{"id":52595,"date":"2026-09-16T09:09:40","date_gmt":"2026-09-16T04:09:40","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52595"},"modified":"2026-09-16T09:09:40","modified_gmt":"2026-09-16T04:09:40","slug":"islom-mehr-shafqat-va-ezgulik-dini","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52595&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM \u2013 MEHR-SHAFQAT VA EZGULIK DINI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqiqatni asosiy diniy manbalar bo\u02bblmish oyat va hadislar to\u02bbliq tasdiqlaydi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan istalgan biror misolni olishning o\u02bbzi kifoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini insonlarni bir-biriga mehr-shafqatli va rahmli bo\u02bblishga chorlaydi. Alloh taoloning go\u02bbzal ismlariga boqsangiz, ularning boshida Rahmon turadi. Bu barcha maxluqotlariga o\u02bbta rahmli va mehribon Zot, demakdir. Ilohiy mehribonlikning ko\u02bblami shu darajada kengki, uni ifodalash uchun hatto onaning o\u02bbz bolasiga mehri ham kamlik qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo o\u02bbzining oxirgi Payg\u02bbambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham olamlarga rahmat qilib yuborgan. Qur\u02bconi karimda aytadi: <strong>\u201c(Ey Muhammad!) Biz Sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz\u201d <\/strong><em>(Anbiyo surasi, 107-oyat)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyati karimadagi \u201crahmat\u201d so\u02bbzi juda keng ma\u02bcnoni anglatadi. Bu haqiqatni Muhammad sollallohu alayhi vasallamning odob-axloqlari, siyrat va shamoillari, shariatlarining bag\u02bbrikengligi, hatto kufr va shirk ahliga ham zulmni ravo ko\u02bbrmasliklari, mehr-oqibat, ezgulik kabi fazilatlar manbai ekanliklaridan xabardor bo\u02bblgan insonlargina tushuna oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda muloyim va mehribon bo\u02bblganlar. Buning sababi bor edi. Uni Alloh taolo bunday bayon qiladi: <strong><em>\u201c<\/em><\/strong><em><strong>Allohning rahmati sababli <\/strong><\/em><em>(Siz, ey Muhammad!)<strong> ularga <\/strong>(sahobalarga)<strong> muloyimlik qildingiz. Dag\u02bbal va toshbag\u02bbir bo\u02bblganingizda, albatta, <\/strong>(ular)<strong> atrofingizdan tarqalib ketgan bo\u02bblur edilar. Bas, ularni afv eting, <\/strong>(gunohlari uchun)<strong> kechirim so\u02bbrang va ular bilan kengashib ish qiling!\u201d<\/strong> <\/em><em>(Oli Imron surasi, 159-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cEy Oisha, albatta, Alloh muloyimdir. Muloyimlikni yaxshi ko\u02bbradi. Qo\u02bbpolga bermagan narsalarni muloyimga beradi\u201d,<\/em><\/strong> deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon kishi o\u02bbz birodarining g\u02bbam-qayg\u02bbu va shodligida u bilan birga bo\u02bblishga intiladi. Ya\u02bcni, faqat og\u02bbir kunida yelkadosh bo\u02bblmaydi, balki yutug\u02bbidan chinakamiga quvonadi, hasad bilan o\u02bbz ich-etini yemirmaydi. Rahm-shafqatga haqli odamni ko\u02bbrganda, unga yordam berishga harakat qiladi. Qo\u02bblidan kelmasa, ilojini topolmasa, o\u02bbzi aziyat chekadi. Bu Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cMo\u02bbminlar bir-biriga mehr-muhabbat, rahm-shafqat qilishida <\/em><\/strong><em>(yaxlit)<strong> bir jismga o\u02bbxshaydi. Biron a\u02bczo og\u02bbrisa, qolgan a\u02bczolar ham bedor bo\u02bblib, isitmalanib birgalikda azob chekkani kabi\u201d, <\/strong><\/em>degan so\u02bbzlariga o\u02bbxshaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrimlar insoniylik, odamgarchilik, mehr-muruvvat kabi go\u02bbzal fazilatlardan yiroqlashib ketayotgan bugungi kunda solih kishilarimiz tarixiga biroz nazar solib, undan o\u02bbzimizga tegishli xulosalar chiqarsak, juda foydali bo\u02bblardi. Chunki, mehr-oqibat haqida ko\u02bbp gapiramiz, uni o\u02bbzgalardan kutamiz-u o\u02bbzimiz mosuvo ekanimiz haqida kam o\u02bbylaymiz. Shundan kelib chiqib, bir-ikkita ibratli voqeani yodga olishga jazm etdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Antokiy rahimahulloh: \u201cAgar odamlar sen tufayli gunohkor bo\u02bblib qolishining ehtimoli bo\u02bblsa, sen rahm-shafqat yuzasidan ulardan nariroq yurgin, faqat namoz vaqtidagina jamoatga qo\u02bbshilgin\u201d, deb nasihat qilar ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu gapning tagida juda katta boshqa bir gap yashirin. Imom Sha\u02bcroniy rahimahullohning \u201cTanbehul mug\u02bbtarrin\u201d asarida yozilishicha, solih kishilarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat hisoblangan har bir musulmonni \u2013 u xoh solih bo\u02bblsin yo osiy, bundan qat\u02bci nazar \u2013 uning qalbidagi imon ne\u02bcmatini yuksak qadrlagan. Birovning joni va moliga qasd qilib, moddiy zarar yetkazish yoki ortidan ig\u02bbvo va g\u02bbiybat bilan bir musulmonning obro\u02bbsini to\u02bbkib, ma\u02bcnan ozor berish u yoqda tursin, hatto o\u02bbzi sababli gunohkor bo\u02bblib qolishidan ham qattiq ehtiyot bo\u02bblgan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Mag\u02bboribiy rahimahulloh: \u201cGunohkorlarga rahmat nazari bilan boqmaganlar bizning yo\u02bblimizdan chiqibdi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcruf Karxiy rahimahulloh gunohkor insonga ko\u02bbzi tushsa, unga Allohdan mag\u02bbfirat so\u02bbrab duo qilar va Haq taoloning rahmi kelishini umid qilar ekan. Shogirdlariga: \u201cAlloh taolo Muhammad alayhissalomni insoniyatni jahannam yo\u02bblidan qutqarib, O\u02bbzining rahmatiga noil bo\u02bblishi uchun elchi etib yuborgan. Mal\u02bcun (la\u02bcnatlangan) Shayton esa musulmonlarni badnom va sharmanda qilish uchun kelgan\u201d, deb ta\u02bclim berarkan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, insonlarning jaholat va razolatdan qutilishini chin dildan istamoq \u2013 bu Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oliy xususiyatlaridan biri bo\u02bblib, bu borada u zotning yo\u02bblini tutmoq sunnatdir. Bir musulmonning aybini fosh etib, elga sharmisor qilish, dushmanning boshiga kulfat tushganda shodlanish esa shaytonning ishi ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir kuni Ma\u02bcruf Karxiy rahimahulloh daryo bo\u02bbyida ketayotib, qo\u02bbllarida xamr tutgan bir necha mast kishiga duch kelib qolibdi. Shunda uning sheriklari: \u201cHazrat, bu betavfiqlarni bir duoibad qiling\u201d, debdi. Ma\u02bcruf Karxiy esa: \u201cEy Rabbim! Bu bandalaring hozir shu dunyoda qanday shodu xurram yurgan bo\u02bblsa, oxiratda ham bularni xuddi shunday xursand qilgin!\u201d deb duo qilibdi. Bundan hayron bo\u02bblgan do\u02bbstlari: \u201cTaqsir, bu xudobezorilarni duoibad qiling, desak, siz aksini qildingiz-ku!\u201d debdi. Shunda Ma\u02bcruf Karxiy: \u201cBiror musulmonning ziyoniga duoibad qilishdan Alloh saqlasin! Do\u02bbstlar, men Xudodan ularning oxiratda ham shod bo\u02bblishini tiladim. Axir, oxiratdagi shodlik ular tavba qilsa, Alloh kechirsa va Uning rahmatiga noil bo\u02bblsagina bo\u02bbladi-ku!\u201d deb javob bergan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cOdamlarga rahm qilmaydigan kishiga Alloh ham rahm qilmaydi\u201d, <\/em><\/strong>deganlar <em>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/em> Shu bilan birga, u zot hayvonlarga ham mehr-shafqatli bo\u02bblish kerakligini ta\u02bckidlaganlar. Ha, muqaddas dinimiz Alloh taoloning barcha maxluqotlariga rahm-shafqat, mehr bilan munosabatda bo\u02bblishni o\u02bbrgatadi. Hadisi shariflarda chanqoq itga suv bergan kishiga katta ajr berilgani haqida Abu Hurayra roziyallohu anhudan bunday rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollalohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cBir kishi yo\u02bblda juda qattiq chanqadi. Shu payt bir quduqni ko\u02bbrib qolib, uning ichiga tushdi va chanqog\u02bbini qondirdi. U yerdan chiqib qarasa, bir it chanqoqdan tili osilib tuproq yalayotgan ekan. Shunda u: \u201cBu it ham suvga mendek qattiq tashna bo\u02bblibdi\u201d, dedi-da, quduqqa qaytib tushib, oyoq kiyimiga suv to\u02bbldirib olib chiqdi va itga berdi. Shunda Alloh taolo unga rahmat nazari bilan qaradi va gunohlarini mag\u02bbfirat qildi\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Shunda sahobalar: \u201cEy Allohning Rasuli! Bizga hayvonlar tufayli ham ajr yoziladimi?\u201d dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cHar bir tirik mavjudot sababli ajr bor\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d<em> (Muttafaqun alayh).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, hadislarda hayvon so\u02bbymoqchi bo\u02bblgan kishi pichog\u02bbini o\u02bbtkirlab olishi, o\u02bbtmas tig\u02bb bilan uning jonini og\u02bbritmasligi, sut sog\u02bbadiganlar qo\u02bbllarining tirnog\u02bbini olib yurishi kerakligi, jigari bo\u02bblgan har bir narsada ajr borligi, ya\u02bcni jonivorga yem yo suv berish savob bo\u02bblishi aytilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Muhammad alayhissalomning ummatiman, degan har bir inson doimo aql bilan ish tutishi, insonlarga ham, hayvonlarga ham, hatto jonsiz narsalarga ham zarar yetkazmasligi, mehr-shafqatli bo\u02bblishi kerak ekan. Shunda o\u02bbzi ham xotirjam, tevarak atrofi ham osuda bo\u02bbladi. Islom qo\u02bbpollik, dag\u02bballik, dilozorlik, adovat, zulm, hasad kabi ma\u02bcnaviy illatlardan qaytaradi. Aksincha, yaxshilik, ezgulik, samimiyat, mehribonlik, muhabbat va ahillikka chorlaydi! Islomning mehr-shafqat va ezgulik dini ekaniga yana ham ko\u02bbp dalil keltirish mumkin, lekin fikrimizcha, aql egalariga yuqoridagilarning o\u02bbzi ham yaxshi saboq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu haqiqatni asosiy diniy manbalar bo\u02bblmish oyat va hadislar to\u02bbliq tasdiqlaydi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan istalgan biror misolni olishning o\u02bbzi kifoya. Islom dini insonlarni bir-biriga mehr-shafqatli va rahmli bo\u02bblishga chorlaydi. Alloh taoloning go\u02bbzal ismlariga boqsangiz, ularning boshida Rahmon turadi. Bu barcha maxluqotlariga o\u02bbta rahmli va mehribon Zot, demakdir. Ilohiy mehribonlikning ko\u02bblami shu darajada kengki, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52596,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52595"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52595"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52595\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52597,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52595\/revisions\/52597"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52596"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52595"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52595"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52595"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}