{"id":52516,"date":"2026-09-14T09:32:22","date_gmt":"2026-09-14T04:32:22","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52516"},"modified":"2026-09-14T09:32:22","modified_gmt":"2026-09-14T04:32:22","slug":"insonparvarlik-oliy-qadriyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52516&lang=oz","title":{"rendered":"INSONPARVARLIK \u2013 OLIY QADRIYAT"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonparvarlik deganda ko\u02bbpchilikning xayoliga tabiiy ofatlar yoki mojarolardan jabr ko\u02bbrgan insonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa moddiy yordam ko\u02bbrsatish keladi. Albatta, bunday yordam insonparvarlikning muhim ko\u02bbrinishlaridan biri hisoblanadi. Biroq insonparvarlikning mazmuni ancha keng bo\u02bblib, u insonga hurmat, mehr-oqibat va g\u02bbamxo\u02bbrlik bilan munosabatda bo\u02bblishni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kundalik hayotimizda insonparvarlik, avvalo, oila a\u02bczolariga mehribon bo\u02bblish, qariyalar va nogironligi bo\u02bblgan shaxslarga yordam berish, qo\u02bbshnilar holidan xabar olish, muhtojlarga ko\u02bbmaklashish kabi ezgu amallarda namoyon bo\u02bbladi. Shuningdek, kimningdir dardini tinglash, yaxshi so\u02bbz bilan dalda berish, atrofdagilarning qadr-qimmatini hurmat qilish ham insonparvarlikning muhim ko\u02bbrinishlaridir. Ba\u02bczan bir samimiy tabassum yoki dildan aytilgan iliq so\u02bbz ham insonning kayfiyatini ko\u02bbtarishi, unga umid bag\u02bbishlashi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonparvarlik tuyg\u02bbusi inson qalbida, eng avvalo, oila tarbiyasi orqali shakllanadi. Farzand ota-onasining mehribonligi, bag\u02bbrikengligi va boshqalarga nisbatan munosabatini ko\u02bbrib ulg\u02bbayadi. Keyinchalik maktab, ustozlar, kitoblar, milliy va diniy qadriyatlar ham ushbu fazilatning mustahkamlanishiga katta hissa qo\u02bbshadi. Ayniqsa, o\u02bbzgalarning dardini his eta bilish, ya\u02bcni hamdardlik tuyg\u02bbusini rivojlantirish insonparvarlikning asosini tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtoj, bemor yoki boshiga og\u02bbir kun tushgan insonga yordam berish ham insonparvarlikning oliy ko\u02bbrinishlaridan biridir. Mazkur jarayonda eng muhim jihat uning insoniy sha\u02bcni va qadr-qimmatini saqlab qolishdir. Chunki haqiqiy saxovat nafaqat moddiy ko\u02bbmak berish, balki insonning qalbini og\u02bbritmaslik, uning izzat-nafsini hurmat qilish bilan ham namoyon bo\u02bbladi. Islom ta\u02bclimotida insonga qilingan yaxshilik riyo va manmanlikdan xoli tarzda amalga oshirilishi lozimligi ta\u02bckidlanadi. Bu tamoyil sadaqa va ehsonning asosiy odoblaridan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sababli ayrim hollarda xayriya ishlarini ommaga ko\u02bbz-ko\u02bbz qilish, muhtoj insonlarning holatini tasvirga olib tarqatish holatlari uchrab turadi. Albatta, ba\u02bczi hollarda bu boshqalarni ham ezgulikka undashi mumkin. Biroq insonning shaxsiy hayoti, or-nomusi va qadr-qimmati har qanday maqsaddan ustun turishi lozim. Haqiqiy saxovat odobi, avvalo, ixlos, kamtarlik va samimiyatga asoslanadi. Ezgu amalni mukofot yoki maqtov uchun emas, balki insonparvarlik tuyg\u02bbusi va vijdon amri bilan bajarish eng yuksak fazilatdir. Yordam ko\u02bbrsatuvchi kishi muhtoj insonni minnatdor qilishga emas, balki uning og\u02bbirini yengil qilishga intilishi kerak. Shuningdek, yaxshi so\u02bbz, iliq munosabat va ma\u02bcnaviy qo\u02bbllab-quvvatlash ham moddiy yordam kabi muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbek xalqi azaldan bag\u02bbrikengligi va mehr-oqibati bilan ajralib turadi. Tarixga nazar tashlasak, yurtimiz og\u02bbir sinov yillarida turli millat vakillarini o\u02bbz bag\u02bbriga olgan, ularga boshpana bergan, mehr va g\u02bbamxo\u02bbrlik ko\u02bbrsatgan. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida yuz minglab evakuatsiya qilingan insonlar, jumladan, yetim bolalarning O\u02bbzbekistondan panoh topgani xalqimizning yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etgan yorqin misoldir. Bugungi kunda ham mamlakatimiz tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar yoki boshqa og\u02bbir vaziyatlarga duch kelgan davlatlarga gumanitar yordam ko\u02bbrsatib kelmoqda. Bu esa, xalqimizga xos ezgu an\u02bcanalar hozirgi kunda ham davom etayotganidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizga xos bo\u02bblgan bag\u02bbrikenglik va mehr-oqibat, eng avvalo, milliy qadriyatlarimizdan oziqlanadi. Asrlar davomida shakllangan mahalla instituti, qo\u02bbni-qo\u02bbshnichilik munosabatlari, hashar, saxovat va o\u02bbzaro yordam kabi an\u02bcanalar insonlarni bir-birlariga yaqinlashtirib, hamjihatlik muhitini mustahkamlab kelgan. Oila tarbiyasida kattani hurmat qilish, kichikka mehr ko\u02bbrsatish, muhtojlarga ko\u02bbmak berish kabi fazilatlar ham avloddan avlodga o\u02bbtib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, xalqimizning bag\u02bbrikenglik ruhi islom dinining insonparvarlik g\u02bboyalari bilan ham chambarchas bog\u02bbliq. Dinimizda muhtojlarga yordam berish, beva-bechoralarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilish, qo\u02bbshniga yaxshilik qilish, insonning millati va dinidan qat\u02bci nazar uning haq-huquqlarini hurmat qilish kabi ezgu tamoyillarga alohida ahamiyat berilgan. Ana shu qadriyatlar xalqimizning turmush tarzi va ma\u02bcnaviy dunyoqarashiga chuqur singib ketgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda yurtimizda xayriya va jamoat ishlarida ko\u02bbngilli sifatida ishtirok etish harakati tobora rivojlanib, yoshlar orasida beg\u02bbaraz yordam berish madaniyati keng ommalashmoqda. Turli ijtimoiy loyihalar, ekologik aksiyalar, xayriya tadbirlari va ko\u02bbngilli tashabbuslarda ishtirok etayotgan yoshlar jamiyat hayotida faol o\u02bbrin egallamoqda. Bu jarayon nafaqat ehtiyojmand insonlarga yordam berishga, balki yoshlarning shaxsiy, ma\u02bcnaviy va psixologik kamolotiga ham ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, xayriya va jamoat ishlarida ko\u02bbngilli sifatida ishtirok etish insonda mehr-oqibat, hamdardlik va mas\u02bculiyat tuyg\u02bbularini kuchaytiradi. Turli hayotiy qiyinchiliklarga duch kelgan insonlar bilan muloqot qilish yoshlarga hayotning haqiqiy qadrini anglashga yordam beradi. Ular o\u02bbz muammolariga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaydi, shukronalik hissi ortadi va boshqalar dardiga befarq bo\u02bblmaslikni o\u02bbrganadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Psixologik jihatdan ham ko\u02bbngilli faoliyat muhim ahamiyatga ega. Bunday faoliyatda qatnashgan yoshlarda o\u02bbziga ishonch ortadi, muloqot qilish ko\u02bbnikmalari rivojlanadi, jamoada ishlash va yetakchilik qobiliyatlari shakllanadi. Biror insonga yordam berib, uning minnatdorchiligi va duosini eshitish yoshlarda ijobiy his-tuyg\u02bbularni uyg\u02bbotadi, hayotga bo\u02bblgan ishonchini mustahkamlaydi va ruhiy barqarorlikni oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda xayriya masalasiga ham to\u02bbxtalib o\u02bbtish joiz. Ma\u02bclumki, hozirgi kunda ayrim insonlar boy bo\u02bblsam, albatta xayriya qilaman, deb o\u02bbylaydi. Lekin insonparvarlik faqat pul bilan o\u02bblchanmaydi. Albatta, moddiy yordam muhtoj insonlarning hayotini yengillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Biroq insonparvarlikning haqiqiy mazmuni yuqorida aytilganidek, faqat pul yoki moddiy boylik bilan o\u02bblchanmaydi. U, avvalo, insonning mehribon qalbi, ezgu niyati va boshqalarga nisbatan g\u02bbamxo\u02bbr munosabatida namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kundalik hayotimizda pul sarflamasdan turib ham ko\u02bbplab insonparvarlik ishlarini amalga oshirish mumkin. Masalan, tushkunlikka tushgan insonga shirin so\u02bbz aytish, unga dalda berish, qariyalar holidan xabar olish, bemorni ziyorat qilish yoki qiyin ahvolga tushgan qo\u02bbshniga ko\u02bbmaklashish ham yuksak insoniy fazilat hisoblanadi. Ba\u02bczan inson uchun eng katta yordam moddiy ko\u02bbmak emas, balki uni tushunadigan, dardiga quloq tutadigan va ruhiy qo\u02bbllab-quvvatlaydigan insonning mavjudligidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, insonning vaqti, bilimi va mehnati ham katta boylik hisoblanadi. Kimgadir bepul ta\u02bclim berish, hayotiy tajribasi bilan o\u02bbrtoqlashish yoki jamoat ishlarida ko\u02bbngilli bo\u02bblib ishtirok etish ham insonparvarlikning muhim shakllaridandir. Bu ishlar ko\u02bbpincha puldan ko\u02bbra ko\u02bbproq mehr, sabr va mas\u02bculiyat talab qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilganda, insonparvarlik jamiyat taraqqiyoti va ma\u02bcnaviy barqarorligining muhim asoslaridan biridir. U faqat moddiy yordam bilan cheklanmay, mehr-oqibat, hamdardlik, shirin so\u02bbz, yaxshi muomala va o\u02bbzgalar qadr-qimmatini hurmat qilishda namoyon bo\u02bbladi. Bunday fazilatlar jamiyatda o\u02bbzaro ishonch, birdamlik va hamjihatlik muhitini qaror toptirib, kelajak avlodning ma\u02bcnaviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sanjarbek DJUMANOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, <\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonparvarlik deganda ko\u02bbpchilikning xayoliga tabiiy ofatlar yoki mojarolardan jabr ko\u02bbrgan insonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa moddiy yordam ko\u02bbrsatish keladi. Albatta, bunday yordam insonparvarlikning muhim ko\u02bbrinishlaridan biri hisoblanadi. Biroq insonparvarlikning mazmuni ancha keng bo\u02bblib, u insonga hurmat, mehr-oqibat va g\u02bbamxo\u02bbrlik bilan munosabatda bo\u02bblishni anglatadi. Kundalik hayotimizda insonparvarlik, avvalo, oila a\u02bczolariga mehribon bo\u02bblish, qariyalar va nogironligi bo\u02bblgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52517,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52516"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52516"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52516\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52518,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52516\/revisions\/52518"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52517"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52516"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52516"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52516"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}