{"id":51764,"date":"2026-08-13T09:37:48","date_gmt":"2026-08-13T04:37:48","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51764"},"modified":"2026-08-12T10:01:39","modified_gmt":"2026-08-12T05:01:39","slug":"markaz-fondida-saqlanayotgan-fiqhga-oid-manbalarning-kodikologik-tahlili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51764&lang=oz","title":{"rendered":"MARKAZ FONDIDA SAQLANAYOTGAN FIQHGA OID MANBALARNING KODIKOLOGIK TAHLILI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz qo\u02bblyozma fondlarida saqlanayotgan nodir manbalar ko\u02bbp asrlik ilmiy, ma\u02bcnaviy va madaniy merosimizning ajralmas qismidir. Ushbu yozma manbalar xalqimiz tarixiy tafakkuri, ilmiy salohiyati va ma\u02bcnaviy qadriyatlarini o\u02bbzida mujassam etgan tarixiy asar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fiqhga tegishli asarlarning keng tarqalgani mintaqada mazkur fanga oid maktabning ilmiy an\u02bcanalari chuqur ildiz otganidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fiqhga oid asarlarda nafaqat fiqhiy hukmlar, balki kitobat san\u02bcati, xattotlik an\u02bcanalari, qo\u02bblyozma madaniyati va ilmiy muhitga taalluqli qimmatli ma\u02bclumotlar aks etgan. Shu bois ushbu manbalarni ilmiy jihatdan tavsiflash, kodikologik xususiyatlarini o\u02bbrganish va ilmiy muomalaga kiritish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo\u02bblyozmalar fondida islom huquqi \u2013 fiqh ilmiga oid 300 ga yaqin nodir asarlar saqlanadi. Mazkur qo\u02bblyozmalar islom huquqi tarixining turli davrlari, fiqh ilmi maktablari va huquqiy-nazariy qarashlarini o\u02bbrganishda muhim manba hisoblanadi. Ular orasida \u21167, \u2116100\/II va \u2116217\/IV inventar raqamlari bilan saqlanayotgan qo\u02bblyozmalar o\u02bbzining mazmuni, qo\u02bblyozma tarkibi, xattotlik va bezak unsurlari, matnning saqlanish holati hamda ilmiy-manbaviy qiymati bilan alohida e\u02bctiborga loyiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulardan biri \u21167 raqam ostida saqlanayotgan, buyuk ajdodimiz Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning fiqhga oid \u201cHidoya\u201d asarining 1-jildi bo\u02bblib, u 348 varaqdan iborat. Ushbu asar 1242\/1826-yilda Ahmad Xo\u02bbja ibn Bahodir Xo\u02bbja Eshon<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> tomonidan nasta\u02bcliq xatida ko\u02bbchirilgan. Asar arab tilida bo\u02bblib, \u201cTahorat kitobi\u201ddan boshlangan va \u201cVaqf kitobi\u201dda tugagan. Uning\u00a0 bob va fasllari qizil siyohda yozilgan. Asar muqovasi\u00a0 yashil rangli, bosma naqshli, sharq muqovasi bo\u02bblib, unda turundj<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a> (doira shaklidagi naqsh) va lola bosma shakllari mavjud. Tayakisi charmdan ishlangan. Asarning forzas<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a> \u2013 01-03 varaqlarda hadis, xattot mashqi, muallif haqida ma\u02bclumotlar qayd qilingan. Har bir varaq 17 qatordan tashkil topgan. Kurrosalari 8 varaqdan iborat. Matn o\u02bblchami\u00a0 19,5\u00b410 sm, varaq o\u02bblchami esa 26\u00b420 sm.ni tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar 1<sup>b<\/sup>&#8211; varaqdan basmala bilan boshlanib, quyidagicha davom etgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u0627\u0644\u062d\u0645\u062f \u0644\u0644\u0647 \u0627\u0644\u0630\u0649 \u0627\u0639\u0644\u0649 \u0645\u0639\u0627\u0644\u0645 \u0627\u0644\u0639\u0644\u0645 \u0648 \u0627\u0639\u0644\u0627\u0645\u0647 \u0648 \u0627\u0638\u0647\u0631 \u0634\u0639\u0627\u0626\u0631 \u0627\u0644\u0634\u0631\u0639 \u0648 \u0627\u062d\u0643\u0627\u0645\u0647 \u0648 \u0628\u0639\u062b \u0631\u0633\u0644\u0627 \u0648 \u0627\u0646\u0628\u064a\u0627\u0621 \u0635\u0644\u0648\u0627\u062a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647\u0645 \u0627\u062c\u0645\u0639\u064a\u0646 \u0627\u0644\u0649 \u0633\u0628\u0644 \u0627\u0644\u062d\u0642 \u0647\u0627\u062f\u064a\u0646 \u0648 \u0627\u062e\u0644\u0641\u0647\u0645 \u0639\u0644\u0645\u0627\u0621 \u0627\u0644\u0649 \u0633\u0646\u0646 \u0633\u0646\u062a\u0647\u0645 \u062f\u0627\u0639\u064a\u0646 \u064a\u0633\u0644\u0643\u0648\u0646 \u0641\u064a\u0645\u0627 \u0644\u0645 \u064a\u0624\u062a\u0631 \u0639\u0646\u0647\u0645 \u0645\u0633\u0644\u0643 \u0627\u0644\u0627\u062c\u064a\u0647\u0627\u062f \u0645\u0633\u062a\u0631\u0634\u062f\u064a\u0646 \u0645\u0646\u0647 \u0641\u0649 \u0630\u0644\u0643 \u0648 \u0647\u0648 \u0648 \u0644\u0649 \u0627\u0644\u0627\u0631\u0634\u0627\u062f<\/span><\/strong><a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201c<\/em><em>Butun hamdu sano Allohga xosdir. U ilmga yo\u02bbl boshlovchilarni va allomalarni yuqori darajaga ko\u02bbtardi, shariat shi<\/em><em>or<\/em><em>lari va hukmlarini namoyon qildi. Rasul va Nabiylarni \u2013 ularga Allohning salotu salomi bo\u02bblsin \u2013 haq yo\u02bblga boshlovchi qilib yubordi. Ulardan keyin sunnat yo\u02bbllariga da\u02bcvat qiluvchi ulamolarni qoldirdi. Ular payg\u02bbambarlardan rivoyat qilinmagan masalalarda ijtihod yo\u02bblini tutadi va bu borada undan hidoyat so\u02bbraydi. U (Alloh) to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblning haqiqiy egasidir<\/em><em>\u201d<\/em><em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar oxiri. 348<sup>b <\/sup>\u00a0varaqda qo\u02bbyidagi so\u02bbzlar bilan tugagan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u0648 \u0644\u0623\u0646 \u0627\u0644\u062d\u0627\u062c\u0629 \u064a\u0634\u062a\u0645\u0644 \u0627\u0644\u063a\u0646\u0649 \u0648 \u0627\u0644\u0641\u0642\u064a\u0631 \u0641\u064a \u0627\u0644\u0634\u0631\u0628 \u0648 \u0627\u0644\u0646\u0632\u0648\u0644 \u0648 \u0627\u0644\u063a\u0646\u064a \u0644\u0627 \u064a\u062d\u062a\u0627\u062c \u0627\u0644\u064a \u0635\u0631\u0641 \u0647\u0630\u0647 \u0627\u0644\u063a\u0644\u0629 \u0644\u063a\u0646\u0627\u0647<\/span><\/strong><a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning kolofon<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a> qismi 348<sup>b <\/sup>\u00a0varaqda joylashgan bo\u02bblib, unda mazkur asarning 1242\/1826-yili Ahmad Xo\u02bbja ibn Bahodir Xo\u02bbja Eshon tomonidan ko\u02bbchirilgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u062a\u0645\u062a \u0627\u0644\u0643\u062a\u0627\u0628 \u0628\u0627\u0644\u0639\u0648\u0646 \u0645\u0644\u0643 \u0627\u0644\u0648\u0647\u0627\u0628 \u0627\u0644\u0641\u0642\u064a\u0631 \u0627\u0644\u062d\u0642\u064a\u0631 \u0623\u062d\u0645\u062f \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0628\u0646 \u0628\u0647\u0627\u062f\u0631 \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0627\u064a\u0634\u0627\u0646 \u0661\u0662\u0664\u0662\u00a0 \u0627\u0644\u0644\u0647\u0645 \u0627\u063a\u0641\u0631\u0644\u0649 \u0648 \u0644\u0648\u0627\u0644\u062f\u0649 \u0648 \u0644\u0627\u0633\u062a\u0627\u0632\u0649 \u0648\u0644\u0645\u0646 \u0642\u0631\u0623 \u0648 \u0644\u0645\u0646 \u0646\u0638\u0631 \u0635\u062d\u0641 \u0648 \u0644\u0645\u0646 \u0645\u0633 \u0628\u0637\u0647\u0627\u0631\u0629 \u0648 \u0644\u062c\u0645\u064a\u0639 \u0627\u0644\u0645\u0624\u0645\u0646\u064a\u0646 \u0648 \u0627\u0644\u0645\u0624\u0645\u0646\u0627\u062a \u0648 \u0627\u0644\u0645\u0633\u0644\u0645\u064a\u0646 \u0648 \u0627\u0644\u0645\u0633\u0644\u0645\u0627\u062a \u0628\u0631\u062d\u0645\u062a\u0643 \u064a\u0627 \u0627\u0631\u062d\u0645 \u0627\u0644\u0631\u0627\u062d\u0645\u064a\u0646\u00a0<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir muhim fiqhga oid asar \u2116217\/IV inventar raqami ostida saqlanayotgan qo\u02bblyozmalar majmuasi bo\u02bblib, umumiy hajmi 70 varaqdan iborat. Unda quyidagi 6 asar jamlangan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u2013 Sa\u02bcduddin Mas\u02bcud ibn Umar Taftazoniyning (vaf. 791\/1389-y.) \u201cSharh matolibul musalli\u201d (\u201cSharh fiqhul Kaydoniy);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Hofiz Jaloluddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr Suyutiyning (841\/1437-911\/1505) \u201cLubobul hadis\u201d (\u201cAl-ahadis salasa va salasiyn abvaban\u201d);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Abdurahmon ibn Ahmad Jomiyning (1414-1492-y.) \u201cArba\u02bcina hadisa\u201d (\u201cChihil hadis\u201d);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 \u2013 Alisher Navoiyning (1441-1501-y.) \u201cArba\u02bcin hadis\u201d;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Oxund Mullo Zohidning (vaf. 1101\/1689-1690-y.) \u201cChihl bayt dar bayoni maxorij\u201d (\u201cQavoidi Qur\u02bcon, Qavoidi mahoriji huruf\u201d);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Sirojiddin Sijovandiyning \u201cFaroizus Sirojiya\u201d\u00a0 (\u201cSirojiya\u00a0 fil faroiz\u201d, \u201cFaroizus Sijovandiy\u201d) asarlari o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmuaning 40<sup>b<\/sup>-61<sup>a<\/sup> varaqlarida Sirojiddin Abu Tohir Muhammad ibn Muhammad ibn Abdurashid Sijovandiy Faroziyning (XIII asr) \u201cFaroizus Sirojiya\u201d asari joylashgan. Mazkur asar manbalarda \u201cSirojiya fil faroiz\u201d, \u201cFaroizus Sijovandiy\u201d<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a> \u00a0kabi nomlar bilan ham mashhur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar Sharq olamida juda mashhur bo\u02bblib, unda merosni olish yoki undan mahrum qilish masalalari, marhumdan qolgan mol-mulkdan meros olishga haqli bo\u02bblganlar, taqsimlanadigan meros miqdori, merosxo\u02bbrlarning meros olish tartiblari va darajalari fasllar va boblarga ajratilgan holda bayon qilingan. Shuningdek, asarning hoshiyasida merosga oid oyat va hadislar keltirilgan. Jumladan, meros taqsimoti arifmetik misollar bilan batafsil bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Asar nasta\u02bcliq xatida kitobat qilingan.\u00a0 Har bir sahifasidagi matn 11 qatordan iborat. Matni sharq qog\u02bboziga qora siyohda, bob va fasl nomlari esa qizil siyohda ko\u02bbchirilgan. Kurrosalari 8 varaqdan iborat bo\u02bblib, matn o\u02bblchami\u00a0 18,5\u00b490 sm, varaq o\u02bblchami esa 26\u00b415 sm.ni tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning kolofon qismi 61<sup>a<\/sup> varaqda joylashgan bo\u02bblib, unda asarning ko\u02bbchirilgan yili, joyi va xattotning nomi qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u00a0\u0642\u062f \u062a\u0645\u062a \u0627\u0644\u0631\u0633\u0627\u0644\u0647 \u0627\u0644\u0645\u0648\u0633\u0648\u0645\u0647 \u0628\u0627\u0644\u0633\u0631\u0627\u062c\u0649 \u0648\u0642\u062a \u0627\u0633\u062a\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0634\u0645\u0633 \u064a\u0648\u0645 \u0627\u0644\u0633\u0628\u062a \u0641\u0649 \u0634\u0648\u0627\u0644 \u0641\u0649 \u0645\u0639\u0627\u0635\u0631 \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0633\u0644\u0637\u0646\u0647 \u0633\u064a\u062f \u0627\u0645\u0631 \u0645\u0638\u0641\u0631\u0628\u0647\u0627 \u062f\u0631 \u0633\u0644\u0637\u0627\u0646 \u0639\u0638\u0645 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u062a\u0639\u0627\u0644\u0649 \u0645\u0644\u0643\u0647 \u0648\u0634\u0623\u0646\u0647 \u0627\u0644\u0649 \u064a\u0648\u0645 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0648\u0643\u0627\u0646 \u0645\u0646 \u0647\u062c\u0631\u0629 \u0627\u0644\u0646\u0628\u0649 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0627\u0644\u0633\u0644\u0627\u0645 \u0627\u0644\u0641\u0627 \u0648\u0645\u0623\u062a\u0627\u0646 \u0633\u0628\u0639\u0629 \u0648\u0633\u0628\u0639\u064a\u0646 \u0633\u0646\u0629 \u0641\u0649 \u0628\u0644\u062f\u0629 \u0643\u062a\u0647 \u0642\u0648\u0631\u063a\u0627\u0646 \u0628\u064a\u062f \u0627\u062e\u062f\u0645 \u062e\u062f\u0627\u0645 \u0627\u062d\u0642\u0631 \u0627\u0644\u0637\u0644\u0627\u0628 \u0648\u0627\u0644\u0636\u0631\u0627\u0645 \u0645\u0648\u0644\u062f\u0627 \u0628\u0628\u0644\u062f\u0629 \u0627\u0644\u062e\u0648\u0642\u0646\u062f \u0645\u062d\u0645\u062f \u0635\u062f\u064a\u0642 \u0628\u0627\u0644\u0637\u0627\u0641 \u0627\u0644\u0646\u0648\u0631 \u0648\u0627\u0644\u062a\u062d\u0642\u064a\u0642 \u0648\u0627\u0644\u0644\u0647 \u0627\u0644\u0645\u0633\u062a\u0639\u0627\u0646 \u0648\u0627\u0644\u0645\u0648\u0641\u0642 \u062a\u0645\u062a<\/span><\/strong><a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar 1277\/1861-yil shavvol oyining shanba kuni, choshgoh paytida qo\u02bbqonlik xattot Muhammad Siddiq tomonidan Buxoro amiri Sulton Amir Muzaffar (1819-1885-y.) hukmronligi davrida Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahrida yozib tugallangani keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fiqhga oid nodir manbalardan yana biri Alouddin Muftiy Buxoriyning (XIII asr) qalamiga mansub \u201cHayratul fuqaho va xijlatul fuzalo\u201d asari bo\u02bblib, u Markaz fondida \u2116 100\/II inventar raqami bilan saqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallif asar muqaddimasida 695\/1296-yillar Movarounnahr diyorida islom dini zaiflasha boshlagandan so\u02bbng dinning mavqeyini tiklash maqsadida mazkur asarni yozgani haqida ma\u02bclumot bergan. Asar Buxoroda yozilib u yerdagi faqihlar orasida muhokamadan o\u02bbtgan. Kitob Nasrullo G\u02bboziy Navro\u02bbzbekxonga atalgan edi. U Oltin O\u02bbrda saroyining so\u02bbngi xonlaridan biri bo\u02bblib, ushbu davlat tarixida katta iz qoldirgan. Muallif asarda shariat ahkomlaridan 250 ta masalani bayon etgan. Shuningdek, Saraxsiyning (544\/1149) \u201cMuhit\u201d, Mahmud Buxoriyning (vaf.570\/1174) \u201cTatimmatu fatovo\u201d kabi asarlar ham zikr etilgan. Mazkur qo\u02bblyozmani Sayyid Subhonquli Muhammad Bahodirxon (1091\/1680-1114\/1702) 1100-yilda kitobdor Mirzo Barqiyga tahrir qilishni buyurgan<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Mazkur qo\u02bblyozma asarning umumiy hajmi 138 varaqni tashkil etadi. Nusxa nasta\u02bcliq xatida ko\u02bbchirgan. Har bir varag\u02bbida matn qatorlari 15 satrdan iborat. Asar qora siyohda, bob va fasl nomlari esa qizil siyohda sharq qog\u02bboziga ko\u02bbchirilgan. Kurrosalari 8 varaqdan iborat bo\u02bblib, matn o\u02bblchami\u00a0 18,5\u00b490 sm.ni va varaq o\u02bblchami esa 26\u00b415,5 sm.ni tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar kolofoni 179<sup>b<\/sup>-180<sup>a<\/sup> varaqda bo\u02bblib, unda qo\u02bblyozmaning ko\u02bbchirilgan yili va xattoti quyidagicha qayd etilgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u00a0\u0627\u0646 \u0646\u0633\u062e\u0629 \u0634\u0631\u064a\u0641\u0629 \u0644\u0637\u064a\u0641\u0629 \u0645\u0633\u0645\u0649 \u0628\u062d\u064a\u0631\u0629 \u0627\u0644\u0641\u0642\u0647\u0627\u0621 \u0648\u062e\u062c\u0644\u0629 \u0627\u0644\u0641\u0636\u0644\u0627\u0621 \u0643\u0647\u00a0 \u0627\u0632 \u0645\u0631\u062f\u0648\u0645\u00a0 \u062f\u0648\u0631 \u0648\u0645\u0633\u062a\u0648\u0631 \u0648\u063a\u064a\u0631\u0645\u0634\u0647\u0648\u0631 \u0628\u0648\u062f\u0647 \u062c\u0648\u0646 \u062f\u0631 \u0646\u0638\u0631\u0627\u0646\u0648\u0631 \u062d\u0636\u0631\u062a \u062e\u0627\u0646 \u0639\u0627\u0644\u064a\u0634\u0627\u0646 \u0627\u0644\u0645\u0633\u062a\u062d\u0642 \u0641\u0649 \u062c\u0648\u0627\u0631 \u0631\u062d\u0645\u0629 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0627\u0644\u0645\u0644\u0643 \u0627\u0644\u0645\u0646\u0627\u0646 \u0627\u0628\u0648 \u0627\u0644\u0641\u062a\u062d \u0633\u064a\u062f \u0633\u0628\u062d\u0627\u0646 \u0642\u0644\u0649 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0647\u0627\u062f\u0631\u062e\u0627\u0646 \u062f\u0631\u0622\u0645\u062f\u0647 \u0648\u062d\u0636\u0631\u062a \u062e\u0644\u0627\u0641\u062a \u067e\u0646\u0627\u0647 \u0627\u0645\u0631 \u0641\u0631\u0645\u0648\u062f\u0647 \u0627\u0646\u062f \u0628\u0627\u0647\u062a\u0645\u0627\u0645 \u0628\u0646\u062f\u0647 \u062f\u0631\u0643\u0627\u0647 \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u0627\u0646\u0635\u0627\u0641 \u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u067e\u06cc\u0631 \u0627\u0649 \u062a\u062d\u0631\u064a\u0631 \u0646\u0645\u0648\u062f\u0647 \u0627\u0633\u062a \u0645\u064a\u0631\u0632\u0627 \u0628\u0631\u0642\u0649 \u0643\u062a\u0627\u0628\u062f\u0627\u0631 \u062f\u0631 \u062a\u0627\u0631\u064a\u062e \u0633\u0646\u0629 \u0661\u0661\u0660\u0660 \u0648\u0627\u064a\u0646 \u0646\u0633\u062e\u0629 \u0641\u0627\u0635\u0629 \u0634\u0631\u064a\u0641\u0629 \u0628\u0648\u062f \u0628\u0646\u0648\u0634\u062a\u0646 \u0627\u0646 \u0645\u0642\u064a\u062f \u0643\u0631\u062f\u064a\u062f \u0628\u0646\u062f\u0647 \u0636\u0639\u064a\u0641 \u0628\u0645\u0642\u062f\u0627\u0631 \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0648\u0627\u062d\u062f \u0641\u0642\u064a\u0631 \u0647\u0642\u0631 \u0633\u0646\u0629<\/span><\/strong> <a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>\u0661\u0662\u0668\u0664<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar kolofonida ushbu qo\u02bblyozma 1284\/1867-yil xattot Abdulvohid tomonidan ko\u02bbchirilgani qayd qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqolada tahlil qilingan qo\u02bblyozmalar fiqh ilmining Markaziy Osiyoda yuksak darajada rivojlanganini, mazkur hududda hanafiy mazhabi an\u02bcanalari mustahkam ilmiy maktab sifatida shakllanganini tasdiqlaydi. Shuningdek, ushbu manbalarni kataloglashtirish, raqamlashtirish va ilmiy muomalaga kiritish qo\u02bblyozmalarni saqlash va manbashunoslik, islomshunoslik hamda fiqh tarixi bo\u02bbyicha tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, kyelgusida mazkur qo\u02bblyozmalarning qiyosiy matnshunoslik tahlili, ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash va ularning raqamli kataloglarini yaratish fiqh ilmini yanada chuqurroq o\u02bbrganish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Burhoniddin Marg\u02bbinoniy. Hidoya. IBXITM manbalar xazinasi. \u21167. 348<sup>b<\/sup> varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Amaliy san\u02bcat qisqacha lug\u02bbat. \u2013 Toshkent: Qomus, 1992. \u2013 B. 37.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Qo\u02bblyozmalarning muqova orti varaqdan boshlanib, asosiy asar matni boshlanguncha bo\u02bblgan varaqlar. 01-0&#8230; raqamlari bilan belgilanadi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Burhoniddin Marg\u02bbinoniy. Hidoya. IBXITM manbalar xazinasi. \u21167. 1<sup>b<\/sup> varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Burhoniddin Marg\u02bbinoniy. Hidoya. IBXITM manbalar xazinasi. \u21167. 348<sup>b<\/sup> varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Qo\u02bblyozma asarning oxirida yoziladigan ma\u02bclumot qismi bo\u02bblib, unda asar va uni ko\u02bbchirgan kotib haqida muhim ma\u02bclumotlar beriladi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Imom Buxoriy xalqaro markazi Qo\u02bblyozmalar katalogi \/ G\u02bboya muallifi: Sh.Ziyodov. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2018. \u2013 B. 83.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Sirojiddin Abu Tohir Muhammad ibn Muhammad ibn Abdurashid Sijovandiy Faroziy. Faroizus Sirojiya. IBXITM manbalar xazinasi. \u2116217\/IV. 61<sup>a<\/sup> varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Alouddin Muftiy Buxoriy. Hayrat al-fuqaho va xijlat al-fuzalo. IBXITM manbalar xazinasi. \u2116100\/II. 43<sup>b<\/sup> varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Alouddin Muftiy Buxoriy. Hayrat al-fuqaho va xijlat al-fuzalo. IBXITM manbalar xazinasi. \u2116100\/II. 179<sup>b<\/sup>-180<sup>a<\/sup> varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ixtiyor QUSHSHAQOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yurtimiz qo\u02bblyozma fondlarida saqlanayotgan nodir manbalar ko\u02bbp asrlik ilmiy, ma\u02bcnaviy va madaniy merosimizning ajralmas qismidir. Ushbu yozma manbalar xalqimiz tarixiy tafakkuri, ilmiy salohiyati va ma\u02bcnaviy qadriyatlarini o\u02bbzida mujassam etgan tarixiy asar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fiqhga tegishli asarlarning keng tarqalgani mintaqada mazkur fanga oid maktabning ilmiy an\u02bcanalari chuqur ildiz otganidan dalolat beradi. Fiqhga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51769,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51764"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51765,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51764\/revisions\/51765"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51769"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}