{"id":52962,"date":"2026-09-30T09:22:44","date_gmt":"2026-09-30T04:22:44","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52962"},"modified":"2026-09-30T09:22:44","modified_gmt":"2026-09-30T04:22:44","slug":"ustozga-ehtirom-kelajak-avlodga-ehtirom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52962&lang=oz","title":{"rendered":"Ustozga ehtirom \u2014 kelajak avlodga ehtirom"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm-ma\u02bcrifat taraqqiyoti, avvalo, ustozning jamiyatdagi maqomi va shogirdning unga bo\u02bblgan hurmatidan boshlanadi. Zero, ustoz insonni jaholat zulmatidan ma\u02bcrifat ziyosiga yetaklaydigan, uning qalbi va tafakkurini kamolga yetkazadigan ulug\u02bb zotdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insoniyat tarixida ustoz va murabbiylarning o\u02bbrni hamisha beqiyos bo\u02bblib kelgan. Zero, insonning jismonan voyaga yetishida ota-onasi sababchi bo\u02bblsa, uning ma\u02bcnan yuksalishi, dunyoqarashi kengayishi va hayotda o\u02bbz o\u02bbrnini topishida ustozlarning xizmati alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqimizda bejizga \u201cUstoz otangdek ulug\u02bb\u201d deyilmagan. Ota-ona insonni dunyoga keltirsa, ustoz uni ilm, odob va ma\u02bcrifat orqali yuksaklikka ko\u02bbtaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois ajdodlarimiz merosida ustozlarga bo\u02bblgan hurmat va ehtirom alohida qadrlangan. Islom dini ham ilm olish, ilm o\u02bbrgatish va ilm ahlini e\u02bczozlashga yuksak maqom bergan. Qur\u02bconi karimning ilk nozil bo\u02bblgan oyatlari \u00abIqro\u00bb \u2014 \u201cO\u02bbqi!\u201d amri bilan boshlanishi ham ilm-ma\u02bcrifatning inson hayotidagi beqiyos o\u02bbrnini namoyon etadi. Muqaddas manbalarda ilmli inson bilan ilmsiz kishi teng bo\u02bblmasligi ta\u02bckidlanib, ilm yo\u02bblida xizmat qiluvchilarning fazilati ulug\u02bblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, ilm beruvchi va ilm oluvchi ezgulik yo\u02bblida hamkor bo\u02bblgan ikki insondir. Ularning mushtarak maqsadi \u2014 insonni kamolotga yetaklash, jamiyatga manfaat keltirish va ma\u02bcrifat ziyosini keng yoyishdan iborat. Shu ma\u02bcnoda, ustozlik shunchaki kasb emas, balki insoniyat kelajagi uchun mas\u02bculiyatni zimmasiga olish demakdir.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozning maqomi \u2014 jamiyat taraqqiyotining mezoni<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday taraqqiyotning zamirida ilm-fan, ma\u02bcrifat va ta\u02bclim-tarbiya turadi. Qaysi jamiyatda ustozning qadri baland bo\u02bblsa, o\u02bbsha yurtda ilm-fan, madaniyat va ma\u02bcnaviyat ravnaq topadi. Chunki bugun jamiyatning turli jabhalarida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis, olim, rahbar yoki ziyoli, avvalo, ustozlar qo\u02bblida ta\u02bclim-tarbiya olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tariximizdagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga nazar tashlasak, ilm ahliga ko\u02bbrsatilgan ehtirom, olimlarning jamiyat hayotidagi yuksak mavqei taraqqiyotning muhim omillaridan biri bo\u02bblganini ko\u02bbramiz. Somoniylar davrida shakllangan ilmiy-ma\u02bcrifiy muhit hamda Amir Temur va temuriylar zamonida ilm-fan ahliga ko\u02bbrsatilgan e\u02bctibor buning yorqin misolidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sohibqiron Amir Temur olimlar bilan maslahatlashib ish tutishni muhim sanagan. Ularning fikr-mulohazalarida to\u02bbg\u02bbrilik va hikmat borligini e\u02bctirof etib, ilm ahlining suhbatini qadrlagan. Bu tarixiy tajriba shuni ko\u02bbrsatadiki, davlat va jamiyat ravnaqi ilmli insonlarning salohiyati, maslahatlari va ma\u02bcnaviy rahnamoligi bilan chambarchas bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi Yangi O\u02bbzbekiston sharoitida ham ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, ta\u02bclim sifatini oshirish va yosh avlod kamoloti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda. Zero, ustozning maqomini ko\u02bbtarish \u2014 kelajakning maqomini ko\u02bbtarishdir. Uchinchi Renessans bunyodkorlarini ham bugungi fidoyi ustozlar tarbiyalaydi.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustoz \u2014 nafaqat bilim, balki hayot maktabi<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozning vazifasi faqat dars berish, muayyan fan sirlarini o\u02bbrgatish bilan cheklanmaydi. U shogirdiga xulqi, odobi, muomalasi, kiyinish madaniyati, so\u02bbzlashuvi va hayotga munosabati bilan ham namuna bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, shogird ko\u02bbpincha ustozining nafaqat aytgan so\u02bbzlarini, balki kundalik xatti-harakatlarini ham o\u02bbzlashtiradi. Shu sababli ustozlik mas\u02bculiyati sinfxona yoki auditoriya bilan chegaralanmaydi. Ustoz qayerda bo\u02bblmasin, o\u02bbzining yuksak axloqi va namunali xulqi bilan boshqalarga ibrat ko\u02bbrsatishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom A\u02bczam Abu Hanifa rahmatullohi alayh ustoz va shogird munosabatiga alohida e\u02bctibor qaratib, ustoz shogirdini o\u02bbz farzandidek ko\u02bbrishi zarurligini ta\u02bckidlaganlar. Bu fikr ta\u02bclim jarayonida mehr, ishonch va o\u02bbzaro hurmat naqadar muhim ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, ustozlik sharafli bo\u02bblishi barobarida nihoyatda mas\u02bculiyatli kasb hamdir. Chunki ustozning bugungi mehnati ertangi jamiyatning qiyofasini belgilaydi. Uning qo\u02bblida tarbiya topgan yoshlar kelajakda xalq va Vatan ravnaqi yo\u02bblida xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ajdodlarimiz merosida ustozga sadoqat va ehtirom<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk allomalarimiz hayotiga nazar tashlasak, ularning ilmiy kamolotida ustozlarga bo\u02bblgan yuksak hurmat va sadoqat muhim o\u02bbrin tutganini ko\u02bbramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrat Ali roziyallohu anhuga nisbat beriladigan \u201cKim menga bir harf o\u02bbrgatsa, men unga qul bo\u02bblishga ham tayyorman\u201d mazmunidagi hikmat ilm o\u02bbrgatuvchining haqqi naqadar ulug\u02bb ekanini ifodalaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom A\u02bczam Abu Hanifa rahmatullohi alayh ustozlari Hammad ibn Sulaymonning uylariga qarab oyoq uzatmaganlarini, ustozlari vafotidan keyin ham ularni duolarida muntazam yod etganlarini ta\u02bckidlaganlar. Imom Molik ibn Anas esa ustozlari huzurida kitob varaqlashda ham ehtiyotkor bo\u02bblib, ularning ko\u02bbngillariga ozor yetkazmaslikka intilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning ilm talabida ko\u02bbplab ustozlardan saboq olgani ham ilm yo\u02bblidagi kamolotning muhim sharti izlanish, ustozlarga murojaat qilish va ulardan ta\u02bclim olish ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ulug\u02bb zotlarning hayoti bizga bir haqiqatni anglatadi: ilmning yuksak darajalariga erishish uchun faqat iste\u02bcdod va mehnatning o\u02bbzi kifoya qilmaydi. Bunda ustozga hurmat, samimiy niyat, odob va ilmga sadoqat ham muhim o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozni qadrlash \u2014 uning ilmini qadrlashdir<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda yoshlar uchun ilm olish imkoniyatlari kengayib, ta\u02bclim tizimida muhim o\u02bbzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda shogirdlar zimmasidagi eng muhim vazifalardan biri \u2014 ustozlarni hurmat qilish, ularning bilim va tajribasidan unumli foydalanishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrim hollarda ustozlarning kamchiliklarini izlash, ularni muhokama qilish yoki ijtimoiy tarmoqlarda obro\u02bbsizlantirish holatlariga duch kelinadi. Vaholanki, ustozning biror xatosi yoki kamchiligi mavjud bo\u02bblsa, uni omma oldida sharmanda qilish emas, balki odob doirasida, xolis niyat bilan o\u02bbziga bildirish maqsadga muvofiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali insonning sha\u02bcni va qadr-qimmatiga putur yetkazish, uning obro\u02bbsini to\u02bbkish jamiyatda o\u02bbzaro ishonch va hurmat muhitiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Ustozga nisbatan hurmat, eng avvalo, uning shaxsini emas, balki ilm va ma\u02bcrifat yo\u02bblidagi xizmatini qadrlashdan boshlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm olishda odobning o\u02bbrni beqiyos. Zero, ilmni egallash boshqa, undan baraka topish boshqa. Inson olgan bilimini ezgulik yo\u02bblida qo\u02bbllashi, umrining oxirigacha o\u02bbrganganlariga amal qilishi va jamiyatga manfaat keltirishi bilan ilmning haqiqiy samarasiga erishadi. Bu yo\u02bblda ustozlarning duosi, roziligi va tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-ona va ustoz \u2014 farzand tarbiyasidagi mushtarak mas\u02bculiyat<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yosh avlod tarbiyasida ota-ona va ustoz hamkorligi muhim o\u02bbrin tutadi. Farzand ta\u02bclim-tarbiyasini ustozga ishonib topshirgan ota-ona uning mehnati va mas\u02bculiyatini ham qadrlashi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir o\u02bbquvchining fe\u02bcl-atvori, qobiliyati va dunyoqarashi turlicha. Bir o\u02bbquvchi oddiy tushuntirish bilan bilimni o\u02bbzlashtirsa, boshqasiga ko\u02bbproq e\u02bctibor va talabchanlik zarur bo\u02bblishi mumkin. Shu bois ustozning tarbiyaviy yondashuvini baholashda vaziyatni har tomonlama o\u02bbrganish, farzandning xulq-atvorini ham tahlil qilish muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-ona va ustoz o\u02bbzaro hamjihatlikda ish olib borsa, farzandning ta\u02bclim-tarbiyasida ijobiy natijalarga erishish osonlashadi. Zero, ustoz bilim berish va tarbiyalash bilan shug\u02bbullansa, ota-ona uning mehnatini qo\u02bbllab-quvvatlashi, farzandining ta\u02bclim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishi kerak.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm \u2014 umr bo\u02bbyi davom etadigan izlanish<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozga ehtiyoj inson hayotining muayyan davri bilan cheklanmaydi. Inson qancha bilimli bo\u02bblmasin, yangi narsalarni o\u02bbrganishga, tajribali kishilarning maslahatiga quloq tutishga doimo muhtoj. \u201cBeshikdan qabrgacha ilm izla\u201d degan hikmat ham ilm olishning umrbod davom etadigan jarayon ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy hayotining so\u02bbnggi damlarida ham ilmiy masalalar bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgani haqida rivoyat qilinadi. U zotga vafot pallasi yaqinlashganida ham bir ilmiy masala yuzasidan savol berilganida, uni bilmasdan Alloh huzuriga borishdan hayo qilishini bildirganlari naql etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ibratli voqea ilmga bo\u02bblgan muhabbat, izlanish va haqiqatni anglashga intilish inson umrining oxirigacha davom etishi lozimligini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmni faqat mansab, mol-dunyo yoki shuhrat uchun emas, balki ma\u02bcrifat, ezgulik va Allohning roziligini topish niyatida o\u02bbrganish zarur. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning \u201cAmallar niyatlarga bog\u02bbliq\u201d mazmunidagi mashhur hadislari ham har qanday ezgu ishda niyatning naqadar muhim ekanini eslatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar inson ilmni jamiyatga xizmat qilish, insonlarga manfaat yetkazish va haqiqatni anglash maqsadida egallasa, uning bilimi hayotida ham, faoliyatida ham o\u02bbz samarasini beradi.<\/span><\/p>\n<h2 style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozga hurmat \u2014 kelajakka qo\u02bbyilgan sarmoya<\/span><\/h2>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozlar faqat bir kun yoki muayyan bayram munosabati bilan e\u02bczozlanadigan insonlar emas. Ular butun umri davomida hurmat va ehtiromga loyiq zotlardir. Chunki har bir insonning bugungi yutuqlari, erishgan marralari va hayotiy tajribasida ustozlarining hissasi bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayotdan ko\u02bbz yumgan ustozlarimizni ezgu xotiralar bilan yod etish, ularning ruhlariga duolar qilish, hayot bo\u02bblganlariga esa ehtirom ko\u02bbrsatib, maslahatlariga quloq tutish har birimizning ma\u02bcnaviy burchimizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson umrining oxirigacha ustozga muhtoj. Chunki ilmning chegarasi yo\u02bbq, kamolot esa uzluksiz izlanish va o\u02bbrganish orqali qo\u02bblga kiritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozga ehtirom \u2014 ilmga ehtirom, ilmga ehtirom esa kelajakka ehtiromdir. Bugun ustozlarimizni qanchalik qadrlasak, ertangi avlodning ma\u02bcnaviy va intellektual salohiyatiga shunchalik mustahkam poydevor yaratgan bo\u02bblamiz. Zero, kelajak bunyodkorlarini tarbiyalayotgan insonlarning maqomi yuksak bo\u02bblgan jamiyatgina yuksak marralarni ko\u02bbzlashi mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shukurillo UMAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo\u02bblim boshlig\u02bbi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilm-ma\u02bcrifat taraqqiyoti, avvalo, ustozning jamiyatdagi maqomi va shogirdning unga bo\u02bblgan hurmatidan boshlanadi. Zero, ustoz insonni jaholat zulmatidan ma\u02bcrifat ziyosiga yetaklaydigan, uning qalbi va tafakkurini kamolga yetkazadigan ulug\u02bb zotdir. Insoniyat tarixida ustoz va murabbiylarning o\u02bbrni hamisha beqiyos bo\u02bblib kelgan. Zero, insonning jismonan voyaga yetishida ota-onasi sababchi bo\u02bblsa, uning ma\u02bcnan yuksalishi, dunyoqarashi kengayishi va hayotda o\u02bbz o\u02bbrnini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52963,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52962"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52962"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52962\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52964,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52962\/revisions\/52964"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52962"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52962"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52962"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}