{"id":52456,"date":"2026-09-09T16:15:14","date_gmt":"2026-09-09T11:15:14","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52456"},"modified":"2026-09-09T17:09:11","modified_gmt":"2026-09-09T12:09:11","slug":"biz-bugun-kechagidan-kuchlimiz-ertaga-bundan-ham-kuchli-bo%ca%bblamiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52456&lang=oz","title":{"rendered":"BIZ BUGUN KECHAGIDAN KUCHLIMIZ Ertaga bundan ham kuchli bo\u02bblamiz"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Istiqlol ne\u02bcmati tufayli yurtimizda nafaqat davlat va jamiyat hayotida ulkan o\u02bbzgarishlar ro\u02bbyo berdi, balki xalqimizning ma\u02bcnaviy dunyosi, milliy va diniy qadriyatlariga munosabatida ham yangi davr boshlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikning 35 yilligi xalqimizning istiqlol yillaridagi fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan bosib o\u02bbtilgan murakkab va sharafli taraqqiyot yo\u02bblini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni yanada chuqur anglash va kelgusi marralarni belgilash uchun muhim tarixiy palladir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, mustaqillik bizga, avvalo, o\u02bbzligimizni anglash, milliy g\u02bbururimizni tiklash, shonu sharafimizni yuksaltirish, dinimiz, ona tilimiz va asriy qadriyatlarimizni e\u02bczozlash imkonini berdi. Bugungi kunda esa biz aynan erkin va farovon hayot, tinchlik va osoyishtalik, inson huquq va erkinliklari, vijdon erkinligi hamda diniy bag\u02bbrikenglik kabi yuksak qadriyatlarni yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotining muhim asoslari sifatida ko\u02bbrmoqdamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Inson qadri ulug\u02bblangan yurt<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz ta\u02bckidlaganidek, mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo\u02bbladi. Shu ma\u02bcnoda, so\u02bbnggi yillardagi islohotlarning bosh maqsadi insonning huquq va manfaatlarini ta\u02bcminlash, munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cInson qadri uchun!\u201d degan ezgu g\u02bboya davlat siyosatining markaziga chiqarildi. Ilgari odamlarni yillar davomida qiynab kelgan qator muammolarga barham berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng muhimi, jamiyatda ishonch va xotirjamlik ustuvorlik kasb etmoqda. Bu esa inson qadrini ulug\u02bblashga asoslangan yangi O\u02bbzbekiston g\u02bboyasining amaliy ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Istiqlol yillaridagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar natijasida aholi turmush darajasi yaxshilanmoqda, zamonaviy uy\u00adjoylar qurilmoqda, ehtiyojmand oilalarni qo\u02bbllab\u00adquvvatlashning manzilli mexanizmlari joriy etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jarayonlar diniy\u00adma\u02bcrifiy sohadagi islohotlar bilan ham uzviy bog\u02bbliq. Chunki inson qadrini ulug\u02bblash, uning e\u02bctiqodiga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblish, vijdon erkinligini ta\u02bcminlash va turli qarashlarga bag\u02bbrikenglik bilan yondashish barqaror va adolatli jamiyatning muhim shartlaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Vijdon erkinligi \u2014\u00a0 mustaqillikning ulug\u02bb ne\u02bcmati<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonun qabul qilinib, vijdon erkinligini ta\u02bcminlashning huquqiy asoslari yaratildi. Keyinchalik mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilinishi bilan bu kafolatlar zamon talablari asosida yanada takomillashtirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun mamlakatimizda vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq sifatida mustahkam kafolatlangan. Diniy sohada davlat siyosatining huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, fuqarolar diniy ehtiyojlarini qonuniy va erkin amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu mustaqillikning inson hayotidagi eng muhim ma\u02bcnaviy samaralaridan biridir. Zero, xalqning erkinligi faqat uning siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarida emas, balki o\u02bbz ma\u02bcnaviy dunyosi, e\u02bctiqodi va qadriyatlarini anglash, ularga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblish imkoniyatida ham ko\u02bbrinadi. Mustaqillik bizga ana shu imkoniyatni berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ma\u02bcrifat \u2014 taraqqiyot poydevori<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonning buyuk tarixida ilm\u00adfan va ma\u02bcrifat doimo yuksak o\u02bbrin tutgan. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan buyuk allomalarimizning diniy\u00adma\u02bcrifiy merosi ana shu ulkan sivilizatsiyaning ajralmas qismidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Bahouddin Naqshband kabi ajdodlarimizning ilmiy\u00adma\u02bcnaviy merosi xalqimizning bebaho boyligidir. Ularning asarlarida ilm, aql, ma\u02bcrifat, ezgulik, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik va ma\u02bcnaviy kamolot g\u02bboyalari mujassam.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tashabbusi bilan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy\u00adtadqiqot markazlari tashkil etilgani, Bahouddin Naqshband ilmiy\u00adtadqiqot markazi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyilgani ana shu bebaho merosni chuqur o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib etishga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi esa bu yo\u02bbnalishdagi ishlar yangi bosqichga ko\u02bbtarilganining yana bir yorqin ifodasi bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand zaminida Imom Buxoriy majmuasining qaytadan bunyod etilgani ham xalqimizning buyuk muhaddis merosiga yuksak ehtiromini ifodalaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu dargohlar faqat ziyorat maskanlari emas. Ular ilm\u00adma\u02bcrifat, tarixiy xotira, milliy o\u02bbzlik va ezgulik g\u02bboyalarini uyg\u02bbunlashtiruvchi ma\u02bcnaviy markazlar sifatida ham katta ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Uchinchi Renessans asosi \u2014 bilimli va ma\u02bcrifatli yoshlar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun O\u02bbzbekiston taraqqiyotining yangi davriga qadam qo\u02bbymoqda. Kelgusi o\u02bbn yillik milliy yuksalish davri bo\u02bblishi belgilanmoqda. Bu buyuk maqsadga erishishda ta\u02bclim, ilm\u00adfan va ma\u02bcrifat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, kelgusi yillarda bilim va malakani taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bolalarni maktabga tayyorlash, ta\u02bclim sifatini xalqaro mezonlar asosida oshirish, texnikumlarda yuqori daromadli kasblarga o\u02bbqitish, mamlakatimiz universitetlarini dunyoning eng nufuzli oliy ta\u02bclim muassasalari qatoriga olib chiqish kabi vazifalar qo\u02bbyilgani bejiz emas. Chunki Uchinchi Renessans, avvalo, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma\u02bcnaviyatli avlodni tarbiyalashni talab etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur jarayonda yoshlarimizga milliy va diniy qadriyatlarning insonparvarlik mohiyatini to\u02bbg\u02bbri anglatish, ularni ilm va ma\u02bcrifatga, vatanparvarlik va ezgulikka yo\u02bbnaltirish, turli buzg\u02bbunchi g\u02bboyalardan asrash bugungi davrning muhim vazifalaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, AT, sun\u02bciy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va kreativ iqtisodiyot kabi sohalar jadal rivojlanayotgan bir paytda yosh avlodning raqamli dunyoda munosib o\u02bbrin egallashi bilan birga ma\u02bcnaviy ildizlariga, qadriyatlariga hamohang tarzda faoliyat yuritishi juda muhim. Prezidentimiz ta\u02bckidlaganidek, o\u02bbzbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo\u02bblishi lozim. Zero, bilim, ma\u02bcnaviyat va qadriyat uyg\u02bbunligi barkamol insonning eng muhim belgisidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bag\u02bbrikenglik \u2014 xalqimizning bebaho boyligi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston azaldan turli millat va din vakillari tinch\u00adtotuv va hamjihat yashab kelgan zamindir. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a\u02bczolari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Notinchlik va qarama\u00adqarshiliklar kuchayib borayotgan bugungi murakkab dunyoda millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglik xalqimizning bebaho boyligidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy konfessiyalar vakillarining o\u02bbz diniy an\u02bcana va marosimlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani, konfessiyalararo muloqot va hamkorlik rivojlanib borayotgani yurtimizda qaror topgan bag\u02bbrikenglik muhitining amaliy ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2023-yilda \u201cDiniy bag\u02bbrikenglik\u201d ko\u02bbkrak nishoni ta\u02bcsis etilgani ham bu qadriyatni rag\u02bbbatlantirishga e\u02bctiborning yorqin namunasi. Ramazon va Qurbon hayiti kunlari rasmiy bayram sifatida nishonlanishi esa elimizning asriy diniy va milliy qadriyatlariga davlat darajasida yuksak ehtirom ko\u02bbrsatilayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu qutlug\u02bb ayyomlar mehr\u00adoqibat, saxovat, kechirimlilik, hamjihatlik va insonparvarlik kabi fazilatlarni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mehr-oqibat va insonparvarlik \u2014 milliy qadriyatimiz<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson qadrini ulug\u02bblash g\u02bboyasi jamiyatimizda mehr\u00adoqibat va saxovat muhitini yanada kuchaytirmoqda. Ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo\u02bbllab\u00adquvvatlash, kam ta\u02bcminlangan oilalarga, muhtoj va bemor insonlarga yordam ko\u02bbrsatish, nogironligi bo\u02bblgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilish borasidagi ishlar tobora kengaymoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bir qator xayrli tashabbuslar ham istiqlol bayrami shukuhini har bir xonadonga yetkazishga xizmat qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ishlar zamirida xalqimizning azaliy fazilatlari \u2014 mehr\u00adoqibat, saxovat, himmat va hamjihatlik mujassam.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun mahalla nafaqat ijtimoiy hayotning muhim bo\u02bbg\u02bbini, balki insonlar o\u02bbrtasidagi mehr\u00adoqibat, o\u02bbzaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaydigan ma\u02bcnaviy maktab hamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu\u00ad istaklari, tadbirkorlarning tashabbuslari, eng avvalo, mahallada namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahallada turli millat vakillari, turli diniy qarashlarga ega insonlar bir oiladek yashaydi. Shu ma\u02bcnoda, mahalla bag\u02bbrikenglik va totuvlikning eng muhim hayotiy maktabidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Taraqqiyot kafolati<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson qadri ulug\u02bblangan, qonun ustuvor bo\u02bblgan va jamiyatda o\u02bbzaro hurmat qaror topgan yurtda iqtisodiy taraqqiyot ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar tashqi siyosati ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyoda ahil qo\u02bbshnichilik, strategik sheriklik va do\u02bbstlik munosabatlarining yangi bosqichga ko\u02bbtarilgani nafaqat mintaqaviy barqarorlik, balki xalqlar o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro ishonch va bag\u02bbrikenglikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonning turli mintaqalari bilan hamkorlik kengayishi, xalqaro nufuzi ortib borayotgani O\u02bbzbekistonning tinchliksevar va konstruktiv davlat sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz uchun tinchlik shunchaki siyosiy tushuncha emas. Tinchlik insonning xotirjam hayoti, farzandlar kelajagi, oila farovonligi, ilm va ma\u02bcrifat ravnaqi, diniy e\u02bctiqod erkinligi hamda jamiyat taraqqiyotining eng muhim shartidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan 35 yillik taraqqiyot yo\u02bblimiz bizga bir haqiqatni yana bir bor anglatmoqda: xalq va davlat yagona maqsad yo\u02bblida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo\u02bblmaydigan marraning o\u02bbzi yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz ta\u02bckidlaganidek, mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo\u02bbymoqda. Kelgusi o\u02bbn yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada belgilangan yetti milliy dastur hayotimizning eng muhim sohalarini qamrab olgani bilan alohida ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning har biri mohiyatan inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, yurtimizni tinchlik va do\u02bbstlik diyori, bag\u02bbrikeng o\u02bblka sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan vazifalar diniy\u00adma\u02bcrifiy soha uchun ham katta mas\u02bculiyat yuklaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglikni faqat qonunlar bilan emas, avvalo, insonlarning qalbi va ongida qaror toptirish zarur. Buning uchun ilm, ma\u02bcrifat, sog\u02bblom e\u02bctiqod va o\u02bbzaro hurmat muhitini yanada kuchaytirishimiz kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan o\u02bbttiz besh yil davomida diniy\u00adma\u02bcrifiy sohada kechgan islohotlar va erishilgan natijalarga nazar tashlar ekanmiz, bir haqiqat yanada ayon bo\u02bbladi: istiqlol xalqimizga nafaqat davlat mustaqilligini, balki o\u02bbz tarixi, ma\u02bcnaviyati, e\u02bctiqodi va qadriyatlarini anglash imkonini ham berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun yurtimizda vijdon erkinligi huquqiy jihatdan mustahkam kafolatlangan, turli din va konfessiya vakillari tinch va hamjihat hayot kechirmoqda. Buyuk ajdodlarimiz merosini o\u02bbrganish va uni keng targ\u02bbib etish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ziyoratlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Diniy bag\u02bbrikenglik va konfessiyalararo hamjihatlik esa xalqimizni birlashtiruvchi, jamiyatimiz tinchligi va barqarorligini mustahkamlovchi muhim qadriyat sifatida qaror topmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda O\u02bbzbekistondagi keng ko\u02bblamli islohotlar istiqlolning ezgu maqsadlarini yangi mazmun bilan boyitmoqda. Inson qadrini ulug\u02bblash, huquq va erkinliklarni ishonchli himoya qilish, ta\u02bclim va ilm\u00adfanni rivojlantirish, ma\u02bcnaviy\u00adma\u02bcrifiy muhitni yuksaltirish, jamiyatda tinchlik, totuvlik va bag\u02bbrikenglikni mustahkamlash taraqqiyotimizning muhim mezonlariga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, mustaqillikning 35 yilligi biz uchun nafaqat o\u02bbtgan yillarni sarhisob qilish, balki ertangi kun haqida yanada chuqur mulohaza yuritish, yangi O\u02bbzbekistonning yangi taraqqiyot marralari sari dadil intilish uchun ham muhim fursatdir. Zero, istiqlolning qadri faqat erishilgan yutuqlar bilan emas, uni asrash, bu ne\u02bcmatni qadrlash va kelajak avlodlarga munosib holda yetkazish mas\u02bculiyati bilan ham belgilanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ulug\u02bb qadriyatning mazmunini yanada boyitish har bir avlodning muqaddas burchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlik va osoyishtalikni asrash, inson qadrini ulug\u02bblash, vijdon erkinligini ta\u02bcminlash, ilm\u00adma\u02bcrifatni yuksaltirish, yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo\u02bbnaltirish, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab\u00ad avaylash, turli millat va konfessiya vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro hurmat va bag\u02bbrikenglik muhitini mustahkamlash yangi O\u02bbzbekistonning yorug\u02bb kelajagini bunyod etish yo\u02bblidagi eng muhim vazifalarimizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz ta\u02bcbiri bilan aytganda: \u201cBiz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo\u02bblamiz\u201d.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sodiq TOSHBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2026-yil 9-sentabr, \u2116186(1785)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Istiqlol ne\u02bcmati tufayli yurtimizda nafaqat davlat va jamiyat hayotida ulkan o\u02bbzgarishlar ro\u02bbyo berdi, balki xalqimizning ma\u02bcnaviy dunyosi, milliy va diniy qadriyatlariga munosabatida ham yangi davr boshlandi. Mustaqillikning 35 yilligi xalqimizning istiqlol yillaridagi fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan bosib o\u02bbtilgan murakkab va sharafli taraqqiyot yo\u02bblini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni yanada chuqur anglash va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52454,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52456"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52456"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52456\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52463,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52456\/revisions\/52463"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52454"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52456"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52456"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52456"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}