{"id":52182,"date":"2026-08-27T17:06:52","date_gmt":"2026-08-27T12:06:52","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52182"},"modified":"2026-08-27T17:06:52","modified_gmt":"2026-08-27T12:06:52","slug":"buyuk-ajdodlarga-munosiblik-saodati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52182&lang=oz","title":{"rendered":"BUYUK AJDODLARGA MUNOSIBLIK SAODATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik haqida gap ketganda, xayolga birinchi bo\u02bblib &#8220;Mustaqillik \u2014 avvalo, huquqdir&#8221; degan fikr keladi. Darhaqiqat, har qanday mamlakat uchun o\u02bbz taqdiri, hayoti, istiqbolini o\u02bbzi belgilash imkoni \u2014 chinakam baxt! O\u02bbzbekiston istiqlolga erishganidan keyin o\u02bbz taraqqiyot yo\u02bblini tanladi. Dunyoda tenglar ichra teng bo\u02bblishga intilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotimizni rivojlantirish, milliy g\u02bbururimizni yuksaltirish, ajdodlarimizning boy merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib qilish yo\u02bblida olib borilayotgan ishlar ham mustaqillikning bebaho tuhfasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, sobiq ittifoq davrida ulug\u02bb allomalarimiz xotirasiga hurmat, ularning ulkan ilmiy merosiga e\u02bctibor qanday bo\u02bblganini ko\u02bbpchilik yaxshi eslaydi: aksariyat maqbaralar xaroba, tashlandiq holga tushgani, hatto ba\u02bczilari omborxonaga aylantirilgani achchiq haqiqat. Ochiq tan olish kerak, o\u02bbsha paytlar Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi allomalarni o\u02bbzimizdan ko\u02bbra xorijliklar yaxshiroq bilardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Istiqlol yillarida, ayniqsa, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida bunday xunuk holatga butunlay barham berildi. O\u02bbzbekistonda daho bobokalonlarning sha\u02bcn-shavkati yana o\u02bbzining haq maqomiga ko\u02bbtarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insoniyat hayoti har qachongidan ham notinch bo\u02bblib turgan bugungi sharoitda zo\u02bbravonlik va xunrezliklarning asosiy sabablaridan biri jaholat ekani kundek ravshan. Shuni inobatga olgan holda, O\u02bbzbekiston jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish g\u02bboyasini ilgari surdi va bunda aynan buyuk allomalarimizning ilmiy merosi, ibratli hayoti va hikmatli so\u02bbzlari asosiy tayanch bo\u02bblmoqda. Qisqa vaqtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Hadis ilmi maktabi tashkil qilingani, Buxorodagi Mir Arab madrasasiga yangi hayot baxsh etilgani fikrimizning yorqin dalili. Bu muassasalarning barchasi xalqimizning ko\u02bbp asrlik ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, diniy va dunyoviy jihatdan tadqiq etish, milliy hamda xalqaro miqyosda targ\u02bbib qilish bilan birga, jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashishga ham hissa qo\u02bbshmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqi islom ilmlari taraqqiyotida g\u02bboyat salmoqli o\u02bbrin tutgan ajdodlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Imom Buxoriyning shoh asari bo\u02bblmish &#8220;Al-Jome\u02bc as-Sahih&#8221; asrlar davomida musulmon olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba sifatida e\u02bctirof etib kelinayotganini barchamiz yaxshi bilamiz. Dunyo musulmonlarining aksariyati muqaddas dinimizning aqidasini Imom Moturidiy maktabi, aniqrog\u02bbi, uning &#8220;Ta\u02bcvilot al-Qur\u02bcon&#8221; asari asosida o\u02bbrganadi, islom fiqhi \u2014 yurisprudensiyasi hali-hanuz Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning &#8220;Hidoya&#8221; asari asosida yuritiladi. Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi tariqat ahlining peshvolari jahonda katta hurmat-ehtirom qozongan. Shu ma\u02bcnoda, boshqa xalqlar bizga havas qilishi bor gap.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Daho bobokalonlarimiz nomidagi yangi ilm maskanlari odamlarni, ayniqsa, yosh avlodni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solishda muhim o\u02bbrin tutmoqda.\u00a0 Mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalari buyuk muhaddis va mufassirlar, kalom ilmi peshvolarining asarlarini, ularga boshqa nufuzli ulamolar bitgan sharhlarni o\u02bbzbek tiliga izohli tarjima qilib, nashrdan chiqarmoqda. Bu faqat islom ilmlarini emas, balki ta\u02bclim-tarbiyani, shuningdek, vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchliksevarlik, bag\u02bbrikenglik, halollik, atrof-muhitga g\u02bbamxo\u02bbrlik kabi his-tuyg\u02bbu va fazilatlarni ham keng yoyish hamda rivojlantirishga yo\u02bbl ochmoqda. Negaki, bu noyob meros hayotning hamma jabhalarini qamrab oladigan, shaxsiy kamolotdan fozil jamiyat qurishgacha barcha bosqich va pog\u02bbonalarda dasturilamal bo\u02bbladigan bebaho xazinadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birgina Imom Buxoriy va uning asarlari to\u02bbg\u02bbrisida soatlab gapirish mumkin. Shu o\u02bbrinda hadis ilmining yetuk olimi Ibn Hajar Asqaloniyning Imom Buxoriy haqida keltirgan &#8220;U sohili yo\u02bbq dengizdir&#8221; degan ta\u02bcrifini eslash mumkin. Istalgan mamlakatga borib, mahalliy aholining musulmon bo\u02bblgan vakillari bilan muloqotga kirishing va gap orasida bir hadis aytib beringchi! Sizdan darhol &#8220;Buni kim rivoyat qilgan?&#8221; deb so\u02bbrashadi. &#8220;Imom Buxoriydan&#8221; desangiz, shu bilan mavzu yopiladi. Siz aytgan rivoyatning sahihligi \u2014 haqligiga, to\u02bbg\u02bbriligiga hech kim shubha qilmaydi, hech qanday gumonga o\u02bbrin qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday buyuk allomaning mo\u02bbtabar xoki abadiy qo\u02bbnim topgan ko\u02bbhna Samarqandda \u2014 ro\u02bbyi zamin sayqali, O\u02bbzbekiston durdonasi bo\u02bblgan go\u02bbshada Imom Buxoriy majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur muhtasham obidani u zotning olamshumul shuhratiga munosib tarzda, muazzam bir shaklda barpo etish xalqimizning azaliy orzusi edi. Bugun bu orzu o\u02bbta go\u02bbzal tarzda ro\u02bbyobga chiqqaniga guvoh bo\u02bblib turibmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy majmuasi faqat hashamatli bino va inshootlardan iborat maskan emas, balki insonlarning qalbini zabt etadigan, ayniqsa, yoshlarning hayotda adashmasdan, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni topishiga xizmat qiladigan ilmiy dargoh, ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbi, shuning barobarida buyuk muhaddisning ibratli hayoti va serqirra faoliyatini aks ettiruvchi muborak maskandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko\u02bbp bor ta\u02bckidlaganidek, biz Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun birinchi va ikkinchi Renessans yutuqlarini kuch-g\u02bbayrat va ilhom manbaiga aylantiradigan platforma yaratib olishimiz kerak edi. Imom Buxoriy majmuasi shu yo\u02bblda katta amaliy qadam bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun yurtimizda ochilgan har bir markaz o\u02bbz faoliyati doirasida faqat tarjima va sharhlar, dolzarb mavzulardagi risolalar bilan cheklanib qolayotgani yo\u02bbq. Ular ishtirokida mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda turli anjumanlar ham tashkil etilmoqda. Ushbu forumlar orqali ko\u02bbhna Movarounnahr allomalarining boy merosi xalqaro miqyosda targ\u02bbib qilinmoqda, xorijlik ulamo va mutaxassislar bilan jaholatga qarshi ma\u02bcrifat vositasida kurashish g\u02bboyasi yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlar birlashtirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng so\u02bbnggi yorqin voqea joriy yil 7 \u201411-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida bo\u02bblib o\u02bbtgan Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumidir. Bu yirik anjuman islom dinining asl insonparvar mohiyatini, tinchlik, bag\u02bbrikenglik va ilm-ma\u02bcrifatga chorlovchi g\u02bboyalarini xalqaro miqyosda keng targ\u02bbib etish borasida O\u02bbzbekiston rahbariyati ilgari surayotgan tashabbuslarning amaliy natijalaridan biri bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy-ma\u02bcrifiy sohada olib borilayotgan ishlarga yana ko\u02bbplab misollar keltirish mumkin. Birgina Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk muhaddis bobomizning 12 asari ilk bor o\u02bbzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Umuman olganda esa, markaz ochilgan 2017-yildan hozirgi vaqtgacha 83 ta kitob, risola va monografiya jamoatchilikka taqdim qilindi. O\u02bbzbekiston va xorijdagi fondlarda saqlanayotgan qo\u02bblyozmalarni o\u02bbrganish jarayonida fondimiz 640 ta qo\u02bblyozma, 831 ta toshbosma kitob va 114 ta tarixiy hujjat bilan boyitildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xorijiy aloqalar yo\u02bbnalishida 43 ta nufuzli xalqaro tashkilot, turdosh muassasa bilan hamkorlik to\u02bbg\u02bbrisida anglashuv memorandumlari imzolanib, o\u02bbzaro munosabatlar yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Chet davlatlarda bo\u02bblgan xalqaro anjumanlarda markaz tomonidan ulug\u02bb ajdodlarimiz va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatiga bag\u02bbishlab tayyorlangan xalqchil risolalarning yuzdan ziyod taqdimotlari o\u02bbtkazildi. Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya ta\u02bcsis etilishi natijasida xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy muassasalarning tadqiqotchilari orasida bu yerda malaka oshirishga qiziqish kuchaymoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu natijalar yakuniy maqsad emas. Biz kelgusida Imom Buxoriy va boshqa buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini xalqaro miqyosda keng targ\u02bbib etish maqsadida o\u02bbz platformamizni yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Fondimizda saqlanayotgan nodir qo\u02bblyozma, toshbosma asarlarni asrash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida restavratsiya bo\u02bblimi va laboratoriya tashkil qilish ham ko\u02bbzda tutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nufuzli ulamolar, taniqli fan arboblarining fikricha, Movarounnahr diyori islom tamaddunining beshigi hisoblanadi. Tarixda islom madaniyati dunyoning turli mintaqalarida rivojlangan bo\u02bblsa-da, hech bir yurtda Movarounnahrda bo\u02bblganichalik gullab-yashnamagan. Jumladan, Bag\u02bbdod, Andalus, Shom kabi diyorlarda islom madaniyati muayyan davrlar oralig\u02bbida rivojlangan bo\u02bblsa, Movarounnahrning yuragi bo\u02bblgan O\u02bbzbekistonda bu hozirgi kunga qadar kuzatib kelinmoqda. Ya\u02bcni Yangi O\u02bbzbekiston islom sivilizatsiyasining tarixda erishgan shonli mavqeini qayta tiklashda muhim o\u02bbrin tutmoqda. Yurtimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada, jamiyat hayotining barcha jabhasida erishilayotgan yutuqlar, xususan, ta\u02bclim va ilm-fanda dunyo miqyosida o\u02bbz so\u02bbzimiz, o\u02bbz o\u02bbrnimizga ega bo\u02bblib borayotganimiz xalqimizning buyuk ajdodlarimizga munosib bo\u02bblishga intilayotgani ifodasidir. Aslida, bu \u2014 ulkan saodat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shubhasiz, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g\u02bboyasi bugun hayotda o\u02bbz ro\u02bbyobini topmoqda. Ma\u02bcrifatni yuksaltirish, ajdodlarimizning boy merosini chuqur o\u02bbrganish, targ\u02bbib va tatbiq qilish borasidagi ishlar esa bu yo\u02bblda salmoqli ahamiyat kasb etmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shovosil ZIYODOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari doktori, professor.<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2026-yil 24-avgust, \u2116173(9344)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik haqida gap ketganda, xayolga birinchi bo\u02bblib &#8220;Mustaqillik \u2014 avvalo, huquqdir&#8221; degan fikr keladi. Darhaqiqat, har qanday mamlakat uchun o\u02bbz taqdiri, hayoti, istiqbolini o\u02bbzi belgilash imkoni \u2014 chinakam baxt! O\u02bbzbekiston istiqlolga erishganidan keyin o\u02bbz taraqqiyot yo\u02bblini tanladi. Dunyoda tenglar ichra teng bo\u02bblishga intilmoqda. Ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotimizni rivojlantirish, milliy g\u02bbururimizni yuksaltirish, ajdodlarimizning boy merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52183,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52182"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52182"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52182\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52184,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52182\/revisions\/52184"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52183"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52182"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52182"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52182"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}