{"id":52020,"date":"2026-08-24T09:10:46","date_gmt":"2026-08-24T04:10:46","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52020"},"modified":"2026-08-20T22:17:58","modified_gmt":"2026-08-20T17:17:58","slug":"qimor-va-uning-zararlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=52020&lang=oz","title":{"rendered":"QIMOR VA UNING ZARARLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qimor o\u02bbyinlari insonning hech qanday qiyinchiliksiz, oson foyda olish istagining natijasi bo\u02bblib, islomda eng xavfli sanalgan, taqiqlangan ishlardan biridir. Xo\u02bbsh, o\u02bbzimizni bu gunohdan qanday himoya qilishimiz mumkin, dinimizning bu boradagi hukmi qanday?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hech qachon unutmaslik kerakki, jilovlanmagan nafs, ochko\u02bbzlik har doim o\u02bbz egasini halokatga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishiga foyda yo zarar keltiradigan har qanday o\u02bbyin qimordir. Qimor \u2013 nohaqdan boshqaning mol-mulkini qo\u02bblga kiritish, boshqalar bilan sheriklikda o\u02bbg\u02bbrilik qilishdir. Jamiyat uchun falokat sanaladigan qimor shunday botqoqki, unda g\u02bbolibning o\u02bbzi bo\u02bblmaydi. Chunki taqiqlangan narsadan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Yutganlar pulini oldirgan kishilarning musibati va oilalarning parokandaligiga sabab bo\u02bblgani uchun katta gunohga botadi. Ya\u02bcni, pirovard natija baribir yomon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parvardigor yaxshi ishlar uchun ato etgan moddiy vositalardan foydalanish o\u02bbrniga qimor o\u02bbynagan odam ham Allohning ne\u02bcmatiga kufr qilgan bo\u02bbladi, ham o\u02bbzi bilan birga ko\u02bbplab insonlarning taqdirini barbod qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afsuski, bugungi kunda qimor o\u02bbyinlari jamiyatda xuddi qonuniydek tus olib, keng tarqalmoqda. Qimorbozlikning ayrim turlari o\u02bbyin-kulgi va vaqtni chog\u02bb o\u02bbtkazish shakli sifatida qo\u02bbllana boshladi. Ba\u02bczan ularning qimor ekani unutilib, bo\u02bblajak og\u02bbir azobning ma\u02bcnaviy og\u02bbrig\u02bbi sezilmay ham qolyapti. Boshqacha aytganda, ba\u02bczilar bu qilmish uchun kutilayotgan muqarrar jazoni, juda xunuk oqibatni o\u02bbylamay qo\u02bbymoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom bunday jirkanch ishlardan keskin qaytaradi. Alloh taolo qimorni harom qilingan narsalar orasida bunday zikr etadi: <strong>\u201cEy imon keltirganlar! Albatta, may, qimor, but-sanamlar va <\/strong>(fol ochadigan)<strong> cho\u02bbplar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki, undan chetlaningiz! Shoyad <\/strong>(shunda)<strong> najot topsangiz. Shayton may bilan qimor <\/strong>(yordami)<strong>da o\u02bbrtangizga adovat va nafrat solishni, sizlarni Allohning zikri va namozdan qaytarishni xohlaydi. Bas, endi, sizlar <\/strong>(bu ishlardan)<strong> to\u02bbxtarsiz!\u201d<\/strong> <em>(Moida surasi, 90-91-oyatlar)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo bandalarini nimadan qaytargan bo\u02bblsa, zararli bo\u02bblgani uchun shunday qilgan. Ammo ko\u02bbpchilik Yaratganning amrini qo\u02bbyib, o\u02bbzining dushmani bo\u02bblgan, nafsini qitiqlagan shaytonga ergashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hatto qimorga jalb qilishning o\u02bbzini ham og\u02bbir gunoh deb hisoblaganlar va oldini olish uchun bunday deganlar: <strong><em>\u201cKim qasam ichsa-yu, ontida \u201cLotga qasam\u201d, \u201cUzzoga qasam\u201d desa, darhol \u201cLaa ilaaha illalloh\u201d deb olsin! Kim sherigiga \u201cKel <\/em><\/strong><em>(yur)<strong>, sen bilan qimor o\u02bbynaymiz\u201d desa, darhol sadaqa qilib yuborsin!\u201d<\/strong><\/em> <em>(Imom Buxoriy rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadisda qimor johiliyat davridagi amallardan bo\u02bblgan Lot va Uzzo sanamlari bilan qasam ichish \u2013 shirk amallar bilan bir qatorda zikr qilinyapti. Bu esa, qimorning aniq halokat ekanini bildiradi. O\u02bbynash tugul, unga shunchaki chaqirish ham kafforat talab qiladigan amal ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda qimor o\u02bbyinlarida qatnashish shunchalik oson bo\u02bblib, nazoratdan chiqib ketdiki, hatto bolalar orasida ham tarqalyapti. Bu esa kelajak uchun katta xavf tug\u02bbdiradi. Chunki qimorbozlik vositasida \u201cbelini og\u02bbritmay\u201d pul topishga moyil bo\u02bblib qolgan bolalar ulg\u02bbaygan sari har yerda osonlikcha pul topish yo\u02bbllarini izlaydi. Bunda kasbning ham ahamiyati bo\u02bblmay qoladi. Biznes bilan shug\u02bbullansa, tezroq boyib ketishga intiladi; siyosatga aralashsa, g\u02bbirromlik bilan nufuz qozonishga urinadi. Eng yomoni, bunday intilishlar ularni turli adolatsizlik va gunohlarga yetaklaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dam olishga, bo\u02bbsh vaqtini xush o\u02bbtkazishga hammaning ehtiyoji bor. Inson farishta emas. Ammo ko\u02bbngilochar mashg\u02bbulotlarga kelganda, shariat belgilagan chegaradan oshmaslik asosiy shartdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa tomondan, odamlarning daromadi omad va tasodifga emas, balki o\u02bbzining mehnati va peshona teriga asoslangan bo\u02bblishi kerak. Alloh taolo: <strong>\u201cInsonga faqat o\u02bbzi qilgan harakatigina <\/strong>(mansub)<strong> bo\u02bblur\u201d<\/strong> <em>(Najm surasi, 39-oyat)<\/em>, deydi. Ya\u02bcni, mulk halol yo\u02bbl bilan orttirilmagan, kishining o\u02bbz sa\u02bcy-harakati natijasida qo\u02bblga kiritilmagan bo\u02bblsa, u pok nasiba hisoblanmaydi va har qanday harom narsa uchun bo\u02bblgani kabi uning uchun ham javob berishga to\u02bbg\u02bbri keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhim jihat shundaki, boshqalarning mol-mulkini g\u02bbayriqonuniy va shar\u02bcan joiz bo\u02bblmagan yo\u02bbllar bilan o\u02bbzlashtirish haromdir. Haq taolo: <strong>\u201cMol-mulklaringizni o\u02bbrtada nohaq <\/strong>(yo\u02bbllar)<strong> bilan yemangiz! O\u02bbzaro rozilik asosidagi tijorat bo\u02bblsa, u bundan mustasno\u201d<\/strong> <em>(Niso surasi, 29-oyat)<\/em>, deb buyurgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatning barcha a\u02bczolari kun bo\u02bbyi qimor o\u02bbynash bilan mashg\u02bbul bo\u02bbladigan bir holatni tasavvur qilaylik. U tanazzulga yuz tutishi aniq. Buni izohlashga ham hojat yo\u02bbq. Endi aksini faraz qiladigan bo\u02bblsak, bunday o\u02bbyinlar jamiyat hayotidan surib chiqarib tashlansa, hech qanday muammo bo\u02bblmaydi. Halollik yo\u02bbqolsa, qanday falokatlar yuz berishi ayon, adovat, fitna, xunrezlik \u2013 hammasi shundan kelib chiqadi. Shuning uchun ezgu ishlarni ko\u02bbpaytirish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, bugungi jamiyatda imon va axloq yemirilishining eng o\u02bbtkir sabablaridan biri \u2013 bu qimor balosidir. Zamonamizning \u201cuchar\u201d marketologlari, odamlar va jamiyatlarning taqdiri emas, faqat hamyonini o\u02bbylaydigan \u201cshovvozlar\u201d uni shu darajaga yetkazdiki, qimor go\u02bbyo halol va mumkindek taqdim qilinmoqda. Bu esa amalning buzilishi \u2013 to\u02bbg\u02bbrisining o\u02bbrnini egrisi egallashidan ham og\u02bbirroq oqibatga olib kelib, bevosita imonga zarar yetkazmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qodirxon MAHMUDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qimor o\u02bbyinlari insonning hech qanday qiyinchiliksiz, oson foyda olish istagining natijasi bo\u02bblib, islomda eng xavfli sanalgan, taqiqlangan ishlardan biridir. Xo\u02bbsh, o\u02bbzimizni bu gunohdan qanday himoya qilishimiz mumkin, dinimizning bu boradagi hukmi qanday?! Hech qachon unutmaslik kerakki, jilovlanmagan nafs, ochko\u02bbzlik har doim o\u02bbz egasini halokatga olib boradi. Kishiga foyda yo zarar keltiradigan har qanday o\u02bbyin qimordir. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":52021,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52020"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=52020"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52020\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":52022,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/52020\/revisions\/52022"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/52021"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=52020"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=52020"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=52020"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}