{"id":52115,"date":"2026-08-27T10:01:16","date_gmt":"2026-08-27T05:01:16","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52115"},"modified":"2026-08-25T18:30:44","modified_gmt":"2026-08-25T13:30:44","slug":"hadislar-ham-alloh-taolodan-vahiy-ekaniga-qur%ca%bconi-karimdan-dalillar-uchinchi-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52115&lang=oz","title":{"rendered":"HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QUR\u02bcONI KARIMDAN DALILLAR (UCHINCHI QISM)"},"content":{"rendered":"<ol start=\"7\">\n<li style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh subhonahu va taolo marhamat qiladi: <strong>\u00abOtalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari o\u02bbtgan bo\u02bblsa, <\/strong>(uylangan bo\u02bblsangiz, Alloh afv etar)<strong>. Albatta, bu xunuk va jirkanch bo\u02bblgan yomon qiliqdir. Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, jinsiy aloqada bo\u02bblgan xotinlaringizning tarbiyangizda bo\u02bblgan qizlari<\/strong>(ga uylanish harom qilindi)<strong> \u2013 agar xotinlaringiz bilan jinsiy aloqada bo\u02bblmagan bo\u02bblsangiz <\/strong>(ularni taloq qilgandan keyin avvalgi erlaridan tug\u02bbilgan qizlariga uylansangiz)<strong>, sizlar uchun gunoh yo\u02bbqdir. Yana o\u02bbz pushti kamaringizdan bo\u02bblgan o\u02bbg\u02bbillaringizning xotinlariga <\/strong>(uylanishingiz) <strong>va<\/strong> <strong>opa-singilni jamlashlaringiz <\/strong>(ya\u02bcni, birini taloq qilmay turib boshqasiga uylanishingiz harom qilindi)<strong>. Magar ilgari o\u02bbtgan bo\u02bblsa <\/strong>(Alloh afv etar)<strong>. Albatta, Alloh mag\u02bbfiratli va mehribon bo\u02bblgan Zotdir. <\/strong><strong>Yana erlik ayollar <\/strong>(ham harom qilindi)<strong>. Magar <\/strong>(urush-janglarda)<strong> ega bo\u02bblgan cho\u02bbrilaringiz haloldir. <\/strong>(Bu hukmlarni)<strong> Alloh zimmangizga farz qilib qo\u02bbydi. Mana shulardan boshqa ayollarga zino qiluvchi bo\u02bblmagan holingizda mollaringizni mahr qilib berish bilan uylanishga harakat qilish sizlar uchun halol qilindi. Ular bilan nikoh orqali yaqinlik qilishingiz bilan belgilangan mahrlarini beringiz! Mahr belgilanganidan keyin o\u02bbzlaringiz kelishib olishingizda <\/strong>(ya\u02bcni, ular o\u02bbz ixtiyori bilan haqqi-mahridan kechib yuborishida)<strong> sizlar uchun gunoh yo\u02bbqdir. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasi bo\u02bblgan Zotdir\u00bb <\/strong><em>[Niso surasi, 22\u201324-oyatlar]<\/em>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyatlarda erkak kishi uchun uylanish harom bo\u02bblgan ayollar bayon qilingan. Vaholanki, johiliyat davrida ularning ba\u02bczilari, masalan, otaning xotiniga uylanish va ikki opani-singilni barobar nikohga olish kabilar mumkin edi. Shuning uchun ham Alloh taolo bu ikki holat zikrida<strong> \u201cMagar ilgari o\u02bbtgan bo\u02bblsa\u201d<\/strong> deb marhamat qildi va islom shariati bilan bularning barchasini qat\u02bciy harom qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oxirida <strong>\u201cMana shulardan boshqa ayollarga zino qiluvchi bo\u02bblmagan holingizda mollaringizni mahr qilib berish bilan uylanishga harakat qilish sizlar uchun halol qilindi\u201d,<\/strong> ya\u02bcni yuqorida sanalganlardan tashqari boshqa har qanday ayolga uylanish sizlar uchun joizdir, deyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mutavotir (shubhasiz) yo\u02bbllar bilan rivoyat qilingan va butun ummat ulamolari bir ovozdan ijmo qilgan haqiqat shuki, ushbu oyatlarda sanalmagan bo\u02bblsa-da, nikohi harom bo\u02bblgan boshqa toifa ayollar ham bor. Masalan, bir ayolni o\u02bbz ammasi bilan yoki bir ayolni o\u02bbz xolasi bilan bir vaqtda nikohga olish taqiqlangan. Boshqacha aytganda, nasab-qarindoshlik jihatidan bir-biriga yaqin bo\u02bblgan ikki ayolning birini erkak deb farz qilinganda, u ikkinchisiga uylanishi harom bo\u02bbladigan darajada yaqin bo\u02bblsa, u holda bu ikki ayolni bir nikohda jamlash mutlaq harom hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, ushbu taqiq mana shu oyatlarda yoki Qur\u02bconi karimning boshqa biror joyida bormi?! Yo\u02bbq, faqat nabaviy sunnatda bor. Sunnat esa, boya ta\u02bckidlanganidek, Allohning vahiysidir. Qolaversa, bu hukmlar Alloh taoloning:<strong> \u201cPayg\u02bbambar o\u02bbzi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar\u201d <\/strong><em>[Hashr surasi, 7-oyat]<\/em> degan amri doirasiga ham to\u02bbliq kiradi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"8\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo bunday amr qiladi:<strong> \u00ab<\/strong>(Ey Muhammad! Qur\u02bconni)<strong> tezroq <\/strong>(yodlab)<strong> olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay-pichirlamay qo\u02bbya qoling. Zero, uni <\/strong>(sizning dilingizda)<strong> jamlash ham, <\/strong>(tilingizda)<strong> qiroat qildirish ham Bizning zimmamizdadir. Bas, qachon Biz <\/strong>(Jabroil tilidan)<strong> uni o\u02bbqisak, <\/strong><strong>s<\/strong><strong>iz ham ergashing! So\u02bbngra uni <\/strong>(Qur\u02bconni)<strong> bayon qilib berish ham albatta Bizning zimmamizdadir\u00bb<\/strong> <em>[Qiyomat surasi, 16\u201319-oyatlar].<\/em><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalom vahiy olib kelgan paytda, Qur\u02bcon oyatlaridan biror narsa unutilib yoki tushib qolmasin degan xavotirda, u zot bilan barobar tillarini qimirlatib, oyatlarni tezda qaytarishga harakat qilar edilar. Shunda Alloh taolo ushbu oyatlar orqali u zotga Jabroil Qur\u02bcon keltirganda shoshmasdan, diqqat bilan tinglashni va tillarini qimirlatmaslikni buyurdi. Buning evaziga Alloh taolo Qur\u02bconni u zotning qalblariga muhrlab qo\u02bbyishni, uni Jabroil o\u02bbqiganidek mukammal ado etishini oson qilib berishni hamda undagi muxtasar (qisqa) hukmlarni batafsil sharhlab, uning ma\u02bcnolarini u zotning o\u02bbzlariga yoki u zotning tillari orqali butun insoniyatga oydinlashtirib, bayon qilib berishni O\u02bbz zimmasiga oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: <em>\u00abRasululloh sollallohu alayhi v<\/em><em>a<\/em><em>sallam vahiy tushayotgan paytda juda katta mashaqqat va qiyinchilik sezar, (oyatlarni yodlab qolish uchun) tez-tez ikki lablarini qimirlatar edilar. Shunda Alloh taolo:<strong> \u00ab<\/strong>(Ey Muhammad<\/em><em>!<\/em><em> Qur\u02bconni)<strong> tezroq <\/strong>(yodlab)<strong> olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay-pichirlamay qo\u02bbya qoling. Zero, uni <\/strong>(sizning dilingizda)<strong> jamlash ham, <\/strong>(tilingizda)<strong> qiroat qildirish ham Bizning zimmamizdadir<\/strong><\/em><strong><em>.<\/em><\/strong><strong><em> Bas, qachon Biz <\/em><\/strong><em>(Jabroil tilida<\/em><em>n<\/em><em>)<strong> uni o\u02bbqisak, <\/strong><\/em><strong><em>s<\/em><\/strong><strong><em>iz ham ergashing!\u00bb<\/em><\/strong><em> \u2013 ya\u02bcni<\/em><em>,<\/em><em> uni jim turib, diqqat bilan tinglang, \u2013<strong> \u00abSo\u02bbngra uni <\/strong><\/em><em>(<\/em><em>Qur\u02bconni<\/em><em>)<\/em><strong><em> bayon qilib berish ham albatta Bizning zimmamizdadir\u00bb <\/em><\/strong><em>degan oyatlarni nozil qildi. Shundan keyin Jabroil alayhissalom qaytib ketgach, u zot vahiy qilingan oyatlarni xuddi Jabroil o\u02bbqib bergandek o\u02bbqir edilar\u00bb.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Kasir o\u02bbz tafsirida yozadi: \u201cSha\u02bcbiy, Hasan Basriy, Qatoda, Mujohid, Zahhok va boshqa mufassirlar: \u00abUshbu oyatlar aynan mana shu voqea sababli nozil bo\u02bblgan\u201d, deb aytgan\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cSo\u02bbngra uni bayon qilib berish ham albatta Bizning zimmamizdadir\u201d <\/strong>so\u02bbzlari Qur\u02bcon nozil bo\u02bblganidan keyin uni tushuntirib, sharhlashni Alloh taolo O\u02bbz zimmasiga olganiga kafolatdir. Bu bayon yo bevosita Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bildirilgan yoki u zotga qilingan ilohiy vahiy orqali u zotning tillari bilan insoniyatga yetkazilgan. Shuni unutmaslik kerakki, <em><u>ba<\/u><\/em><em><u>yon<\/u><\/em> (sharh so\u02bbzlari) <em><u>mubay<\/u><\/em><em><u>yan<\/u><\/em>dan (sharhlanayotgan narsadan) mutlaqo farq qiladi. Demak, bu o\u02bbrindagi bayon Qur\u02bconning o\u02bbzidan boshqa narsadir. Alloh taolo<strong> \u201cBizning zimmamizdadir\u201d <\/strong>deb, bu bayonning ham O\u02bbz huzuridan bo\u02bblishini ta\u02bckidladi va<strong> \u201cSo\u02bbngra\u201d <\/strong>bog\u02bblovchisini qo\u02bbllash orqali bu sharh Qur\u02bcon nozil bo\u02bblganidan keyin amalga oshishini bildirdi. Shunday ekan, Alloh taolo zimmasiga olgan ushbu bayon Qur\u02bcondan tashqari alohida bir manba \u2013 U Zot Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tilovat qilinmaydigan vahiy o\u02bblaroq yuborgan Sunnat ekanidan boshqa ehtimol qolmaydi. Bu esa Alloh taoloning mana so\u02bbzlariga qo\u02bbshimcha dalildir:<strong> \u00abSizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni <\/strong>(ya\u02bcni, shariat ahkomlarini)<strong> bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani \u2013 Qur\u02bconni nozil qildik\u00bb <\/strong><em>[Nahl surasi, 44-oyat].<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><strong>Davomi bor\u2026<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nurmuhammad MATKARIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot\u00a0<\/strong><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh subhonahu va taolo marhamat qiladi: \u00abOtalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari o\u02bbtgan bo\u02bblsa, (uylangan bo\u02bblsangiz, Alloh afv etar). Albatta, bu xunuk va jirkanch bo\u02bblgan yomon qiliqdir. Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, jinsiy aloqada bo\u02bblgan xotinlaringizning tarbiyangizda bo\u02bblgan qizlari(ga uylanish harom qilindi) \u2013 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51312,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52115"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52115"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52115\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52116,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52115\/revisions\/52116"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51312"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52115"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52115"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52115"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}