{"id":53037,"date":"2026-10-05T11:35:24","date_gmt":"2026-10-05T06:35:24","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53037"},"modified":"2026-10-04T18:07:41","modified_gmt":"2026-10-04T13:07:41","slug":"imom-buxoriy-merosida-halol-rizq-va-ijtimoiy-adolat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53037&lang=oz","title":{"rendered":"Imom Buxoriy merosida halol rizq va ijtimoiy adolat"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson hayotida rizq va uni topish manbalari azaldan muhim ijtimoiy va axloqiy masalalardan biri bo\u02bblib kelgan. Moddiy ehtiyojlarni qondirish, kasb-hunar egallash, savdo-sotiq qilish va oila farovonligini ta\u02bcminlash har bir shaxsning tabiiy intilishidir. Islom ta\u02bclimotida bu jarayon faqat boylik orttirish vositasi sifatida emas, balki halollik, poklik hamda adolat mezonlari asosida baholanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cEy imon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Ungagina ibodat qiladigan bo\u02bblsangiz\u201d (Baqara surasi 172). Mazkur oyatdagi \u201cpok narsalar\u201d tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. Mufassirlar ushbu ko\u02bbrsatmani faqat iste\u02bcmol qilinadigan oziq-ovqatning shar\u02bcan ruxsat etilgani bilan cheklamaydilar. Eng muhimi, rizqning qanday manba va usul orqali topilgani nazarda tutiladi. Ya\u02bcni, inson daromadiga firibgarlik, poraxo\u02bbrlik, o\u02bbg\u02bbirlik, zulm va boshqalarning haqi aralashmagan bo\u02bblishi lozim. Oyatdan anglashiladiki, \u201crizqning mavjudligi\u201dning o\u02bbzi kifoya emas, uning manbai va topilish yo\u02bbli insonning ma\u02bcnaviy va axloqiy mas\u02bculiyatini belgilaydi. Pok manbadan kelgan rizq insonning ichki dunyosini va jamiyatdagi munosabatlarini sog\u02bblomlashtiruvchi asosiy negizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk muhaddis Imom Buxoriyning ma\u02bcnaviy va ilmiy merosida halol rizq va ijtimoiy adolat tushunchalari bir-birini to\u02bbldiruvchi yaxlit tizim sifatida ilgari surilgan. \u201cAl-jomi\u02bc as-Sahih\u201d asarida Miqdom roziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadis keltiriladi: \u201cHech bir kishi o\u02bbz qo\u02bbli bilan mehnat qilib topgan taomidan ko\u02bbra yaxshiroq rizq yegan emas. Allohning payg\u02bbambari Dovud alayhissalom ham o\u02bbz qo\u02bbl mehnati bilan taomlanar edilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur hadisning \u201cSahihul Buxoriy\u201dning \u201cKitobul bay\u02bc\u201d (savdo-sotiq) bo\u02bblimida, aynan \u201cKishining o\u02bbz qo\u02bbli va mehnati bilan topgan kasbi haqidagi bob\u201dda keltirilishi chuqur ma\u02bcnoga ega. Bu islomda mehnatga axloqiy va ijtimoiy yuksak qadriyat sifatida qaralishini ko\u02bbrsatadi. Mehnat \u2013 shunchaki moddiy manfaat olish vositasi emas, balki o\u02bbzgalarga muhtoj bo\u02bblmay sharaf bilan yashash manbaidir. Hadisda payg\u02bbambarlik va podshohlik maqomi berilgan Dovud alayhissalomning o\u02bbz qo\u02bbl mehnati bilan rizq topgani misol qilib keltirilishi halol kasb-hunar inson qadr-qimmatini yuksaltirishini anglatadi. \u201cSahihul Buxoriy\u201dning \u201cKitabul Ijora\u201d (ijara va yollanish kitobi), mardikorning ish haqini bermagan kishining gunohi bobida birovning haqiga dahl qilinishi quyidagi \u201chadisi qudsiy\u201d orqali qattiq taqib qilingan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: \u201cAlloh taolo aytdi: \u201cQiyomat kuni Men uch toifa kishiga qarshi da\u02bcvogar bo\u02bblaman&#8230; (shulardan biri) bir mardikorni ishga yollab, undan to\u02bbliq foydalanib, so\u02bbng haqini bermagan kishidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda ishchining haqini bermaslik oddiy ma\u02bcmuriy kamchilik sifatida emas, balki nihoyatda og\u02bbir axloqiy jinoyat sifatida ko\u02bbrsatiladi. Chunki ish beruvchi ishchining mehnatidan foydalangan, uning mehnati natijasini olgan, ammo uning haqini bermagan. Bu holatda bir tomon boylik yoki foydaga ega bo\u02bbladi, ikkinchi tomon esa o\u02bbz mehnati uchun belgilangan haqdan mahrum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisning yana bir muhim jihati shundaki, unda \u201cmehnatini to\u02bbliq olgan\u201d mazmuni mavjud. Ya\u02bcni, ish beruvchi ishchidan o\u02bbz vazifasini bajarishni talab qilgan, ishchi esa o\u02bbz majburiyatini ado etgan. Shunday ekan, ish beruvchining majburiyati ham ish haqini berish bilan tugaydi. Bu o\u02bbzaro majburiyat va mas\u02bculiyat tamoyilidir. Mazkur hadis zamonaviy mehnat munosabatlari uchun ham muhim axloqiy mezon beradi. Mehnat shartnomasida belgilangan haqni o\u02bbz vaqtida to\u02bblash, ishchining mehnatini asossiz kamaytirib baholamaslik, uning mehnatidan foydalanib, keyin haqini kechiktirmaslik ijtimoiy adolatning asosiy talablaridan biridir. Imom Buxoriy merosida mehnat munosabatlari ikki tomonlama mas\u02bculiyat asosida quriladi: ishchi o\u02bbz vazifasini halol va sidqidildan bajaradi; ish beruvchi esa uning haqini adolatli ravishda beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bayozxon MAHMUDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cZarafshon\u201d gazetasi 3-oktyabr 86-soni<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson hayotida rizq va uni topish manbalari azaldan muhim ijtimoiy va axloqiy masalalardan biri bo\u02bblib kelgan. Moddiy ehtiyojlarni qondirish, kasb-hunar egallash, savdo-sotiq qilish va oila farovonligini ta\u02bcminlash har bir shaxsning tabiiy intilishidir. Islom ta\u02bclimotida bu jarayon faqat boylik orttirish vositasi sifatida emas, balki halollik, poklik hamda adolat mezonlari asosida baholanadi. \u201cEy imon keltirganlar! Sizlarga rizq &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53038,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53037"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53039,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53037\/revisions\/53039"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53038"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}