{"id":52320,"date":"2026-09-03T17:34:34","date_gmt":"2026-09-03T12:34:34","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52320"},"modified":"2026-09-03T17:34:34","modified_gmt":"2026-09-03T12:34:34","slug":"tafsir-magna-gandul-va-barhayot-hadis","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52320&lang=oz","title":{"rendered":"Tafsir, \u201cMagna Gandul\u201d va \u201cBarhayot hadis\u201d"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindorlari \u2013 Indoneziyaning Jakarta Qur\u02bcon ilmlari universiteti tadqiqotchilari Ahmad Havoshiy va Shams al-Iyodiy\u00a0 Markazda olib borgan ilmiy izlanishlari yakuniga doir taqdimot o\u02bbtkazdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52322\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03092.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03092.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03092-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dastlab Ahmad Havoshiy \u201cXX asrda Indoneziyada \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarining tafsir kitoblari rivojiga ta\u02bcsiri\u201d mavzusidagi tadqiqot natijalarini taqdim etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcruzachi mumtoz va zamonaviy tafsir maktablari o\u02bbrtasidagi metodologik farqlarni tahlil qilib, Imom Buxoriy hadislarining Qur\u02bcon oyatlarini sharhlashdagi o\u02bbrnini atroflicha yoritib berdi. Tadqiqotda Abu Muin Nasafiyning kalom va fiqh ahkomlariga, aniq matniy qoidalarga tayangan an\u02bcanaviy yondashuvi hamda indoneziyalik olim Hamkaning hadis ahkomlaridan ijtimoiy va ma\u02bcnaviy xulosalar chiqarishga qaratilgan zamonaviy metodologiyasi qiyoslandi. Til va aqida masalalari, ayollarning ijtimoiy mavqei va borliq hodisalariga oid hadislarning ikki tafsirdagi talqini aniq misollar orqali ko\u02bbrsatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadislari hamma davrlarda ham ijtimoiy va ilmiy islohotlar uchun eng muhim va serqirra manba bo\u02bblib xizmat qilgani ta\u02bckidlandi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52323\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03093.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03093.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03093-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbngra Shams al-Iyodiy \u201cYava madaniyati kontekstida \u201cSahihul Buxoriy\u201dning genealogiyasi tahlili\u201d mavzusida o\u02bbtkazgan tadqiqotlari yuzasidan ma\u02bcruza qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotchi Buxorodan boshlangan hadis ilmi va \u201cSahihul Buxoriy\u201dning Haramayn (ikki muqaddas masjid) orqali Janubi-Sharqiy Osiyoga, xususan, Indoneziyaning Yava oroliga yoyilishiga doir tarixiy bosqichlarni ko\u02bbrsatib berdi. Arabcha matnlarni Yava tilidagi pegon yozuvida satrlararo so\u02bbzma-so\u02bbz tarjima qilish va grammatik ishoralar qo\u02bbyish orqali o\u02bbrgatish usuli \u2013 \u201cMagna Gandul\u201d an\u02bcanasining manbashunoslik asoslari atroflicha yoritildi. Tadqiqotda bu an\u02bcana nafaqat oddiy tarjima, balki islomiy bilimlarni mahalliy madaniyatga moslashtirishning noyob pedagogik vositasi ekani, shuningdek, Markaziy Osiyo bilan Indoneziya o\u02bbrtasidagi ma\u02bcnaviy va akademik aloqalarning tarixiy ildizlari ilmiy asoslandi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52326\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03097.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03097.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03097-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan so\u02bbng Indoneziyadagi Mataram Davlat islom universitetining Markazda amaliyot boshlagan tadqiqotchisi Lalu Muhammad Fazlurrahmon \u00abHayot bosqichlari bilan bog\u02bbliq an\u02bcanalar: Lombok oroli va O\u02bbzbekiston misolida \u201cBarhayot hadis\u201d tadqiqi\u00bb nomli xalqaro tadqiqot loyihasi yuzasidan taqdimot o\u02bbtkazdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52324\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03094.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03094.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03094-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcruzada hadis ilmini shunchaki nazariy manba sifatida emas, balki insonning tug\u02bbilishidan vafotigacha bo\u02bblgan hayot tarzidagi, kundalik urf-odat va marosimlardagi amaliy ko\u02bbrinishini etnografik jihatdan o\u02bbrganish metodologiyasi taqdim etildi. Tadqiqotchi Lombok oroli va O\u02bbzbekiston jamiyatlaridagi oilaviy va ijtimoiy an\u02bcanalarda hadislarni qo\u02bbllashdagi o\u02bbxshash va farqli jihatlarni, shuningdek, postsovet hududida hadis qadriyatlarining tiklanish jarayonlarini qiyosiy tahlil qilish loyihasining ilmiy yangiliklarini bayon qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadbir qizg\u02bbin savol-javob va akademik muhokamalar bilan davom etdi. Indoneziyalik olimlar Samarqand shahrida va Markazda olib borgan izlanishlari davomida yaratilgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar, taqdim etilgan boy manbalar va ko\u02bbrsatilgan samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52325\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03095.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03095.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03095-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52327\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03096.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03096.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/tad03096-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markazda muvaffaqiyatli ilmiy amaliyot o\u02bbtagan xorijlik olimlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Matbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindorlari \u2013 Indoneziyaning Jakarta Qur\u02bcon ilmlari universiteti tadqiqotchilari Ahmad Havoshiy va Shams al-Iyodiy\u00a0 Markazda olib borgan ilmiy izlanishlari yakuniga doir taqdimot o\u02bbtkazdi. Dastlab Ahmad Havoshiy \u201cXX asrda Indoneziyada \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarining tafsir kitoblari rivojiga ta\u02bcsiri\u201d mavzusidagi tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Ma\u02bcruzachi mumtoz va zamonaviy tafsir maktablari o\u02bbrtasidagi metodologik farqlarni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52321,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52320"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52320"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52320\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52328,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52320\/revisions\/52328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52321"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52320"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52320"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52320"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}