{"id":52225,"date":"2026-08-28T16:38:10","date_gmt":"2026-08-28T11:38:10","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52225"},"modified":"2026-08-28T16:40:22","modified_gmt":"2026-08-28T11:40:22","slug":"mustaqillik-marifat-va-manaviy-uyg%ca%bbonish-davri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52225&lang=oz","title":{"rendered":"MUSTAQILLIK \u2013 MA\u02bcRIFAT VA MA\u02bcNAVIY UYG\u02bbONISH DAVRI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik haqida gap ketganda, ko\u02bbpincha ko\u02bbz oldimizga avvalo, 1991-yilning 31-avgusti, yurtimizning o\u02bbz taqdirini o\u02bbzi belgilash huquqiga ega bo\u02bblgani, davlat ramzlarimiz, milliy valyutamiz, o\u02bbz Konstitutsiyamiz kabi tarixiy voqealar keladi. Bu tabiiy. Chunki mustaqillik, eng avvalo xalqning o\u02bbz kelajagini o\u02bbzi belgilash huquqidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo mustaqillikning qiymati faqat davlatning siyosiy jihatdan mustaqil bo\u02bblgani bilan o\u02bblchanmaydi. Uning yana bir, balki undan ham chuqurroq ma\u02bcnosi bor: insonning o\u02bbz tarixiga, o\u02bbzligiga, tiliga, diniga, ma\u02bcnaviy ildizlariga yangicha nigoh bilan qarash imkoniyati.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero o\u02bbzligini anglamagan jamiyatning mustaqilligi ham to\u02bbla ma\u02bcnoda qaror topishi qiyin. Inson o\u02bbzining kimligini, qanday tarixning vorisi ekanini, ajdodlari nimalar yaratganini bilmasa, ertangi kunga qanday ishonch bilan qadam qo\u02bbyadi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, mustaqillik yillarini faqat iqtisodiy, siyosiy yoki ijtimoiy o\u02bbzgarishlar bilan emas, milliy xotira va ma\u02bcnaviy tafakkurning qayta uyg\u02bbonish jarayoni bilan ham baholash lozim. Bugun ortga nazar tashlasak, bu borada bosib o\u02bbtilgan yo\u02bbl qanchalik katta ekanini anglaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz o\u02bbzining ko\u02bbp asrlik tarixiga, buyuk ajdodlariga, milliy va diniy qadriyatlariga qaytadan murojaat qila boshladi. Ilgarilari nomi yoki merosi yetarlicha o\u02bbrganilmagan, asarlari keng ommaga yetib bormagan allomalarimiz haqida yangi tadqiqotlar olib borildi. Ularning ilmiy merosi qayta nashr etildi, asarlari o\u02bbrganildi, hayoti va faoliyatiga bag\u02bbishlangan ilmiy anjumanlar tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu bilan oddiy tarixiy xotira tiklanibgina qolmay, millat o\u02bbz ma\u02bcnaviy ildizlarini qayta kashf eta boshladi. Chunki Movarounnahrni ko\u02bbpincha qadimiy shaharlar, tarixiy obidalar yoki sayyohlik maskanlari deb bilardik, endi esa bu zamin asrlar davomida ilm-fan, tafakkur, ma\u02bcrifat va ma\u02bcnaviyat markazlaridan biri bo\u02bblib kelganini anglab yetdik. Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva, Shosh, Farg\u02bbona kabi hududlardan yetishib chiqqan allomalar nomlari birgina xalqimiz emas, butun musulmon olami ilmiy xotirasida alohida o\u02bbrin tutishiga bugun isbot talab etilmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning hadis ilmidagi mavqeyi, Imom Moturidiyning aqida va aql-tafakkur uyg\u02bbunligiga asoslangan ta\u02bclimoti, Imom Termiziyning hadisshunoslik rivojiga qo\u02bbshgan hissasi \u2014 bularning barchasi bizga yurtning eng katta boyligi uning ilmiy va ma\u02bcnaviy xotirasida mujassam ekanini kundek ravshan qilib qo\u02bbydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun mustaqillikdan keyin bu merosga munosabatning o\u02bbzgarishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, bu jarayon faqat o\u02bbtmishni eslash bilan cheklanib qolmayapti. Allomalar qoldirgan merosning bugungi kun uchun ahamiyati, undagi ilmiy tafakkur, ma\u02bcnaviy qarashlar va inson kamolotiga oid g\u02bboyalar yangi nuqtayi nazardan tahlil etilmoqda. Shu tariqa tarixiy meros muzey yoki kitob sahifasida qolib ketmay, zamonaviy ilmiy izlanishlar va ma\u02bcrifiy hayotning faol qismiga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jarayonning yana bir muhim jihati bor. Merosni o\u02bbrganish \u2014 faqat o\u02bbtmishni bilish uchun emas. Ajdodlarimizning ilmga munosabati, bilimni qadrlashi, turli fikrlarga munosabat madaniyati, inson kamolotiga qarashlari bugungi jamiyat uchun ham muhim saboq bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, Imom Buxoriy merosi haqida gapirganda, ko\u02bbpincha uning hadis ilmidagi buyuk xizmati tilga olinadi. Bu, albatta, to\u02bbg\u02bbri. Lekin bu ulkan meros ortida yana bir muhim fazilat -ilmga nisbatan beqiyos mas\u02bculiyat borligini ham unutmaslik kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmni tekshirish, manbani saralash, haqiqat bilan gumonni ajratish, eshitgan har bir gapni haqiqat deb qabul qilmaslik \u2014 bugungi axborot zamonida ham nihoyatda zarur fazilatlar emasmi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun ijtimoiy tarmoqlarda har kuni minglab xabarlar tarqaladi. Kimdir biror ma\u02bclumotni tekshirmasdan ishonadi, yana kimdir uni boshqalarga tarqatadi. Natijada haqiqat bilan yolg\u02bbon, dalil bilan taxmin bir-biriga aralashib ketadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday bir paytda asrlar oldin manbalarga nihoyatda sinchkovlik bilan yondashgan buyuk muhaddisning ilmiy merosi biz uchun faqat tarix emas, axborot madaniyati uchun ham muhim saboqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik bizga ana shu merosga yangi ko\u02bbz bilan qarash imkonini berdi. Biroq bu jarayon faqat kitob va ilmiy maqolalar bilan cheklanib qolmadi. Bugun allomalarimiz merosini keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodga tushunarli tilda taqdim etish, uni zamonaviy ta\u02bclim va texnologiyalar bilan uyg\u02bbunlashtirishga ham katta e\u02bctibor berilmoqda. Bu juda muhim. Chunki tarixni faqat muzeyda saqlab qo\u02bbyish bilan uni tirik merosga aylantirib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Meros yashashi uchun u avloddan avlodga o\u02bbtishi kerak. Buning uchun esa yosh inson Imom Buxoriyning kim bo\u02bblganini bilishi bilan birga, nima uchun u bugun ham butun dunyoda hurmat qilinishini anglashi kerak. Imom Moturidiyning nomi darslikda uchrashi bilan ish bitmaydi. Uning aql, ilm va e\u02bctiqod o\u02bbrtasidagi uyg\u02bbunlik haqidagi qarashlari bugungi yoshlar uchun qanday ahamiyatga ega ekani ham tushuntirilishi lozim. Aynan shu nuqtada mustaqillik yillaridagi ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy islohotlarning mazmuni yanada yaqqol namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gap faqat o\u02bbtmishni eslashda emas. Gap o\u02bbtmishdagi buyuklikdan bugungi kun uchun kuch olishda. Chunki har qanday millatning kelajagi uning tarixini qanchalik chiroyli gapirib berishida emas, balki o\u02bbsha tarixdan qanday xulosa chiqara olishida ko\u02bbrinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizning ajdodlarimiz ilmni hurmat qilgan. Kitobni qadrlagan. Ustozga ehtirom ko\u02bbrsatgan. Turli ilm sohalarini bir-biridan ajratmagan. Shuning uchun ham bir zamonlar Movarounnahr ilm-fan taraqqiyotining yirik markazlaridan biriga aylangan. Bugun biz uchun eng muhim vazifa ana shu muhitni zamonaviy sharoitda qayta shakllantirishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarga ham shu nuqtayi nazardan qarash kerak. Diniy bilimni ilmiy asosda o\u02bbrganish, buyuk allomalar merosini tadqiq etish, qo\u02bblyozma manbalarni asrab-avaylash, ularni keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarning ma\u02bcnaviy savodxonligini oshirish bularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog\u02bbliq jarayonlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, bugungi murakkab axborot muhitida ma\u02bcrifatning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki bilimsizlik faqat kitob o\u02bbqimaslik emas. Ba\u02bczan bilimsizlik \u2014 ko\u02bbr-ko\u02bbrona ishonish. Manbasini tekshirmaslik. Har bir balandparvoz gapni haqiqat deb qabul qilish. Tarixni bir tomonlama talqin qilish. Dinni ham, milliy qadriyatni ham yuzaki tushunish. Shuning uchun bugun ma\u02bcrifat deganda faqat ta\u02bclimni emas, to\u02bbg\u02bbri fikrlash madaniyatini ham tushunish lozim. Mustaqillikning 35 yili bizni ana shu masalada ham ishonchimizni komil qildi: davlat qurish uchun faqat mustahkam qonunlar yoki zamonaviy binolarning o\u02bbzi kifoya emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda ilmga hurmat, tarixga to\u02bbg\u02bbri munosabat, ma\u02bcnaviy immunitet va ertangi kun uchun mas\u02bculiyat ham bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois bugun ajdodlar merosiga bo\u02bblgan qiziqishni faqat tarixchilar yoki dinshunoslarning ishi deb qarash to\u02bbg\u02bbri emas. Bu -butun jamiyatning ishi. Chunki tarixini bilgan inson o\u02bbzligini yaxshiroq anglaydi. O\u02bbzligini anglagan inson esa o\u02bbz qadrini &#8221; biladi. O\u02bbz qadrini bilgan odam o\u02bbz Vatani va uning kelajagiga befarq bo\u02bblmaydi. Mustaqillik yillarida ma\u02bcnaviy sohadagi o\u02bbzgarishlarning eng katta ahamiyati ham shunda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz o\u02bbtmishga qaytish uchun emas, o\u02bbtmishdan kuch olib, kelajak sari shaxdam odimlash uchun tariximizni o\u02bbrganyapmiz. Bugun O\u02bbzbekistonda allomalarimiz merosini tadqiq etish, ular asarlarini nashr qilish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo\u02bbllab-quvvatlash, ilmiy-ma\u02bcrifiy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ham ana shu katta maqsadga xizmat qilyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jarayonning mohiyatini bir og\u02bbiz so\u02bbz bilan ifodalash mumkin: milliy xotiradan milliy tafakkur sari. Zero mustaqillik bizga nafaqat o\u02bbz bayrog\u02bbimiz ostida yashash, balki o\u02bbz tariximizga o\u02bbz ko\u02bbzimiz bilan qarash huquqini ham berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi navbat \u2014 ana shu imkoniyatdan oqilona foydalanishda. Zero ajdodlarimiz bizga tayyor kelajak qoldirmagan. Ular bizga ilmga intilish, haqiqatni izlash, ma\u02bcrifatni qadrlash va inson kamolotiga ishonish kabi buyuk merosni qoldirgan. Bu merosni asrash esa faqat o\u02bbtmishga ehtirom emas. Bu kelajak oldidagi mas\u02bculiyatdir.<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jonibek JUMAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, PhD<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cVATANPARVAR\u201d gazetasi 2026-yil 28-avgust, \u211635(3201)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik haqida gap ketganda, ko\u02bbpincha ko\u02bbz oldimizga avvalo, 1991-yilning 31-avgusti, yurtimizning o\u02bbz taqdirini o\u02bbzi belgilash huquqiga ega bo\u02bblgani, davlat ramzlarimiz, milliy valyutamiz, o\u02bbz Konstitutsiyamiz kabi tarixiy voqealar keladi. Bu tabiiy. Chunki mustaqillik, eng avvalo xalqning o\u02bbz kelajagini o\u02bbzi belgilash huquqidir. Ammo mustaqillikning qiymati faqat davlatning siyosiy jihatdan mustaqil bo\u02bblgani bilan o\u02bblchanmaydi. Uning yana bir, balki &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52226,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52225"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52225"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52225\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52229,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52225\/revisions\/52229"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52226"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52225"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52225"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52225"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}