{"id":52268,"date":"2026-09-02T09:18:50","date_gmt":"2026-09-02T04:18:50","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52268"},"modified":"2026-09-02T09:20:20","modified_gmt":"2026-09-02T04:20:20","slug":"hadislar-ham-alloh-taolodan-vahiy-ekaniga-qur%ca%bconi-karimdan-dalillar-to%ca%bbrtinchi-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52268&lang=oz","title":{"rendered":"HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QUR\u02bcONI KARIMDAN DALILLAR (TO\u02bbRTINCHI QISM)"},"content":{"rendered":"<ol start=\"9\">\n<li style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday buyuradi:<strong> \u00abEy mo\u02bbminlar, juma kunidagi namozga chorlansa <\/strong>(ya\u02bcni, azon aytilsa)<strong>, darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo\u02bblsangiz, mana shu <\/strong>(ya\u02bcni, Allohning zikriga \u2013 juma namozini o\u02bbqishga shoshilish)<strong> o\u02bbzlaringiz uchun yaxshiroqdir. Endi qachon namoz ado qilingach, Yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan <\/strong>(rizqu ro\u02bbz)<strong> istayveringiz. Allohni ko\u02bbp zikr qilingizki, shoyad najot topursizlar. <\/strong>(Ey Muhammad!)<strong> Ular biron tijoratni yoki o\u02bbyin-kulgini ko\u02bbrib qolsalar, o\u02bbshanga qarab sochilib-tarqalib keturlar va sizni <\/strong>(minbarda)<strong> tik turgan holingizda tark qilurlar. Ayting: \u00abAlloh huzuridagi narsa <\/strong>(imon va yaxshi amallar uchun beriladigan ajr-mukofot)<strong> o\u02bbyin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir! Alloh rizq berguvchilarning yaxshirog\u02bbidir!\u00bb <\/strong><em>[Jum\u02bca surasi, 9\u201311-oyatlar].<\/em><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo mo\u02bbminlarga juma namoziga azon aytilganda, savdo-sotiqni bas qilib, namozga shoshilishni buyuryapti. Shundan kelib chiqib, barcha ulamolar imomning qarshisida aytiladigan ikkinchi azondan keyin savdo qilish mumkin emasligiga ijmo qilgan. Shuningdek, namoz tugagach, tarqalib, Allohning fazlu karamidan rizq izlashga ruxsat berildi hamda bu jarayonda ham Parvardigorning zikridan g\u02bbofil bo\u02bblmaslik, najotga erishish uchun Uni ko\u02bbp eslash amr etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbngra Alloh taolo sahobalarga ushbu oyat nozil bo\u02bblishidan oldin sodir bo\u02bblgan bir voqea sababli gina qildi. O\u02bbshanda juma kuni azon aytilganda, namozga shoshilish haqidagi ushbu buyruq hali nozil bo\u02bblmagan edi va ular juma xutbasi paytida kelgan karvon tufayli tijorat ortidan ketib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni minbarda tik turgan hollarida yolg\u02bbiz qoldirgandi. Zero, u paytlarda juma namozi xutbadan oldin o\u02bbqilar edi. Keyinchalik bu hukm o\u02bbzgartirilib (nasx qilinib), xutba namozdan oldinga surilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo aytadi: <em>\u00abBir safar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma xutbasini o\u02bbqiyotganlarida, Madinaga tijorat karvoni kelib qoldi. Odamlar chiqib ketdi va u zot bilan bor-yo\u02bbg\u02bbi o\u02bbn ikki kishi qoldi. Shunda Alloh taolo \u00ab(Ey Muhammad!)<strong> Ular biron tijoratni yoki o\u02bbyin-kulgini ko\u02bbrib qolsalar, o\u02bbshanga qarab sochilib-tarqalib keturlar va sizni <\/strong>(minbarda)<strong> tik turgan holingizda tark qilurlar<\/strong>\u00bb degan oyatni nozil qildi\u00bb [Imom Buxoriy rivoyati]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, oyatdagi<strong> \u201cular biron tijoratni yoki o\u02bbyin-kulgini ko\u02bbrib qolsalar, o\u02bbshanga qarab sochilib-tarqalib keturlar\u201d <\/strong>degan jumla mazkur uch oyat nozil bo\u02bblishidan oldin, juma namozidan keyingi xutba paytida sahobalar tomonidan sodir bo\u02bblgan voqeaning xabaridir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, juma namozi<strong> \u00abjuma kunidagi namozga chorlansa, darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar!\u00bb <\/strong>deb boshlanuvchi ushbu oyatlar nozil bo\u02bblishidan oldin ham shariatda bo\u02bblgan va unga amal qilingan. Vaholanki, Qur\u02bconi karimda bu oyatdan oldin juma namozining farz qilinganini ko\u02bbrsatuvchi boshqa biror oyat mavjud emas. Shunday ekan, juma namozining ibodat o\u02bblaroq joriy qilinishi faqatgina Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan sobit bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"10\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi:<strong> \u00abSizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni <\/strong>(ya\u02bcni, shariat ahkomlarini)<strong> bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani \u2013 Qur\u02bconni nozil qildik\u00bb <\/strong><em>[Nahl surasi, 44-oyat]<\/em>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo O\u02bbz Rasuliga Qur\u02bcondagi umumiy va muxtasar hukmlarni batafsil tushuntirish vakolatini topshiryapti. Ana shu ilohiy vakolatga tayanib, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qur\u02bconda umumiy tarzda kelgan barcha ahkomlarni batafsil bayon qilib berganlar. Bu hukmlar ibodat, muomala, nikoh-oila munosabatlari, jinoyatlar, shuningdek, oilaviy, ijtimoiy va xalqaro aloqalarni qamrab olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan,<strong> namoz<\/strong>ni oladigan bo\u02bblsak, uning vaqtlarini aniq belgilagan, rakatlar sonini, o\u02bbqilish tartibini, shart bo\u02bblgan amallar va buzadigan narsalarni ajratib bergan, muqimlik, safar va xavf namozlari o\u02bbrtasidagi farqlarni ko\u02bbrsatgan kim edi? Yoki<strong> zakot<\/strong>ga e\u02bctibor bering, zakot berilishi farz bo\u02bblgan barcha mol-mulklarning miqdorini, undan qancha ajratilishini kim belgilab bergan? Tuyaning nisobi beshtadan boshlanishi va undan bitta qo\u02bby berilishi, qoramolniki o\u02bbttiztadan boshlanib, undan bir yashar buzoq berilishi, qo\u02bby-echkiniki qirqtadan boshlanib, bitta qo\u02bby ajratilishi, kumush borasida har ikki yuz dirhamdan chorak ushr (ikki yarim foiz), oltin bo\u02bbyicha esa har yigirma misqoldan yarim misqol berilishi kabi qoidalarni kim joriy qilgan?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek,<strong> haj <\/strong>ibodatini biz biladigan bugungi mukammal shaklga kim keltirgan? Hajning ruknlari nimalardan iborat, uni nimalar buzadi, Arafotda turish qachon boshlanib, qachon tugaydi, qaysi holatda qurbonlik vojib bo\u02bbladi va hajning uch turi (ifrod, qiron, tamattu\u02bc) qanday bajariladi \u2013 bularni kim tizimlashtirib bergan?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday savollarni <strong>ro\u02bbza<\/strong> ibodatiga hamda savdo, havola, ijara, sheriklik, kafillik kabi barcha kundalik muomalalarga ham xuddi shunday tatbiq qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bularning barchasini o\u02bbz-o\u02bbzlaridan, Allohning vahiysisiz aytdilarmi yo vahiy bilanmi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kimda-kim \u201cbu hukmlarni o\u02bbzlaridan chiqarganlar\u201d deb hisoblasa, u holda Alloh taoloning<strong> \u00abAyting: \u00abMen faqat Rabbimdan vahiy qilinayotgan narsagagina ergashaman\u00bb <\/strong>degan amriga hamda u zot haqidagi<strong> \u201cMen faqat o\u02bbzimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashaman\u201d, \u00abU o\u02bbz havoyi xohishi bilan so\u02bbzlamas. U faqat <\/strong>(Alloh tomonidan Payg\u02bbambarga)<strong> nozil qilinayotgan bir vahiydir\u00bb <\/strong>degan qat\u02bciy so\u02bbzlariga qarshi chiqqan bo\u02bbladi. Qolaversa, bunday qarash<strong> \u00abSizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni <\/strong>(ya\u02bcni, shariat ahkomlarini)<strong> bayon qilib berishingiz uchun\u00bb <\/strong>degan oyat bilan birga kelgan<strong> \u201cSo\u02bbngra uni \u2013 Qur\u02bconni bayon qilib berish ham albatta Bizning zimmamizdadir\u201d <\/strong>degan ilohiy va\u02bcdaga hamda<strong> \u00abAgar <\/strong>(Payg\u02bbambar)<strong> Bizning nomimizdan <\/strong>(Biz aytmagan)<strong> ayrim so\u02bbzlarni to\u02bbqib olganida, albatta, Biz uning o\u02bbng qo\u02bblidan ushlagan, so\u02bbngra albatta uning shohtomirini uzib tashlagan bo\u02bblur edik\u00bb <\/strong>degan qat\u02bciy ogohlantirishga mutlaqo zid keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, bu borada yagona to\u02bbg\u02bbri haqiqat qoladi \u2013 ushbu batafsil bayon va sharhlarning barchasi faqat va faqat Alloh taolo tomonidan yuborilgan ilohiy vahiy orqali amalga oshirilgandir.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"11\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlarning ko\u02bbpligi va Alloh taolo nozil qilgan kitoblarning ozligi \u2013 Alloh taolo o\u02bbzi payg\u02bbambarligi va elchiligiga tanlab olgan zotlarga tilovat qilinmaydigan vahiy ham tushirganiga qat\u02bciy dalildir.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari Alloh taolodan vahiy ekani qur\u02bconiy dalillar bilan o\u02bbz isbotini topdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kyeyingi maqolalarda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ergashish vojib bo\u02bblgan hujjat ekanini bayon etishga azmu qaror qildik, inshoalloh.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nurmuhammad MATKARIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot <\/em><\/strong><strong><em>markazi ilmiy xodimi<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taolo bunday buyuradi: \u00abEy mo\u02bbminlar, juma kunidagi namozga chorlansa (ya\u02bcni, azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo\u02bblsangiz, mana shu (ya\u02bcni, Allohning zikriga \u2013 juma namozini o\u02bbqishga shoshilish) o\u02bbzlaringiz uchun yaxshiroqdir. Endi qachon namoz ado qilingach, Yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro\u02bbz) istayveringiz. Allohni ko\u02bbp zikr qilingizki, shoyad &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51312,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52268"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52268"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52268\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52272,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52268\/revisions\/52272"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51312"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52268"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52268"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52268"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}