{"id":51416,"date":"2026-08-04T09:30:50","date_gmt":"2026-08-04T04:30:50","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51416"},"modified":"2026-07-30T17:31:05","modified_gmt":"2026-07-30T12:31:05","slug":"ulug%ca%bblarimiz-hayoti-biz-uchun-ibrat-maktabidir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51416&lang=oz","title":{"rendered":"ULUG\u02bbLARIMIZ HAYOTI BIZ UCHUN IBRAT MAKTABIDIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlar vorislarimiz. Ilmiy yutuqlari va kashfiyotlari bilan jahon ahlini hayratga solgan ulug\u02bblarimiz bu darajaga osonlik bilan erishmagan, albatta. Ular ilmga umrini baxsh etgan, qanchadan-qancha ilmiy safar mashaqqatini boshdan kechirgan, ochlik, yupunlik kabi sinovlarga bardosh bergan. Shu bilan birga, ustoz-shogirdlik maktabining talab va qonunlariga qat\u02bciy rioya qilgan. Ustoz huzurida odob saqlash, iznisiz gapirmaslik, musofirlikda u yashaydigan yurt tomon oyoq uzatmaslik va boshqalar shular jumlasidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afsuski, bugun ana shunday go\u02bbzal odob-axloq qoidalariga rioya qilmaydigan, o\u02bbzboshimchalik bilan ilm olishga uringan ayrim kimsalar tufayli haq yo\u02bbldan og\u02bbishib, zalolatga ketganlar uchramoqda. Soxta olimlarning Qur\u02bcon va hadisdan iqtibos keltirib aytgan so\u02bbzlariga ishonib, ulardan boshqa hech kimni tan olmaydigan kimsalar paydo bo\u02bblmoqda. Hatto buyuk mujtahid imomlarni ham adashganga, shariat ishida Payg\u02bbambar alayhissalom bilan raqobatlashganga chiqarayotganlar ham uchramoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, buyuk salaflarimiz ilm va ilm egalarining hurmatini joyiga qo\u02bbyish borasida biz uchun katta ibrat maktabidir. Ularning hayoti va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishar ekansiz, bunga yana bir bor amin bo\u02bblasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Voildan naql qilishlaricha, Ibn Mas\u02bcud roziyallohu anhu izori (badanning pastki qismini o\u02bbrab turadigan kiyimi)ning pochasini osiltirib yurgan bir kishini ko\u02bbrib, unga: \u201cIzoringni ko\u02bbtarib ol!\u201d dedi. Haligi odam: \u201cEy Ibn Mas\u02bcud, o\u02bbzingiz ham izoringizni ko\u02bbtarib oling\u201d, dedi. Ibn Mas\u02bcud: \u201cMening ikki boldirim o\u02bbta ingichka, men odamlarga imomlikka o\u02bbtaman\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu voqea haqidagi gap-so\u02bbzlar Umar roziyallohu anhuning qulog\u02bbiga yetib borgach: \u201cSen Ibn Mas\u02bcudga gap qaytardingmi?!\u201d deb, haligi odamni savalay ketdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Ibn Asokir rahimahulloh musulmonlarga nasihat qilib, ulamolar, mujtahid imomlarni ayblash, odamlarda ularga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishdan qaytarib quyidagilarni aytgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cEy birodar! Alloh ikkimizni ham O\u02bbzi rozi bo\u02bbladigan ishlarga muvaffaq aylasin. Ikkimizni ham O\u02bbzidan qo\u02bbrqadigan mukammal taqvo egalaridan qilsin. Bilgilki, ulamolarning go\u02bbshti zaharlidir. Ularning obro\u02bbsini to\u02bbkishga uringanlar borasida Alloh taolo qanday hukm qilishi ma\u02bclum. Olimlarni yomonlash bilan tiliga erk bergan kimsalarni Alloh taolo o\u02bblimidan avval qalbini o\u02bbldirish bilan jazolaydi. <strong>\u201c<\/strong>(Payg\u02bbambarning) <strong>amriga xilof ish tutadigan kimsalar o\u02bbzlariga biror kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan saqlansinlar!\u201d <\/strong>(Nur surasi, 63-oyat)\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Dardo roziyallohu anhu: \u201cIlm talab qiling. Agar unga ojizlik qilsangiz, ilm ahlini yaxshi ko\u02bbring. Agar yaxshi ko\u02bbrmasangiz, ularni yomon ko\u02bbrmang\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abbos roziyallohu anhu Zayd ibn Sobit minib olgan otning uzangisidan ushlab oladi. Shunda Zayd: \u201cEy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchasi, chetga o\u02bbting\u201d, degan edi u: \u201cUlamolarimiz va ulug\u02bblarimizga ana shunday muomala qilishga buyurilganmiz\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zuhriy: \u201cAbu Salama rahimahulloh ko\u02bbp hollarda Ibn Abbos roziyallohu anhuga qarshi fikr bildirar edi. Shuning uchun bo\u02bblsa kerak, uning ko\u02bbp ilmidan bebahra qoldi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iso ibn Yunusdan naql qilinadi. U: \u201cMen A\u02bcmash rahimahullohning bunday deb aytayotganini eshitdim: \u201cAnas ibn Molik roziyallohu anhu ertalab va kechqurun mening yonimdan o\u02bbtar va men unga: \u201cMen sendan birorta ham hadis eshitmayman. Sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilding. So\u02bbng (zolim) Hajjojning huzuriga borib, uning yaqin odamiga aylanding\u201d, der edim. Keyinchalik bu ishimdan ko\u02bbp nadomat qildim va Anas ibn Molikdan hadis eshitgan kishidan hadis rivoyat qiladigan bo\u02bblib qoldim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ehtimol, Anas ibn Molik roziyallohu anhu A\u02bcmash rahimahullohning o\u02bbziga nisbatan beodoblik qilganini jazolash uchun unga hadis so\u02bbzlab bermagandir. U Anas roziyallohu anhu xususida xato ish qilganini anglab yetib, nadomat qilganidan so\u02bbng undan hadis eshitgan kishi orqali Anas ibn Molik roziyallohu anhudan hadis rivoyat qilishga majbur bo\u02bblgan va oliy sanadni qo\u02bbldan boy bergan edi. Ehtimol, u Anas ibn Molik roziyallohu anhu vafotidan so\u02bbng nadomat qilgan va undan hadis eshitgan kishi orqali undan hadis rivoyat qilgandir. Nima bo\u02bblganda ham, tolibi ilm o\u02bbz ustozidan yoki o\u02bbzidan ko\u02bbra ilmliroq bo\u02bblgan kishidan shubhali biror ish sodir bo\u02bblganini ko\u02bbrib, uni munkar ish deb hisoblasa, buning uchun eng avval o\u02bbzini va aqlini ayblashi, ustozining biror uzri bordir, degan xulosaga kelishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anas roziyallohu anhuning cho\u02bbrisi Jamila bunday degan: \u201cAgar Sobit rahimahulloh keladigan bo\u02bblsa, Anas: \u201cEy Jamila, menga biror xushbo\u02bbylik ber, qo\u02bblimga surtib olay. Chunki Sobitning onasining o\u02bbg\u02bbli (ya\u02bcni Sobit) \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qo\u02bbllariga tekkan\u201d, deya qo\u02bblimni o\u02bbpmagunicha rozi bo\u02bblmaydi\u201d, der edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahmon ibn Azdak bunday degan: \u201cNofe\u02bc ibn Jubayr Ali ibn Husayn rahimahullohga: \u201cAlloh Sizni mag\u02bbfirat qilsin! Siz odamlarning sayyidi va afzalisiz. (U Sizning tengingiz emas, degan ma\u02bcnoda) Siz manavi odam (Zayd ibn Aslam)ning huzuriga borib, u bilan o\u02bbtirasizmi?\u201d dedi. Shunda Ali ibn Husayn rahimahulloh: \u201cIlm qayerda bo\u02bblsa ham borib o\u02bbrganilishi lozim\u201d, dedi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sufyon ibn Uyaynaning huzurida turgan Abdulloh ibn Muborak rahimahullohdan bir masala haqida so\u02bbrab qolishdi. Shunda u: \u201cUlug\u02bblarimiz oldida gapirishdan qaytarilganmiz\u201d, deb javob berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ha, ko\u02bbpni ko\u02bbrgan, hayotiy tajribasi katta bo\u02bblgan ulug\u02bb ustozlar huzurida noo\u02bbrin fikr bildirish ilm ahlining ishi emas. Shuning uchun ham Abdulloh ibn Muborak yuqoridagi gapni aytib, yaxshigina saboq bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bishr ibn Horis: \u201cBir kishi yurib ketayotgan Abdulloh ibn Muborak rahimahullohga bir hadis haqida savol berdi. \u201cBu ish ilmning hurmatini joyiga qo\u02bbyishga kirmaydi\u201d, dedi u. Men uning bu ishini juda ma\u02bcqulladim\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammasi o\u02bbz o\u02bbrnida va o\u02bbz vaqtida bo\u02bblgani yaxshi. Ilm Allohning buyuk in\u02bcomi bo\u02bblib, hammaga ham berilavermaydi. Axir U zot ilmni \u201cko\u02bbp-ko\u02bbp yaxshilik\u201d deb atamaganmi? \u201cIlm egalarining darajasini baland qilishni xohlaydi\u201d, demaganmi? \u201cBiladiganlar bilan bilmaydiganlar barobar bo\u02bblurmi\u201d, demaganmi? Shunday ekan, ana shu buyuk ne\u02bcmatning qadrini bilish, hurmatini joyiga qo\u02bbyish lozim. Uni duch kelgan odamga beravermaslik, aksincha, ilmga da\u02bcvogar insonning unga munosib yoki munosib emasligini aniqlash, shuningdek, bu yo\u02bbldagi sinovlarga bardosh bera olish qobiliyatini ham sinchiklab o\u02bbrganish lozimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Is\u02bchoq Harbiydan naql qilinadi: \u201cAto ibn Abu Raboh rahimahulloh makkalik bir ayolning qora tanli quli edi. Burni baqlajonga o\u02bbxshar edi. Mo\u02bbminlar amiri Sulaymon ibn Abdulmalik ikki o\u02bbg\u02bbli bilan kelib, namoz o\u02bbqib turgan ana shu qora qulning oldiga o\u02bbtirdi. Namozni o\u02bbqib bo\u02bblgach, ularga orqasini o\u02bbgirib oldi. Mana shu holatda ular Ato bilan haj amallari haqida savol-javob qildi. So\u02bbng Sulaymon ikkala o\u02bbg\u02bbliga qarab: \u201cO\u02bbrningizdan turing!\u201d degan edi, ular o\u02bbrinlaridan turdi. Shunda: \u201cEy o\u02bbg\u02bbillarim, ilm talab qilishda sustkashlik qilmang. Chunki men manavi qora tanli qulning huzurida xor bo\u02bblib o\u02bbtirganimizni hech ham unutmayman\u201d, dedi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir kishi Hasan ibn Zakvon rahimahullohning huzurida bir olimni bir nimalar bilan tilga olgan edi u: \u201cMenga qara! Ulamolar haqida yomon gapirmaki, Alloh qalbingni o\u02bbldiradi\u201d, deb tanbeh berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, ilm \u2013 buyuk ilohiy ne\u02bcmat. Ilm ahli Allohning suyukli bandalaridir. Insoniylik yuzasidan yo\u02bbl qo\u02bbygan kamchiliklari uchun ularni kamsitish, obro\u02bbsizlantirish, boshqalarda ularga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishga urinish dinimizda qattiq taqiqlangan amallardan hisoblanadi. Ular payg\u02bbambarlar kabi ma\u02bcsum zotlar emasligini, hatto eng buyuk olimlar ham ba\u02bczan qoqilganini tushunib yetish uchun kishidan ko\u02bbp narsa talab qilinmaydi. Yetarlicha ilmga ega bo\u02bblmay turib, allomalik, shayxlik maqomini da\u02bcvo qilish ilm ahlining ishi emas. Alloh roziligi uchun ilm yo\u02bblida ustozlar etagini tutish, ularning hayotiy tajribasini o\u02bbrganish va uni amalda qo\u02bbllash, nihoyat, buyuk ulamolar duosini olish ilm yo\u02bbliga qadam qo\u02bbygan har bir insonning birlamchi vazifasi bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin NE\u02bcMATOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Biz dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlar vorislarimiz. Ilmiy yutuqlari va kashfiyotlari bilan jahon ahlini hayratga solgan ulug\u02bblarimiz bu darajaga osonlik bilan erishmagan, albatta. Ular ilmga umrini baxsh etgan, qanchadan-qancha ilmiy safar mashaqqatini boshdan kechirgan, ochlik, yupunlik kabi sinovlarga bardosh bergan. Shu bilan birga, ustoz-shogirdlik maktabining talab va qonunlariga qat\u02bciy rioya qilgan. Ustoz &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51417,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51416"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51416"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51416\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51418,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51416\/revisions\/51418"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51417"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51416"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51416"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51416"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}