{"id":52158,"date":"2026-08-26T20:12:25","date_gmt":"2026-08-26T15:12:25","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52158"},"modified":"2026-08-26T20:12:25","modified_gmt":"2026-08-26T15:12:25","slug":"qozog%ca%bbiston-milliy-kutubxonasidagi-nodir-manbalar-taqdim-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52158&lang=oz","title":{"rendered":"Qozog\u02bbiston Milliy kutubxonasidagi nodir manbalar taqdim etildi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikdagi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Islom madaniyati va san\u02bcati o\u02bbchog\u02bbi\u201d ilmiy loyiha doirasida navbatdagi onlayn seminar o\u02bbtkazildi. Unda Qozog\u02bbiston Milliy kutubxonasining nodir kitoblar va qo\u02bblyozmalar xizmati rahbari Gulshat Abikova \u201cQozog\u02bbiston Respublikasi Milliy kutubxonasining sharq tillaridagi qo\u02bblyozmalar fondi: Shakllanishi, tarkibi va o\u02bbrganilishi\u201d mavzusida ma\u02bcruza qildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52160\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26082.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26082.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26082-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Seminarda Markaz ilmiy xodimlari, IRCICA vakillari, O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, O\u02bbzFA Sharqshunoslik instituti, Hadis ilmi maktabi o\u02bbqituvchilari va talabalari, shuningdek, Turkiya va Qozog\u02bbistondan tadqiqotchilar ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52161\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26083.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26083.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26083-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcruzada asosiy e\u02bctibor kutubxona fondidagi noyob yozma yodgorliklarning tarixiy va ilmiy maqomiga qaratildi. Taqdimot davomida kutubxona fondida 13\u00a0sharq va 13\u00a0g\u02bbapb tillarida 40\u00a0mingga yaqin nodir kitob va qo\u02bblyozma saqlanayotgani, ular orasida Ahmad Yassaviy qalamiga mansub YUNESKOning \u201cDunyo xotirasi\u201d xalqaro reestriga kiritilgan \u201cNasabnoma\u201d (XVII asr), \u201cMirotul qulub\u201d (XVI-XVII asrlar), \u201cDevoni hikmat\u201d (XVIII asr) va Sulaymon Baqirg\u02bboniyning \u201cHikmatlar\u201d (XVI asr) to\u02bbplami alohida ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega manbalar ekani ta\u02bckidlandi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52162\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26084.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26084.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26084-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olima, shuningdek, Alisher Navoiy merosiga to\u02bbxtalib, fondda buyuk mutafakkirning 10\u00a0janrdagi asarlari, jumladan, 5\u00a0ta \u201cDevon\u201d, 2\u00a0ta \u201cMahbubul qulub\u201d va 2\u00a0ta \u201cXamsa\u201d qo\u02bblyozmalari mavjudligini qayd etdi. Ayniqsa, 1865-yilda Turkistonda ko\u02bbchirilgan \u201cXamsa\u201d nusxasidagi \u201cShay\u044br Nauaid\u044b\u04a3 sher\u0456, Nauai aq\u044bnn\u044b\u04a3 \u04e9le\u04a3\u0456\u201d (\u201cShoir Navoiyning she\u02bcri, Oqin Navoiyning o\u02bblani\u201d) degan hoshiya yozuvlari Hazrat ijodi qozoq kitobxonlari orasida nechog\u02bblik mashhur va sevimli bo\u02bblganini yaqqol ko\u02bbrsatuvchi muhim dalil sifatida alohida e\u02bctirof etildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-52163\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26085.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26085.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/zoom26085-300x169.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub \u201cShohnoma\u201d asarining Yorkent hokimi Jahonxo\u02bbja topshirig\u02bbi bilan XVI\u00a0asrda eski turkiy (chig\u02bbatoy) tiliga qilingan, vazni 6,5\u00a0kilogrammdan oshadigan noyob tarjima nusxasi haqida qiziqarli ma\u02bclumotlar berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taqdimotda manbalarni saqlash va tadqiq etish jarayonlari xususida muhim fikrlar bildirildi. Ta\u02bckidlanganidek, <em>\u201cTo\u02bbplash va saqlash faqat fizik himoyadan iborat emas; raqamlashtirish, kataloglashtirish va chuqur ilmiy tavsif berish orqali asl nusxalarni avlodlarga betalofat yetkazish mumkin. Tarixiy manba yo qo\u02bblyozmaning asli saqlanmasa, uning matniy manbasi ham vaqt o\u02bbtishi bilan yo\u02bbqoladi (unutiladi)\u201d<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman yakunida Markaziy Osiyo xalqlarining yozma merosi mushtarak, yaxlit-yagona mulk ekani yakdil ta\u02bckidlandi. Tadqiqotchilar ushbu noyob qo\u02bblyozmalarni hamkorlikda o\u02bbrganish, yangi fondlarni birgalikda kataloglashtirish va hududlararo qo\u02bblyozmashunoslik aloqalarini yanada tizimli rivojlantirish lozimligini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Matbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikdagi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Islom madaniyati va san\u02bcati o\u02bbchog\u02bbi\u201d ilmiy loyiha doirasida navbatdagi onlayn seminar o\u02bbtkazildi. Unda Qozog\u02bbiston Milliy kutubxonasining nodir kitoblar va qo\u02bblyozmalar xizmati rahbari Gulshat Abikova \u201cQozog\u02bbiston Respublikasi Milliy kutubxonasining sharq tillaridagi qo\u02bblyozmalar fondi: Shakllanishi, tarkibi va o\u02bbrganilishi\u201d &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52159,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52158"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52158"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52158\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52164,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52158\/revisions\/52164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52159"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52158"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52158"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52158"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}