{"id":51924,"date":"2026-08-21T09:24:01","date_gmt":"2026-08-21T04:24:01","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51924"},"modified":"2026-08-17T22:26:32","modified_gmt":"2026-08-17T17:26:32","slug":"hadislar-ham-alloh-taolodan-vahiy-ekaniga-qur%ca%bconi-karimdan-dalillar-ikkinchi-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51924&lang=oz","title":{"rendered":"HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QUR\u02bcONI KARIMDAN DALILLAR (IKKINCHI QISM)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3-4-5. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: <strong>\u00abSizlarga ro\u02bbza kechasida xotinlaringiz bilan qovushish halol qilindi. Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsiz. Sizlarning o\u02bbzingizga xiyonat qilayotganingizni Alloh bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi ular bilan <\/strong>(ro\u02bbza kechalarida bemalol)<strong> qovushib, sizlar uchun Alloh yozgan <\/strong>(taqdir etgan)<strong> narsani <\/strong>(farzandni)<strong> umid etaveringiz. Shuningdek, tonggacha, ya\u02bcni oq ipning qora ipdan <\/strong>(tongning tundan)<strong> ajraladigan vaqtigacha yeb-ichaveringiz. So\u02bbng ro\u02bbzani kechgacha <\/strong>(quyosh botguncha)<strong> mukammal tutingiz! Masjidlarda e\u02bctikofda bo\u02bblgan paytlaringizda <\/strong>(kechalari ham)<strong> ular <\/strong>(xotinlar)<strong> bilan qo\u02bbshilmangiz! Bular <\/strong>(aytilgan hukmlar)<strong> Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar <\/strong>(man etilgan ishlardan)<strong> saqlanishlari uchun Alloh o\u02bbz oyatlarini mana shunday aniq bayon qiladi\u00bb <em>[<\/em><\/strong><em>Baqara surasi, 187-oyat].<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu ulug\u02bb oyatning avvalida ro\u02bbza kechalarida ayol bilan qovushish halol qilingani ta\u02bckidlanmoqda. Biror narsa halol qilindimi, demak, undan oldin harom bo\u02bblgan. Shuningdek, oyatning davomidagi<strong> \u00abSizlarning o\u02bbzingizga xiyonat qilayotganingizni Alloh bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi ular bilan <\/strong>(ro\u02bbza kechalarida bemalol)<strong> qovushib, sizlar uchun Alloh yozgan <\/strong>(taqdir etgan)<strong> narsani <\/strong>(farzandni)<strong> umid etaveringiz\u00bb <\/strong>degan so\u02bbzlar ham qovushishga izn berilishidan oldin bu amal taqiqlangan bo\u02bblganini bildiradi. Vaholanki, bu taqiq haqida Qur\u02bconda biror og\u02bbiz so\u02bbz yo\u02bbq. Demak, o\u02bbsha dastlabki taqiq Alloh taoloning tilovat qilinmaydigan vahiysi bo\u02bblmish nabaviy sunnat bilan sobit bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Abu Is\u02bchoqdan, u Baro roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: <em>\u00abRamazon ro\u02bbzasi nozil bo\u02bblgan ilk davrlarda musulmonlar Ramazon oyi bo\u02bbyi (kechasi ham) ayollariga yaqinlik qilmasdi. Biroq ba\u02bczilar o\u02bbzini tiya olmay, nafsiga xiyonat qilib qo\u02bbydi. Shunda Alloh taolo \u00ab<\/em><strong>Sizlarning o\u02bbzingizga xiyonat qilayotganingizni Alloh bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi ular bilan qovushib, sizlar uchun Alloh yozgan narsani umid etaveringiz<\/strong><em>\u00bb degan oyatni nozil qildi\u00bb<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oyatdagi<strong> \u00abtonggacha, ya\u02bcni oq ipning qora ipdan ajraladigan vaqtigacha yeb-ichaveringiz\u00bb <\/strong>degan ko\u02bbrsatma Alloh taolo tomonidan musulmonlarga berilgan yengillik bo\u02bblib, islomning ilk davridagi hukmni bekor qildi. Ilk davrdagi tartib esa, yuqoridagi holatdek, nabaviy sunnat orqali ma\u02bclum edi. U paytlarda ro\u02bbzador iftor qilgach, faqat xufton namozigacha yoki undan oldin uxlab qolguniga qadar yeb-ichishi mumkin edi. Uxlab qolsa yoki xufton namozini o\u02bbqib qo\u02bbysa, keyingi kunning oqshomigacha yeb-icha olmasdi. Bu musulmonlarga juda katta mashaqqat tug\u02bbdirgandi. Shunda Alloh taolo tong otguncha yeb-ichishga izn berdi. Ana o\u02bbsha eski qiyin hukm ham Qur\u02bconda mutlaqo zikr qilinmagan, balki faqat hadis bilan sobit bo\u02bblgandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00abSo\u02bbng ro\u02bbzani kechgacha mukammal tutingiz!\u00bb <\/strong>degan amr visol ro\u02bbzasini, ya\u02bcni og\u02bbiz ochmasdan bir necha kunni bir-biriga ulab ro\u02bbza tutishni taqiqlaydi. Sahih hadislarda musulmonlar visol ro\u02bbzasidan qaytarilgan, faqat Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi va sallamning o\u02bbzlarigagina xos ravishda joiz qilingan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ahmad Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: <em>Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:<strong> \u201cVisol ro\u02bbzasi tutmang\u201d,<\/strong> dedilar. Sahobalar: \u00abEy Allohning Rasuli, o\u02bbzingiz visol ro\u02bbzasi tutasiz-ku?\u00bb deyishdi. <\/em><em>U zot:<strong> \u00abMen sizlardek emasman. Men tunayotganimda R<\/strong><\/em><strong><em>a<\/em><\/strong><strong><em>bbim meni taomlantiradi va su<\/em><\/strong><strong><em>v beradi<\/em><\/strong><strong><em>\u00bb,<\/em><\/strong><em> deb javob berdilar<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Visol ro\u02bbzasi tutish u zotning o\u02bbzlarigagina tegishli xususiyatlardan edi. Sahih hadisda aytilganidek, u zotga bu ishda alohida quvvat va ko\u02bbmak berilardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi va sallamga visol ro\u02bbzasining joiz bo\u02bblishi alohida bir shariat hukmi bo\u02bblib, u ham Qur\u02bconda zikr qilinmagan, balki tilovat qilinmaydigan vahiy orqali qaror topgan. Buni u zotning o\u02bbzlari vahiydan tashqari ish qilmaganlari haqidagi mana bu oyatlar tasdiqlaydi:<strong> \u201cMen faqat o\u02bbzimga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman\u201d,<\/strong> shuningdek,<strong> \u201cAyting: \u00abMen uchun uni o\u02bbz tomonimdan o\u02bbzgartirish durust emasdir\u201d <\/strong><em>[Yunus surasi, 15-oyat]<\/em> hamda<strong> \u00abAgar <\/strong>(Payg\u02bbambar)<strong> Bizning <\/strong><strong>nomimizdan<\/strong> (Biz aytmagan)<strong> ayrim so\u02bbzlarni to\u02bbqib <\/strong><strong>ayt<\/strong><strong>ganida, albatta, Biz uning o\u02bbng qo\u02bblidan ushlagan, so\u02bbngra albatta uning shohtomirini uzib tashlagan bo\u02bblur edik\u00bb <\/strong><em>[Haqqo surasi, 44\u201346-oyatlar]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning visol ro\u02bbzasi tutishlari vahiydan tashqari va unga tayanmagan holda bo\u02bblganida edi, u zot Allohning<strong> \u00ab<\/strong><strong>So\u02bbng ro\u02bbzani kechgacha mukammal tutingiz!<\/strong><strong>\u00bb <\/strong>degan amrini o\u02bbzgartirgan va Uning nomidan shariat joriy qilgan bo\u02bblib qolardilar, bu esa umuman mantiqqa ziddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas, Baqara surasining 187-oyati nabaviy sunnatning Alloh taolo tomonidan yuborilgan ilohiy vahiy ekaniga bir yo\u02bbla uch kuchli dalilni o\u02bbz ichiga olgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"6\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi:<strong> \u00abPayg\u02bbambar juftlaridan biriga <\/strong>(ya\u02bcni, Hafsaga)<strong> bir so\u02bbzni pinhona aytganini eslang! Endi qachonki <\/strong>(Hafsa)<strong> u <\/strong>(sir)<strong> haqida <\/strong>(Oishaga)<strong> xabar bergach va Alloh <\/strong>(Jabroil farishta vositasida Payg\u02bbambar alayhissalomni Hafsaning qilmishidan)<strong> voqif qilgach, u <\/strong>(Hafsaga o\u02bbzi voqif bo\u02bblgan narsaning) <strong>ba\u02bczisini bildirdi va ba\u02bczisidan yuz o\u02bbgirdi <\/strong>(bildirmadi)<strong>. Bas, qachonki <\/strong>(Payg\u02bbambar alayhissalom Hafsaga o\u02bbzi voqif bo\u02bblgan narsaning ba\u02bczisi haqida) <strong>xabar bergach, u: \u00ab<\/strong><strong>Sizga <\/strong><strong>bu xabarni <\/strong><strong>k<\/strong><strong>im berdi?\u00bb, degan edi, \u201cMenga Bilguvchi va Xabardor Zot xabar berdi\u201d, dedi\u00bb <\/strong><em>[Tahrim surasi, 3-oyat].<\/em><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00abAlloh <\/strong>(Jabroil farishta vositasida Payg\u02bbambarni Hafsaning qilmishidan)<strong> voqif qilgach\u00bb <\/strong>so\u02bbzlari shuni ko\u02bbrsatadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollaridan biriga yashirincha aytgan va hech kimga aytmaslikni buyurgan sirning ochilib qolganini Alloh taolo Payg\u02bbambariga bildirgan. Lekin Qur\u02bcon orqali amalga oshmagan. Chunki Qur\u02bcondagi mazkur oyat o\u02bbsha voqea sodir bo\u02bblib o\u02bbtganidan keyin, o\u02bbtgan zamon fe\u02bcli shaklida u haqda shunchaki xabar beryapti, xolos. Demak, bu bildirish va ogohlantirish, shubhasiz, tilovat qilinmaydigan vahiy orqali sodir bo\u02bblgan. Binobarin, ushbu oyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Qur\u02bcondan tashqari ham vahiy nozil bo\u02bblganiga yorqin dalildir. Ana shunday vahiy u zotning sunnatlari bo\u02bbladi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari vahiydan boshqa narsaga tayanishi sira ham mumkin emas. Bunga Alloh taoloning u zot tili bilan aytgan ushbu so\u02bbzi dalildir:<strong> \u201cMen faqat Parvardigorimdan kelgan vahiygagana ergashurman\u201d.<\/strong> Dalillarning bu jamlanmasidan ravshan bo\u02bbladiki, Sunnat \u2013 Alloh taolo tomonidan yuborilgan ilohiy vahiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><strong>Davomi bor\u2026<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nurmuhammad MATKARIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot\u00a0<\/strong><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>3-4-5. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: \u00abSizlarga ro\u02bbza kechasida xotinlaringiz bilan qovushish halol qilindi. Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsiz. Sizlarning o\u02bbzingizga xiyonat qilayotganingizni Alloh bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro\u02bbza kechalarida bemalol) qovushib, sizlar uchun Alloh yozgan (taqdir etgan) narsani (farzandni) umid etaveringiz. Shuningdek, tonggacha, ya\u02bcni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51312,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51924"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51924"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51924\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51925,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51924\/revisions\/51925"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51312"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51924"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51924"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51924"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}