{"id":52249,"date":"2026-08-30T15:19:33","date_gmt":"2026-08-30T10:19:33","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52249"},"modified":"2026-08-30T15:19:33","modified_gmt":"2026-08-30T10:19:33","slug":"markazi-ilmiy-xodimining-gruziyadagi-tadqiqoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52249&lang=oz","title":{"rendered":"Markazi ilmiy xodimining Gruziyadagi tadqiqoti"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xorijiy akademik muassasalar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va manbashunoslik sohasida tajriba almashish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Markaz ilmiy xodimi Iroda Daurbekova bu yo\u2018nalishdagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida xizmat safari bilan Gruziyada bo\u2018lib, Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya milliy qo\u2018lyozmalar markazida amaliy tadqiqot o\u2018tkazdi va fonddagi nodir yozma manbalar bilan tanishdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52251\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30082.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"495\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30082.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30082-300x225.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Safar asnosida ilmiy xodimga eronshunos olimalar \u2013 doktor Xatuna Bindurashvili va Tamara Abuladze hamrohlik qilib, Markaz fondi, kutubxona faoliyati, qo\u2018lyozmalarni saqlash va tadqiq etish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52252\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30083.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"495\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30083.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30083-300x225.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gruziya milliy qo\u2018lyozmalar markazi fondida XIII-XIX asrlarga oid noyob arabiy, forsiy va turkiy manbalar saqlanadi. Ular meros tafsir, hadis, fiqh, tibbiyot, astronomiya, mantiq, tilshunoslik va she\u2019riyat kabi turli sohalarga oid asarlardan iborat. Tadqiqot davomida manbashunos olimlar uchun alohida qiymatga ega bo\u2018lgan Movarounnahr xattotlik maktabiga mansub, xususan, Ashtarxoniylar davrida Samarqand va Buxoroda ko\u2018chirilgan ko\u2018plab nodir qo\u2018lyozmalar aniqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmiy izlanishlar jarayonida muhim manbalar, jumladan:<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52253\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30084.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"962\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30084.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/gruz30084-206x300.jpg 206w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Fondning eng noyob manbalaridan biri hisoblangan, hijriy 666 yilda ko\u2018chirilgan Muhammad Porso kutubxonasiga oid \u201cHoshiya ala Sharhil Aqoidil Azududdiyya\u201d asari (ArAC 278);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Hadis mulkining sultoni Imom Buxoriyning xattot Abdurahmon ibn Muhammad Solih Murod tomonidan ko\u2018chirilgan \u201cSahihul Buxoriy\u201d (ArAC 91, 325) hamda hijriy 1053 yilda ko\u2018chirilgan \u201cSulosiyotu Buxoriy\u201d (ArAC 92) asarlari;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Sino kabi buyuk vatandoshlarimiz qalamiga mansub qo\u2018lyozmalar, shuningdek, Oqqo\u2018yunlilar davrida yashagan tabrizlik mashhur xattot Abdurahmon Xorazmiy kitobat uslubiga doir noyob manbalar o\u2018rganildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, safar doirasida gruziyalik tadqiqotchilar va soha mutaxassislari bilan muloqotlar o\u2018tkazilib, kelajakda ikki muassasa o\u2018rtasida qo\u2018shma ilmiy anjumanlar, veb-seminarlar va manbashunoslikka oid loyihalarni amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, I.Daurbekova Gruziya Milliy muzeyi, Tbilisi va uning atrofidagi qadimiy tarixiy-me\u2019moriy obidalar, jumladan, Jvari va Metexi ibodatxonalari, Svetisxoveli majmuasi kabi madaniy meros ob\u2019yektlari bilan ham tanishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu ilmiy-amaliy safar Movarounnahr allomalarining Gruziya qo\u2018lyozma fondlarida saqlanayotgan ilmiy merosini yanada chuqur tadqiq etish va sohada xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadigan voqea bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/span><\/strong><br \/>\n<strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Matbuot xizmati<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xorijiy akademik muassasalar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va manbashunoslik sohasida tajriba almashish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Markaz ilmiy xodimi Iroda Daurbekova bu yo\u2018nalishdagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida xizmat safari bilan Gruziyada bo\u2018lib, Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya milliy qo\u2018lyozmalar markazida amaliy tadqiqot o\u2018tkazdi va fonddagi nodir yozma manbalar bilan tanishdi. Safar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52250,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52249"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52249"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52249\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52254,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52249\/revisions\/52254"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52250"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52249"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52249"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52249"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}