{"id":53001,"date":"2026-10-02T09:52:19","date_gmt":"2026-10-02T04:52:19","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53001"},"modified":"2026-10-02T09:52:19","modified_gmt":"2026-10-02T04:52:19","slug":"globallashuv-jarayonida-tinchlik-va-barqarorlikni-ta%ca%bcminlashda-islom-dinining-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53001&lang=oz","title":{"rendered":"GLOBALLASHUV JARAYONIDA TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA\u02bcMINLASHDA ISLOM DININING O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XXI asr \u2014 axborot va texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi, chegaralarning globallashuv natijasida davlatlar o\u02bbrtasida xalqaro aloqalarning rivojlanishi bilan tus olgani tavsiflanadi. Bir tomondan, globallashuv xalqlarning yaqinlashishi va hamkorligiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, milliy-ma\u02bcnaviy qadriyatlarga xavf soluvchi, ommaviy madaniyat, har xil tahdidlar, ekstremizm va islomofobiya kabi illatlarni keng yoyilishiga xizmat qiladigan tahdidlarni keltirib chiqarmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining asl mohiyati \u2014 tinchlik, bag\u02bbrikenglik hamda mo\u02bbtadil hayot tarzini tushuntirish va amaliyotga tatbiq etish hayotiy zaruratdir. Bu to\u02bbg\u02bbrisida Prezident Shavkat Mirziyoyev shunday deb ta\u02bckidlagan: \u201cDunyo miqyosida raqobat tobora keskin va shafqatsiz tus olayotgani, barqarorlikka nisbatan tahdidlar jiddiy tus olayotgani bizni doimo hushyor va ogoh bo\u02bblib yashashga, farzandlarimizni jismoniy va ma\u02bcnaviy barkamol etib tarbiyalashdek g\u02bboyat mas\u02bculiyatli ishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat berishga da\u02bcvat etmoqda. Zero, islom dini \u2013 avvalo, tinchlik va do\u02bbstlik, ahillik va birdamlik, bilim va ma\u02bcrifat dinidir. Mana shu oliy haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz lozim\u201d<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda shiddat bilan o\u02bbzgarib borayotgan global siyosiy manzara insoniyat oldida turli xarakterdagi murakkab tahdid va sinovlarni namoyon etmoqda. Xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar, mafkuraviy bo\u02bbhronlar, iqtisodiy tengsizliklar hamda ma\u02bcnaviy-axloqiy bo\u02bbshliqlardan o\u02bbzlarining g\u02bbarazli maqsadlari yo\u02bblida foydalanishga urinayotgan yovuz kuchlarning mavjudligi jamiyat barqarorligiga jiddiy xavf hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu xatarlar jamiyatda turli ko\u02bbrinish va shakllarda zohir bo\u02bblayotgani, bugungi dunyoning siyosiy manzarasi o\u02bbzgarib borayotganligida aks etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi globallashuv davrida transmilliy tahdidlar davlatlar chegaralarini tan olmay, butun insoniyatga qarshi qaratilgan global xavfga aylanib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning asosiy ko\u02bbrinishlari quyidagilardan iborat:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Iqtisodiy tengsizlik va qashshoqlik: <\/em>Dunyo miqyosida resurslarning adolatsiz taqsimlanishi, ishsizlik va ijtimoiy adolatsizlik muayyan qatlamlarning noroziligini keltirib chiqarmoqda. Axborot almashinuvi tezlashgan davrda dunyo siyosati qanday o\u02bbzgarib borayotganini bugungi zamon ahli kuzatib turibdi. Bu vaziyatdan g\u02bbarazli maqsadli toifalar, siyosiy-ijtimoiy holatni izdan chiqarish uchun foydalanishga urinmoqda. Ayniqsa, radikallashgan shaxslar ana shu ijtimoiy zaiflikdan foydalanib, yoshlarni moddiy manfaatdorlik yoki aldov yo\u02bbli bilan o\u02bbz safiga og\u02bbdirishga bor imkoniyati bilan harakat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy bo\u02bbshliq va yot g\u02bboyalar targ\u02bbiboti:<\/em> Mafkuraviy immunitetning zaifligi, milliy-diniy qadriyatlardan yiroqlashish jamiyatda yot g\u02bboyalarning ildiz otishiga zamin yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining ezgu g\u02bboyalarini buzib ko\u02bbrsatib, uni siyosiy qurolga aylantirmoqchi bo\u02bblgan radikal guruhlar jamiyatlararo nizo va adovat urug\u02bbini sepishga harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi Karimda yer yuzida buzg\u02bbunchilik qilish va tinchlikni buzish qattiq qoralanib, shunday deyiladi: <strong>\u201c<\/strong><strong>Biror jonni o\u02bbldirmagan yoki Yerda (buzg\u02bbunchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni o\u02bbldirgan odam xuddi hamma odamlarni o\u02bbldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o\u02bblimdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir\u201d<\/strong><strong>.<\/strong> Bu oyat inson hayoti va jamiyat osoyishtaligi naqadar oliy qadriyat ekanini, har qanday transmilliy va g\u02bbarazli xatarlar insoniyatning eng asosiy huquqiga tajovuz qilishini yaqqol ko\u02bbrsatadi<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida tinchlik va totuvlik ustuvor g\u02bboya etib belgilangan. Islom tinchlik, bag\u02bbrikenglik va insonparvarlik dini hisoblanadi. Jamiyatdagi mavjud davlat tuzumi, qonun-qoidalar va ijtimoiy barqarorlikni inkor etib, fitna chiqarish shariat hukmiga ziddir. Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyat qilgan sahih hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jamiyatda itoatkorlik, tinchlikni saqlash va fitnalardan uzoqlashishga chaqirganlar. Jumladan, hadisi sharifda shunday deyiladi: <em>\u201c<\/em><em>Kim jamoatdan bir qari<\/em><em>ch<\/em><em> miqdoricha ajralsa, bas, u haqiqatan ham Islom halqasini bo\u02bbynidan yechib tashlagan bo\u02bbladi<\/em>\u201d<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Bu hadis jamiyat birdamligini saqlash, davlat va jamiyat manfaatlari yo\u02bblida ahil yashash har bir fuqaroning burchi ekanini anglatadi. Shu bilan birga doimo ko\u02bbpchilik bo\u02bblib, xayrli ishlarda birdam bo\u02bblib, ko\u02bbpchilikdan ajralib ish qilishdan qaytaradi. Hatto, jamoatdan ajralgan kishini islom libosini yechgan (islomdan chiqish) bilan barobar ko\u02bbrilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Global va transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishda kompleks yondashuv va ma\u02bcrifiy raddiya talab etiladi. Zero, bu tahdidlar ko\u02bblami kengayib, zamon va makon hamda millat va til tanlamas darajada xatarga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yosh avlodni yuksak ma\u02bcnaviyatli, vatanga sadoqatli, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan insonlar etib tarbiyalash, sog\u02bblom jamiyatning barqarorligini ta\u02bcminlaydi. Bu ishlar yoshlar ongida yot g\u02bboyalarga nisbatan sog\u02bblom tanqidiy fikrlash va ma\u02bcrifiy immunitetni hosil qilish orqali bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi dunyoning murakkab siyosiy manzarasida yuzaga kelayotgan har qanday tahdid va xatarlarga qarshi kurashishning eng samarali yo\u02bbli bu \u2013 ta\u02bclim, ilm-fan va ma\u02bcrifatdir. Islom dini ta\u02bclimotiga ko\u02bbra, jaholatga qarshi faqat ilm bilan, zo\u02bbravonlikka qarshi esa adolat va ezgulik bilan kurashmoq lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Globallashuv sharoitida din omili geosiyosiy va ijtimoiy-psixologik jarayonlarning muhim obyektiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda xalqaro maydonda din bilan bog\u02bblab ko\u02bbrsatilayotgan muammolar to\u02bbrtta asosiy yo\u02bbnalishda namoyon bo\u02bblayotganini kuzatish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Diniy radikalizm va <\/em><em>mutaassiblashuv<\/em>: Diniy matnlarni tahrir va kontekstdan uzgan holda talqin qilish va siyosiy maqsadlarga moslashtirish kabi holatlarda ko\u02bbrilmoqda. Bu jarayon G\u02bbarb dinshunosi Oliviyer Roy ta\u02bckidlaganidek: &#8220;Hozirgi davrda Islomning radikallashuvi emas, balki radikalizmning islomlashuvi ro\u02bby bermoqda&#8221;,- dedi<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Islomofobiya<\/em><em>ning avj olishi<\/em>: BMT Xalqaro Inson huquqlari Kengashi hisobotlarida, G\u02bbarb jamiyatlarida islomofobiya institutsional kamsitish va diniy ozchiliklar huquqlarini poymol qilish darajasiga yetganligi ta\u02bckidlanadi<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Diniy muqaddas kitoblarni yoqish, dindorlar e\u02bctiqodini mensimaslik, masjidlar va ibodatxonalarga har xil tahdidlar ko\u02bbrinishida namoyon bo\u02bblmoqda. Bundan maqsad jamiyatda diniy va milliy ziddiyatlarni keltirib chiqarish bo\u02bblib, butun jamiyatga qaratilgan xatar sifatida ko\u02bbriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Raqamli radikallashuv<\/em>: Telegram, ijtimoiy tarmoqlar va AI texnologiyalari orqali rasmiy diniy muassasalar va soha mas\u02bcullarini chetlab o\u02bbtgan holda &#8220;onlayn da\u02bcvat&#8221; va tarmoqli radikallashuvning avj olishi ham jamiyat va ayniqsa, yoshlar uchun xatarli vaziyatlarni keltirib chiqaradi<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Bu tuzoq sifatida ko\u02bbrilib, unga avvalo, ilmsiz yoshlar, dinga moyil qatlam va jamiyatda o\u02bbz o\u02bbrnini topishda qiynalayotgan shaxslar o\u02bblja bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Dinsizlik <\/em><em>va diniy qadriyatlar t<\/em><em>o\u02bb<\/em><em>qnashuvi<\/em>: Ma\u02bcnaviy-diniy qadriyatlarni mutlaq inkor etuvchi qarashlar hamda jamiyat modernizatsiyasini rad etuvchi islomiy qarashlar (aqidaparastlik) o\u02bbrtasidagi tafovutlar ham globallashuv jarayonida turli kelishmovchilik va xatarli ishlarni keltirib chiqarishga sabab bo\u02bbladi. Bu kabi xatarli holatlar ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan, jamiyatga sezilarsiz kirib borayotgan, aholini asta-sekinlik bilan o\u02bbziga jalb etib borayotgan \u201cko\u02bbzga ko\u02bbrinmas\u201d xavf sifatida ko\u02bbrilishi lozim bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida tahlil qilingan xatarlarni bartaraf etishda hanafiy fiqhi va moturidiy kalom maktabining boy merosi eng samarali ma\u02bcrifiy qalqon bo\u02bblib xizmat qiladi. Zero, bu manbalarda siyosiy jarayonda itoat, rahbarlikda adolat, \u00a0ixtiloflarda jamoat lozim tutilishi ta\u02bckidlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini o\u02bbzining tub mohiyatiga ko\u02bbra tinchlik, xavfsizlik va bag\u02bbrikenglik dinidir. Globallashuv davrida yuzaga kelayotgan diniy radikalizm, raqamli radikallashuv va islomofobiya kabi tahdidlarga qarshi kurashda \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u201d hamda bag\u02bbrikenglikka asoslangan Islom dinining muqaddas manbalari, allomalarimizning boy ma\u02bcnaviy merosi muhim nazariy va amaliy manba bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Shavkat Mirziyoyev. 2021-yil 21-may Ramazon tabrigidagi nutqidan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Moida surasi, 32-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Termiziy. Sunani Termiziy, 2864-hadis. Buxoriy. Sahihul Buxoriy, 7054-hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Roy, O. Globalized Islam: The Search for a New Ummah. \u2014 New York: Columbia University Press, 2004.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> UN Human Righs Council. Countering Islamophobia\/Anti-Muslim Hatred to Yeliminate Discrimination and Intolerance Based on Religion or Beliyef. Report A\/HRC\/46\/30, 2021.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Neumann, P. R. Radicalized: New Jihadiss and the Threat to the West. \u2014 London: I.B. Tauris, 2016.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukurillo UMAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo\u02bblim boshlig\u02bbi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XXI asr \u2014 axborot va texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi, chegaralarning globallashuv natijasida davlatlar o\u02bbrtasida xalqaro aloqalarning rivojlanishi bilan tus olgani tavsiflanadi. Bir tomondan, globallashuv xalqlarning yaqinlashishi va hamkorligiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, milliy-ma\u02bcnaviy qadriyatlarga xavf soluvchi, ommaviy madaniyat, har xil tahdidlar, ekstremizm va islomofobiya kabi illatlarni keng yoyilishiga xizmat qiladigan tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Islom dinining asl &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53002,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53001"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53001"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53001\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53003,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53001\/revisions\/53003"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53002"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53001"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53001"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53001"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}