saodatli bo\u02bbladigan insonlar \u2013 qalbidan xolis holda \u201cLa ilaha illalloh\u201d, deb aytganlardir\u201d, <\/em><\/strong>deganlar. Yana bir hadisda:<strong> <em>\u201cUmmatimdan bir kishining shafoati bilan Bani Tamimdan ham ko\u02bbproq kishi jannatga kiradi\u201d,<\/em> <\/strong>deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilganda, gunohi kabira qilgan kishi ham shafoat qilinishi joiz sanaladi. U Allohning rahmati va shafoat qiluvchilarning shafoati bilan mag\u02bbfirat qilinib, bir yo\u02bbla jannatga kirishi yoki qilgan gunohlariga yarasha do\u02bbzaxda azoblanib, so\u02bbng jannatga kirishi joizdir. Ya\u02bcni, gunohkor mo\u02bbminlar do\u02bbzaxda abadiy qolmaydi. Kofirlar esa do\u02bbzaxda abadiy qoladi va mag\u02bbfirat qilinmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Isro surasi, 79-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Maryam surasi, 85-87-oyatlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Abul Barakot Nasafiy. Al-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod. Dr.Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. \u2013 Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011. \u2013B.419.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Anbiyo surasi, 28-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Shujouddin Turkistoniy. Sharhul aqidatit Tahoviyya. \u2013Ummon: \u201cDor an-nur\u201d, 2022. \u2013B.150.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ravshan ELMURODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>(\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari asosida) Shafoat \u2013 qiyomat kuni boshqa birov uchun manfaat keltirish yoki zararni daf qilishda vositachi bo\u02bblishdir. Shafoatning barchasi yolg\u02bbiz Allohning ixtiyoridadir. U Alloh taoloning mo\u02bbmin bandalar uchun beradigan buyuk ne\u02bcmatidir. Har bir mo\u02bbmin banda qiyomat kuni shafoatdan nasibador bo\u02bblishga umid qiladi. Ba\u02bczi farishtalar ba\u02bczi odamlarni va ba\u02bczi odamlar ham ba\u02bczilarini shafoat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53087,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53085"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53085"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53085\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53086,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53085\/revisions\/53086"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53087"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53085"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53085"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53085"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}