{"id":51871,"date":"2026-08-17T09:46:34","date_gmt":"2026-08-17T04:46:34","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51871"},"modified":"2026-08-17T09:46:34","modified_gmt":"2026-08-17T04:46:34","slug":"ulug%ca%bblarga-behurmatlikning-oqibati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51871&lang=oz","title":{"rendered":"ULUG\u02bbLARGA BEHURMATLIKNING OQIBATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>So\u02bbnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda har xil kimsalar, ayniqsa, bemazhablikni targ\u02bbib qiluvchilar tomonidan nafaqat yurtimiz ulamolari, balki mazhab asoschilari bo\u02bblgan mujtahid zotlarga nisbatan ham axloqsiz iboralar ishlatilayotganiga guvoh bo\u02bblib qolyapmiz. Ha, yashiradigan joyi yo\u02bbq: internetda ulamo va ahli ilmni kamsitish, masxaralash, haqorat qilish hollari kuzatilmoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun dunyo musulmonlari hamfikr bo\u02bblgan, ahli ilm ijmo\u02bc qilgan (bir ovozdan ma\u02bcqullagan) masalalardan biri \u2014 ulamolarni masxaralash, haqorat qilish yoki kamsitishning haromligidir. Ilmli insonlar hurmatizzatga boshqalardan ko\u02bbra sazovorroq ekaniga shak-shubha yo\u02bbq. Haq taolo: <em>\u201cAgar bilmaydigan bo\u02bblsangiz, zikr ahlidan so\u02bbrangiz\u201d <\/em><strong>(Anbiyo surasi, 7-oyat) <\/strong>deb, ularning darajasini O\u02bbz ilohiy e\u02bctibori bilan yuksaltirib qo\u02bbygan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda ilm ahlini maqtab bunday deydi: <em>\u201cEy mo\u02bbminlar! Qachonki sizlarga yig\u02bbilishlarda \u201c(davrani) kengaytiringiz!\u201d deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham (kerak paytida keng) joy berur. Yana qachonki \u201cturingiz!\u201d deyilsa, darhol turingiz! Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja<br \/>\n(martaba)larga ko\u02bbtarur. Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir\u201d <\/em><strong>(Mujodala surasi, 11-oyat)<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimga dushmanlik qilgan odam Allohga urush e\u02bclon qilgan kabidir. Haq taolo bilan urushga kirgan kimsa esa hech qachon g\u02bbolib bo\u02bblolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: <em>\u201cAlloh taolo: \u201cKim mening do\u02bbstimga dushmanlik qilsa, unga urush e\u02bclon qilaman\u201d, deydi<\/em>\u201d <strong>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy<em>: \u201cAllohning do\u02bbsti \u2014 Parvardigorni taniydigan va doim Uning toatida bo\u02bbladigan olimdir\u201d, <\/em>\u2014 degan. Ibn Javziy shunday yozadi: <em>\u201cKim musulmonlarning obro\u02bbsiga til tekkizsa, ularning tirnog\u02bbi ostidan kir qidirib, ayblarini ochishga urinsa, o\u02bblim kelgan paytda Alloh uning tilini shahodat kalimasini aytishdan to\u02bbsib qo\u02bbyadi\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarni kalaka qilishga urinib, turli videolarni montaj qilayotgan va ular haqida haqoratli gaplarni post sifatida joylayotganlar ajal ostonasida tili kalimaga kelmay qolishidan qo\u02bbrqsalar bo\u02bblardi. Ulamolarni masxara qilishga urinayotgan til, oyoq va qo\u02bbllar qiyomat kuni o\u02bbz egalariga qarshi guvohlik berishidan hadiksirasinlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Asokir esa: <em>\u201cKim ulamolarni haqoratlash yoki ularga tuhmat qilishda tiliga erk bersa, vafotidan oldin Alloh taolo uni qalb o\u02bblimiga giriftor qiladi\u201d<\/em>, \u2014 degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAbu Hanifa unday\u201d, \u201cImom Buxoriy bunday\u201d deydiganlarga har qancha tushuntirmang, tushunishni istashmaydi. \u201cHoy, tilingizga erk bermang, ulamolarga tosh otmang, tilingizni tiying\u201d, deysiz, lekin befoyda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suhayl Andalusiy hikoya qiladi: <em>\u201cBir qo\u02bbshnimiz bor edi. Alloh unga boylik va obro\u02bb berib qo\u02bbygan, juda badavlat edi. <\/em><em>Ammo eng yomon odati \u2014 din olimlarini kalaka qilish va ularga aziyat berish edi. Bir kuni Alloh roziligi uchun unga nasihat qilganimda, meni kamsitib, uyidan haydab soldi. Allohga qasamki, oradan 20-yil o\u02bbtib, u falaj bo\u02bblib qoldi, mol-dunyosidan ayrildi. Muhtojlikdan shahar bozorida tilanchilik qila boshladi. Keyin birdan bozorda ko\u02bbrinmay qoldi. Oradan uch kun o\u02bbtib, bozor orqasidagi tashlandiq, xaroba joydan jasadi topildi. Butun shahar ulamolariga aziyat yetkazgan bu insonning umri mana shunday ayanchli yakun topdi\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Navaviy shunday deydi: <em>\u201cIbn Abbos roziyallohu anhumo: \u201cKim faqihga aziyat yetkazsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat yetkazibdi. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat yetkazsa, Alloh taologa aziyat yetkazibdi\u201d, deganlar\u201d. <\/em>Bu yerdagi \u201caziyat yetkazish\u201d deganda, albatta, jismoniy zarar emas, balki kamsitish, haqorat qilish, ilmni mensimaslik va obro\u02bbsizlantirish nazarda tutiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarni haqorat qilish Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning meroslarini kamsitishga, bu esa, o\u02bbz navbatida, Alloh taoloning diniga hurmatsizlik qilishga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Muborak: <em>\u201cKim olimlarni yerga ursa, oxirati barbod bo\u02bbladi; kim amirlarni yerga ursa, dunyosi barbod bo\u02bbladi; kim birodarlarini yerga ursa, odamgarchiligi barbod bo\u02bbladi\u201d, <\/em>\u2014 degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimlarni risoladagidek hurmat qilmay, haqlarini munosib ravishda ado etmay turib, farzandlarimizni el-yurt, jamiyat, qolaversa, butun dunyoga foydasi tegadigan yetuk shaxslar \u2014 olimu ziyoli, shifokoru muhandis, tadbirkor insonlar etib ulg\u02bbaytirishning iloji yo\u02bbq. Bu \u2014 bamisoli urug\u02bbni yerga qadamay turib hosil kutishday gap.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga nisbatan shu qadar odob saqlagan ekanki, ilmiy masalalardan birini so\u02bbrash uchun orqalaridan bir yil davomida yurib ham, haybatlaridan hayiqib, so\u02bbray olmagan ekanlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sufyon ibn Uyayna: <em>\u201cSolihlar yodga olingan joyga Allohning rahmati yog\u02bbiladi\u201d, <\/em>\u2014 deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ahmad betob bo\u02bblib yotganida huzurida ulamolardan biri tilga olindi. Shunda u zudlik bilan o\u02bbtirib oldi-da: <em>\u201cSolih kishilar tilga olinayotganda bizning yonboshlab yotishimiz odobdan emas\u201d, <\/em>\u2014 dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir internet tarmoqlari orqali ulamolar bilan o\u02bbziga tortishayotgan, ularga savol berishda odobsizlik va qaysarlik qilayotganlar yuqoridagi haqiqatni yaxshilab anglab olishlari kerak. Ulamolarning hatto nomi zikr qilingandayoq hurmat ko\u02bbrsatish lozim ekan, demak, ular bilan bo\u02bbladigan har qanday muloqotda odob doirasidan chiqmaslik shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, nafaqat ilm ahliga balki har bir insonga ozor berishning eng ommalashgan va ko\u02bbpchilik e\u02bctibor bermaydigan ko\u02bbrinishi \u2014 insonning obro\u02bbsini to\u02bbkish, g\u02bbiybat qilish, tuhmat va bo\u02bbhton toshlarini otishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Avzoiy: \u201c<em>Ahli ilmning, xususan, ularning ulug\u02bblari ortidan yomonlab gapirish gunohi kabiralardandir\u201d, <\/em>\u2014 degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaxsiy kuzatuv va tajribalari asosida sinovdan o\u02bbtkazgan ulamolar shunday deydilar: <em>\u201cKim ulamolarni g\u02bbiybat qilsa, ular haqida noloyiq so\u02bbzlarni aytsa, odamlar orasida aybini oshkor etsa va shundan keyin qilgan ishi uchun ulardan kechirim so\u02bbrab, roziligini olmay, tavba qilmay vafot etsa, qiyomat kuniga qadar uning zurriyotidan ilm odami chiqmaydi\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, bugun keng tarqalayotgan, odamlarni o\u02bbzining domiga tortib olayotgan fitnalardan biri \u2014 ulamolarni masxaralash, ularga ta\u02bcna qilish, ahli ilmni kofirlikda ayblash, haqoratlash, aytgan gap yoki qilgan ishlarini kinoya bilan so\u02bbzlash, shaxsi bilan birga ilmini ham kamsitish kabi illatlardir. Bu \u2014 inson imoniga zarar yetishining va yetti pushtidan olim chiqmasligining omilidir. Ulamolarimizni va ahli ilmni haqoratlashni kasb qilib olganlarning o\u02bbzidan ham, yetti pushti va yaqinlaridan ham qorilar, ulamolar va ilm odamlari chiqmaydi. Buni unutmaslik lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa shuki, oddiy insonlarni ham haqoratlash yoki ularga tuhmat qilish haromdir, gunohdir. Ammo mo\u02bbmin-musulmonlarning peshvolari va ustozlari bo\u02bblmish buyuk allomalarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish nafaqat harom, gunoh, balki fitnachining o\u02bbzi va zurriyotlari uchun oqibati fojiali bo\u02bblgan ishdir. Barcha buyuk zotlarga hasad qiluvchi, shunchaki ichiqoralik bilan yoki fitna maqsadida ularning obro\u02bbsini to\u02bbkish uchun xalq orasida turli tuhmat, bo\u02bbhton va g\u02bbiybatlarni tarqatadigan nobakorlar har doim bo\u02bblgan. Ularning umri ayanchli yakun topganiga tarix guvohdir. Shunday ekan, har bir banda qilg\u02bbiliqni qilishdan oldin oqibatini sal bo\u02bblsa-da o\u02bbylab ko\u02bbrsinlar.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201c<\/strong><strong>Hurriyat<\/strong><strong>\u201d gazetasi 2026-yil 12-avgust \u211632 (1510)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u02bbnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda har xil kimsalar, ayniqsa, bemazhablikni targ\u02bbib qiluvchilar tomonidan nafaqat yurtimiz ulamolari, balki mazhab asoschilari bo\u02bblgan mujtahid zotlarga nisbatan ham axloqsiz iboralar ishlatilayotganiga guvoh bo\u02bblib qolyapmiz. Ha, yashiradigan joyi yo\u02bbq: internetda ulamo va ahli ilmni kamsitish, masxaralash, haqorat qilish hollari kuzatilmoqda. Butun dunyo musulmonlari hamfikr bo\u02bblgan, ahli ilm ijmo\u02bc qilgan (bir ovozdan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51869,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51871"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51871"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51872,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51871\/revisions\/51872"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51869"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}