{"id":52073,"date":"2026-08-26T10:01:17","date_gmt":"2026-08-26T05:01:17","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52073"},"modified":"2026-08-25T11:18:58","modified_gmt":"2026-08-25T06:18:58","slug":"qimorbozlik-va-uning-ayanchli-oqibatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52073&lang=oz","title":{"rendered":"QIMORBOZLIK VA UNING AYANCHLI OQIBATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson hayotida moddiy ehtiyojlarni halol mehnat, kasb-hunar va tadbirkorlik orqali qondirish muhim ahamiyatga ega. Islom ta\u02bclimotida ham insonning halol mehnat bilan kun kechirishi, o\u02bbz rizqini halol yo\u02bbl bilan topishi, mol-mulkini oqilona tasarruf etishi va boshqalarning haqqiga tajovuz qilmasligi muhim tamoyillardan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, qimorbozlik nafaqat moliyaviy muammo, balki insonning ma\u02bcnaviy-axloqiy qiyofasiga, oilaviy munosabatlariga va jamiyat barqarorligiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatuvchi jiddiy illatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimorning asosiy xususiyati shundaki, unda inson mehnat yoki muayyan ijtimoiy foydali faoliyat natijasida emas, balki tasodif, tavakkal va boshqa ishtirokchilarning mag\u02bblubiyati hisobiga boylik orttirishga intiladi. Bunday yondashuv inson ongida \u201coson pul topish\u201d illyuziyasini shakllantiradi. Dastlab ko\u02bbngilochar mashg\u02bbulot sifatida boshlangan qimor vaqt o\u02bbtishi bilan odatga aylanadi, keyin insonni qaram qilib qo\u02bbyadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi raqamli texnologiyalar davrida qimorning yangi shakllari paydo bo\u02bblayotgani yanada tashvishni oshirsa oshiradi, sira kamaytirmaydi. Internet, smartfon va turli elektron platformalar orqali qimor o\u02bbyinlariga kirish imkoniyati osonlashdi. Ilgari qimor uchun maxsus joyga borishga to\u02bbg\u02bbri kelgan bo\u02bblsa, hozir uydan chiqmay turib bunday o\u02bbyinlarda ishtirok etish mumkin. Bu esa muammoning ijtimoiy tahdidini yanada oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishtirokchilardan biri \u201ctushishi\u201d hisobiga boshqasining pul yo moliyaviy manfaatga ega bo\u02bblishiga asoslanadigan, tavakkalchilik asosiga quriladigan o\u02bbyin yo faoliyat sanalgan qimor islom manbalarida \u201cmaysir\u201d tushunchasi bilan ham ifodalanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0645\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0652\u062e\u064e\u0645\u0652\u0631\u064f \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u0645\u064e\u064a\u0652\u0633\u0650\u0631\u064f \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u0646\u0652\u0635\u064e\u0627\u0628\u064f \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u0632\u0652\u0644\u064e\u0627\u0645\u064f \u0631\u0650\u062c\u0652\u0633\u064c \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0639\u064e\u0645\u064e\u0644\u0650 \u0627\u0644\u0634\u0651\u064e\u064a\u0652\u0637\u064e\u0627\u0646\u0650 \u0641\u064e\u0627\u062c\u0652\u062a\u064e\u0646\u0650\u0628\u064f\u0648\u0647\u064f \u0644\u064e\u0639\u064e\u0644\u0651\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u062a\u064f\u0641\u0652\u0644\u0650\u062d\u064f\u0648\u0646\u064e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cEy imon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va fol ochadigan cho\u02bbplar shaytonning ishlaridan bo\u02bblgan ifloslikdir. Bas, undan chetlaningiz, shoyadki najot topsangiz\u201d<\/strong> (Moida surasi, 90-<em>oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyatda hayot mazmunini yo\u02bbqqa chiqarib, insonni zalolat sari yetaklaydigan shaytonga xos bo\u02bblgan to\u02bbrt amalning zarari juda qat\u02bciy ifodalangan. Qur\u02bconi karim qimorni inson hayotiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadigan, shaytonning ishlaridan bo\u02bblgan illat sifatida baholaydi. Keyingi oyatda esa qimorning ijtimoiy va ma\u02bcnaviy zarari yanada ochiq bayon etiladi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0645\u064e\u0627 \u064a\u064f\u0631\u0650\u064a\u062f\u064f \u0627\u0644\u0634\u0651\u064e\u064a\u0652\u0637\u064e\u0627\u0646\u064f \u0623\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064f\u0648\u0642\u0650\u0639\u064e \u0628\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e\u0643\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u062f\u064e\u0627\u0648\u064e\u0629\u064e \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u0628\u064e\u063a\u0652\u0636\u064e\u0627\u0621\u064e \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u062e\u064e\u0645\u0652\u0631\u0650 \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u0645\u064e\u064a\u0652\u0633\u0650\u0631\u0650 \u0648\u064e\u064a\u064e\u0635\u064f\u062f\u0651\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0630\u0650\u0643\u0652\u0631\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0639\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0635\u0651\u064e\u0644\u064e\u0627\u0629\u0650<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAlbatta, shayton xamr va qimor tufayli orangizga adovat va nafrat solishni hamda Allohning zikridan va namozdan to\u02bbsishni istaydi. Endi to\u02bbxtarsizlar?!\u201d<\/strong> (<em>Moida surasi, 91-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, qimorning zarari faqat pul yo\u02bbqotish bilan cheklanmaydi. U insonlar o\u02bbrtasida adovat va nafrat paydo qiladi, ma\u02bcnaviy hayotni zaiflashtiradi, ibodat va ezgu ishlardan uzoqlashtiradi. Jumladan, qimorbozlik insonning psixologik va ma\u02bcnaviy holatiga jiddiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Qimor o\u02bbynagan kishi dastlab kichik miqdorda pul tikadi, keyin esa yo\u02bbqotganini qaytarish maqsadida yanada ko\u02bbproq mablag\u02bb sarflaydi. Ya\u02bcni, \u201cyutqazganimni qaytarib olaman\u201d degan fikr insonni yana va yana qimor o\u02bbynashga undaydi. Oqibatda shaxs kattaroq xavfga boradi. Uning qarorlari mantiq va ehtiyotkorlikka emas, ehtiros va yolg\u02bbon umidga asoslana boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimorbozlikning yana bir salbiy ta\u02bcsiri insonda mehnatsevarlik hissining susayishidir. Halol daromad olish uchun inson bilim, kasb va mehnatga ehtiyoj sezadi. Qimor esa go\u02bbyoki \u201cbir zumda boyib ketish\u201d imkoniyatini taklif qiladi. Bu tasavvur tezda insonning mehnatga munosabatini o\u02bbzgartirib, uni oson daromad izlashga odatlantirib qo\u02bbyadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimorga berilib ketgan shaxs vaqt o\u02bbtishi bilan o\u02bbz moliyaviy imkoniyatlarini nazorat qila olmay qoladi, oilasi va yaqinlaridan pul yashiradigan bo\u02bbladi, qarzga botadi, o\u02bbz otalik yo erlik majburiyatlarini bajarmay qo\u02bbyadi. Eng xavflisi, muammoni yashirish uchun yolg\u02bbon gapira va boshqa axloqiy me\u02bcyorlarni buza boshlaydi. Shu sababli qimorbozlikni faqat \u201cpul tikiladigan o\u02bbyin\u201d deb baholash to\u02bbg\u02bbri emas. U insonning irodasi, mas\u02bculiyati, vaqtdan foydalanishi, oilaga munosabati va ma\u02bcnaviy qarashlariga yomon ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadigan muammodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oila \u2013 jamiyatning eng muhim ijtimoiy instituti. Undagi bir kishining jiddiy muammosi boshqa a\u02bczolarga ta\u02bcsir qilmay qolmaydi. Qimorbozlik shunday muammolardan biridir. Qimorga berilgan shaxs oila mablag\u02bblarini o\u02bbyinga sarflashi natijasida uy-ro\u02bbzg\u02bbor ehtiyojlari uchun mablag\u02bb yetishmay qoladi. Bu esa er-xotin o\u02bbrtasida kelishmovchiliklar, farzandlar ehtiyojlarining qondirilmasligi va oilaviy ishonchning yo\u02bbqolishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oila byudjetining qimorga sarflanishi bolalar tarbiyasiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Farzand ota-onaning xatti-harakatlarini kuzatib ulg\u02bbayadi. Oilada mehnat orqali halol rizq topish emas, balki tavakkalchilik va oson boyish tamoyili ustun ekanini ko\u02bbrib katta bo\u02bblsa, u yog\u02bbini aytmasa ham bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimor sababli qarzga botish ham oilaviy munosabatlarni og\u02bbirlashtiradi. Ba\u02bczan inson avvalgi qarzini qoplash uchun yana qarz olib, pulini qimor orqali ko\u02bbpaytirishga harakat qiladi. Bu esa muammoni hal qilish o\u02bbrniga yanada murakkablashtiradi. Shuning uchun oilada farzandlarga kichik yoshdanoq halol mehnat, tejamkorlik, qanoat, mas\u02bculiyat va moliyaviy savodxonlik tushunchalarini singdirish muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimorbozlik keng tarqalgan muhitda ijtimoiy muammolar ham ko\u02bbpayadi. Chunki insonning moliyaviy muammosi uni boshqa noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bbllarga kirib ketishga undaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimorning yana bir salbiy jihati shuki, insonda iqtisodiy mas\u02bculiyatsizlikni shakllantiradi. Jamiyat taraqqiyoti uchun odamlarning mehnat qilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko\u02bbrsatish sohalarida faol ishtirok etishi muhim. Qimor esa real iqtisodiy qiymat yaratishdan ko\u02bbra, mavjud mablag\u02bbni bir ishtirokchidan boshqasiga o\u02bbtkazishga asoslangan munosabatni kuchaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning moliyaviy imkoniyatlarini behuda sarflashi esa shaxsiy va oilaviy hayotga zarar yetkazish bilan birga, jamiyatning iqtisodiy barqarorligiga ham salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Islom ta\u02bclimoti mol-mulkni asrash va uni oqilona tasarruf etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. Islomda moliyaviy munosabatlar halollik, adolat va o\u02bbzaro rozilik asosida qurilishi talab etiladi. Bir shaxsning asossiz ravishda boshqa kishining molini egallashiga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi. Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0623\u0652\u0643\u064f\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0623\u064e\u0645\u0652\u0648\u064e\u0627\u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0627\u0644\u0652\u0628\u064e\u0627\u0637\u0650\u0644\u0650<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cMol-mulkingizni o\u02bbzaro botil yo\u02bbl bilan yemangiz\u201d<\/strong>, deb buyurilgan (<em>Baqara surasi, 188-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimorda ishtirokchilardan birining yutug\u02bbi boshqalarning mag\u02bblubiyati hisobiga yuzaga keladi. Ya\u02bcni, bir shaxs o\u02bbzganing molini botil yo\u02bbl bilan o\u02bbzlashtiradi. Shu jihatdan qimor insonni halol mehnat va haqli daromaddan uzoqlashtiruvchi vosita sifatida baholanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda qimorning ba\u02bczi manfaatlari bo\u02bblishi mumkinligi inkor qilinmaydi. Ammo uning zarari foydasidan kattaroq ekani ta\u02bckidlanadi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0641\u0650\u064a\u0647\u0650\u0645\u064e\u0627 \u0625\u0650\u062b\u0652\u0645\u064c \u0643\u064e\u0628\u0650\u064a\u0631\u064c \u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u064e\u0627\u0641\u0650\u0639\u064f \u0644\u0650\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0633\u0650 \u0648\u064e\u0625\u0650\u062b\u0652\u0645\u064f\u0647\u064f\u0645\u064e\u0627 \u0623\u064e\u0643\u0652\u0628\u064e\u0631\u064f \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0646\u064e\u0641\u0652\u0639\u0650\u0647\u0650\u0645\u064e\u0627<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cUlar <\/strong>(xamr ichish va qimor o\u02bbynash)<strong>da katta gunoh va odamlar uchun ba\u02bczi manfaatlar bor. Ammo ularning gunohi manfaatidan kattaroqdir\u201d<\/strong> (<em>Baqara surasi, 219-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyat inson uchun muhim mezonni ko\u02bbrsatadi: biror ishda muayyan foyda mavjud bo\u02bblishi uning mutlaqo foydali ekanini anglatmaydi. Zarari ustun bo\u02bblsa, inson undan saqlanishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, qimorbozlik jamiyatda og\u02bbir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo\u02bblgan ijtimoiy va ma\u02bcnaviy muammolardan biridir. U insonni halol mehnat va mas\u02bculiyatli hayot tarzidan uzoqlashtirib, oson boyish illyuziyasiga yetaklaydi. Oqibatda moliyaviy yo\u02bbqotish, qarzdorlik, oilada kelishmovchilik, ish faoliyatining pasayishi va ijtimoiy munosabatlarning buzilishi kabi xunuk holatlar yuzaga kelishi mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Nodir QOBILOV,<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson hayotida moddiy ehtiyojlarni halol mehnat, kasb-hunar va tadbirkorlik orqali qondirish muhim ahamiyatga ega. Islom ta\u02bclimotida ham insonning halol mehnat bilan kun kechirishi, o\u02bbz rizqini halol yo\u02bbl bilan topishi, mol-mulkini oqilona tasarruf etishi va boshqalarning haqqiga tajovuz qilmasligi muhim tamoyillardan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, qimorbozlik nafaqat moliyaviy muammo, balki insonning ma\u02bcnaviy-axloqiy qiyofasiga, oilaviy munosabatlariga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52073"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52073"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52073\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52075,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52073\/revisions\/52075"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52073"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52073"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52073"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}