{"id":51371,"date":"2026-07-31T09:46:36","date_gmt":"2026-07-31T04:46:36","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371"},"modified":"2026-07-29T18:08:51","modified_gmt":"2026-07-29T13:08:51","slug":"amal-va-qalb-uyg%ca%bbunligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz","title":{"rendered":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom shariatida bandadan har bir ishni ehson bilan, ya\u02bcni go\u02bbzal tarzda maromiga yetkazib bajarish talab etiladi. Ehson mo\u02bbminning amallarida aks etishi buyurilgan bo\u02bblib, bu insonning dunyo va oxiratda ulkan savobni qo\u02bblga kiritishiga sabab bo\u02bbladi. Ehson \u2013 ibodat ruhidir. Xususan, shar\u02bciy hukmlarni mukammal bajarish, ularni nafaqat tana a\u02bczolari bilan ado etish, balki qalb va ruh bilan ham his qilib turish lozim. Inson balog\u02bbat yoshiga yetgach, unga farz, vojib, sunnat, mustahab, harom, makruh va muboh kabi amallar yuklatiladi. Mazkur amallarning manbai Qur\u02bcon bo\u02bblib, hadislar orqali sharhlab berilgan. Faqihlar esa ularni turlar va qismlarga ajratib, o\u02bbrganishni osonlashtirib qo\u02bbygan. Mazkur amallarning ruhiyati esa tasavvuf vakillari, ya\u02bcni ma\u02bcnaviy ustozlar tomonidan tartibga solingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bandaning har bir a\u02bczosi uchun alohida ibodatlarni farz qilib qo\u02bbygan. Jumladan, tilga yolg\u02bbon guvohlik bermaslik, Qur\u02bcon tilovat qilish, insonlarga g\u02bbiybat, chaqimchilik va bo\u02bbhton bilan ozor bermaslik, faqat yaxshi so\u02bbzlarni gapirish kabi vazifalarni yuklagan. Ko\u02bbz, quloq, qo\u02bbl, oyoq, qorin va avrat a\u02bczolariga ham o\u02bbziga xos vazifalar belgilangan. Shuningdek, mazkur tana a\u02bczolarining amallari bandaning qalbiga muvofiq bo\u02bblishi ham ta\u02bckidlangan: \u201cOgoh bo\u02bbling! Jismda bir parcha go\u02bbsht bor! Agar u to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblsa, jasadning barcha a\u02bczolari to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi! Agar u buzilsa, tana a\u02bczolarining barchasi buziladi! U qalbdir!\u201d (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Hofiz Abu Muso Madiniy (r.a)dan rivoyat qilingan quyidagi sahih hadisda ham shar\u02bciy hukmlarni ehson bilan bajarish lozimligi yana bir bor ta\u02bckidlanadi: \u201cSamra ibn Jundub (r.a) shunday rivoyat qiladi: \u201cRasululloh (s.a.v) bir kuni bizning oldimizga chiqdilar. Biz Madinadagi suffada edik. U zot bizga shunday dedilar: <strong><em>\u201cMen kecha tunda ajoyib narsani ko\u02bbrdim! Ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uning yoniga o\u02bblim farishtasi jon olish uchun kelgan edi. Shunda mazkur kishining ota-onasiga qilgan yaxshiligi kelib, o\u02bblim farishtasini qaytarib yubordi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Unga qabr azobi joriy bo\u02bblayotgan edi. Shunda mazkur kishining tahorati kelib, uni qabr azobidan qutqardi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uning atrofini shaytonlar o\u02bbrab olgan edi. Shunda uning Allohni zikr qilganda hosil bo\u02bblgan savobi kelib, shaytonlarni quvib soldi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uni azob farishtalari o\u02bbrab olgan edi. Shunda mazkur kishining namozi kelib, uni azob farishtalarining qo\u02bblidan qutqardi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U tashnalikdan tili osilib, hovuz oldiga borar, lekin uni hovuzga yaqinlashtirmas edilar. Shunda mazkur kishining Ramazon oyida tutgan ro\u02bbzasi kelib, uni sug\u02bbordi va chanqog\u02bbini qondirdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U Payg\u02bbambarlar halqa bo\u02bblib o\u02bbtirgan majlisga intilar, yaqinlashganda esa, uni haydab yuborishar edi. Shunda mazkur kishining janobatdan g\u02bbusl qilganda hosil bo\u02bblgan savobi keldi va uning qo\u02bblidan ushlab, yonimga o\u02bbtqizib qo\u02bbydi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uning oldida zulmat, ortida zulmat, o\u02bbng tomonida zulmat, chap tarafida zulmat, ustida zulmat va ostida ham zulmat bor edi. U zulmat ichida qolgan edi. Shunda mazkur kishining haj va umrasi kelib, uni zulmatdan chiqardi va nurga kiritdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U qo\u02bbli bilan Jahannam olovi va yomonligini to\u02bbsib himoyalanar edi. Shunda mazkur kishining sadaqasi kelib, u bilan Jahannam olovi orasida parda hamda boshi uzra soyabon bo\u02bbldi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U mo\u02bbminlarga gapirar, lekin mo\u02bbminlar u bilan suhbatlashmas edilar. Shunda mazkur kishining silai rahmi kelib: \u201cEy musulmonlar jamoasi! Bu odam qarindoshlik aloqalarini bog\u02bblagan! U bilan suhbatlashinglar!\u201d, dedi. Shundan so\u02bbng mo\u02bbminlar u bilan qo\u02bbl berib va quchoqlashib ko\u02bbrishdilar hamda uni suhbatga chorladilar.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uni Zabboniy (Do\u02bbzax farishtalari) o\u02bbrab olgan edi. Shunda mazkur kishining yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish maqsadida qilgan amallari kelib, uni Zabboniy farishtalar qo\u02bblidan qutqardi va rahmat farishtalari qo\u02bbliga topshirdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U tiz cho\u02bbkkan holda o\u02bbtirar, u bilan Allohning orasida bir to\u02bbsiq bor edi. Shunda mazkur kishining go\u02bbzal xulqi keldi va uning qo\u02bblidan ushlab, Allohning huzuriga olib kirdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uning sahifalari chap tomondan kelgan edi. Shunda mazkur kishining Allohdan qo\u02bbrqish xislati kelib, uning sahifasini oldi va o\u02bbng tarafiga qo\u02bbyib qo\u02bbydi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. Uning tarozidagi yaxshi amallari yengil edi. Shunda mazkur kishining norasida farzandlari o\u02bblimiga qilgan sabri kelib, uning tarozidagi savoblar pallasini og\u02bbirlashtirib yubordi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U Jahannam labida turar edi. Shunda mazkur kishining Allohga bo\u02bblgan umidi kelib, uni Jahannam labidan qutqardi, so\u02bbng yurib ketdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U Jahannam oloviga uloqtirilgan edi. Shunda mazkur kishining Allohdan qo\u02bbrqib yig\u02bblagan ko\u02bbz yoshi keldi va uni Jahannamdan qutqardi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U Sirot ko\u02bbprigida tik turar va qattiq shamolda xurmo po\u02bbstlog\u02bbi qaltiragandek qaltirar edi. Shunda mazkur kishining Alloh haqida qilgan yaxshi gumoni kelib, uning titrog\u02bbini tinchlantirdi, so\u02bbng yurib ketdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U Sirot ko\u02bbprigida goh sudralib, goh emaklab, goh osilib o\u02bbtar edi. Shunda mazkur kishining Menga aytgan salavoti kelib, uning qadamini mustahkam qildi va Sirotdan qutqardi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Men ummatimdan bir kishini ko\u02bbrdim. U Jannatning eshiklari oldiga kelgan, barcha eshiklar yopilib qoldi. Shunda mazkur kishining \u201cLa ilaha illalloh\u201d deb aytgan shahodati kelib, eshiklarni ochdi va uni Jannatga kiritdi\u201d<\/em><\/strong> [1:117-155].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aksariyat insonlar ushbu hadisda aytilgan amallarni zohiran bajarish bilan kifoyalanib, o\u02bbzini oxiratda najotga erishadigandek tutadi. Chunki ular yuqoridagi amallarni oson deb o\u02bbylaydi. Aslida mazkur hadisda zikr qilingan ibodat va amallarni faqat zohiriy bajarish bilan najotga erishib bo\u02bblmaydi. Balki mazkur savob va yutuqlarga erishish uchun qalbning sog\u02bblom bo\u02bblishi va turli ma\u02bcnaviy kasalliklardan holi bo\u02bblishi talab etiladi: <strong>\u201cU kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas, faqat Alloh huzuriga sog\u02bblom dil bilan kelgan kishilargagina <\/strong>(foyda berur)<strong>\u201d<\/strong> (Shuaro surasi, 88-89-oyatlar). Imom Moturidiy mazkur oyatni quyidagicha sharhlaydi: \u201cOyatdagi \u201ctoza dil\u201d, ya\u02bcni sog\u02bblom qalbdan murod shirk yoki ma\u02bcnaviy ofat va gunohlardan pok bo\u02bblgan hamda yolg\u02bbiz Alloh uchun xolis niyat qilgan qalbdir. Bunday qalb Allohdan o\u02bbzgaga yuzlanmaydi va faqat Undan talab qiladi\u201d [3:530]. Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v) oyoqlari yiringlab ketguncha ko\u02bbp namoz o\u02bbqir edilar. Mug\u02bbiyra ibn Shu\u02bcba (r.a) bu haqda shunday rivoyat qiladi: \u201cRasululloh (s.a.v) kechasi turib namoz o\u02bbqir edilar, hatto (ruku, sajda qilaverib), oyoqlari (yoki boldirlari) shishib ketar edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v)ga: \u201cAxir, Sizning barcha gunohlaringizni Alloh afv qilgan-ku!\u201d, deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v): <strong><em>\u201cShukr qiluvchi banda bo\u02bblmaymi?!\u201d<\/em><\/strong>, dedilar\u201d [5:186].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo ibodatlarni bajarishda banda qanday holatda bo\u02bblishi lozimligini quyidagicha ifodalagan: <strong>\u201cShuningdek, sadaqalarini <\/strong>(qiyomatda)<strong> Parvardigorga qaytuvchi ekanidan dillari qo\u02bbrqib turgan holda beradigan kishilar, aynan o\u02bbshalar yaxshiliklarni qilishga shoshurlar va unda o\u02bbzib ketuvchidirlar\u201d <\/strong>(\u201cMuminun\u201d surasi, 60-61-oyatlar). Imom Moturidiy mazkur oyatni quyidagicha sharhlaydi: \u201cUshbu oyatni ikki xil ma\u02bcnoda tushunish mumkin. Birinchisi shuki, bandalar amal qilgandan so\u02bbng: \u201cQilgan amalim qabul bo\u02bblarmikan?\u201d, deb qalblari qo\u02bbrqinch va hadikda bo\u02bbladi. Ikkinchi ma\u02bcnosi esa muhtojlarga infoq va sadaqa qilishni anglatib, bandaning qalbida: \u201cInfoq va sadaqamni Alloh qabul qiladimi yoki yo\u02bbq?\u201d, degan qo\u02bbrquv bo\u02bbladi. Bu oyat shunga dalolat qiladiki, gunohkor qilgan yomonligidan qo\u02bbrqqani kabi itoatkor banda ham qilgan ibodatining qabul bo\u02bblmay qolishidan qo\u02bbrqib turishi lozim\u201d [3:407]. Rasululloh (s.a.v)dan mazkur oyat haqida quyidagi hadis rivoyat qilingan: \u201cOisha (r.a) shunday rivoyat qiladi: \u201cMen Rasululloh (s.a.v)dan: <strong>\u201cShuningdek, sadaqalarini <\/strong>(qiyomatda)<strong> Parvardigorga qaytuvchi ekanlaridan dillari qo\u02bbrqib turgan holda beradigan kishilar<\/strong>\u201d (\u201cMuminun\u201d surasi, 60-oyat) haqida so\u02bbrab: \u201cUshbu oyatda xamr (mast qiluvchi narsalar) iste\u02bcmol qiladigan va o\u02bbg\u02bbrilik qiladiganlar nazarda tutilganmi?\u201d, dedim. Rasululloh (s.a.v): <strong><em>\u201cYo\u02bbq, ey Siddiqning qizi! Bu oyatda ro\u02bbza tutadigan, namoz o\u02bbqiydigan va sadaqa qiladiganlar nazarda tutilgan. Ular amallarining qabul bo\u02bblmasligidan qo\u02bbrqib turadilar.<\/em><\/strong> <strong>\u201cAynan o\u02bbshalar yaxshiliklarni qilishga shoshurlar va unda o\u02bbzib ketuvchidirlar\u201d<\/strong> (\u201cMuminun\u201d surasi, 61-oyat)\u201d, dedilar\u201d [2:718].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Arabiy (r.a) mazkur hadis bo\u02bbyicha quyidagi fikrlarni bildirgan: \u201cBanda hayoti davomida Allohning buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan tiyilib yashasa-da, umri qanday tugashidan bexabardir. Bunday hayot kechirish bilan bandada amallarining qabul bo\u02bblishi va oxiratda najotga erishishi haqida to\u02bbliq ishonch hosil qilmaydi. Zero, banda bilmaydiki, balki kufr sababli qilgan amallari bekor bo\u02bblib ketar yoki biror gunoh sababli amallarining savobi kamayib qolar! Shuning uchun banda umrining oxiri qanday tugashidan qo\u02bbrqib yashashi va shu bilan birga, Allohning fazli va marhamatidan umid qilib hayot kechirishi lozim. Buning uchun solih amallarda bardavom bo\u02bblishi talab etiladi. Alloh taolo mazkur oyatda shunday qavmni sifatlaganki, ular gunoh va kamchilikka yo\u02bbl qo\u02bbymaydilar, ibodatlarni bajarishda dangasalik qilmaydilar, yaxshi amallarni bajarishdan qochish maqsadida ruxsat so\u02bbramaydilar! Balki ular amallarining qabul bo\u02bblmasligidan, niyatlari xolis bo\u02bblmaganligidan doim qo\u02bbrqib turadilar! Ular qilgan amallarini oz sanab, o\u02bbzlarini gunohkor va itoatsiz bandadek tutadilar! Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v): <strong><em>\u201cMen bir kunda yuz marta tavba qilaman\u201d<\/em><\/strong>, der edilar\u201d [4:258-259].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa <\/strong>sifatida aytish mumkinki, muhsin bandalar qilgan amallariga suyanib qolmaydi, balki amallari qabul bo\u02bblmasligidan doim xavfda bo\u02bbladi. Ayrim insonlar haj ibodatini bajargandan so\u02bbng yoki zakot va shunga o\u02bbxshash moliyaviy amallarni ado qilgandan so\u02bbng o\u02bbzini xuddi jannat ahlidek tutadi. Biror yaxshi amalni qilgach: \u201cYelkamdan tog\u02bb ag\u02bbdarildi!\u201d, deb qilgan amallariga suyanib qoladi. Aslida tashvish va \u201cyelkadagi yuk\u201d, ya\u02bcni mas\u02bculiyat amal qilgandan so\u02bbng paydo bo\u02bbladi! Amalning qabul bo\u02bblishi yoki bo\u02bblmasligini faqat Alloh biladi! Bandaning hayoti qanday yakun topishini ham Allohdan o\u02bbzga hech kim bilmaydi! Shu bois ezgu ishlarda bardavom bo\u02bblish va amallarga suyanib qolmaslik lozim.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN <\/strong><strong>ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdusalom Yosin. Al-ihsan. J.2. \u2013 Dar al-bayzo, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Iso Muhammad Termiziy. Jome\u02bc at-Termiziy. Qur\u02bcon tafsiri boblari. 33-bob. 3173-hadis. \u2013 Ar-Riyod: Dar as-salom, 1999.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Mansur Moturidiy. Ta\u02bcvilot ahl as-sunna. J.3. \u2013 Bayrut: Muassasa ar-risala, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Arabiy. Oriza al-ahvaziy bi sharh Jome\u02bc at-Termiziy. J.6. Qur\u02bcon tafsiri kitobi, 24-bob, 3186-hadis. \u2013 Bayrut: Dor al-fikr, 1995.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Tarjimon: Shayx Abdulaziz Mansur. Sahihi Buxoriy. J.1. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muhammadsiddiq USMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmalar fondi direktori<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom shariatida bandadan har bir ishni ehson bilan, ya\u02bcni go\u02bbzal tarzda maromiga yetkazib bajarish talab etiladi. Ehson mo\u02bbminning amallarida aks etishi buyurilgan bo\u02bblib, bu insonning dunyo va oxiratda ulkan savobni qo\u02bblga kiritishiga sabab bo\u02bbladi. Ehson \u2013 ibodat ruhidir. Xususan, shar\u02bciy hukmlarni mukammal bajarish, ularni nafaqat tana a\u02bczolari bilan ado etish, balki qalb va ruh bilan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51372,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-07-31T04:46:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-07-29T13:08:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz\",\"name\":\"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg\",\"datePublished\":\"2026-07-31T04:46:36+00:00\",\"dateModified\":\"2026-07-29T13:08:51+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-07-31T04:46:36+00:00","article_modified_time":"2026-07-29T13:08:51+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz","name":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg","datePublished":"2026-07-31T04:46:36+00:00","dateModified":"2026-07-29T13:08:51+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/qalb3107.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51371&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AMAL VA QALB UYG\u02bbUNLIGI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51371"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51371"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51371\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51373,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51371\/revisions\/51373"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51372"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51371"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51371"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51371"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}