{"id":52901,"date":"2026-09-28T16:09:23","date_gmt":"2026-09-28T11:09:23","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52901"},"modified":"2026-09-28T16:09:23","modified_gmt":"2026-09-28T11:09:23","slug":"imom-buxoriy-innovatsion-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52901&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIY INNOVATSION MUZEYI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahon ilmiy jamoatchiligi nafaqat islom, balki jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan, diniy va dunyoviy fanlarni birdek o\u02bbrganib, ularni jamiyat hayotiga tatbiq eta olgan Movarounnahr olimlarining ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy merosini o\u02bbrganishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu borada islom ta\u02bclimoti asoslaridan hisoblangan hadislarni jamlab, ular orasidan ishonchlilarini ajratib bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Dorimiy kabi muhaddis ajdodlarimiz hayoti hamda asarlarini tadqiq muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda qadimiy va boy tariximizni tiklash va yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib etish, yosh avlodni milliy an\u02bcanalar ruhida tarbiyalash bo\u02bbyicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ulug\u02bblarga ehtirom ko\u02bbrsatish, ulardan har jihatdan saboq olishga qaratilgan oqilona siyosat olib borilmoqda. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta\u02bckidlaganidek: <strong>\u201cBu sohada qilayotgan ishlarimizdan maqsad \u2013 islomga e\u02bctiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildirish. Ajdodlarimizga munosib bo\u02bblish biz uchun juda katta burch\u201ddir<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy kabi islom olamida yuksak e\u02bctirofga sazovor bo\u02bblgan allomalar hayot yo\u02bbli va ilmiy faoliyatini chuqur tadqiq etish hamda asarlarini keng jamoatchilikka targ\u02bbib qilish muhim masalalardan sanaladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, Imom Buxoriy majmuasida alloma hayoti va ilmiy faoliyatini yorituvchi muzey tashkil qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy innovatsion muzeyi bevosita O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 17-18-avgust kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan yaqindan tanishib qaytgandan so\u02bbng, 2022-yil 24-avgust kuni Imom Buxoriy majmuasi qurilishiga tashrifi davomida berilgan ko\u02bbrsatmalari asosida barpo etildi. Imom Buxoriy muzeyini ochish masalasi bugungi kunda har qachongidan ko\u02bbra dolzarbdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buni quyidagi omillarda ko\u02bbrish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchidan, xalqimiz asrlar davomida islom olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi asosiy manba hisoblangan \u201cSahihul Buxoriy\u201d asaridan mosuvo bo\u02bblib keldi. Holbuki, xorijda Imom Buxoriyning mazkur asari allaqachon ko\u02bbplab tillarga tarjima qilingan, sharhlari bilan nashr qilingan edi. Xalqimiz esa, hatto eng ishonchli hadislarning bunday to\u02bbplami mavjud ekanidan, islom ilm-fani tarixida eng katta iz qoldirgan Imom Buxoriy ismli buyuk shaxs o\u02bbtganidan ham bexabar edi. Vaholanki, allomaning ahamiyat jihatidan bundan kam bo\u02bblmagan boshqa asarlari ham bor va ulardan butun musulmon dunyosi xabardor. Biz o\u02bbz buyuk muhaddis bobomizni xorijliklar taniganchalik tanimas edik va afsuski hozirgi kunda ham bunday holat ko\u02bbp hollarda davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, biz Imom Buxoriy va uning ilmiy merosini o\u02bbrganganimiz sayin allomaning hayot yo\u02bblini o\u02bbrganish bugungi kundagi eng muhim vazifalarda biri ekanini teran anglamoqdamiz. Allomaning ilm yo\u02bblidagi jasorati, chekkan mashaqqati, quvvai hofizasi qanchalar benazir bo\u02bblganini o\u02bbrganish yoshlarni yangi ilmiy tadqiqotlar sari yetaklaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy majmuasi faqat bino va inshootlardan iborat maskan bo\u02bblib qolmasdan, insonlar qalbini zabt etadigan, ayniqsa, yoshlarning hayotda adashmasdan, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni topishiga xizmat qiluvchi ilmiy dargoh, shuningdek, alloma hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi elektron muzeyga aylanmoqda. Muzeyda islom dini va xususan, hadis ilmi taraqqiyoti, alloma hayoti, faoliyati va ilmiy merosining zamonaviy axborot texnologiyalari orqali namoyish etilishi yo\u02bblga qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy innovatsion muzeyi\u201d jami 9 ta pavilyondan tashkil topgan. Innovatsion muzey pavilyonlarida namoyish etiladigan barcha media mahsulotlar, interaktiv o\u02bbyinlar, animatsiyalar, mepping va boshqalar bevosita \u201cOutdoor Factory\u201d kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari hamda ilmiy-ijodiy guruh a\u02bczolari bilan hamkorlikda tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>1-pavilyon <\/strong><strong>\u201cMuhammad alayhissalom va nubuvvat tarixi\u201d <\/strong>deb nomlanib, u bir nechta tematik bo\u02bblimlardan iborat:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda ismlari zikr qilingan payg\u02bbambarlar haqida ma\u02bclumot.\u00a0 (<em>Ekspozitsiya tushuntirish matni va interaktiv infokiosk ko\u02bbrinishida).<\/em> Matnda barcha payg\u02bbambarlarni birlashtirib turuvchi umumiy xislatlar va fazilatlar, ularning vazifalari Qur\u02bconi karim va hadisi sharifda kelgan ma\u02bclumotlar asosida yoritib berilgan. Har bir ism ustiga bosilganda, tanlangan payg\u02bbambar haqida qisqacha ma\u02bclumot, matn so\u02bbnggida esa Muhammad alayhissalom payg\u02bbambarlarning eng oxirgisi ekani haqida ma\u02bclumot beriladi. Muhammad alayhissalomning ismlari, sifatlari va ularning ma\u02bcnolari ekspozitsiya kalligrafik freska uslubida yasalgan<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad alayhissalomning shajaralari ekspozitsiyadan o\u02bbrin olgan yirik hajmdagi daraxat shaklidagi interaktiv infokiosk yordamida namoyish etilgan. Unda interaktiv usulda tomoshabinga shajaradan o\u02bbrin olgan har bir ism haqida to\u02bbliqroq ma\u02bclumot olish imkoni beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad alayhissalomning dunyoga kelishlari va nubuvvatning boshlanishi (<em>ekspozitsiya shahar maketi va proyeksion videofilm ko\u02bbrinishida)<\/em>, Hujrai saodatning qayta tiklangan ko\u02bbrinishi proyeksion videofilm ko\u02bbrinishida aks ettirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hiro g\u02bborida ilk vahiy nozil bo\u02bblishi (<em>Maketda hiro g\u02bbori va uning atrofi). <\/em>Uning ichidagi monitorda Qur\u02bconi karimning \u201cIqro\u201d surasi oyatlari o\u02bbqilib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2-pavilyon <\/strong><strong>\u201cHadis ilmining paydo bo\u02bblishi va rivojlanishi\u201d <\/strong>deb nomlanib, unda tomoshabinlarga eksponatlar, infografik, audio va vizual materiallar orqali hadis ilmining paydo bo\u02bblishi hamda rivojlanishi tarixi bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi. Ziyoratchilarda hadis ilmi <\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va uning rivojlanishi tarixi haqida to\u02bbliq tasavvur shakllanishiga erishish maqsadida interaktiv xizmatlardan keng foydalanilgan. Bu esa, hadis ilmiga oid tarixiy ma\u02bclumotlarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg\u02bbun ravishda tasavvur qilish ko\u02bbnikmasini shakllantiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tushuntirish matni yordamida o\u02bbz davrida sahobalarning hadis eshitish, savol berish va ularni yodlab qolish uchun o\u02bbzaro musobaqalashgani yoki navbat tutgani haqida, infografik pannoda esa Muhammad alayhissalomdan eng ko\u02bbp hadis rivoyat qilgan sahobalar ro\u02bbyxati berilgan. Ular orasida Oisha roziyallohu anho kabi ayollarning mavjudligi islom olamida ilmiy maktablar rivojida ayollarning o\u02bbrni muhim ekanini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyonning uchinchi qismida Xaritada ilk o\u02bbrta asrlardagi Movarounnahr va Xuroson shaharlarining qadimgi nomlari hamda tarixiy madaniy markazlar va viloyatlar ajratib ko\u02bbrsatilgan. Shaharlar o\u02bbrtasidagi karvon yo\u02bbllari va ular o\u02bbrtasidagi masofalar sayohatlar mashaqqati haqida tasavvur shakllantirish maqsadida kun o\u02bblchamlarida berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ekspozitsiya zalining atrofida yoki xaritadagi ma\u02bclum shaharlar ustida markaziy osiyolik muhaddis ulamolar, jumladan, Abu Humayd Keshiy, Abdulloh ibn Muborak, Imom Dorimiy,\u00a0 Imom Termiziy, Imom Muslim, Imom Buxoriy kabi olimlarning tarjimayi holi va ilmiy merosi haqida ma\u02bclumotlar va vitrinalarda esa muhaddislar asralaridan namunalar taqdim etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ishonchli hadis to\u02bbplamlari haqida ma\u02bclumot: <\/em><\/strong>Galereyada \u201cSihohi tis\u02bca\u201d \u2013 to\u02bbqqizta eng ishonchli hadis to\u02bbplami va uning mualliflari haqida ma\u02bclumot beruvchi lavha joylashtirilgan. Unda hadis to\u02bbplami nomi, hadislar soni, muallifining hayot yillari aks ettirilgan. Vitrinalarda muhaddislar asarlarining qo\u02bblyozma nusxalaridan namunalar qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>3-pavilyon <\/strong><strong>\u201cImom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati\u201d<\/strong> deb nomlangan bo\u02bblib, ushbu qismni tashkil etishdan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad muzeyga tashrif buyuruvchilar ko\u02bbz o\u02bbngida alloma hayoti va ilmiy faoliyatini qayta tiklash, ilmiy merosi naqadar buyuk ahamiyatga ega ekanini ko\u02bbrsatib berish hamda yoshlarda ilm-fan bilan shug\u02bbullanishga mehr-muhabbat va rag\u02bbbat paydo qilishdir. Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyatining rivojlanishini uch qismga bo\u02bblish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning ilm ostonasiga qadam bosishida u yashagan xonadondagi ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy muhit alohida ahamiyatga ega. Ekspozitsiyaning birinchi qismida Imom Buxoriyning oilaviy muhiti gavdalantirilgan. Unda Imom Buxoriyning ota-onasi hamda allomaning bolaligi haqidagi ma\u02bclumotlar berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi qismda Imom Buxoriyning Buxoroda o\u02bbtgan maktab yillari haqida so\u02bbz boradi. U yoshligidan aql-idrokli, o\u02bbtkir zehnli va ma\u02bcrifatga havasi kuchli bo\u02bblib, turli fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo\u02bbr qiziqish bilan egallaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Uchinchi qismda 16 yoshga yetganida Imom Buxoriy akasi Ahmad va onasi bilan birga haj ibodatini ado etish uchun Buxorodan Makka sari yo\u02bbl olgani aks ettirilgan. Shuningdek, interaktiv xarita orqali Buxoriyning ilm yo\u02bblida safar qilgan shaharlari ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis bo\u02bbyicha o\u02bbz bilimini yanada oshirish maqsadida o\u02bbsha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag\u02bbdod kabi shaharlarda yashaydi. U joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta\u02bclim oladi, yirik olimlar bilan birga ilmiy bahs-munozaralarda qatnashadi va tolibi ilmlarga dars ham beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>4-pavilyon \u201cImom Buxoriy: buyuk fenomen\u201d<\/strong> deb nomlangan bo\u02bblib, unda Imom Buxoriy hayoti va faoliyati haqidagi 11 daqiqalik film katta ekranda namoyish etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>5-pavilyon \u201cImom Buxoriy fazilatlari\u201d <\/strong>deb nomlangan bo\u02bblib, unda Imom Buxoriyning buyuk ilmiy salohiyati, eng ishonchli hadislarni saralash va avlodlarga qoldirish uchun chekkan ilmiy zahmati, taqvosi, islom olamida Qur\u02bcondan keyingi o\u02bbrinda turuvchi asar muallifi ekani, butun dunyo e\u02bctirof etgan, yoshligidan zehni o\u02bbtkir va xotirasi kuchli bo\u02bblgani, ota-onasi va ustoz-shogirdlariga bo\u02bblgan samimiy munosabati kabi jihatlari ko\u02bbrsatib berilgan. Ushbu qismda allomaning ilm yo\u02bblidagi mashaqqati va uni yengib o\u02bbtishdagi jasorati haqidagi ma\u02bclumotlar berilgan bo\u02bblib, bu, o\u02bbz navbatida, yoshlar qalbida o\u02bbz ajdodlaridan faxrlanish tuyg\u02bbusini kuchaytiradi (<em>Immersiv proyeksion videofilm).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyonning butun hududi bo\u02bbylab proyeksiya orqali mavzuni yoritadigan videolar uzluksiz ko\u02bbrsatib turiladi. Videofilmlar mavzularga bo\u02bblingan holda ketma-ket ko\u02bbrinishda davom etib, pavilyonga istalgan vaqtda kelgan tomoshabinga mavzuga tezda kirib olish imkoniyatini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Buyuk imtihon haqida. <\/em><\/strong>Mazkur qismda allomaning ilm talabidagi safarlari, sinovlar girdobi \u2013 Bag\u02bbdod, Samarqand va Nishopurdagi imtihon, \u2013 ilm yo\u02bblidagi mashaqqatlarni sabr-matonat bilan yengib o\u02bbtishi, kundan kunga yuksalishi, darajasi ortib borishi va atrofida ixlosmand shogirdlarining ko\u02bbpayishi maketlar orqali ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Imom Buxoriyning betakror xotira egasi bo\u02bblgani haqida film. <\/em><\/strong>Ushbu filmda Imom Buxoriyning xotirasi favqulodda kuchli bo\u02bblgani, eshitgan hadislarini darhol xotirasida saqlagani haqida ma\u02bclumot beriladi. Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, Imom Buxoriy 600 mingdan oshiq hadisni roviylari va ularning tarixi bilan birga to\u02bbliq yoddan bilgan. Ushbu ma\u02bclumot animatsion tarzda ekranda namoyish etiladi va allomaning xotirasi bugungi kundagi tushunchamizda qanday ekani ko\u02bbrsatib beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, agar Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobida 7275 ta hadis to\u02bbplangan bo\u02bblsa, buni shartli ravishda 4 ta kitob, deb olamiz. Demak, 4 ta kitobga 7275 ta hadis kirgan bo\u02bblsa, 600 ming hadis taxminan 330 ta kitob bo\u02bbladi. Ekranda kitob javoniga yuzlanib turgan odam qiyofasi aks ettirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitob javoni esa bo\u02bbm-bo\u02bbsh bo\u02bbladi. Raqamlar aytilayotgan vaqtda javon tokchalari birma-bir kitob bilan to\u02bbla boshlaydi va oxir-oqibat 330 ta kitob joylashtiriladi. Filmda Imom Buxoriyning xotirasida shunday katta ma\u02bclumot doimiy saqlangan, degan xulosa chiqariladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>6-pavilyon \u201cImom Buxoriy avlodlari<\/strong>\u201d deb nomlanib, unda yosh tomoshabinlarga muzey konsepsiyasidan o\u02bbrin olgan mavzular bilan o\u02bbyinli interaktiv eksponatlar orqali tanishish, o\u02bbrganish va kashf qilish imkoniyati berilgan. So\u02bbnggi yillarda bolalar bo\u02bblimlariga ega muzeylar sonining ko\u02bbpayishi muzey olamidagi eng tez rivojlanayotgan tendensiyalardan biri hisoblanadi. Yosh tomoshabinlar uchun muzeylarning bolalar bo\u02bblimida olgan ilk tajribasi ularning ongida mavzu haqida tasavvur shakllanishida muhim ahamiyatga egadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchar gilamda tarixga sayohat 5D filmi 7 yoshdan yuqori bo\u02bblgan tomoshabinlarga o\u02bbrta asrlardagi islom olami shaharlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Tomoshabinlarga Imom Buxoriy sayohat qilgan (Buxoro, Bag\u02bbdod, Madina, Makka kabi) qadimgi shaharlarga sayohatga taklif etiladi. Uch o\u02bblchamli film namoyishi davomida undagi voqea va hodisalar bilan hamohang harakatlanuvchi maxsus o\u02bbrindiqda o\u02bbtirgan tomoshabinlar o\u02bbzini qadimiy maskanlar bo\u02bbylab uchar gilamda sayohat qilayotgandek his qiladi. Har bir seansda bitta tarixiy maskanga sayohat qilish imkoni beriladi. Har bir sayohat 3-5 daqiqa davom etadi. Shu sababdan ushbu mashg\u02bbulotdan bir necha marta foydalanish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Yosh Muhammad ibn Ismoil bilan birga xotira o\u02bbyini (Interaktiv immersiv proyeksiya).<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy ilmiy merosi va uning shaxsiy fazilatlari bevosita xotira bilan bog\u02bbliq. Imom Buxoriy yoshligidan ma\u02bclumotlarni tez va bexato yodda saqlab qolish salohiyatiga ega bo\u02bblgan. Allomaning bunday fazilati haqida tasavvur shakllantirish uchun yosh tomoshabinlar xotira bilan bog\u02bbliq interaktiv o\u02bbyinga taklif etiladi. O\u02bbyinning asosiy qahramoni sifatida Imom Buxoriyning yoshlik qiyofasi shakllantiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha taraflariga interaktiv proyeksiya tushirilgan maxsus xonada tomoshabinlarni yosh Muhammad ibn Ismoil kutib oladi. <strong><br \/>\n<\/strong>10-15 daqiqa davom etadigan interaktiv mashg\u02bbulotda bir necha tomoshabin jamoa shaklida ishtirok etishi mumkin. Xotira o\u02bbyinida tomoshabinlar xotira va ma\u02bclumotlarni eslab qolish bilan bog\u02bbliq vazifalarni o\u02bbyin qahramoni bilan birgalikda bajaradi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>7-pavilyon \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d \u2013 Islom dinining ikkinchi manbasi\u201d <\/strong>deb nomlangan. Asar hadisshunoslik sohasida umume\u02bctirof etilgan mo\u02bbtabar kitob bo\u02bblib, islom olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi manba hisoblanadi. Shu sababdan ushbu pavilyonda mazkur asarning ilmiy-amaliy, hayotiy ahamiyatini ko\u02bbrsatib berish maqsad qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga berilgan ta\u02bcriflar.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Matnli panno.<\/em><strong><em>\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari haqida ma\u02bclumot<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar hadis ilmi va musulmonlar orasida qisqacha \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d, aksar hollarda esa \u201cSahihul Buxoriy\u201d nomi bilan mashhur ekani ma\u02bclum. Hadis kitoblarining o\u02bbttizdan ortiq turlari mavjud. Ular o\u02bbz yo\u02bbnalishi va maqsad qilgan mavzular qamroviga qarab bir biridan farq qiladi. Birinchi tur hadis kitobi \u201cJome\u02bc\u201d deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Hadis sahih bo\u02bblishiga doir Imom Buxoriyning shartlari<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Al-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari o\u02bbzida sahih hadislarni jam qilgan ekan, hadis sahih bo\u02bblishi uchun Imom Buxoriyning o\u02bbz shartlari borligini ham bilishimiz kerak. Mustalahul hadis ilmi ulamolari istilohida \u201cSahih hadis \u2013 sanadi boshidan oxirigacha adolatli va zobtli kishi o\u02bbziga o\u02bbxshagan adolatli va zobtli kishidan muttasil (uzluksiz) sanad ila naql qilgan hamda shoz va illatli bo\u02bblmagan hadisdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Sanadning muttasil bo\u02bblishi. <\/em><\/strong>Hadisni uning roviylaridan har biri o\u02bbzidan oldingi roviydan to\u02bbg\u02bbridan to\u02bbg\u02bbri olgan bo\u02bblishi kerak. Sanad avvalgi roviydan boshlab oxirgisigacha xuddi shunday bo\u02bblishi kerak. Orada biror kishi tushib qolmasligi shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning dunyo fondlardagi nusxalari<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qismda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning yurtimiz hamda dunyo kutubxona fondlarida saqlanayotgan nodir nusxalaridan namunalar mulyaji va infokioska joylashtirilgan. Infokioskada nusxalarni tanlash orqali ular to\u02bbg\u02bbrisida batafsil ma\u02bclumot olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>8-pavilyon <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Imom Buxoriy merosi va bugungi kundagi ahamiyati<\/strong><strong>\u201d<\/strong> deb nomlangan. Imom Buxoriy kitoblari va rivoyat qilgan hadislarining hozirgi yoshlar tarbiyasida ahamiyati yuqoriligini inobatga olib, muzeyning ushbu qismiga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Pavilyon markazidagi yirik lavh ustida Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d asarining yirik hajmdagi maketi o\u02bbrin olgan. Maket atrofidan o\u02bbngdan chapga qarab, soat harakatiga teskari ravishda qog\u02bboz shiftga qarab aylanib, ko\u02bbtarilib chiqqan. Qog\u02bbozning boshlanish qismida \u201cAlbatta, amallar niyatga bog\u02bbliqdir\u201d hadisi uchta tilda xattotlik usulida yozilgan. Qog\u02bbozning davomi (mato ko\u02bbrinishida) pavilyon bo\u02bbylab aylanishda davom etgan va unga alloma rivoyat qilgan sara hadislar yozilgan. Matolar orasining kengligi matnlarni o\u02bbqishga imkon beradi hamda orasidan yorug\u02bblik tushib turadi. Installyatsiyaning davomi pavilyonning shiftiga aylanib, bugungi kunimizda islom me\u02bcmorchiligida o\u02bbrin olgan devoriy xattotlik yozuvlari ko\u02bbrinishiga aylanib ketgan. Pavilyonning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d asari boshida keltirilgan \u201cAlbatta, amallar niyatga bog\u02bbliqdir\u201d hadisi installyatsiyasi o\u02bbrin olgan va u jahonning 22 tiliga tarjima qilingan. Ushbu hadis kundalik hayotimizda sodir bo\u02bblayotgan barcha amallar o\u02bbzagini tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Saralangan hadislar<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyon atrofidagi proyeksion devorga tutash holda Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar kartotekasi joylashgan. Foydalanuvchilar maxsus vitrina ustiga terilgan hadis taxtachalarini ko\u02bbtarib, uning ichida yozilgan hadislarni o\u02bbqish imkoniyatiga ega bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>9-pavilyon \u201cYangi O\u02bbzbekistonda diniy-ma\u02bcrifiy islo<\/strong><strong>h<\/strong><strong>otlar va Imom Buxoriy merosiga e\u02bctibor\u201d <\/strong>deb nomlanib, unda mustaqillik yillarida va Yangi O\u02bbzbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlar, xususan, hadis ilmi sultoni \u2013 Imom Buxoriyning Vatan, millat va din manfaatlari yo\u02bblida qilgan xizmatlarini munosib baholash va ruhini shod etish maqsadida olib borilgan obodonlashtirish ishlari, allomaning ulkan merosini ilmiy asosda chuqur o\u02bbrganish hamda xalqimizga yetkazishga qaratilgan tarjima va nashr ishlari hamda Imom Buxoriy merosini yurtimiz va jahon jamoatchiligi o\u02bbrtasida keng targ\u02bbib etish maqsadida qabul qilingan normativ hujjatlar haqida ma\u02bclumot berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>1\u2010<\/strong><strong>qism. <\/strong><strong>Mustaqillikdan oldingi holat<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qism mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar bo\u02bblgan davrda Imom Buxoriy shaxsiyati, ilmiy merosi va qadamjolari holatini ko\u02bbrsatib berishga qaratilgan eksponatlardan iborat. Unda mustamlakachilik va sovet mustabid tuzumi davrida milliy va diniy qadriyatlarimiz qatori Imom Buxoriy abadiy qo\u02bbnim topgan Hartang qishlog\u02bbidagi ziyoratgoh ham tashlandiq va abgor holda bo\u02bblgani, allomaning ilmiy merosi tugul nomini xotirlashning o\u02bbziyoq tuzum mafkurasiga xilof sanalishini ochib beruvchi ko\u02bbrgazmalarga e\u02bctibor qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>1.1. Mustaqillikdan avvalgi davrda Imom Buxoriyga e\u02bctibor<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Videofilm<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Mustaqillikdan avvalgi davrda Imom Buxoriyga e\u02bctibor haqida videofilm<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qismda mustabid tuzum davrida alloma qabrining oyoqosti qilinishi, tashlandiq holatga tushib qolgan holati, mustaqillik yillarida esa obodonlashtirish ishlari olib borilgani va yangi O\u02bbzbekiston davrida majmuaning yangitdan qad rostlagani haqida videofilm namoyish etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>1.2. Imom <\/em><\/strong><strong><em>Buxoriy<\/em><\/strong><strong><em> maqbarasining ko\u02bbrinishi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Maket.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Maqbaraning mustaqillikdan avvalgi ko\u02bbrinishi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qismda Imom Buxoriy maqbarasining mustaqillikdan oldingi xaroba va abgor holatini aks ettiruvchi maket joylashtirilgan bo\u02bblib, uning yonida majmua holatiga taalluqli tushuntirishlar yozib qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2\u2010<\/strong><strong>qism<\/strong><strong>: <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mustaqillik yillaridagi ilk islohotlar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>2.1. Imom Buxoriy maqbarasining obodonlashtirilishi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Maket<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Mustaqillik yillarida obodonlashtirilgan holati<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qismga mustaqillik yillarida obodonlashtirilgan holatdagi ziyoratgoh maketi joylashtirilgan. Maket yonida majmua holatiga taalluqli tushuntirishlar (majmuaning o\u02bbziga xosligi, sig\u02bbimi va afzalliklari) yozib qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>2.2. Imom Buxoriy xalqaro markazining tashkil etilishi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Maket.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>3-qism. Yangi O\u02bbzbekistonda Imom Buxoriy merosiga e\u02bctibor<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qismda Yangi O\u02bbzbekistonda Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosini o\u02bbrganish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarilgani va Imom Buxoriy majmuasi butunlay yangi qiyofaga kirganini aks ettiruvchi ko\u02bbrgazmalar joylashtirilgan. Bunda quyidagi jihatlarga alohida e\u02bctibor qaratilgan:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2016-yilning 18-oktyabrida Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi yig\u02bbilishida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgani;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida: <strong>\u201cAna shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o\u02bbz ahamiyatiga ko\u02bbra islom dinida Qur\u02bconi karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan \u00abSahihi Buxoriy\u201dning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan\u00bb<\/strong>, deya BMT minbarida ilk bor Imom Buxoriy nomini tilga olib, ulug\u02bb alloma ilmiy merosi ahamiyatini jahon ommasiga ochib bergani;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining BMT minbarida so\u02bbzlagan nutqidan so\u02bbng Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo\u02bbg\u02bbon O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti jasoratini tan olib: <strong>\u201cHali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan, hech qachon Imom Buxoriy nomini tilga olmagan\u201d <\/strong>degan so\u02bbzlari badiiy suratlar bilan joylashtirilishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy majmuasini yangitdan bunyod etish jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoyev yil davomida bu joyni kamida 2-3-marta ziyorat qilib, alloma ruhi-poyiga duoda bo\u02bblgani;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy\u201d ordenining ta\u02bcsis etilishini aks ettiruvchi ko\u02bbrgazmalarning joy olishi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>3.1. Imom Buxoriy maqbarasining obodonlashtirilishi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Maket.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida yangidan qad rostlagan ko\u02bbrinishi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qismda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida yangitdan qad rostlagan majmuaning mahobatli maketi joylashtirilgan. Maket yonida majmua holatiga taalluqli tushuntirishlar (majmuaning o\u02bbziga xosligi, sig\u02bbimi va afzalliklari) yozib qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Imom Buxoriy majmuasidan o\u02bbrin olgan binolar maketi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, ushbu qismda mustaqillikning dastlabki yillarida qurilgan xalqaro Imom Buxoriy markazi maketi, Imom Buxoriy xalqaro markazining yangi binosi, hadis ilmi markazi binolarining maketlari ham joylashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>3.2. So\u02bbnggi yillarda nashr qilingan kitoblar <\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Eksponat.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>So\u02bbnggi yillarda Imom Buxoriy asarlarining nashr etilishiga oid eksponatlar<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan amalga oshirilgan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarining o\u02bbzbek tilidagi eng yirik tarjimasi bo\u02bblgan Oltin Silsila: Sahihul Buxoriy (8 jild) kitoblari, allomaning ikkinchi bosh asari bo\u02bblmish \u201cAl-adab Al-Mufrad\u201d kitobiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan qilingan sharhlar asosida nashr etilgan Odoblar xazinasi (4 jild) kitoblari, \u201cBirrul volidayn\u201d (\u201cOta-onaga yaxshilik qilish\u201d) kitobi, \u201cSahihi Buxoriy\u201d sharhi va \u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnalining nashr etilgan nusxalari ushbu qismdan o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>3.3. Diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarga oid videofilmlar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Videofilmlar.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u02bblimda joylashtirilgan katta ekranlarda quyidagi roliklarni qo\u02bbyib borilishi yo\u02bblga qo\u02bbyilgan:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Imom Buxoriy asarlarini nashr etilishi (\u201cOltin silsila\u201d, \u201cOdoblar xazinasi\u201d,<\/em> \u201c<em>Sahihi Buxoriy sharhi\u201d kabilar) jarayonlari;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cOltin silsila\u201d, \u201cOdoblar xazinasi\u201d,<\/em> \u201c<em>Sahihi Buxoriy sharhi\u201d kabi asarlardagi hadis namunalaridan badiiy bezaklar bilan ishlangan rolik;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbzbekiston markaziy va mahalliy telekanallaridan Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga oid ko\u02bbrsatuvlarning berib<\/em><em> borilishiga oid lavhalar;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cImom Buxoriy\u201d ordenining ta\u02bcsis etilishi va xorijiy davlat rahbarlarining Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tantanali tarzda taqdirlanishi aks etgan lavhalar;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat<\/em><em> Mirziyoyevning majmuaga amalga oshirgan tashriflari, Qur\u02bcon tilovati va duolar qilinishi, ziyoratgohni obod qilish bo\u02bbyicha bergan ko\u02bbrsatmalarini aks ettiruvchi videoroliklar;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning 72-sessiyasida Imom Buxoriy merosini o\u02bbrganishga oid nutqlari aks etgan videorolik. <\/em><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>3.4. Imom Buxoriy ordeni<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Eksponat<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyonning alohida qismida \u201cImom Buxoriy\u201d ordeni vitrinasi o\u02bbrin olgan. Unda ordenning asl nusxasi, uni ta\u02bcsis etish bo\u02bbyicha hujjatlar nusxalari joylashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagilarga qo\u02bbshimcha tarzda 9-pavilyon devoriga O\u02bbzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga Saudiya Arabistoni qiroli Fahd ibn Abdulaziz tomonidan sovg\u02bba qilingan kisva \u2013 Ka\u02bcbaning qoplamasi osilgan bo\u02bblsa, boshqa joyda turli mamlakat rahbarlari tomonidan Imom Buxoriy majmuasiga sovg\u02bba qilingan Qur\u02bconi karim nusxalari joylashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Madrasa (<\/strong>Maket)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida aytish mumkinki, Yangi O\u02bbzbekistonda barcha sohalar qatori diniy \u2013 ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda, xususan, allomalar ilmiy merosini o\u02bbrganish va uni xalqimiz orasida keng targ\u02bbib qilish bo\u02bbyicha ham keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirildi. Allomalar ilmiy merosini o\u02bbrganish, ular abadiy qo\u02bbnim topgan joylarni obodonlashtirish, asarlarini o\u02bbzbek tiliga tarjima qilish va xalqimiz orasida keng targ\u02bbib qilish va boshqalar shular jumlasidandir. Mazkur tadbirlar natijasi o\u02bblaroq hozirgi kunda Imom Buxoriy majmuasi yangitdan barpo etilmoqda va uning tarkibida esa Imom Buxoriy muzeyi qurilmoqda. Yuqorida keltirilganidek, mazkur muzey shu sohadagi eng so\u02bbnggi texnologiyalar bilan ta\u02bcminlangan bo\u02bblib, turli qiziqarli va qimmatbaho eksponatlar va ishonchli ma\u02bclumotlardan o\u02bbz ichiga olgan. Muzeyning alloma hayotining turli jihatlarini alohida alohida aks ettirgan bo\u02bblimlarga bo\u02bblingani tashrif buyuruvchilarga ma\u02bclumotlarni tizimli va tushunarli tarzda yetkazish imkonini beradi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etish hamda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda muhim ahamiyatga ega bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shovosil ZIYODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon ilmiy jamoatchiligi nafaqat islom, balki jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan, diniy va dunyoviy fanlarni birdek o\u02bbrganib, ularni jamiyat hayotiga tatbiq eta olgan Movarounnahr olimlarining ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy merosini o\u02bbrganishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu borada islom ta\u02bclimoti asoslaridan hisoblangan hadislarni jamlab, ular orasidan ishonchlilarini ajratib bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Dorimiy kabi muhaddis ajdodlarimiz &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52902,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52901"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52901"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52901\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52903,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52901\/revisions\/52903"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52902"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52901"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52901"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52901"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}