{"id":52309,"date":"2026-09-03T14:25:06","date_gmt":"2026-09-03T09:25:06","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52309"},"modified":"2026-09-03T12:18:09","modified_gmt":"2026-09-03T07:18:09","slug":"oila-mustahkamligi-jamiyat-barqarorligi-garovi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52309&lang=oz","title":{"rendered":"OILA MUSTAHKAMLIGI \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGI GAROVI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 3 mingtaga kamaygan holda, ajrimlar 1,5 mingtaga ko\u02bbpaygan. Bu o\u02bbz navbatida mamlakatda jamiyatning asosiy negizi hisoblangan oila institutiga jiddiy xavf tahdid solayotganidan darak beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Patrik Jozef Byukenen o\u02bbzining \u201cG\u02bbarbning halokati\u201d asarida Yevropa mamlakatlari aholisi aql bovar qilmas darajada kamayib borayotgani, ularda o\u02bblim ko\u02bbrsatkichi tug\u02bbilishdan ko\u02bbra ancha yuqorilab ketgani va bu davlatlarda belanchakdan ko\u02bbra tobutga ehtiyojni oshirayotgani haqida bong uradi. Shunday murakkab pallada, tamadduniy va nasroniy qadriyatlardan xalos bo\u02bblgan, hayotga ishtiyoqi butunlay so\u02bbngan, o\u02bblimni nazar-pisand qilmagan G\u02bbarb kishisi aysh-ishratdan halovat izlayotganini afsus-nadomat bilan qayd etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, dunyoning eng rivojlangan mintaqasida bunday ayanchli vaziyat vujudga kelishining sabablari nimada? Yevropa jamiyatining bir necha avlodi uchun jozibali ideal bo\u02bblib kelgan sotsializm g\u02bboyasi (ijtimoiy adolat, tenglik va ishlab chiqarish vositalariga jamoat (davlat) egaligini yoqlovchi g\u02bboyalar tizimi)ni shunday sabablardan biri deyish mumkin. Agar har bir odamga davlat nafaqasi kafolatlanadigan bo\u02bblsa, keksayganda o\u02bbziga xos suyanch bo\u02bbladigan farzandlarga hojat qoladimi? Yoxud iqtisodiy jihatdan o\u02bbzini erkin his qilishi uchun yetarli miqdorda daromad topayotgan ayol uchun turmush qurish chinakam hayotiy maqsadga aylanishi mumkinmi? Va nihoyat, butun G\u02bbarbda ommalashganidek, kontraseptiv vositalar yordamida homilador bo\u02bblmasdan jinsiy ehtiyojni qondirish imkoniyati bo\u02bblsa, turmush qurish yoki uylanishga ne hojat?\u201d Bir so\u02bbz bilan aytganda, yevropa sotsialistlari er, xotin va bolalarni oilaviy vazifalar, burch va mas\u02bculiyatdan ozod etib, oila institutiga bo\u02bblgan ijtimoiy ehtiyojni yo\u02bbqqa chiqardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, mamlakatda nikohlar va oilalar sonining tez sur\u02bcatlar bilan kamayib borishi oila qadriyatining yo\u02bbqolishiga, demografik vaziyatning izdan chiqishiga va oxir-oqibat millatning, milliy davlatchilikning halokatiga sabab bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oila haqida gap ketganda, biz bu masalaga faqat bugun paydo bo\u02bblgan muammo sifatida qaramasligimiz kerak. Chunki oila, farzand tarbiyasi, er-xotin munosabati, ota-onaga ehtirom, mehnat va mas\u02bculiyat kabi tushunchalar xalqimiz ma\u02bcnaviy hayotida asrlar davomida shakllangan qadriyatlardir. Ayniqsa, Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy va ma\u02bcnaviy merosida inson tarbiyasi, oilaviy munosabatlar va jamiyat axloqiga daxldor qarashlar salmoqli o\u02bbrin egallaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning hadis ilmiga oid ulkan merosida insonning ota-onaga munosabati, qarindoshlik rishtalarini asrash, yaxshilik qilish, mas\u02bculiyatli va halol yashash kabi fazilatlar alohida qadrlanadi. Bu qarashlar faqat shaxsiy odob masalasi emas. Zero, oilada shakllangan xulq keyin mahallaga, mahalladagi munosabatlar esa butun jamiyat muhitiga ko\u02bbchadi. Demak, oila tarbiyasi bilan jamiyat barqarorligi o\u02bbrtasida ko\u02bbzga ko\u02bbrinmas, ammo juda mustahkam bog\u02bbliqlik bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi allomalar merosida ham insonning aql-zakovati, axloqiy kamoloti, mas\u02bculiyati va boshqalar bilan ezgu munosabatda bo\u02bblishiga oid muhim qarashlarni ko\u02bbrish mumkin. Bu meros bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo\u02bbqotmagani bejiz emas. Chunki zamon o\u02bbzgaradi, turmush tarzi yangilanadi, texnologiyalar hayotimizga kirib keladi, ammo farzand tarbiyasi, ota-onaning mas\u02bculiyati va oiladagi o\u02bbzaro hurmat kabi masalalar o\u02bbzining inson hayotidagi ahamiyatini saqlab qolaveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ana shu nuqtayi nazardan, bugun oila mustahkamligi haqida so\u02bbz yuritar ekanmiz, ajdodlarimiz qoldirgan ma\u02bcnaviy merosni zamonaviy hayot bilan bog\u02bblash muhim. Shu maqsadda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mahallalar faollari va oqsoqollari bilan o\u02bbtkazilgan davra suhbatlarida ham oila parokandaligiga olib kelayotgan omillar, er-xotinlik va ota-onalik mas\u02bculiyati, farzand tarbiyasi kabi masalalar aynan allomalarimizning ma\u02bcnaviy merosi bilan uyg\u02bbun holda muhokama qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahalla faollari va ibratli oila boshliqlari chiqishlarida jamiyat me\u02bcyorlari turli omillar ta\u02bcsirida o\u02bbzgarishlarga uchrayotganligini ta\u02bckidlab, o\u02bbtgan asrda insonlar kunining ko\u02bbp qismini foydali mehnatga, shuningdek, oila va yaqinlari davrasida o\u02bbtkazishga sarflaganini ma\u02bclum qilishyapti. Bugungi kunda ayrim yoshlar asosiy vaqtini ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishga, onlayn o\u02bbyinlarga, yengil-yelpi hayot tarziga bag\u02bbishlab, \u201ctezkor baxt\u201d, \u201chashamatli hayot\u201d to\u02bbg\u02bbrisidagi iste\u02bcmolchilik psixologiyasi ommalashayotgani ta\u02bckidlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq tirik jon bo\u02bblgan inson kundalik tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun halol kasb-hunar bilan shug\u02bbullanib, oila va jamiyat oldidagi burch va mas\u02bculiyatini ado etmog\u02bbi taqozo etiladi. Aks holda yalqovlik, tekinxo\u02bbrlik avj olib, oila va jamiyat tanazzulga yuz tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yuksak hurmat, ilmga va kasb-hunar egallashga ishtiyoq uyg\u02bbotish ularda yuzaga kelayotgan shunday beqarorliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Buning uchun jamiyat a\u02bczolaridan, avvalo, ota-onalar, ustoz-murabbiylar va olimlardan ixlosli ilm, halollik va ezgulikka asoslangan amal, ibratli hayot tarzi talab etiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baxtiyor TURSUNOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, falsafa doktori (PhD)<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cJamiyat\u201d gazetasi 2026-yil 3-sentyabr, \u211634(1001)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 3 mingtaga kamaygan holda, ajrimlar 1,5 mingtaga ko\u02bbpaygan. Bu o\u02bbz navbatida mamlakatda jamiyatning asosiy negizi hisoblangan oila institutiga jiddiy xavf tahdid solayotganidan darak beradi. Patrik Jozef Byukenen o\u02bbzining \u201cG\u02bbarbning halokati\u201d asarida Yevropa mamlakatlari aholisi aql bovar qilmas darajada kamayib borayotgani, ularda o\u02bblim ko\u02bbrsatkichi tug\u02bbilishdan ko\u02bbra ancha yuqorilab ketgani &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52307,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52309"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52309"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52309\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52310,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52309\/revisions\/52310"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52307"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52309"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52309"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52309"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}