{"id":52576,"date":"2026-09-15T18:11:17","date_gmt":"2026-09-15T13:11:17","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52576"},"modified":"2026-09-15T18:11:17","modified_gmt":"2026-09-15T13:11:17","slug":"bag%ca%bbrikenglik-va-ma%ca%bcrifat-vayronkor-g%ca%bboyalarga-qarshi-eng-maqbul-yechim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52576&lang=oz","title":{"rendered":"Bag\u02bbrikenglik va ma\u02bcrifat \u2013 vayronkor g\u02bboyalarga qarshi eng maqbul yechim"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u201d g\u02bboyasi asosida yo\u02bblga qo\u02bbyilgan \u201cIslom \u2013 tinchlik va ma\u02bcrifatparvarlik dini\u201d mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi izchil davom ettirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52579\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15093.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15093.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15093-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu tashabbus doirasida Markaz xodimlari, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita, O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Qozog\u02bbiston Geosiyosiy tadqiqotlar instituti va \u201cAQNIET\u201d axborot-targ\u02bbibot va reabilitatsiya markazi\u201d jamoat fondi, Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) vakillari ishtirokida navbatdagi xalqaro onlayn seminar o\u02bbtkazildi. Unda Qozog\u02bbistondagi mazkur jamg\u02bbarmasi direktorining xalqaro loyihalar bo\u02bbyicha maslahatchisi Alim Shaumetov <strong>\u201cAQNIET\u201d fondining diniy sohani mustahkamlash va etnomediatsiya borasidagi tajribasi\u201d<\/strong> mavzusida ma\u02bcruza qildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52578\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15092.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15092.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15092-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ekspert \u201cAQNIET\u201d axborot-targ\u02bbibot va reabilitatsiya markazi\u201d jamoat fondi tomonidan deradikalizatsiya, resotsializatsiya va etnomediatsiya sohalarida to\u02bbplangan ko\u02bbp yillik amaliy tajriba va erishilgan natijalar haqida so\u02bbzladi. Jamg\u02bbarmaning institutsional rivojlanishi borasida 2014-yilda atigi 3 nafar teolog bilan ish boshlagan fond bugungi kunga kelib, 107 nafar malakali mutaxassisni birlashtirgan yirik tizimga aylangani hamda Qozog\u02bbiston bo\u02bbylab 20 ta vakilligi faoliyat yuritayotganini qayd etdi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Reabilitatsiya jarayonida teolog, psixolog va tarixchilar bilan bir qatorda, ilgari reabilitatsiyadan o\u02bbtgan sobiq mahkum mediatorlarning shaxsiy tajribasi alohida ahamiyatga ega ekani ta\u02bckidlandi. Ishning asosiy qamrovini ekstremistik jinoyatlar uchun hukm qilinganlar, \u201cJusan\u201d (<em>Shuvoq \u2014 ona tuproq parchasi,<\/em> &#8220;<em>u odamni Vatanga qaytishga undaydi&#8221; ma\u02bcnosida shunday nomlangan<\/em>) operatsiyasi doirasida Yaqin Sharqdan qaytarilgan 760 nafar fuqaro va destruktiv jamoalar yetakchilari tashkil etishiga e\u02bctibor qaratildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52580\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15094.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15094.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15094-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcruzachining ta\u02bckidlashicha, deradikalizatsiya bosqichma-bosqich amalga oshirilib, dastlab radikallashuv omillari tahlil qilinadi va reja tuziladi, so\u02bbng tuzatish ta\u02bcsiri ko\u02bbrsatilib, uning samaradorligi muntazam baholab boriladi. Dunyoqarashning ijobiy tomonga o\u02bbzgarishi va an\u02bcanaviy diniy qadriyatlarning shakllanishi asosiy samaradorlik mezonlari sifatida alohida qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52580\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15094.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15094.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15094-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jazoni o\u02bbtash muassasalarida 400 dan ortiq mahkum bilan muntazam profilaktika ishlari olib borilayotgani va 2026-yilda radikal qarashdagi shaxslar uchun qo\u02bbshimcha 3 ta qayta tarbiyalash markazi tashkil etilganiga urg\u02bbu berildi. Ko\u02bbrilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida qayta jinoyat sodir etish ko\u02bbrsatkichi 2 foizdan oshmagani, fond metodologiyasi esa <strong>Rim memorandumi<\/strong> (zo\u02bbravonlik, ekstremizm va terrorizm uchun jazoga mahkum etilgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiya qilish bo\u02bbyicha xalqaro miqyosda qabul qilingan eng muhim tavsiyaviy hujjatlardan biri) va <strong>Terrorizmga qarshi kurash global forumi (GCTF)<\/strong> tavsiyalariga to\u02bbliq mos kelishi ta\u02bckidlandi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52581\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15095.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15095.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15095-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axborot makonida turli vositalar orqali Markaziy Osiyo foydalanuvchilariga ta\u02bcsir o\u02bbtkazuvchi 900 dan ortiq xalqaro manba muntazam monitoring qilinayotganiga ahamiyat qaratildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52582\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15096.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15096.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/zoom15096-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ekspert so\u02bbzi yakunida destruktiv mafkuraga qarshi kurashda faqat huquqiy choralar bilan cheklanmay, psixologik, teologik va raqamli axborot tahliliga asoslangan kompleks yondashuvni qo\u02bbllash zarurligini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<br \/>\nMatbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u201d g\u02bboyasi asosida yo\u02bblga qo\u02bbyilgan \u201cIslom \u2013 tinchlik va ma\u02bcrifatparvarlik dini\u201d mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Markaz xodimlari, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita, O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Qozog\u02bbiston Geosiyosiy tadqiqotlar instituti va \u201cAQNIET\u201d axborot-targ\u02bbibot va reabilitatsiya markazi\u201d jamoat fondi, Islom &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52577,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52576"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52583,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52576\/revisions\/52583"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52577"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}