{"id":52641,"date":"2026-09-18T09:37:48","date_gmt":"2026-09-18T04:37:48","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52641"},"modified":"2026-09-17T11:43:08","modified_gmt":"2026-09-17T06:43:08","slug":"gunohi-kabira-qilganning-imoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52641&lang=oz","title":{"rendered":"Gunohi kabira qilganning imoni"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon kishi katta-yu kichik gunohlar qilishdan xoli emas. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam: <em><strong>\u201cHar bir odam bolasi xatokordir. Xatokorlarning yaxshisi tavba qiluvchilaridir\u201d,<\/strong><\/em> deganlar. Odam hayoti davomida har turli gunoh qilib qo\u02bbyishi mumkin. Shunda tezda tavba qilib, chin dildan Allohga yolvorsa, gunohi kechiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda eng dolzarb bo\u02bblgan muammolardan biri shuki, ayrim toifalar gunoh qilgan mo\u02bbmin-musulmon kishini kofirga chiqarib, uning qoni, joni va moli(ga tajovuz)ni halol sanamoqda. Hatto davlatlarni kufrda ayblamoqda. Achinarlisi shundaki, bundaylar orasida \u201cjihod\u201d shiori ostida o\u02bbzga yurtlarga ketib, mamlakatimiz musulmonlarini kufrda ayblayotgan hamyurtlarimiz ham bor. Bunday toifalar bugun chiqib qolgani yo\u02bbq. Tarixda musulmonlar orasiga tafriqa (bo\u02bblinish) solib, ularni kofirlikda ayblagan toifalar ko\u02bbp bo\u02bblgan. Masalan, xavorijlar shulardan biri hisoblanadi. Ular Ali roziyallohu anhuning qo\u02bbshinidan ajrab chiqib, shunday nom olgan. Bu toifa gunohi kabira qilgan musulmonni kofirlikda, murtadlikda ayblaydi. Hozirgi buzg\u02bbunchilar aynan o\u02bbsha xavorijlarning davomchilaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida gunohi kabira qilgan kishining hukmi haqida ahli sunna val jamoaning e\u02bctiqodi qanday ekani va adashgan toifalarga bergan raddiyalari borasida so\u02bbz yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gunohi kabirani halol sanamay, undan qaytargan Zotga bepisand bo\u02bblmay, uni qasddan qilgan kishi qalbida tasdiq borligi uchun imondan chiqmaydi. Imondan faqatgina unga kirgan tomondan chiqadi. Gunohkor kishi tavbasiz vafot etsa, uning hukmi Alloh taoloning xohish-irodasida bo\u02bbladi. Xohlasa, uni kechiradi va fazli, karami yoki undagi imon va toatlarning barakasi sababli yoki ba\u02bczi axyorlarning (do\u02bbst-birodar) shafoati sababli jannatga kiritadi. Xohlasa, kichik yo katta bo\u02bblsin, gunohi miqdoricha azoblaydi. So\u02bbngra baribir oxir-oqibati jannat bo\u02bbladi, do\u02bbzaxda abadiy qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hanifa rahmatullohi alayhi: \u201cMen kichik va katta gunoh egalari uchun umidda bo\u02bblaman va ikkisidan ham xavfsirayman. Kichik gunoh egasiga umid borligini, katta gunoh egasiga esa xavf borligini aytaman\u201d<\/span><a name=\"_ftnref1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn1\">[1]<\/a>, der edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gunohi kabira egasi la\u02bcnatlanmaydi. Chunki imoni u bilan birga bo\u02bblib, u kamaymagandir. Kim gunohi kabira uchun tavba qilsa, boshqa katta gunohdan qat\u02bciy tiyilishi bilan tavbasi to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi. U tavba sababli iqob qilinmaydi (azoblanmaydi). Shuningdek, gunohi kabira uchun tavba qilishi bilan gunohi sag\u02bbiralarning (kichik gunohlar) tavbasidan behojat bo\u02bblmaydi. U gunohi sag\u02bbira uchun ham tavba qilishi kerak. Ahli sunna nazdida gunohi sag\u02bbiralar sababli iqob qilinishi joiz sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda xavorij, mo\u02bbtazila, murji\u02bca kabi adashgan firqalarning da\u02bcvolari va ularga ahli sunnaning javoblari qanday ekaniga to\u02bbxtalsak. Bu hozirgi buzg\u02bbunchilarga ham tegishli bo\u02bbladi. Chunki ularning ildizlari aynan xavorij va mo\u02bbtazila kabi firqalarga borib taqaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xavorijlar: \u201cKim kichik yoki katta gunoh bilan isyon qilsa, u kofirdir. U do\u02bbzaxda abadiy qoladi. Chunki Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0639\u0652\u0635\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064e \u0648\u064e\u0631\u064e\u0633\u064f\u0648\u0644\u064e\u0647\u064f \u0648\u064e\u064a\u064e\u062a\u064e\u0639\u064e\u062f\u0651\u064e \u062d\u064f\u062f\u064f\u0648\u062f\u064e\u0647\u064f \u064a\u064f\u062f\u0652\u062e\u0650\u0644\u0652\u0647\u064f \u0646\u064e\u0627\u0631\u064b\u0627 \u062e\u064e\u0627\u0644\u0650\u062f\u064b\u0627 \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cKim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegaralaridan oshib o\u02bbtsa, U Zot uni abadiy qolishi uchun do\u02bbzaxga kiritadi\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref2\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn2\"><strong>[2]<\/strong><\/a>, degan. Gunohlarning barchasi isyonga borib taqaladi. Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0627\u062a\u0651\u064e\u0642\u064f\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0631\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u062a\u0650\u064a \u0623\u064f\u0639\u0650\u062f\u0651\u064e\u062a\u0652 \u0644\u0650\u0644\u0652\u0643\u064e\u0627\u0641\u0650\u0631\u0650\u064a\u0646\u064e<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cKofirlar uchun tayyorlab qo\u02bbyilgan do\u02bbzaxdan qo\u02bbrqing\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref3\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn3\"><strong>[3]<\/strong><\/a>, degan. Do\u02bbzax kofirlar uchun tayyorlab qo\u02bbyilgan bo\u02bblgach, gunoh sababli vaid qilingan (azob va\u02bcdasi berilgan) har bir kishi kofirdir. Bu ikki oyatning jamlanishidan osiyning kofir ekani, uning hukmi esa do\u02bbzaxda abadiy qolish ekani sobit bo\u02bbldi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu da\u02bcvo noto\u02bbg\u02bbri. Chunki oyatlar gunohkor kishining kofir emasligiga dalolat bo\u02bbladi. Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> \ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0643\u064f\u062a\u0650\u0628\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0643\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0642\u0650\u0635\u064e\u0627\u0635\u064f \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0642\u064e\u062a\u0652\u0644\u064e\u0649<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <strong>\u201cEy imon keltirganlar, sizga o\u02bbldirilganlar uchun qasos farz qilindi\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn4\"><strong>[4]<\/strong><\/a> deydi. Ya\u02bcni, U Zot qasddan odam o\u02bbldirganning gunohi kabira qilganini bila turib, uni \u201cmo\u02bbmin\u201d deb atadi. Oyatning davomida<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\ufd3f\u0641\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0639\u064f\u0641\u0650\u064a\u064e \u0644\u064e\u0647\u064f \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0623\u064e\u062e\u0650\u064a\u0647\u0650 \u0634\u064e\u064a\u0652\u0621\u064c<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cKimga o\u02bbz birodaridan bir narsa afv qilinsa\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref5\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn5\"><strong>[5]<\/strong><\/a><strong>\u00a0<\/strong>deb, o\u02bbldirgan va o\u02bbldirilgan kishilar o\u02bbzaro birodar ekanini zikr qilyapti. Birodarlik esa,\u00a0<strong>\u201cAlbatta, mo\u02bbminlar birodardirlar\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref6\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn6\"><strong>[6]<\/strong><\/a><strong>\u00a0<\/strong>kalomiga ko\u02bbra, imonga oid hodisadir. Demak, bir jonni qasddan o\u02bbldirgan kishi gunohkor bo\u02bbladi, lekin kofir bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa bir oyatda Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0625\u0650\u0646\u0652 \u0637\u064e\u0627\u0626\u0650\u0641\u064e\u062a\u064e\u0627\u0646\u0650 \u0645\u0650\u0646\u064e \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u0650\u064a\u0646\u064e \u0627\u0642\u0652\u062a\u064e\u062a\u064e\u0644\u064f\u0648\u0627<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAgar mo\u02bbminlardan ikki toifa urishsa\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref7\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn7\"><strong>[7]<\/strong><\/a><strong>,\u00a0<\/strong>degan. Oyatda ikki toifadan biri bog\u02bbiy (isyonkor) bo\u02bbla turib, ikkisi uchun ham \u201cmo\u02bbmin\u201d so\u02bbzi qo\u02bbllangan. Bog\u02bbiylik esa islomda og\u02bbir gunoh sanaladi. Demak, u gunohkor bo\u02bbladi, lekin imondan chiqmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xavorijlar dalil sifatida keltirgan<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0639\u0652\u0635\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064e \u0648\u064e\u0631\u064e\u0633\u064f\u0648\u0644\u064e\u0647\u064f \u0648\u064e\u064a\u064e\u062a\u064e\u0639\u064e\u062f\u0651\u064e \u062d\u064f\u062f\u064f\u0648\u062f\u064e\u0647\u064f \u064a\u064f\u062f\u0652\u062e\u0650\u0644\u0652\u0647\u064f\u00a0\u0646\u064e\u0627\u0631\u064b\u0627 \u062e\u064e\u0627\u0644\u0650\u062f\u064b\u0627 \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cKim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegaralaridan oshib o\u02bbtsa, U Zot uni abadiy qolishi uchun do\u02bbzaxga kiritadi\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref8\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn8\"><strong>[8]<\/strong><\/a>\u00a0oyati kofirlar haqidadir. Chunki U Zot:\u00a0<strong>\u201cUning chegaralaridan oshib o\u02bbtsa\u201d,\u00a0<\/strong>deyapti. \u201cChegaralar\u201d so\u02bbzi ko\u02bbplikda kelgan. Mo\u02bbmin Allohning barcha chegaralaridan oshib o\u02bbtmaydi. Isyon esa inkor qilish yoki takzib (yolg\u02bbonga chiqarish) jihatdan emas, fe\u02bcl jihatdan amrga qarama-qarshi bo\u02bblishdir. O\u02bbz-o\u02bbzidan ayonki, buni \u201ctakzib\u201d yo \u201cinkor\u201d deb bo\u02bblmaydi. Chunki unda tasdiq bor. Modomiki shunday ekan, u zaruratan mo\u02bbmin hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbtazila firqasi: \u201cGunohi kabira qilgan kishi fosiqdir, mo\u02bbmin ham, kofir ham emas. U o\u02bbsha gunohi sababli imondan chiqadi, lekin kufrga kirmaydi. U ikki manzil orasida bo\u02bbladi. Hukmi shuki, tavbasiz vafot etsa, do\u02bbzaxda abadiy qoladi. Toatlari foyda bermaydi. Uning afv va mag\u02bbfirat qilinishi joiz bo\u02bblmaydi. Chunki Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0623\u064e\u0645\u0651\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0641\u064e\u0633\u064e\u0642\u064f\u0648\u0627 \u0641\u064e\u0645\u064e\u0623\u0652\u0648\u064e\u0627\u0647\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0631\u064f<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAmmo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do\u02bbzaxdir\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref9\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn9\"><strong>[9]<\/strong><\/a>\u00a0va<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0642\u0652\u062a\u064f\u0644\u0652\u00a0\u0645\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u064b\u0627 \u0645\u064f\u062a\u064e\u0639\u064e\u0645\u0651\u0650\u062f\u064b\u0627 \u0641\u064e\u062c\u064e\u0632\u064e\u0627\u0624\u064f\u0647\u064f \u062c\u064e\u0647\u064e\u0646\u0651\u064e\u0645\u064f \u062e\u064e\u0627\u0644\u0650\u062f\u064b\u0627 \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cKim bir mo\u02bbminni qasddan o\u02bbldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref10\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn10\"><strong>[10]<\/strong><\/a><strong>,\u00a0<\/strong>deydi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cFisq\u201d lug\u02bbatda chiqmoqdir. Kim Allohning amrlaridan biriga bo\u02bbysunishdan chiqsa, u fosiq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbtaziliylar keltirgan oyatda mutlaq fosiq nazarda tutilgan. U bunday davom etadi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0642\u0650\u064a\u0644\u064e \u0644\u064e\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0630\u064f\u0648\u0642\u064f\u0648\u0627 \u0639\u064e\u0630\u064e\u0627\u0628\u064e \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0631\u0650 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a \u0643\u064f\u0646\u0652\u062a\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0647\u0650 \u062a\u064f\u0643\u064e\u0630\u0651\u0650\u0628\u064f\u0648\u0646\u064e<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cU\u00a0<\/strong>(fosiq)<strong>larga: \u201cO\u02bbzingiz yolg\u02bbonga chiqargan do\u02bbzaxning azobini toting\u201d deyilur\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref11\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn11\"><strong>[11]<\/strong><\/a>. Kim do\u02bbzaxni yolg\u02bbonga chiqarsa, kofir hisoblanadi. Alloh taolo boshqa bir oyatda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0623\u064e\u0641\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u0645\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u064b\u0627 \u0643\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u0641\u064e\u0627\u0633\u0650\u0642\u064b\u0627 \u0644\u064e\u0627 \u064a\u064e\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064f\u0648\u0646\u064e<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAxir, mo\u02bbmin bo\u02bblgan odam fosiq bo\u02bblgan odamdek bo\u02bblurmi?! Teng bo\u02bblmaslar\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref12\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn12\"><strong>[12]<\/strong><\/a><strong>\u00a0<\/strong>deb, mutlaq fosiqni mo\u02bbmin bilan taqqoslagan. Mutlaq fosiq kofirdir. Mo\u02bbmin kishi mutlaq fosiq emas, balki ma\u02bcsiyat (gunoh) qilgani sababli fosiq bo\u02bbladi, lekin imoni va toatlari sababli itoat qiluvchi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qasddan odam o\u02bbldirgan kishiga nassda (aniq, ochiq hujjatlar \u2013 oyat va hadislarda) kelgan do\u02bbzaxda abadiy qolish jazosi \u2013 o\u02bbsha ishini halol sanab qilgani uchundir. O\u02bbsha ishni halol sanash kofirlik bo\u02bbladi. Ammo kim bu ishni halol sanamay qilsa, uning hukmi Alloh taoloning<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0643\u064f\u062a\u0650\u0628\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0643\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0642\u0650\u0635\u064e\u0627\u0635\u064f \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0642\u064e\u062a\u0652\u0644\u064e\u0649<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cEy imon keltirganlar, sizga o\u02bbldirilganlar uchun qasos farz qilindi\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref13\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn13\"><strong>[13]<\/strong><\/a><strong>\u00a0<\/strong>degan so\u02bbzlariga muvofiq bo\u02bbladi. Ya\u02bcni, o\u02bbldirgan kishi bu ishni halol sanamay qilgani uchun kofir sanalmaydi. U gunohi kabira qilgan bo\u02bbladi. Abadiy do\u02bbzaxda qolmaydi. Undan qasos olinadi. Oyati karimaga binoan, odam o\u02bbldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o\u02bbldirish shart emas, balki o\u02bbldirilganning yaqinlari kechib yuborsa, o\u02bbldirmay qo\u02bbyib yuborsa, o\u02bbrniga xun olsa ham bo\u02bbladi. Bunda xunni yaxshilik bilan so\u02bbrash lozim, aybdor tomon ham yaxshilik bilan ado etishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida mo\u02bbtazilalarning \u201cGunohi kabira qilgan kishi tavbasiz vafot etsa, do\u02bbzaxda abadiy qoladi. Toatlari foyda bermaydi. Uning afv va mag\u02bbfirat qilinishi joiz bo\u02bblmaydi\u201d degan so\u02bbzlari ham keltirildi. Bu da\u02bcvo ham mutlaqo noto\u02bbg\u02bbri. Chunki Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e \u0631\u064e\u0628\u0651\u064e\u0643\u064e \u0644\u064e\u0630\u064f\u0648 \u0645\u064e\u063a\u0652\u0641\u0650\u0631\u064e\u0629\u064d \u0644\u0650\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0633\u0650 \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0638\u064f\u0644\u0652\u0645\u0650\u0647\u0650\u0645\u0652<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAlbatta, Rabbingiz odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag\u02bbfiratlidir\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref14\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn14\"><strong>[14]<\/strong><\/a>, degan. Bu tavbadan oldin ham mag\u02bbfiratning joizligiga dalil bo\u02bbladi. Boshqa bir oyatda Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064e \u0644\u064e\u0627 \u064a\u064e\u063a\u0652\u0641\u0650\u0631\u064f \u0623\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064f\u0634\u0652\u0631\u064e\u0643\u064e \u0628\u0650\u0647\u0650 \u0648\u064e\u064a\u064e\u063a\u0652\u0641\u0650\u0631\u064f \u0645\u064e\u0627 \u062f\u064f\u0648\u0646\u064e \u0630\u064e\u0644\u0650\u0643\u064e \u0644\u0650\u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0634\u064e\u0627\u0621\u064f<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAlbatta, Alloh O\u02bbziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni<\/strong> (O\u02bbzi) <strong>xohlagan kishilar uchun kechiradi\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref15\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn15\"><strong>[15]<\/strong><\/a>, degan. Oyatda zikr qilingan <strong>mag\u02bbfirat<\/strong> mashi\u02bcatga (Allohning xohish-irodasiga) bog\u02bblangan, tavbaga emas. Shirkdan boshqa gunohni kechirish tavbaga bog\u02bblanganda, shirk va undan boshqa gunoh orasida farq qolmasdi. U Zot xohlagan bandasining shirkdan boshqa gunohini O\u02bbz fazli bilan kechirib yuborishi mumkin. Chunki<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u064a\u064e\u063a\u0652\u0641\u0650\u0631\u064f \u0645\u064e\u0627 \u062f\u064f\u0648\u0646\u064e \u0630\u064e\u0644\u0650\u0643\u064e<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cUndan\u00a0<\/strong>(ya\u02bcni shirkdan)\u00a0<strong>boshqa gunohni kechiradi\u201d<\/strong>\u00a0degan so\u02bbzlari shirkdan boshqa gunohni tavbasiz ham kechirishini ifodalaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo afvli va mag\u02bbfiratli Zotdir. Afv va mag\u02bbfirat azoblash joiz bo\u02bblgan narsaga tatbiq etiladi. Azoblash joiz bo\u02bblmagan narsada azoblashni tark qilish afv va mag\u02bbfirat emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Murji\u02bcalar: \u201cKufr bilan birga toat foyda bermagani kabi imon bilan birga gunoh ham zarar bermaydi. Musulmon kishi gunohi kabiralardan birortasi sababli iqob qilinmaydi. Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0627 \u0642\u064e\u062f\u0652 \u0623\u064f\u0648\u062d\u0650\u064a\u064e \u0625\u0650\u0644\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e\u0627 \u0623\u064e\u0646\u0651\u064e \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0630\u064e\u0627\u0628\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0630\u0651\u064e\u0628\u064e \u0648\u064e\u062a\u064e\u0648\u064e\u0644\u0651\u064e\u0649<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAlbatta, bizga vahiy qilindiki, \u201cYolg\u02bbonga chiqarganlarga va yuz o\u02bbgirib ketganlarga, shubhasiz, azob bo\u02bblur\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref16\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn16\"><strong>[16]<\/strong><\/a>, degan. Bu \u201ckim Alloh taoloni yolg\u02bbonga chiqarmasa, Uning dinidan yuz o\u02bbgirmasa, u azoblanmaydi\u201d, degan gap\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning da\u02bcvosi noto\u02bbg\u02bbri ekani ko\u02bbrinib turibdi. Inson zarracha gunohi uchun ham javob berishi oyatlarda aniq bayon etilgan (masalan, Zalzala surasining oxirgi oyati). Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u062a\u064f\u0648\u0628\u064f\u0648\u0627 \u0625\u0650\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u062a\u064e\u0648\u0652\u0628\u064e\u0629\u064b \u0646\u064e\u0635\u064f\u0648\u062d\u064b\u0627 \u0639\u064e\u0633\u064e\u0649 \u0631\u064e\u0628\u0651\u064f\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0623\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064f\u0643\u064e\u0641\u0651\u0650\u0631\u064e \u0639\u064e\u0646\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0633\u064e\u064a\u0651\u0650\u0626\u064e\u0627\u062a\u0650\u0643\u064f\u0645\u0652<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cEy imon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilingiz! Shoyad Rabbingiz gunohlaringizni yuvsa\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref17\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn17\"><strong>[17]<\/strong><\/a><strong>\u00a0<\/strong>va<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u062a\u064f\u0648\u0628\u064f\u0648\u0627 \u0625\u0650\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u062c\u064e\u0645\u0650\u064a\u0639\u064b\u0627<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAllohga barchangiz tavba qilingiz\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref18\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn18\"><strong>[18]<\/strong><\/a><strong>,\u00a0<\/strong>deb buyurgan. Gunohi bo\u02bblmagan kishiga tavbani buyurib bo\u02bblmaydi. Gunoh inson uchun zarar bo\u02bblmaganda, tavbaga amr qilishda mantiq qolmasdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umumiy qilib aytadigan bo\u02bblsak, gunohi kabira qilgan kishi imondan chiqmaydi. U gunohkor mo\u02bbmin bo\u02bbladi. Chin dildan tavba qilsa, Alloh taolo kechiradi. Tavba qilmasdan vafot etsa, keyingi taqdiri Alloh taoloning izmida bo\u02bbladi. Xohlasa, fazl-marhamati bilan kechiradi. Xohlasa, adolati bilan gunohiga yarasha azoblaydi. U oxir-oqibat jannatga kiradi. Chunki Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<em><strong>\u201cKim \u201cLa ilaha illalloh\u201d desa, jannatga kiradi\u201d,<\/strong><\/em> deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab oyatlarda solih amallar qilgan kishi jannatga kirishi aytilgan. Xususan, Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0648\u064e\u0639\u064e\u0645\u0650\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0635\u0651\u064e\u0627\u0644\u0650\u062d\u064e\u0627\u062a\u0650 \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e\u062a\u0652 \u0644\u064e\u0647\u064f\u0645\u0652 \u062c\u064e\u0646\u0651\u064e\u0627\u062a\u064f \u0627\u0644\u0652\u0641\u0650\u0631\u0652\u062f\u064e\u0648\u0652\u0633\u0650 \u0646\u064f\u0632\u064f\u0644\u064b\u0627 \u062e\u064e\u0627\u0644\u0650\u062f\u0650\u064a\u0646\u064e \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627<strong>\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cAlbatta, imon keltirgan va solih amallar qilganlarga Firdavs jannati manzil bo\u02bblgandir. Unda abadiy qolurlar\u201d<\/strong><\/span><a name=\"_ftnref19\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftn19\"><strong>[19]<\/strong><\/a><strong>\u00a0<\/strong>deb marhamat qilgan. Gunohi kabira egasi esa mo\u02bbmindir. U solih amallar qilgan. U va\u02bcda qilingan jannatga kirishga haqli hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aql yuritadigan bo\u02bblsak, banda toatlarning eng afzali va yaxshiliklarning oliy darajasi bo\u02bblgan imonni keltirdi. U qilgan yomonlik inkorning oliy darajasi bo\u02bblmish kufrga yetib bormadi. U do\u02bbzaxda abadiy qolganda va eng afzal yaxshiligi bo\u02bblgan imonning savobini va yomonlikning yuqori darajasidan past bo\u02bblgan gunohi kabirani qilishi bilan o\u02bbzi keltirgan solih amallarining savobini botil qilganda, albatta, yomonliklarning iqobi ko\u02bbpaytirilgan va yaxshiliklarning savobi kamaytirilgan bo\u02bblardi. Bu esa yaxshilikka o\u02bbn barobar (undan ham ortiq) mukofot va yomonlikka o\u02bbz mislicha jazo berish haqidagi ilohiy va\u02bcdaga xilof kelardi. Vaholanki, Alloh taolo va\u02bcdaga xilof qilmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0Abul Muin Nasafiy. Tabsiratul adilla fiy usulid din. \u2013 J.1. \u2013 Qohira: Al-maktabatul Azhariyya lit turos, 2011. \u2013 B.1037.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn2\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0Niso surasi, 14-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn3\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0Oli Imron surasi, 131-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0Baqara surasi, 178-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn5\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0Baqara surasi, 178-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn6\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0Hujurot surasi, 10-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn7\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0Hujurot surasi, 9-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn8\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref8\">[8]<\/a>\u00a0Niso surasi, 14-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn9\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0Sajda surasi, 20-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn10\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a0Niso surasi, 93-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn11\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0Sajda surasi, 20-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn12\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref12\">[12]<\/a>\u00a0Sajda surasi, 18-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn13\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0Baqara surasi, 178-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn14\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref14\">[14]<\/a>\u00a0Ra\u02bcd surasi, 6-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn15\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref15\">[15]<\/a>\u00a0Niso surasi, 48, 116-oyatlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn16\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref16\">[16]<\/a>\u00a0Toha surasi, 48-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn17\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref17\">[17]<\/a>\u00a0Tahrim surasi, 8-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn18\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref18\">[18]<\/a>\u00a0Nur surasi, 31-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn19\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni#_ftnref19\">[19]<\/a>\u00a0Kahf surasi, 107-108-oyatlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ravshan ELMURODOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/48352-gunohi-kabira-qilganning-imoni\"><span style=\"color: #0000ff;\">muslim.uz<\/span><\/a><\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Musulmon kishi katta-yu kichik gunohlar qilishdan xoli emas. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam: \u201cHar bir odam bolasi xatokordir. Xatokorlarning yaxshisi tavba qiluvchilaridir\u201d, deganlar. Odam hayoti davomida har turli gunoh qilib qo\u02bbyishi mumkin. Shunda tezda tavba qilib, chin dildan Allohga yolvorsa, gunohi kechiriladi. Hozirgi kunda eng dolzarb bo\u02bblgan muammolardan biri shuki, ayrim toifalar gunoh qilgan mo\u02bbmin-musulmon kishini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52643,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52641"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52641"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52641\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52642,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52641\/revisions\/52642"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52643"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52641"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52641"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52641"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}