{"id":52288,"date":"2026-09-03T10:04:48","date_gmt":"2026-09-03T05:04:48","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52288"},"modified":"2026-09-02T18:05:41","modified_gmt":"2026-09-02T13:05:41","slug":"ovozlarning-qaysisi-haqiqatniki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52288&lang=oz","title":{"rendered":"OVOZLARNING QAYSISI HAQIQATNIKI?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun axborot olish uchun uzoqqa borish shart emas. Telefonni qo\u02bblga oldikmi, istagan mavzu bo\u02bbyicha yuzlab videolar, minglab fikrlar zumda ko\u02bbz o\u02bbngimizda paydo bo\u02bbladi. Bu \u2013 zamonning ulkan imkoniyati. Biroq har qanday imkoniyat kabi buning ham o\u02bbz mas\u02bculiyati bor. Chunki inson qabul qilayotgan har bir ma\u02bclumot uning dunyoqarashi, fikrlashi va hatto hayotga munosabatiga ta\u02bcsir qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu holat ayniqsa din bilan bog\u02bbliq masalalarda yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, e\u02bctiqod inson qalbidagi eng nozik va eng muqaddas tuyg\u02bbulardan biridir. Uni shakllantirishda shoshqaloqlik ham, beparvolik ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Chunki din haqidagi noto\u02bbg\u02bbri tushuncha ba\u02bczan bir insonning emas, oilaning, hatto jamiyatning qarashlariga ta\u02bcsir qilishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi paytlarda islom aqidasini noto\u02bbg\u02bbri talqin qilayotgan, ko\u02bbpgina yoshlarni buzuq g\u02bboyalarga chorlayotgan oqimlarning ta\u02bcsiri Markaziy Osiyo mintaqasida ham sezilyapti. Ularning voizlari o\u02bbzini din bilimdoni sifatida ko\u02bbrsatib, ta\u02bcsirchan nutq, balandparvoz chaqiriq yoki hissiyotga ta\u02bcsir qiluvchi iboralar bilan odamlarni o\u02bbziga ergashtirishga harakat qiladi. Bunday holatlarda diniy bilimni endigina o\u02bbrganayotgan yoshlar o\u02bbsha gaplarni haqiqat deb qabul qilishi ehtimoldan xoli emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida haqiqat har doim ham baland ovoz bilan aytilmaydi. Ilm o\u02bbzini shov-shuv bilan emas, dalil bilan namoyon etadi. Haqiqiy olim insonni hissiyotga emas, tafakkurga da\u02bcvat qiladi. Hukm chiqarishga shoshilmaydi, balki tushuntiradi, sabr bilan yo\u02bbl ko\u02bbrsatadi. Haq taolo: \u201cEy mo\u02bbminlar! Sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo\u02bbyib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo\u02bblmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko\u02bbringiz!\u201d, deb marhamat qilgan. Demak, mo\u02bbmin odam bir ma\u02bclumotni eshitsa, o\u02bbqisa, albatta avval uning to\u02bbg\u02bbri manbadan ekaniga ishonch hosil qilishi lozim. Chunki kishi kimdan ilm olsa, dunyoga o\u02bbshaning nigohi bilan qaray boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi axborot makonida har bir voiz ham ustoz, har bir da\u02bcvat ham haqiqat emas. Buni anglash ayniqsa hozir har qachongidan muhim. Kasal bo\u02bblsak, shifokorning mohirini tanlaymiz. Uy qurdirsak, tajribali usta qidiramiz. Bolamizni maktabga bersak, yaxshi o\u02bbqituvchiga tushishiga harakat qilamiz. Nega endi dunyomiz va oxiratimiz bilan bog\u02bbliq eng nozik masalada birinchi uchragan odamning gapiga ishonib ketaverishimiz kerak ekan?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muammo internetning o\u02bbzida emas. Internet \u2013 vosita, xolos. U orqali ham buyuk allomalarning asarlarini o\u02bbqish, ham dunyodagi eng nufuzli ulamolarning ma\u02bcruzalarini eshitish mumkin. Ayni bu imkoniyatdan buzg\u02bbunchi kuchlar ham foydalanayotganini inkor etib bo\u02bblmaydi. Ular ilm tarqatayotgandek ko\u02bbrinadi, aslida esa shubha, adovat va chalkashlik urug\u02bbini sochayotgan bo\u02bbladi. Ta\u02bcsirchan ovoz, keskin bayonot va hissiyotlar o\u02bbyini ustiga qurilgan \u201cma\u02bcruzalar\u201d bilan odamlarni ergashtirishga urinadi. Holbuki, haqiqiy ilm shov-shuvni emas, dalilni yoqlaydi. Chin olim insonni g\u02bbazabga emas, tafakkurga chaqiradi. Ajratishni emas, tushuntirishni maqsad qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: \u201cEshitgan har bir narsasini gapiraverishi kishining yolg\u02bbonchiligiga kifoya qiladi\u201d, dedilar\u201d. Demak, inson bu hayotda eshitgan xabariga ko\u02bbr-ko\u02bbrona ergashib xulosa chiqarmasdan, balki tafakkur bilan ish ko\u02bbrishi lozim ekan. Shuning uchun ham islom tarixida eng buyuk ulamolar avvalo axloqi, ilmga sadoqati va kamtarligi bilan el hurmatini qozongan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng achinarlisi, bunday \u201cma\u02bcruzalar\u201d tufayli ayrimlar ongida islom dini haqida mutlaqo noto\u02bbg\u02bbri tasavvur shakllanadi. Muqaddas dinimiz taraqqiyotga qarshi, boshqalarga murosasiz yoki zo\u02bbravonlikni targ\u02bbib qiluvchi ta\u02bclimotdek ko\u02bbrsatiladi. Vaholanki, islom azaldan ilm, odob, mehr-oqibat va keng bag\u02bbrli bo\u02bblishga chorlab kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda: \u201c(Ey mo\u02bbminlar!) Ahli kitoblar bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilingiz\u201d deb marhamat qilinadi. Alloh taolo boshqa din vakillari bilan chiroyli muomala qilishga buyurgan ekan, nafrat, haqorat yoki tajovuzni din nomi bilan oqlashga qanday asos bo\u02bblishi mumkin?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix ham bu haqiqatni tasdiqlaydi. Yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar hech qachon odamlarni keskinlikka chaqirmagan. Aksincha, ilm bilan jaholatni, hikmat bilan mutaassiblikni yengishga harakat qilgan. Shu bois ham bugun butun musulmon olami Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy kabi allomalarni hurmat bilan tilga oladi. Ular merosida insonni adovatga emas, ilmga, murosasizlikka emas, mo\u02bbtadillikka, jaholatga emas, ma\u02bcrifatga chorlov ustuvordir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bcsirga eng ko\u02bbp tushadigan qatlam, albatta, yoshlardir. Bu \u2013 tabiiy. Yoshlik \u2013 izlanish, savolga ko\u02bbmish va haqiqatni qidirish davri. Yosh insonning oldidan haqiqiy ilm ahli chiqsa, u kamol topadi. Yetarli salohiyatga ega bo\u02bblmagan soxta nusxalar paydo bo\u02bblsa, uning ongida shubha, keskinlik yoki mutlaqo noto\u02bbg\u02bbri tasavvur shakllanishi hech gap emas. Bu esa uni ta\u02bclimdan, mehnatdan, jamiyat hayotidan uzoqlashtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda vijdon erkinligi va diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash davlat siyosatining muhim yo\u02bbnalishlaridan biri sanaladi. Turli millat va konfessiyalar vakillarining tinch-totuv hayot kechirishi, diniy tashkilotlar uchun yaratilgan huquqiy sharoit, yoshlarning sog\u02bblom dunyo qarashini shakllantirishga qaratilgan keng ko\u02bblamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Buning zamirida bir ezgu g\u02bboya mujassam \u2013 turli qarashlarga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblgan jamiyatda totuvlik mustahkam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada ma\u02bcrifat markazlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta\u02bclim dargohlari zimmasiga ham katta mas\u02bculiyat yuklangan. Yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning boy merosini o\u02bbrganish, nashr etish va keng jamoatchilikka yetkazish ishlari faollashgandan faollashayotgani bejiz emas. Chunki bu bebaho asarlar oddiy tarixiy yodgorlik emas, balki bugun ham insonni ezgulikka, mo\u02bbtadillikka va sog\u02bblom fikrlashga yetaklaydigan hayotiy qo\u02bbllanmadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, yoshlar bilan ishlashda bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki tabiat vakumni qabul qilishni istamagandek, yoshlar ongi bo\u02bbshliqni yoqtirmaydi. Ularga haqiqiy ilm yetkazilmasa, buzg\u02bbunchi kuchlar bu bo\u02bbshliqni turli shubhali manbalar bilan to\u02bbldirishga urinadi. Shuning uchun har bir ota-ona, ustoz, imom-xatib va ziyoli o\u02bbzini bu jarayondan chetda hisoblamasligi kerak. Yoshlarning qalbiga ma\u02bcrifat urug\u02bbini sochish \u2013 kelajak uchun eng katta sarmoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, bugun har birimiz o\u02bbzimizga bir savolni berishimiz kerak: eshitayotgan gapim haqiqat ovozimi? Bu savolga javobni hissiyotdan emas, ilmdan, ishonchli manbalardan va ajdodlarimiz qoldirgan ma\u02bcrifat maktabidan izlasak, adashmaymiz. Chunki haqiqat ovozi doim ham eng baland eshitilmasligi mumkin, ammo u hamisha ilm, hikmat va ezgulik ila jarang topadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab XIDIROV,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cQishloq hayoti\u201d gazetasi 2026-yil 28-avgust, \u211637(9409)<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun axborot olish uchun uzoqqa borish shart emas. Telefonni qo\u02bblga oldikmi, istagan mavzu bo\u02bbyicha yuzlab videolar, minglab fikrlar zumda ko\u02bbz o\u02bbngimizda paydo bo\u02bbladi. Bu \u2013 zamonning ulkan imkoniyati. Biroq har qanday imkoniyat kabi buning ham o\u02bbz mas\u02bculiyati bor. Chunki inson qabul qilayotgan har bir ma\u02bclumot uning dunyoqarashi, fikrlashi va hatto hayotga munosabatiga ta\u02bcsir qiladi. Bu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52289,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52288"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52288"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52288\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52290,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52288\/revisions\/52290"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52289"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52288"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52288"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52288"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}