{"id":51536,"date":"2026-08-05T09:13:25","date_gmt":"2026-08-05T04:13:25","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51536"},"modified":"2026-08-03T19:15:38","modified_gmt":"2026-08-03T14:15:38","slug":"salomlashish-odoblari-va-talablari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51536&lang=oz","title":{"rendered":"SALOMLASHISH ODOBLARI VA TALABLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida insonlar o\u02bbrtasida mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaydigan barcha yaxshi amallarga katta ahamiyat berilgan. Ana shunday ezgu amallardan biri \u2013 salomlashishdir. Salomlashish kundalik hayotimizda doimo takrorlanadigan amaldir!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda salomlashish haqida bunday marhamat qiladi: <strong>\u201cQachonki sizlarga biror salom berilsa, undan ham yaxshiroq yoki o\u02bbshaning o\u02bbzi bilan javob qaytaring\u201d <\/strong>(Niso surasi, 86-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatda salomga albatta javob qaytarish lozimligi va imkon bo\u02bblsa, yanada go\u02bbzalroq javob berish maqbul ekani ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salomning eng mukammal shakli \u2013 <em>\u201cAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh\u201d<\/em> bo\u02bblib, u \u201cSizga Allohning tinchligi, rahmati va barakalari bo\u02bblsin\u201d, degan ma\u02bcnoni anglatadi. Unga <em>\u201cVaalaykum assalom va rahmatullohi va barakatuh\u201d,<\/em> deb javob qaytarish eng afzal hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham salomlashishni musulmonlar o\u02bbrtasidagi muhabbatning muhim omili sifatida ko\u02bbrsatganlar. Hadisi sharifda: <strong><em>\u201cJonim Uning qo\u02bblida bo\u02bblgan zotga qasam! Sizlar imon keltirmaguncha jannatga kira olmaysizlar. Bir-biringizni yaxshi ko\u02bbrmaguncha esa haqiqiy mo\u02bbmin bo\u02bbla olmaysizlar. Sizlarni bir-biringizni yaxshi ko\u02bbrishga sabab bo\u02bbladigan amalga yo\u02bbllab qo\u02bbyaymi? O\u02bbzaro salomni yoyinglar\u201d<\/em><\/strong><em>,<\/em> deganlar (Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisdan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, salomlashish nafaqat xushmuomalalik belgisi, balki qalbda mehr-muhabbat uyg\u02bbotuvchi va jamiyatda tinchlikni ta\u02bcminlovchi muhim omildir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salomlashish nafaqat oddiy muomala vositasi, balki insonlar qalbini yaqinlashtiruvchi, o\u02bbzaro ishonch va hurmatni mustahkamlovchi ibodat ham hisoblanadi. Shu bois Qur\u02bconi karim va hadislarda salomlashish fazilati, uning odoblari hamda talablari haqida ko\u02bbplab ko\u02bbrsatmalar berilgan. Har bir ishning o\u02bbziga xos odobi bo\u02bblgani kabi, salomlashishning ham o\u02bbz odob va talablari mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom odobiga ko\u02bbra salomlashishning muayyan qoidalari mavjud. Avvalo, salom berish sunnat, unga javob qaytarish esa vojib hisoblanadi. Shuningdek, kichiklar kattalarga, ulovda ketuvchi piyodaga, yurib ketayotgan o\u02bbtirgan kishiga, ozchilik ko\u02bbpchilikka birinchi bo\u02bblib salom berishi tavsiya etilgan. Bu tartiblar insonlar o\u02bbrtasida hurmat va tartibni qaror toptirishga xizmat qiladi. Biz buni Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi muborak hadislaridan bilib olamiz.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u0646<\/strong> <strong>\u0627\u0628\u064a<\/strong> <strong>\u0647\u0631\u064a\u0631\u0629<\/strong> <strong>\u0631\u0636\u0649<\/strong> <strong>\u0627\u0644\u0644\u0647<\/strong> <strong>\u0639\u0646\u0647<\/strong> <strong>\u0639\u0646<\/strong><strong>\u00a0 <\/strong><strong>\u0627\u0644\u0646\u0628\u064a<\/strong> <strong>\u0635\u0644\u0649<\/strong> <strong>\u0627\u0644\u0644\u0647<\/strong> <strong>\u0639\u0644\u064a\u0647<\/strong> <strong>\u0648\u0633\u0644\u0645<\/strong> <strong>\u0642\u0627\u0644<\/strong><strong>:<\/strong><strong>&#8221; \u064a\u0633\u0644\u0645<\/strong> <strong>\u0627\u0644\u0635\u063a\u064a\u0631<\/strong> <strong>\u0639\u0644\u0649<\/strong> <strong>\u0627\u0644\u0643\u0628\u064a\u0631<\/strong> <strong>\u0648\u0627\u0644\u0645\u0627\u0631<\/strong> <strong>\u0639\u0644\u0649<\/strong> <strong>\u0627\u0644\u0642\u0627\u0639\u062f<\/strong> <strong>\u0648\u0627\u0644\u0642\u0644\u064a\u0644<\/strong> <strong>\u0639\u0644<\/strong><strong>\u0649 <\/strong><strong>\u0627\u0644\u0643\u062b\u064a\u0631&#8221;<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam:<strong> <em>\u201cKichik kattaga, o\u02bbtuvchi o\u02bbtirganga va ozchilik ko\u02bbpchilikka salom beradi\u201d<\/em><\/strong><em>,<\/em> <strong>\u00a0<\/strong>dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salom berish odob va shartlari to\u02bbg\u02bbrisida Husayn Voiz Koshifiy quyidagi fikrlarni bildirgan: <em>\u201cAgar \u201cSalomga javob berish odobi qaysi?\u201d deb so\u02bbrasalar, \u201cBuning yettita sharti bor\u201d, deb aytgin. Birinchidan, salomga xursand bo\u02bblib alik olish. Ikkinchidan, salom berganga \u201cRahmat\u201d, deyish. Uchinchidan, islom millatiga mansub bo\u02bblmagan odam salom bersa ham alik olish. To\u02bbrtinchidan, salomga alik oluvchining ham tahoratli, pok bo\u02bblishi. Beshinchidan, ko\u02bbp kishi turgan bo\u02bblsa, oralaridan bir odam salomga javob qaytarsa kifoya ekanligi. Oltinchidan, salomga ishorat yoki imo bilan emas, ovoz chiqarib alik olish. Yettinchidan, salomga alik olganda salom bergan kishining eshitishi zarurligi\u201d<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, salomlashish \u2013 tinchlik, mehr-oqibat va hurmat ramzidir. U jamiyatda o\u02bbzaro ishonchni mustahkamlaydi, qalblarni yaqinlashtiradi va musulmonlarning axloqiy fazilatlarini namoyon qiladi. Shuning uchun har bir musulmon salomlashish odobiga amal qilishi, salomni keng yoyishi va unga munosib tarzda javob qaytarishni odat qilishi lozim. Zero, salomlashish orqali inson nafaqat yaxshi muomala qiladi, balki savobli amalni ham ado etgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dinida insonlar o\u02bbrtasida mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaydigan barcha yaxshi amallarga katta ahamiyat berilgan. Ana shunday ezgu amallardan biri \u2013 salomlashishdir. Salomlashish kundalik hayotimizda doimo takrorlanadigan amaldir! Alloh taolo Qur\u02bconi karimda salomlashish haqida bunday marhamat qiladi: \u201cQachonki sizlarga biror salom berilsa, undan ham yaxshiroq yoki o\u02bbshaning o\u02bbzi bilan javob qaytaring\u201d (Niso surasi, 86-oyat). Bu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51537,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51536"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51536"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51536\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51538,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51536\/revisions\/51538"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51537"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51536"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51536"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51536"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}