{"id":51555,"date":"2026-08-04T12:00:45","date_gmt":"2026-08-04T07:00:45","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51555"},"modified":"2026-08-04T10:14:05","modified_gmt":"2026-08-04T05:14:05","slug":"samarqand-biz-uchun-ikkinchi-uyga-aylandi-malayziyalik-olim-o%ca%bbzbekiston-haqidagi-xotira-kitobini-qanday-yozgani-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51555&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAMARQAND BIZ UCHUN IKKINCHI UYGA AYLANDI\u201d Malayziyalik olim O\u02bbzbekiston haqidagi xotira kitobini qanday yozgani haqida"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dr. Shukron ibn ABDURAHMON \u2013 Malayziya xalqaro islom universiteti professori:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni, malayziyalik professor Shukran Abd Rahman O\u02bbzbekistonga bag\u02bbishlangan xotira kitobi qanday dunyoga kelgani, Samarqanddagi taassurotlari va o\u02bbzbek xalqining yuksak insoniy fazilatlari haqida so\u02bbzlab berdi.<\/span><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Ustoz, avvalo O\u02bbzbekistonga yana bir bor xush kelibsiz! Samarqand haqidagi xotiralaringiz kitobga aylangan ekan. Bu g\u02bboya qanday paydo bo\u02bbldi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Katta rahmat. Samarqandga yana kelganimdan juda mamnunman. Biz bu diyorni endi o\u02bbzimizning ikkinchi uyimiz deb bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan yili Samarqandga ilk bor kelganimizda, eng avvalo, odamlarning samimiyati va mehmondo\u02bbstligi katta taassurot qoldirgan edi. Tanish ham, notanish ham bizga juda samimiy munosabatda bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har kuni boshimizdan kechgan voqealarni, taassurotlarimiz va suratlarimizni Malayziyadagi farzandlarimiz bilan oilaviy WhatsApp guruhi orqali bo\u02bblishib bordik. Bir muddatdan so\u02bbng bu yozuvlar safar kundaligiga aylanganini angladik. Shunda ularni tahrir qilib, xotira kitobi sifatida nashr etishga qaror qildik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandga xizmat safarimiz yakunlanishi arafasida kitobning dastlabki qo\u02bblyozmasi tayyor bo\u02bbldi. Vatanga qaytgach, tahrir, korrektura va nashr ishlari qilindi. Nihoyat, kitob men bu safar O\u02bbzbekistonga yo\u02bbl olishimdan bir kun avval chop etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Demak, kitob ilmiy tadqiqot emas, balki shaxsiy xotiralarga asoslangan tazkira, shundaymi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Ha, bu akademik tadqiqot emas. Unda ko\u02bbrganlarimiz, his qilganlarimiz va boshdan kechirgan voqealarimiz aks etgan. Shu bilan birga, ayrim kuzatuvlarimizni Qur\u02bconi karim oyatlari va Rasululloh \ufdfa hadislari bilan bog\u02bblashga harakat qildik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Bu kitobning asosiy g\u02bboyasi nimada?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Ilgari Malayziyada O\u02bbzbekiston haqida ma\u02bclumotlar unchalik ko\u02bbp emas edi. Bugun esa Markaziy Osiyoga, ayniqsa, O\u02bbzbekistonga qiziqish ortib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun kitob orqali o\u02bbquvchilarni nafaqat Samarqandning tarixiy obidalari va boy madaniy merosi, balki o\u02bbzbek xalqining mehmondo\u02bbstligi, samimiyati va yuksak axloqiy qadriyatlari bilan ham tanishtirgimiz keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men uchun eng muhim xulosa shu bo\u02bbldiki, bu yurt haqiqatan ham hadis madaniyati bilan yashaydigan zamin ekan. Payg\u02bbambarimiz Muhammad \ufdfa hadislarida targ\u02bbib qilingan yaxshi muomala, insonlarga hurmat va ezgu munosabat bu yerda odamlarning kundalik hayotida o\u02bbz ifodasini topgan. Bu holat \u00abSahihul Buxoriy\u00bbdagi ilk hadis mazmunini \u2013 <strong><em>\u201cAlbatta, amallar niyatlarga ko\u02bbra\u201d<\/em><\/strong> ekanini yana bir bor yodga soladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Suhbat uchun tashakkur!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Men ham chuqur minnatdorlik bildirmoqchiman. Bizga shu go\u02bbzal yurtni ziyorat qilish, bu yerda ilmiy faoliyat bilan shug\u02bbullanish va ajoyib insonlar bilan tanishish va hamkorlik qilish imkoniyatini yaratganingiz uchun samimiy tashakkurlarimizni izhor etaman.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>direktorining o\u02bbrinbosari,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek Muhammadiyev suhbatlashdi.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><iframe loading=\"lazy\" title=\"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI ILMIY XULOSALAR, O\u02bbQIB-O\u02bbRGANISHLAR NATIJASIDIR\" src=\"\/\/www.youtube.com\/embed\/DpG1amvCHCw\" width=\"1250\" height=\"703\" frameborder=\"0\" allowfullscreen=\"allowfullscreen\" data-mce-fragment=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<p dir=\"ltr\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tas-ix:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><iframe loading=\"lazy\" src=\"https:\/\/mover.uz\/video\/embed\/CD8XGR5J\" width=\"1280\" height=\"720\" frameborder=\"0\" allowfullscreen=\"allowfullscreen\" data-mce-fragment=\"1\"><span data-mce-type=\"bookmark\" style=\"display: inline-block; width: 0px; overflow: hidden; line-height: 0;\" class=\"mce_SELRES_start\">\ufeff<\/span><\/iframe><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dr. Shukron ibn ABDURAHMON \u2013 Malayziya xalqaro islom universiteti professori: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni, malayziyalik professor Shukran Abd Rahman O\u02bbzbekistonga bag\u02bbishlangan xotira kitobi qanday dunyoga kelgani, Samarqanddagi taassurotlari va o\u02bbzbek xalqining yuksak insoniy fazilatlari haqida so\u02bbzlab berdi. &#8211; Ustoz, avvalo O\u02bbzbekistonga yana bir bor xush kelibsiz! Samarqand haqidagi xotiralaringiz kitobga aylangan ekan. Bu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51556,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[656],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51555"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51555"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51558,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51555\/revisions\/51558"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51556"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}