{"id":51759,"date":"2026-08-12T09:22:12","date_gmt":"2026-08-12T04:22:12","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51759"},"modified":"2026-08-12T09:25:33","modified_gmt":"2026-08-12T04:25:33","slug":"ikki-hukmdorning-mohir-ustasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51759&lang=oz","title":{"rendered":"IKKI HUKMDORNING MOHIR USTASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston nomi xalqaro tashkilotlar, nufuzli anjuman va ilmiy forumlarda tilga olinganda, jahon jamoatchiligi tasavvurida, eng avvalo, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, jahon ilm-fani va tamadduniga beqiyos hissa qo\u02bbshgan mutafakkirlar hamda asrlar davomida saqlanib kelayotgan muhtasham tarixiy-me\u02bcmoriy obidalar gavdalanadi. Bu holat O\u02bbzbekistonning boy ilmiy-ma\u02bcrifiy merosi, qadimiy shaharsozlik an\u02bcanalari va yuksak madaniy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatidagi tarixiy nufuzini namoyon etadi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi qadimiy shaharlarda joylashgan me\u02bcmoriy yodgorliklar, shuningdek, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug\u02bbbek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk olim va mutafakkirlarning boy ilmiy merosi mamlakatimizning xalqaro maydondagi ilmiy, ma\u02bcnaviy qiyofasini belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz nafaqat betakror me\u02bcmoriy obidalari va shaharsozlik an\u02bcanalari bilan, balki boy moddiy va nomoddiy madaniy merosi, etnografik xilma-xilligi hamda yuksak ilmiy ahamiyatga ega arxeologik yodgorliklari bilan ham jahon sivilizatsiyasida alohida o\u02bbrin egallaydi. Shu bois, O\u02bbzbekiston insoniyatning ko\u02bbp asrlik madaniy taraqqiyotini o\u02bbzida mujassam etgan, boy tarixiy-madaniy, etnografik va arxeologik merosga ega mamlakatlardan biri sifatida xalqaro miqyosda e\u02bctirof etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu zaminda bunyod etilgan me\u02bcmoriy inshootlar o\u02bbzining yuksak badiiy-me\u02bcmoriy qiymati, muhandislik yechimlari va bezak san\u02bcati bilan nafaqat mintaqa, balki jahon me\u02bcmorchiligi hamda madaniy merosi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u02bbshgan. Asrlar davomida shakllangan mazkur me\u02bcmoriy an\u02bcanalar Markaziy Osiyodagi shaharsozlik madaniyatining yuksak darajasini namoyon etib, keyingi davrlar me\u02bcmorchiligi rivojiga ham sezilarli ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Xususan, O\u02bbzbekiston hududida saqlanib qolgan madrasa, masjid, maqbara, saroy va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar o\u02bbz davrining me\u02bcmoriy uslubi, qurilish texnologiyasi, muhandislik yechimlari hamda nafis amaliy bezak san\u02bcatining yuksak namunalari sifatida alohida ilmiy va madaniy ahamiyat kasb etadi. Mazkur obidalar mamlakatning boy madaniy merosini aks ettirish bilan birga, jahon sivilizatsiyasi va me\u02bcmorchilik san\u02bcati tarixining ajralmas qismi sifatida e\u02bctirof etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu tarixiy me\u02bcmoriy inshootlarda qo\u02bbllanilgan islimiy va geometrik naqshlar, floral kompozitsiyalar, ranglar uyg\u02bbunligi hamda nafis bezak yechimlari xalq amaliy san\u02bcatining yuksak darajada rivojlanganini namoyon etadi. Ushbu bezak elementlari nafaqat estetik vazifani bajargan, balki milliy badiiy tafakkur, ramziy ma\u02bcnolar va ko\u02bbp asrlik hunarmandchilik an\u02bcanalarining yorqin ifodasi sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ularni yaratishda ustalarning yuksak kasbiy mahorati, kompozitsion yechimlarni mukammal o\u02bbzlashtirgani va material xususiyatlaridan samarali foydalanish mahorati yaqqol namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbek me\u02bcmorchiligida bezak san\u02bcati rivojiga munosib hissa qo\u02bbshgan mohir hunarmandlar orasida Usta Shirin Murodov alohida o\u02bbrin egallaydi. U o\u02bbzbek milliy amaliy bezak san\u02bcatining yirik namoyandalaridan biri bo\u02bblib, ayniqsa, ganchkorlik san\u02bcatini rivojlantirish, uning an\u02bcanaviy uslublarini asrab-avaylash va ijodiy jihatdan boyitishda katta xizmat qilgan. Usta o\u02bbz asarlarida an\u02bcanaviy naqqoshlik va ganch o\u02bbymakorligi uslublarini zamonaviy badiiy yechimlar bilan uyg\u02bbunlashtirib, milliy me\u02bcmoriy bezak san\u02bcatini yangi bosqichga olib chiqqan ustalardan biri sifatida e\u02bctirof etiladi. Uning boy ijodiy merosi nafaqat milliy hunarmandchilik taraqqiyotida, balki O\u02bbzbekistonning madaniy va me\u02bcmoriy merosini saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usta Shirin Murodov 1879-yilda Buxoro shahrida avloddan-avlodga me\u02bcmorchilik va hunarmandchilik an\u02bcanalarini davom ettirib kelgan oilada tavallud topgan. Uning bolalik yillari xalq amaliy san\u02bcati va me\u02bcmorchilik muhitida kechgan bo\u02bblib, hunar asoslarini dastlab oila a\u02bczolaridan o\u02bbzlashtirgan. Otasi Usta Murod va bobosi Nosir ota o\u02bbz davrining taniqli me\u02bcmor va hunarmandlari sifatida tanilgan bo\u02bblib, bu muhit kelajakda Usta Shirinning mohir hunarmand bo\u02bblib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Usta Shirinning kasbiy faoliyatining ilk bosqichi amakisi Usta Hayot rahbarligida boshlangan. Uning ustaxonasida shogird sifatida tarbiya topgan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Shirin Murodov ganch o\u02bbymakorligi, naqqoshlik va me\u02bcmoriy bezak san\u02bcatining nozik sir-asrorlarini puxta egallagan. Keyinchalik u o\u02bbzining yuqori mahorati, ijodiy yondashuvi va an\u02bcanaviy uslublarni boyitishga qaratilgan faoliyati bilan Buxoro ganchkorlik maktabining yetuk namoyandalaridan biri sifatida shakllangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usta Shirin Murodov asosan ganch o\u02bbymakorligi, naqqoshlik hamda me\u02bcmoriy ornamentlar yaratish sohasida samarali ijod qilgan. Uning asarlarida milliy naqshchilik an\u02bcanalari, islimiy va geometrik bezaklar hamda yuksak badiiy did uyg\u02bbunlashgan bo\u02bblib, bu jihatlar uning ijodini o\u02bbzbek milliy amaliy bezak san\u02bcatining muhim namunasi sifatida baholash imkonini beradi<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Usta Shirin Murodov Buxoro amirligi hukmdorlari Abdulahadxon (1857-1910 yy.) va Said Muhammad Amir Olimxon (1880-1920 yy.) davrida yashab ijod qilgan<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Mazkur davr Buxoro me\u02bcmorchiligi va amaliy bezak san\u02bcatida an\u02bcanaviy uslublarning yanada takomillashuvi bilan ajralib turgan. Ana shu madaniy muhitda Usta Shirin Murodov o\u02bbzining sermahsul ijodi bilan ganchkorlik san\u02bcati rivojiga munosib hissa qo\u02bbshib, keyingi avlod ustalari uchun o\u02bbziga xos ijodiy maktab yaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usta Shirin Murodov asosan ganch o\u02bbymakorligi va me\u02bcmoriy bezak san\u02bcati sohasida samarali faoliyat yuritgan. U o\u02bbz asarlarida ganch plastikasining imkoniyatlaridan mohirona foydalanib, islimiy va geometrik naqshlar, murakkab ornamental kompozitsiyalar hamda ko\u02bbzgu bilan uyg\u02bbunlashtirilgan bezak yechimlarini yaratishda o\u02bbz davrining boshqa ustalaridan ajralib turgan. Ayniqsa, oyna sathi ustiga ishlangan nafis ganch naqshlari uning o\u02bbziga xos ijodiy uslubini namoyon etuvchi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Usta Shirin Murodov ijodining eng yorqin namunalaridan biri Buxoro amiri Said Muhammad Amir Olimxonning Sitorai Mohi Xosa yozgi saroyida joylashgan Oq zal bezaklaridir. Mazkur inshootning ichki bezagini yaratish jarayonida ustaning yuksak kasbiy mahorati, badiiy didi va ijodiy izlanishlari to\u02bbla namoyon bo\u02bblgan. Oq zal kompozitsiyalarida an\u02bcanaviy sharqona islimiy va geometrik naqshlar yevropacha interyer yechimlari bilan uyg\u02bbunlashtirilgan bo\u02bblib, bu holat XIX asr oxiri \u2013 XX asr boshlaridagi Buxoro me\u02bcmoriy bezak san\u02bcatida sharq va g\u02bbarb badiiy an\u02bcanalarining uyg\u02bbunlashuvini yaqqol aks ettiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur bezaklarda Usta Shirin Murodov ganch o\u02bbymakorligi an\u02bcanalarini yangi badiiy izlanishlar bilan boyitgan. Xususan, u birinchi bor me\u02bcmoriy bezak kompozitsiyalarida ko\u02bbzgudan keng foydalanib, uning sathiga nafis ganch naqshlarini ishlash orqali interyerga chuqurlik, nur jilosi va yuksak estetik ta\u02bcsir bag\u02bbishlashga erishgan. Natijada, ganch naqshlari va ko\u02bbzguning o\u02bbzaro uyg\u02bbunligi o\u02bbziga xos dekorativ muhitni shakllantirib, bu, o\u02bbz navbatida, milliy ganchkorlik san\u02bcatini yangi badiiy bosqichga olib chiqqan muhim ijodiy yechim sifatida baholanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Usta Shirin Murodov ijodining yana bir yirik namunasi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrining <em>\u201cBuxoro zali\u201d<\/em> ichki bezaklarini yaratishdagi ishtirokidir<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Mazkur zalning badiiy bezatilishida u ganch o\u02bbymakorligi, dekorativ pannolar, plafonlar, karnizlar va boshqa me\u02bcmoriy bezak elementlarini yuksak mahorat bilan ishlagan. Ushbu ishlar milliy ganchkorlik san\u02bcatining an\u02bcanaviy uslublarini zamonaviy me\u02bcmoriy yechimlar bilan uyg\u02bbunlashtirgan holda amalga oshirilgan bo\u02bblib, binoga o\u02bbziga xos badiiy qimmat va milliy ruh bag\u02bbishlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustaning mazkur ijodiy faoliyati davlat tomonidan ham yuksak baholangan. Jumladan, u 1948-yilda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrini bezash ishlaridagi xizmatlari uchun SSSRning nufuzli davlat mukofotlaridan biri \u2013 <em>\u201cBirinchi darajali Stalin\u201d<\/em> mukofoti bilan taqdirlangan. Mazkur mukofot ustaning o\u02bbzbek milliy amaliy bezak san\u02bcati va ganchkorlik maktabini rivojlantirish hamda uning yutuqlarini jahon me\u02bcmorchiligi bilan uyg\u02bbunlashtirish borasidagi xizmatlarining yuksak e\u02bctirofi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usta Shirin Murodov nafaqat yangi me\u02bcmoriy inshootlarni bezash, balki O\u02bbzbekistonning bir qator tarixiy-madaniy yodgorliklarini ta\u02bcmirlash va restavratsiya qilish ishlarida ham faol ishtirok etgan. Xususan, uning ishtirokida Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Arab madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Mag\u02bboki Attor masjidi hamda Samarqanddagi Shohi Zinda me\u02bcmoriy majmuasi kabi noyob tarixiy obidalarning ayrim me\u02bcmoriy-bezak elementlari qayta tiklangan<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Ayniqsa, ushbu inshootlar peshtoqlaridagi koshinkor naqshlar, ganch bezaklari va boshqa dekorativ kompozitsiyalarni asl qiyofasini saqlagan holda restavratsiya qilishda ustaning yuksak kasbiy mahorati yaqqol namoyon bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shirin Murodov o\u02bbzbek ganchkorlik san\u02bcati taraqqiyotiga yangi badiiy yo\u02bbnalish olib kirgan ustalardan biri sifatida e\u02bctirof etiladi. U an\u02bcanaviy girih va islimiy naqshlar bilan bir qatorda ko\u02bbzgu sathi ustiga ganch orqali gulsimon, yulduzsimon va boshqa murakkab ornamental kompozitsiyalar yaratish usulini takomillashtirib, uni keng ommalashtirgan. Bu ijodiy yondashuv me\u02bcmoriy interyerlarga nur, fazoviy chuqurlik va o\u02bbziga xos badiiy joziba bag\u02bbishlab, milliy ganch o\u02bbymakorligi san\u02bcatining vizual-estetik imkoniyatlarini yanada kengaytirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usta Shirin Murodov yaratgan bezak kompozitsiyalari nafaqat yuksak badiiy mahorati, balki milliy ma\u02bcnaviy qadriyatlar, xalqning estetik didi va ko\u02bbp asrlik madaniy an\u02bcanalarini o\u02bbzida mujassam etgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, uning ijodiy merosi o\u02bbzbek amaliy bezak san\u02bcati va me\u02bcmorchilik tarixi taraqqiyotida muhim o\u02bbrin tutadi hamda milliy madaniy merosning ajralmas qismi sifatida yuksak baholanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usta nafaqat mohir ganch o\u02bbymakori va me\u02bcmoriy bezak san\u02bcati ustasi, balki o\u02bbz tajribasini keyingi avlodlarga yetkazgan yetuk pedagog ham bo\u02bblgan. U ko\u02bbplab shogirdlar tayyorlab, milliy ganchkorlik va naqqoshlik maktabining shakllanishi hamda rivojlanishiga munosib hissa qo\u02bbshgan. Uning pedagogik faoliyati Samarqand ta\u02bcmirchilar maktabi, Toshkent qurilish san\u02bcati maktabi, Moskva badiiy san\u02bcat bilim yurti hamda P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti kabi ta\u02bclim muassasalari bilan bog\u02bbliq bo\u02bblib, bu yerlarda u ganch o\u02bbymakorligi, naqqoshlik va me\u02bcmoriy bezak san\u02bcati yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha o\u02bbz bilim va tajribasini yosh mutaxassislarga o\u02bbrgatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U 1957-yil 12-fevralda vafot etgan va Toshkent shahridagi Chig\u02bbatoy qabristoniga dafn etilgan. Uning milliy amaliy bezak san\u02bcati va me\u02bcmorchilik rivojiga qo\u02bbshgan beqiyos hissasi davlat tomonidan munosib e\u02bctirof etilgan. U mashhur o\u02bbzbek naqqosh rassomi, ganch o\u02bbymakori va xalq me\u02bcmori sifatida tanilgan bo\u02bblib, O\u02bbzbekiston SSRda xizmat ko\u02bbrsatgan san\u02bcat arbobi faxriy unvoniga sazovor bo\u02bblgan. Shuningdek, <em>\u201cLenin\u201d,<\/em> <em>\u201cMehnat Qizil nishoni\u201d <\/em>ordenlari<em>,<\/em> mustaqillik yillarida esa \u201c<em>Buyuk xizmatlari uchun\u201d<\/em> ordeni bilan taqdirlangan. Ustaning boy ijodiy merosi va milliy me\u02bcmoriy bezak san\u02bcati taraqqiyotiga qo\u02bbshgan xizmatlarini abadiylashtirish maqsadida Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa yozgi saroyi hududida uning xotirasiga bag\u02bbishlab byust o\u02bbrnatilgan. Bu yodgorlik xalq ustasining o\u02bbzbek ganchkorlik san\u02bcati rivojida tutgan o\u02bbrni va milliy madaniy merosni saqlash hamda boyitish yo\u02bblidagi xizmatlariga bildirilgan yuksak ehtirom ifodasi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni aytishmiz mumkinki, ikki hukmdor davrida ijod qilgan Usta Shirin Murodov \u2013 nafaqat saroylar bezagini yaratgan mohir hunarmand, balki asrlar osha yashaydigan milliy san\u02bcat xazinasini barpo etgan buyuk san\u02bcatkordir.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmadov T. <em>O\u02bbzbekiston madaniy merosi va me\u02bcmoriy an\u02bcanalar<\/em><em>. <\/em>\u2013 T.: O\u02bbzbyekiston, 2010.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karimov M.<em> Buxoro me\u02bcmorligi va ganchkorlik san\u02bcati<\/em>. \u2013 Samarqand: SamTU nashriyoti, 2015.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rahimov F. <em>O\u02bbzbek milliy hunarmandchiligi tarixi<\/em><em>.<\/em> \u2013 : Fan, 2008.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibrohimov Sh. <em>O\u02bbzbekistonning tarixiy yodgorliklari<\/em><em>.<\/em> \u2013 : Ma\u02bcrifat, 2002.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sultonov A. <em>Ganchkorlik san\u02bcati va zamonaviy rivojlanish<\/em><em>.<\/em> \u2013 : O\u02bbzbekiston, 2014.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Notkin I.I. Buxarskaya rezba po ganchu v rabotax Usto Shirina Muradova. \u2013 : Gosudarstvennoye izdatelstvo xudojestvennoy literatur\u044b UzSSR, 1961.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Salomova X.Yu., To\u02bblaganov A.A. Sharq arxitekturasida go\u02bbzallik va me\u02bcyor. \u2013 Buxoro: Durdona nashriyoti, 2019.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Safarov R. Sudba mastera. \u2013: Izdatelstvo literatur\u044b i iskusstva, 1987.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><\/a>1].Safarov R. Sudba mastera. \u2013 T.: Izdatelstvo literatur\u044b i iskusstva, 1987. \u2013 S. 15.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><\/a><sup>2 <\/sup>Salomova X.Yu.,To\u02bblaganov A.A Sharq arxitekturasida go\u02bbzallik va me\u02bcyor. \u2013 Buxoro: Durdona nashriyoti, 2019. \u2013 B. 30.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> \u00a0Safarov R. Sudba mastera. \u2013 T.: Izdatelstvo literatur\u044b i iskusstva, 1987. \u2013 S. 38.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Ahmadov T. <em>O\u02bbzbekiston madaniy merosi va me\u02bcmoriy an\u02bcanalar<\/em><em>. <\/em>\u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2010. \u2013 B. 25.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> <a href=\"https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki\/%D0%9D%D0%BE%D1%82%D0%BA%D0%B8%D0%BD,_%D0%98%D0%BE%D1%81%D0%B8%D1%84_%D0%98%D1%81%D0%B0%D0%B0%D0%BA%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87\">\u041d\u043e\u0442\u043a\u0438\u043d \u0418.\u0418.<\/a> Buxarskaya rezba po ganchu v rabotax Usto Shirina Muradova. \u2013 T.: Gosudarstvennoye izdatelstvo xudojestvennoy literatur\u044b UzSSR, 1961. \u2013 B. 45.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Iroda DAURBEKOVA<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston nomi xalqaro tashkilotlar, nufuzli anjuman va ilmiy forumlarda tilga olinganda, jahon jamoatchiligi tasavvurida, eng avvalo, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, jahon ilm-fani va tamadduniga beqiyos hissa qo\u02bbshgan mutafakkirlar hamda asrlar davomida saqlanib kelayotgan muhtasham tarixiy-me\u02bcmoriy obidalar gavdalanadi. Bu holat O\u02bbzbekistonning boy ilmiy-ma\u02bcrifiy merosi, qadimiy shaharsozlik an\u02bcanalari va yuksak madaniy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatidagi tarixiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51760,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51759"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51759"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51759\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51761,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51759\/revisions\/51761"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51760"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51759"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51759"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51759"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}