{"id":52950,"date":"2026-09-29T15:39:35","date_gmt":"2026-09-29T10:39:35","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52950"},"modified":"2026-09-29T15:39:35","modified_gmt":"2026-09-29T10:39:35","slug":"zarafshon-vohasi-tasavvuf-tarixiga-oid-epigrafik-yodgorliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52950&lang=oz","title":{"rendered":"ZARAFSHON VOHASI TASAVVUF TARIXIGA OID EPIGRAFIK YODGORLIKLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqshbandiya-mujaddidiya musulmon jamiyatining barcha jabhalariga ta\u02bcsir qiluvchi kuchga aylanib, hukmdorlar, davlat arboblari, ziyolilar va oddiy xalq vakillaridan tariqat namoyandalari chiqqan. Ular yangilangan tamoyillar va g\u02bboyalar bilan qurollangan holda turli hududlarda faoliyat yuritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mujaddidiylar jamiyatga nafaqat ruhiy-ma\u02bcnaviy, balki siyosiy-ijtimoiy va madaniy jihatdan ham ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Shu sababdan islomshunoslikda naqshbandiya-mujaddidiya tarixi, g\u02bboyalari, tamoyillari, tariqat pirlari faoliyati, tariqat markazlarini o\u02bbrganish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tariqatning Markaziy Osiyoda yoyilishi, o\u02bbziga xos jihatlari, shuningdek, suluk namoyandalarining hayoti va faoliyatini tadqiq etish e\u02bctiborga molik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII-XIX asrlarda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining Musoxon xoja Dahbediy tarmog\u02bbi vakili Muhammad Musoxon Sarmejiyning hayoti va faoliyati izlanishlarda qisman yoritilgan, ba\u02bczilarida hududdagi ziyoratgohlar haqida so\u02bbz ketgan bo\u02bblsa-da, muayyan ma\u02bclumot uchramaydi (Suyundik, 2010; Rustam, 1996).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tadqiqot maqsadi. <\/strong>Tadqiqotdan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatida faoliyat olib borgan Muhammad Musoxon xoja Sarmejiy va uning avlodi hayotiga daxldor epigrafik manbalarni aniqlash va tarixini o\u02bbrganishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Material va metodlar. <\/strong>Maqolani tayyorlashda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi \u201cQatag\u02bbon\u201d qabristonida joylashgan ziyoratgohda mavjud qabrtoshlardagi epigrafikaga oid manbalar o\u02bbrganildi. Tadqiqot jarayonida umumlashtirish, taqqoslash, qiyosiy-tarixiy, mikrotarixiy tahlil kabi usullardan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muhokama. <\/strong>Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Muhammad Musoxon xoja Sarmejiyning avlodlariga tegishli \u201cQatag\u02bbon\u201d qabristoni (hozirgi Navoiy viloyati Xatirchi tumani Eshonqishloq hududi)dagi qabrtoshlardan epigrafik ma\u02bclumotlar olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatirchi tumani \u2013 qadimda So\u02bbg\u02bbd hududiga qaragan. Iqlimi mo\u02bbtadil, yerlari unumdor hudud. Qabriston Zarafshon daryosining o\u02bbng sohilida, qadimiy Dabusiya qal\u02bcasining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan. Qabristonning janubi-sharqiy qismida Xoja Yahyo ibn Musoxon xoja Sarmejiy va avlodlari xilxonasi mavjud. Xilxona usti ochiq, 30&#215;15 m maydonni egallagan bo\u02bblib, u yerda oltita qabrtosh o\u02bbrnatilgan, to\u02bbrttasida epigrafik yozuv saqlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1-qabrtosh. O\u02bblchami 120&#215;60 sm.<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u062f\u0631 \u062a\u0627\u0631\u064a\u062e \u0634\u0647\u0631\u0630\u0648\u0627\u0644\u062d\u062c\u0629\u201d<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0633\u0646\u0647 \u0661\u0662\u0669\u0662 \u0628\u0648\u062f\u0643\u064a \u0645\u0639\u0635\u0648\u0645 \u0628\u0627 \u062d\u0627\u0633\u064a\u062a \u0627\u0646 \u064a\u062d\u064a<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u201c\u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0648\u0641\u0627\u062a \u064a\u0627\u0641\u062a<\/span><\/strong><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarjimasi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Yahyo 1292\/1875-76 yil zulhijja\/dekabr-yanvar oyida vafot etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2-qabrtosh. O\u02bblchami 150&#215;30 sm.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u201c\u0633\u064a\u062f \u062c\u0644\u0627\u0644 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0648\u0644\u062f \u0627\u064a\u0634\u0627\u0646 \u064a\u062d\u064a \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0633\u0646\u0647 \u0661\u0663\u0660\u0667 \u0648\u0641\u0627\u062a \u064a\u0627\u0641\u062a\u0646\u062f\u201d<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarjimasi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sayyid Jaloliddin xoja Eshon Yahyo xoja o\u02bbg\u02bbli 1307\/1889-90 yilda vafot etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3-qabrtosh. O\u02bblchami 140&#215;30 sm.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u201c\u0633\u0646\u0647 \u0647\u0632\u0627\u0631 \u0633\u064a \u0635\u062f \u062f\u0648 \u0628\u0648\u062f\u0643\u064a \u0632\u064a\u0646 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0648\u0641\u0627\u062a \u064a\u0627\u0641\u062a\u201d<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarjimasi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zayniddin xoja 1302\/1884-85 yilda vafot etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">4-qabrtosh. O\u02bblchami 125&#215;18 sm;<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u201c\u0641\u0636\u0644 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u062e\u0648\u062c\u0647 \u0648\u0644\u062f \u0632\u064a\u0646 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u062e\u0648\u062c\u0647\u201d<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarjimasi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fazliddin xoja Zayniddin xoja o\u02bbg\u02bbli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2012-yilda Yahyo xoja avlodlari tomonidan Musoxon xoja shayxulislom, Yahyo xoja, Jaloliddin xoja (Indamas eshon (O\u02bbroqxon, 2005: 25), Nizomiddin xoja nomlari va ularning ajdodlari haqida qisqacha ma\u02bclumotlar yozilgan marmar lavh o\u02bbrnatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xilxonaning shimolida Domla Pirmuhammad valadi mulla Avaz Muhammad Urganjiy nomi qayd etilgan qabrtoshda, 1315\/1897-98 yilda vafot etganligi yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Epigrafik ma\u02bclumotlardan Yahyo xoja, uning o\u02bbg\u02bbli Jaloliddin xoja, uning o\u02bbg\u02bbli Nizomiddin xoja ekani ma\u02bclum. Fazliddin xoja Zayniddin xojaning o\u02bbg\u02bbli ekani ma\u02bclum bo\u02bblsa-da, Zayniddin xojaning o\u02bbzi kimning farzandi ekanligi noma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Marmar lavhda Nizomiddin xoja Jaloliddin xoja o\u02bbg\u02bbli ekani aytilgan. Lekin unga tegishli qabrtosh uchramadi. Ehtimol yozuvi saqlanmagan qabrtoshlarning biri unga tegishlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Musoxon xoja Sarmejiyning (vaf. 1251\/1835) ustozi Muhammad Amin Dahbediy (1152\/1739-1229\/1814), uning ustozi Musoxon xoja Dahbediy (1708-1190\/1776)dir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sarmejiyning shogirdi Muhammad Umar (vaf. 1284\/1868) bir vaqtning o\u02bbzida naqshbandiya-mujaddidiya va jahriya-sultoniya (ya\u02bcni yassaviya) tariqatida faoliyat olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Musoxon xoja Sarmejiy shayxulislom asli Nur qal\u02bcasiga tobe bo\u02bblgan Sarmej qishlog\u02bbida (Buxoriy, 1328\/1926: 104-105) tavallud topgan. U shayx Xudoydod Valiy avlodidandir (ya\u02bcni ona tomondan bobosi Abdulbosit xojaning onasi shayx Xudoydod Valiyning qizi (Amir Taqiiddinning xotini)dir). Nosiriddin Buxoriyning aytishicha, Muhammad Musoxon xoja bir kuni bobokaloni shayx Xudoydod Valiy Azizon xonaqosida chilla o\u02bbtirib, jahriy zikr bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan va shunda bobosidan ma\u02bcnaviy-ruhiy tarzda \u201cjahriy\u201d zikrga ruxsat olgan. Shundan keyin u xufiya va jahriya silsilasini davom ettirgani eslatib o\u02bbtilgan. Biroz muddat o\u02bbtgach, Buxoro hukmdori farmoniga muvofiq, bir oy muddat shayxulislom lavozimida faoliyat ko\u02bbrsatgan. Vafot etgach, Mavlono Muhammad Sharif qabri yoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqsud Dahbediy o\u02bbz asarida Buxoro Amiri Muhammad Musoxonni mazkur lavozimga tayinlaganini ma\u02bclum qiladi. U 1249\/1833-yili (Maqsud Dahbediy, Orif Hikmat kutubxonasi, inv \u21161710-261\/44. 269<sup>a<\/sup> varaq) Buxorodan Dahbedga qaytayotib yo\u02bblda Kadan mavzesidagi bir xonaqohda Muhammad Musoxon xoja shayxulislomni ko\u02bbrganini aytib, ul zotning 1251\/1835-yilda vafot etganini ta\u02bckidlaydi. Demak, Musoxon xoja shayxulislom Sarmejiy 1835-yilda vafot etgan. Shuningdek, uni Buxoroga taklif qilgan hukmdor Amir Nasrulloh ekani oydinlashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Musoxon xoja Sarmejiyning shogirdlaridan biri bo\u02bblgan Mavlono Umar bir vaqtning o\u02bbzida naqshbandiya va yassaviya tariqatlarida faoliyat olib borgan. Naqshbandiyada ustozi Muhammad Musoxon xoja bo\u02bblsa, yassaviyada ustozi xalifa Xudoydod, uning ustozi Lutfulloh Azizon, uning ustozi Fazlulloh Azizon, uning ustozi Mavlono Muhammad Sharif Buxoriy, uning ustozi Muhammad Olim shayx Azizon orqali Xudoydod Valiyy G\u02bbaziragiyga ulangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Umarning otasi Abdulaziz, uning otasi hoji Muhammad, uning otasi Toshmuhammad Azizondir. Mavlono Umar 1284\/1868-yili 87 yoshida Xorazmda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Musoxon xoja Sarmejiydan keyin naqshbandiya-mujaddidiya silsilasida nafaqat shogirdlari, balki o\u02bbzining farzandu nabiralari ham faoliyat ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaxsiy fondda saqlanayotgan nodir hujjatlardan biri G\u02bboyibnazar Muhammad Sobir o\u02bbg\u02bbliga tariqat ta\u02bclimotini davom ettirish uchun ustozi Jaloliddin xoja tomonidan 1299\/1880-yilda berilgan irshodnomadir. Irshodnoma Samarqand qog\u02bboziga yozilgan bo\u02bblib, o\u02bblchami: 53&#215;24,5 sm, 19 qatordan iborat, matn avvalida hamdu sano va salavot, undan so\u02bbng naqshbandiya-mujaddidiya-dahbediya silsilasi irshod sohibiga qadar ketma-ket bayon etilgan. Hujjatda to\u02bbrtta muhr bor. Matnning 12-qatoridagi o\u02bblchami 2,7&#215;1,7 sm.li muhrda \u201cYahyo xoja ibn Eshon Musoxon xoja Sarmejiy\u201d deb yozilgan. 13-qatordagi o\u02bblchami 2,5&#215;1,5 sm.li muhr \u201cJaloliddin xoja ibn Yahyo xoja\u201dga tegishli. Hujjatning oxirida yana ikkita bir xil muhr urilgan. Muhr o\u02bblchami 2&#215;2 sm bo\u02bblib, \u201cNizomiddin xoja ibn Jaloliddin xoja\u201dga mansubdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, silsilani Muhammad Musoxon xoja Sarmejiy vafotidan so\u02bbng o\u02bbg\u02bbli Yahyo xoja, keyin uning o\u02bbg\u02bbli Jaloliddin xojaga davom ettirgan. Bundan, o\u02bbz navbatida,\u00a0 Jaloliddin xoja o\u02bbzining shogirdi G\u02bboyibnazar Muhammad Sobir o\u02bbg\u02bbliga tariqat ta\u02bclimotini davom ettirish uchun irshodnoma bergani ma\u02bclum bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-bola o\u02bbz davrida tariqat murshidlari bo\u02bblgani, ko\u02bbplab shogirdlar tayyorlagani va farzandlari tarbiyasiga alohida e\u02bctibor berib, ularga tasavvuf ilmini puxta o\u02bbrganishlari uchun shart-sharoit qilingani ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczan tariqat silsilasini bir avlod vakillari ketma-ketlikda davom ettirgan holat kuzatilgan. Jumladan, naqshbandiya-mujaddidiya murshidi Muhammad Husayn o\u02bbz o\u02bbg\u02bbli Abdusattorga, u o\u02bbg\u02bbli Eshmuhammadga, u o\u02bbg\u02bbli Ubaydullohga ruxsat bergan, yana naqshbandiya-mujaddidiyaning So\u02bbfi Ollohyor tarmog\u02bbida faoliyat olib borgan shayx Mirzo Abul Hasan o\u02bbz o\u02bbg\u02bbli shayx Mirzo Abul Fathga, u esa o\u02bbg\u02bbli shayx Mirzo Abul Turobga ijozat berganini keltirib o\u02bbtish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Musoxon xoja Sarmejiyning ajdodu avlodlari shajarasi haqida so\u02bbz yuritadigan bo\u02bblsak, uning otasi Hasan xoja, uning otasi Lutfulloh xoja ibn Fayzulloh xoja ibn Abdulloh xoja ibn Abdullatif xoja ibn Abdulbosit xoja ibn Amir Taqiiddin ibn Amir Mahmud ibn Amir Shamsuddin ibn Amir Ibrohim ibn Amir Hoj ibn Sayyid Ali ibn Sayyid Sharafiddin ibn Sayyid Husayn ibn Sayyid Ismoil ibn Imom Ja\u02bcfari Sodiq ibn Imom Muhammad Boqir ibn Imom Zaynulobidin ibn Imom Husayn ibn Amirul mo\u02bbminin Hazrat Ali (O\u02bbroqxon, 2015: 33) (karramallohu vajhahu) ekanini ma\u02bclumot sifatida berib o\u02bbtish o\u02bbrinlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Musoxon xoja Sarmejiyning o\u02bbg\u02bbli Yahyo xoja, uning o\u02bbg\u02bbli Jaloliddin xoja, uning o\u02bbg\u02bbli Nizomiddin xoja (vaf. 1925), uning o\u02bbg\u02bbli Narzullaxon (1908-1986), uning o\u02bbg\u02bbli O\u02bbroqxon (Rafi\u02bciddinxon) hoji tibbiyot sohasida uzoq yillar faoliyat ko\u02bbrsatgan, bugungi kunda duogo\u02bby-nuroniy otaxonlar qatorida umrguzaronlik qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi qabrtoshda nomi keltirilgan Zayniddin xoja vafoti sanasi (1302\/1884-85 yil)ga ko\u02bbra, u Yahyo xojaning o\u02bbg\u02bbli, Jaloliddin xojaning aka (yoki uka)si bo\u02bblganini taxmin qilish mumkin. Bu (va uning o\u02bbg\u02bbli Fazliddin xojadan keyingi avlodlar) masala(si)ni keyingi tadqiqotlarga qoldiramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Natija. <\/strong>Muhammad Musoxon xoja Sarmejiy xufiya va jahriya tariqatlarida faoliyat olib borgani, uning silsilasi shogirdi Muhammad Umar orqali Xorazm hududlariga tarqalgani, Muhammad Umarning Buxoro amirligida oz muddat bo\u02bblsa-da shayxulislom lavozimida faoliyat ko\u02bbrsatgani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Shuningdek, uning avlodlari nomi va faoliyati hamda ular dafn etilgan ziyoratgohda qabrtoshlardagi epigrafik ma\u02bclumotlar asosida vafot sanalari aniqlandi. Avlod vakillariga tegishli tarixiy hujjat ilmiy muomalaga kiritildi va unda aks etgan muhrlarning tavsifi berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa. <\/strong>Markaziy Osiyoda XVII paydo bo\u02bblgan naqshbandiya-mujaddidiya silsilasi XVIII-XIX asrlarda keng hudud bo\u02bbylab yoyilganini ko\u02bbrishimiz mumkin. Ushbu davrda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati silsilasi bir necha tarmoqlarga bo\u02bblingani va ularning o\u02bbzaro, juda yaqin munosabatda bo\u02bblgani ayon bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqshbandiya-mujaddidiya ta\u02bclimoti shakllanishi jarayonida ko\u02bbpgina tariqatlar umumiylashtirilgani sababidan bo\u02bblsa kerak, bir vaqtning o\u02bbzida ham xufiya, ham jahriya zikr qilish an\u02bcanasini uchratish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musoxon xoja Sarmejiy va uning avlodlari uzoq yillar mobaynida silsilani uzviy davom ettirgani oilada ta\u02bclim-tarbiyaga e\u02bctibor yuqori bo\u02bblganini, shuningdek, allomaning shayxulislom lavozimida va naqshbandiya-mujaddidiya tariqati murshidi sifatida faoliyat olib borgani uning yuksak salohiyat sohibi ekanligini ko\u02bbrsatadi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Buxoriy, N. (1328\/1926). Tuhfatuz zoyirin. Toshbosma. \u2013 Buxoro.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dahbediy, M. Mir\u02bcotus solikiyn. Qo\u02bblyozma. Orif Hikmat kutubxonasi inv. \u21161710-261\/44.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Komilxon, K. (2016). Maxdumi A\u02bczam tarixi va mukammal dahbediylar tariqati. Toshkent: MASHHUR-PRESS.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rustam, X. (1996). Xatirchi tumani tarixidan lavhalar. \u2013 T.: Fan.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Suyundik, M. (2010). Xatirchining tabarruk siymolari. \u2013 T.: Muharrir.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbroqxon, N. Ibratli hayot gulshani. \u2013 T.: Movarounnahr.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xaydarxon, Yu. (2008). Musoxon Dahbidiyning Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni (XVIII asr). Tar. fan. nom. \u2026 dis. \u2013 Toshkent.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mexrojiddin AMONOV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naqshbandiya-mujaddidiya musulmon jamiyatining barcha jabhalariga ta\u02bcsir qiluvchi kuchga aylanib, hukmdorlar, davlat arboblari, ziyolilar va oddiy xalq vakillaridan tariqat namoyandalari chiqqan. Ular yangilangan tamoyillar va g\u02bboyalar bilan qurollangan holda turli hududlarda faoliyat yuritgan. Mujaddidiylar jamiyatga nafaqat ruhiy-ma\u02bcnaviy, balki siyosiy-ijtimoiy va madaniy jihatdan ham ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Shu sababdan islomshunoslikda naqshbandiya-mujaddidiya tarixi, g\u02bboyalari, tamoyillari, tariqat pirlari faoliyati, tariqat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52951,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52950"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52952,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52950\/revisions\/52952"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52951"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}