{"id":52529,"date":"2026-09-14T15:48:56","date_gmt":"2026-09-14T10:48:56","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52529"},"modified":"2026-09-14T16:08:36","modified_gmt":"2026-09-14T11:08:36","slug":"imom-buxoriy-merosining-malayya-dunyosidagi-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52529&lang=oz","title":{"rendered":"Imom Buxoriy merosining Malayya dunyosidagi o\u02bbrni"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Bruneydagi Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti (UNISSA) hamkorligida \u201cImom Buxoriyning Malayya dunyosiga ta\u02bcsiri: Bruney Dorussalom va Malayziya misolida\u201d mavzusida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Anjumanda Markaz xodimlari, Hadis ilmi maktabi rahbariyati, Bruney, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Misrdan tashrif buyurgan yetakchi sharqshunos va manbashunos olimlar, tadqiqotchi-stipendiatlar ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52531\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14092.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14092.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14092-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52532\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14093.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14093.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14093-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman ochilishida Markaz direktori, professor Shovosil Ziyodov va UNISSA prorektori Siti Sora binti Hoji Ahmad xonim Movarounnahr va Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlarini bog\u02bblab turgan asriy ilmiy-ma\u02bcrifiy rishtalarning mustahkam tarixiy poydevorini alohida e\u02bctirof etdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52535\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14095.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14095.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14095-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/>\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiya davomida Malayziyaning Malayya universiteti Islom tadqiqotlari akademiyasi professori Muhammad Favziy ibn Hamad va boshqa xorijiy ekspertlar Malayya dunyosida islom sivilizatsiyasi va manbashunoslik rivoji bo\u02bbyicha ma\u02bcruza qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhokamalarda asosiy e\u02bctibor \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarining Malayziya va Bruney ta\u02bclim tizimi hamda manbashunoslik me\u02bcyorlarini shakllantirishdagi akademik o\u02bbrniga qaratildi. Ishtirokchilar Imom Buxoriyning tadqiqot metodologiyasi bugungi kunda ham zamonaviy islomshunoslikda bosh mezon sifatida xizmat qilayotganini alohida qayd etdi. Shuningdek, Malayziya va Bruneyning yetakchi akademik muassasalarida ilmiy tadqiqotlarni uch tilda \u2013 malay, arab va ingliz tillarida olib borish tajribasi Movarounnahr allomalari merosini global ilmiy doiralarga yoyishda strategik ko\u02bbprik bo\u02bblishi ta\u02bckidlandi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52534\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14094.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14094.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14094-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muloqotlar davomida Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo jamiyatlari o\u02bbrtasidagi madaniy-etnografik mushtaraklik, islomiy qadriyatlar va hadislarning kundalik turmush va urf-odatlardagi (\u201cbarhayot hadis\u201d konsepsiyasi asosida) antropologik ko\u02bbrinishlari tahlil qilinib, Bruney va mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi noyob qo\u02bblyozmalar bazasini saqlash, kataloglashtirish va ularni Markaziy Osiyo arxiv manbalari bilan solishtirma o\u02bbrganish bo\u02bbyicha istiqboldagi hamkorlik qadamlari etib belgilab olindi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52536\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14096.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14096.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad14096-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan UNISSA o\u02bbrtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi bo\u02bbyicha protokol imzolandi. Marosimda Siti Sora binti Hoji Ahmad xonim O\u02bbzbekiston islom sivilizatsiyasining eng buyuk namoyandalari yetishib chiqqan muqaddas diyor ekanini va Imom Buxoriy, uning boy ilmiy merosi global miqyosda alohida ahamiyatga ega ekanini e\u02bctirof etdi. Bugun rasmiylashtirilayotgan o\u02bbzaro hamkorlik shunchaki muloqot platformasi bo\u02bblib qolmay, balki qo\u02bblyozmalar manbashunosligi, qo\u02bbshma ilmiy loyihalar va akademik almashuvlarni yangi bosqichga olib chiquvchi amaliy poydevor bo\u02bblishini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman yakunida xorijlik mehmonlar Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, alloma qabrini ziyorat qildi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan innovatsion muzey va masjid faoliyati bilan yaqindan tanishdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Matbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Bruneydagi Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti (UNISSA) hamkorligida \u201cImom Buxoriyning Malayya dunyosiga ta\u02bcsiri: Bruney Dorussalom va Malayziya misolida\u201d mavzusida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Anjumanda Markaz xodimlari, Hadis ilmi maktabi rahbariyati, Bruney, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Misrdan tashrif buyurgan yetakchi sharqshunos va manbashunos olimlar, tadqiqotchi-stipendiatlar ishtirok etdi. Anjuman ochilishida &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52530,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52529"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52529"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52529\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52542,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52529\/revisions\/52542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52530"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52529"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52529"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52529"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}