{"id":51311,"date":"2026-08-20T09:09:55","date_gmt":"2026-08-20T04:09:55","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51311"},"modified":"2026-08-17T22:20:56","modified_gmt":"2026-08-17T17:20:56","slug":"hadislar-ham-alloh-taolodan-vahiy-ekaniga-qur%ca%bconi-karimdan-dalillar-birinchi-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51311&lang=oz","title":{"rendered":"HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QUR\u02bcONI KARIMDAN DALILLAR (BIRINCHI QISM)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlik faqat kitob tushishi bilan emas, balki Alloh taolo tanlab olgan bandalariga vahiy nozil qilishi bilan amalga oshishi yetti qat\u02bciy dalil orqali isbotlab berildi. Shuningdek, payg\u02bbambarlarga keladigan vahiy ikki tur \u2013 tilovat qilinadigan (matluv) va tilovat qilinmaydigan (g\u02bbayri matluv) bo\u02bblishi ham ko\u02bbrsatib <span style=\"color: #0000ff;\"><a style=\"color: #0000ff;\" href=\"https:\/\/t.me\/bukhariuz\/31682\">o\u02bbtildi<\/a><\/span>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi esa Qur\u02bconi karimning bir qator oyatlarini keltiramiz. Ular o\u02bbz matni, mazmuni yo boshqa dalil ko\u02bbmagi bilan shuni ko\u02bbrsatadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonidan shariat o\u02bblaroq bayon etilgan, ammo Qur\u02bconda bo\u02bblmagan hukmlar ham vahiydir. Bu oyatlar vahiyning bir turi \u2013 tilovat qilinmaydigani (ilohiy kitobga kirmagani) ham borligiga dalolat bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday oyatlar juda ko\u02bbp bo\u02bblib, barchasini birdaniga jamlashga hojat yo\u02bbq. Zero, bir oyatning o\u02bbziyoq haqiqatni anglash uchun kifoya qiladi. Shunday bo\u02bblsa-da, muqaddas Kitobimizning uslubiga ergashgan holda, sunnatning vahiy ekanini qat\u02bciy isbotlovchi oyatlardan ko\u02bbproq keltirish lozim topildi. Chunki bu masalaning g\u02bboyatda muhimligi bois shu ma\u02bcnodagi so\u02bbzlar Qur\u02bconi karimda turli uslublar bilan qayta-qayta ta\u02bckidlagan. Mus\u02bchafi sharifni sharhlashda, islom ahkomlarini bayon qilishda ham bu masala eng muhim poydevor hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi: <strong>\u00abBotayotgan yulduz bilan qasam<\/strong><strong>ki,<\/strong> <strong>b<\/strong><strong>irodaringiz <\/strong>(Muhammad alayhissalom)<strong> adashgani ham yo\u02bbq, yo\u02bbldan ozgani ham yo\u02bbq. Va u <\/strong>(sizlarga keltirayotgan Qur\u02bconni)<strong> o\u02bbz havoyi<\/strong> <strong>xohishi bilan so\u02bbzlamas. U<\/strong> (Qur\u02bcon) <strong>faqat <\/strong>(Alloh tomonidan)<strong> vahiy <\/strong>(nozil) <strong>qilinayotgan bir vahiydir. Unga <\/strong>(bu vahiyni)<strong> kuchga to\u02bblgan <\/strong><strong>bir <\/strong><strong>zot <\/strong>(ya\u02bcni, Jabroil alayhissalom)<strong> ta\u02bclim <\/strong><strong>bermishdir\u00bb <\/strong><em>[<\/em><em>Najm surasi, 1\u20135-oyatlar]<\/em>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo tong otayotganda botadigan yulduzlar bilan qasam ichib, Payg\u02bbambarning haq yo\u02bblda ekanini, adashmagani va yo\u02bbldan ozmaganini ma\u02bclum qildi. Bu yerda \u00ab<strong>adashgan<\/strong>\u00bb \u2013 haq va aniq yo\u02bblni bilmay, ilmsizlik bilan qorong\u02bbulikda qadam bosgan johil. \u00ab<strong>Yo\u02bbldan ozgan<\/strong>\u00bb esa haqni bila turib, qasddan va ongli ravishda undan yuz o\u02bbgirib, boshqa yo\u02bblga ketgan kimsadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyat Alloh taoloning O\u02bbz qasami bilan mustahkamlangan buyuk guvohligi bo\u02bblib, bunday shahodat Rasulining barcha holat va ishlarda to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblda ekanini tasdiqlaydi. Shuningdek, keltirgan barcha narsalari \u2013 Kitob bo\u02bblsin yo hadis \u2013 to\u02bbg\u02bbri va haq ekaniga dalil bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbng Alloh taolo bu haqiqatni yanada mustahkamlab,<strong> \u00abU o\u02bbz havoyi<\/strong> <strong>xohishi bilan <\/strong><strong>so\u02bbzla<\/strong><strong>mas\u00bb<\/strong> deyapti. Keyin<strong> \u00abU <\/strong>(Qur\u02bcon)<strong> faqat <\/strong>(Alloh tomonidan)<strong> vahiy <\/strong>(nozil)<strong> qilinayotgan bir vahiydir\u00bb<\/strong> deb, ta\u02bckidni eng oliy cho\u02bbqqiga chiqaryapti. Oyatdagi cheklov (hasr) uslubi vahiydan tashqari har qanday ehtimolni rad etadi. Ya\u02bcni, u zot alayhissalomning gaplari faqat va faqat nozil qilinayotgan vahiydir. Bu Payg\u02bbambar alayhissalomning har bir so\u02bbzi Qodir Parvardigordan kelgan vahiy ekaniga eng oliy tasdiqdir. Bu esa, \u00ab<strong>o\u02bbz havoyi xohishi bilan so\u02bbzlamas<\/strong>\u00bb degan gap shunchaki majoz emas, balki aynan haqiqat ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ibora umumiy ma\u02bcno tashiydi, ya\u02bcni u zotning og\u02bbizlaridan chiqqan barcha so\u02bbzlarni o\u02bbz ichiga oladi. Zero, arab tili qoidalariga ko\u02bbra, inkor gap tarkibidagi fe\u02bcl inkor qilingan nakra (noma\u02bclumlik) so\u02bbz hukmida bo\u02bblib, umumiy ma\u02bcnoni anglatadi. Demak, u zotning shariat va dinni yetkazish bilan bog\u02bbliq har bir gapi shu umumiy ma\u02bcnoga kiradi. Buni faqat Qur\u02bconga xoslab qo\u02bbyish uchun hech qanday dalil yo\u02bbq. Shunday ekan, oyatning ma\u02bcnosi: \u00abU zot aytgan har bir gap \u2013 Kitob bo\u02bblsin yo hadis \u2013 faqatgina nozil qilinayotgan vahiydir\u00bb, deganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatning umumiy ma\u02bcnoga ega ekani va nafaqat Qur\u02bconni, balki hadisni ham o\u02bbz ichiga olishini Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilingan ushbu hadis qo\u02bbllab-quvvatlaydi: <em>\u00abRasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan har bir narsani yodlab qolish niyatida yozib borar edim. <\/em><em>Qurayshliklar meni bundan qaytarib: \u00abRasulullohdan eshitgan hamma narsangni yozyapsanmi? Axir, Rasululloh ham oddiy inson bo\u02bblsalar, ba\u02bczan g\u02bbazab ustida ham gapiradilar-ku!\u00bb dedi. Shundan keyin yozishdan to\u02bbxtadim va buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdim. U zot barmoqlari bilan og\u02bbizlariga ishora qilib: <\/em><strong>\u00ab<em>Yozaver, jonim qo\u02bblida bo\u02bblgan Zotga qasamki, bu yerdan faqat haqiqat chiqadi<\/em>\u00bb<\/strong>, <em>deb buyurdilar\u00bb<\/em> <em>[Abu Dovud va <\/em><em>Dorimiy rivoyat qilgan]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarning fikriga ko\u02bbra, bevosita vahiy kelmagan paytlarda Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o\u02bbz ijtihodlari bilan hukm chiqarishlari joiz bo\u02bblgan. Bu holat yuqoridagi<strong> \u00abu <\/strong>(sizlarga keltirayotgan Qur\u02bconni)<strong> o\u02bbz havoyi xohishi bilan so\u02bbzlamas. U <\/strong>(Qur\u02bcon)<strong> faqat <\/strong>(Alloh tomonidan)<strong> vahiy <\/strong>(nozil)<strong> qilinayotgan bir vahiydir\u00bb <\/strong>degan umumiy qoidaga zid kelmaydi. Chunki Alloh taolo o\u02bbsha vaziyatlarda u zotga ijtihod qilishga izn bergan. Bu ruxsatning o\u02bbzi ham Alloh taoloning O\u02bbz Payg\u02bbambariga vahiysidir. Demak, Nabiy sollallohu alayhi vasallam o\u02bbz ijtihodlarida ham baribir Allohning vahiysiga ergashgan bo\u02bbladilar. Bunga Alloh taoloning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tili bilan aytgan ushbu so\u02bbzlari dalildir:<strong> \u00abMen faqat o\u02bbzimga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman\u00bb <\/strong><em>[<\/em><em>An\u02bcom surasi, 50-oyat]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, u zotning ijtihodlari va o\u02bbsha ijtihod tayanadigan asoslarning barchasi vahiydir, aslo havoyi xohish emas. Zero, bu ruxsat go\u02bbyo Alloh taoloning O\u02bbz Payg\u02bbambariga \u00abBiror hukmni to\u02bbg\u02bbri deb bilsangiz, u Mening hukmimdir\u00bb, ya\u02bcni \u00abQalbingizga solingan har bir narsa Mening irodamdir\u00bb deganidek gap. Shuning uchun ham bu haqiqiy vahiy hisoblanadi va yuqoridagi umumiy qoidaga to\u02bbliq muvofiq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ijtihodlarida xato bo\u02bblishi ehtimoli bor, deb hisoblaydigan ulamolar mazhabiga ko\u02bbra esa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam biror ijtihodda yanglishgan bo\u02bblsalar, Alloh taolo uni o\u02bbsha holatda qoldirmagan, balki vahiy yo\u02bbllaridan biri bilan darhol haqiqatni bayon qilib bergan. Demak, Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam din sifatida mustahkamlanib, qaror topgan hukmlarda qanday havoyi xohish bilan gapirmaganlari singari hali yakuniy to\u02bbxtamga kelinmagan va ijtihod qilgan masalalarida ham aslo nafslariga tayanib so\u02bbz yuritmaganlar. Balki u zotning aytganlari bevosita vahiy kelmaganda ijtihod qilishga berilgan ilohiy ruxsatga \u2013 ya\u02bcni, baribir vahiyga asoslangan bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Alloh taoloning O\u02bbz Rasuliga ijtihod qilishga ruxsat berishi go\u02bbyo unga: \u00abBiror hukmni to\u02bbg\u02bbri deb bilsangina va Men uni shundayligicha qoldirsam, demak, u Mening hukmimdir\u00bb, deb aytishi kabidir.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimning qator oyatlarida \u201chikmat\u201d so\u02bbzi \u201cKitob\u201d so\u02bbzi bilan ketma-ket kelgan. Ularning bir qismida ikki kalima ham Alloh taolo tomonidan o\u02bbrgatilgani bayon qilingan bo\u02bblsa, boshqa qismida ikkisining ham Haq taolo tomonidan nozil qilingani ochiq-oydin aytilgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh subhonahu va taolo bunday marhamat qiladi: \u00ab<strong>Ey Rabbimiz! Ularga <\/strong>(kelajak ummatlarga)<strong> o\u02bbzlaridan <\/strong>(chiqqan)<strong>, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, Kitob va hikmat <\/strong>(Qur\u02bcon va hadis)<strong>ni o\u02bbrgatadigan va ularni <\/strong>(kufr va gunohlardan)<strong> poklaydigan bir payg\u02bbambar yuborgin! Albatta, Sen Aziz <\/strong>(qudratli)<strong> va Hakim <\/strong>(hikmat sohibi)<strong>dirsan <\/strong>\u00bb <em>[Baqara surasi, 129-oyat].<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Alloh taolo bunday deydi: \u00ab<strong>Shuningdek, sizlarga o\u02bbzingizdan bo\u02bblmish bir payg\u02bbambar yubordikki, u sizlarga oyatlarimizni o\u02bbqib beradi, sizlarni <\/strong>(shirk va gunohlardan)<strong> poklaydi, sizlarga Kitob <\/strong>(Qur\u02bcon)<strong> va hikmatdan <\/strong>(Hadisdan)<strong> ta\u02bclim beradi va bilmaganlaringizni bildiradi <\/strong>\u00bb <em>[Baqara surasi, 151-oyat]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo aytadi: \u00ab<strong>Albatta, Alloh mo\u02bbminlarga o\u02bbzlaridan bo\u02bblgan <\/strong>(ya\u02bcni, odam jinsidan bo\u02bblgan)<strong>, ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradigan, <\/strong>(gunohlaridan)<strong> poklaydigan hamda ularga Kitob va hikmatni o\u02bbrgatadigan payg\u02bbambarni yuborish bilan <\/strong><strong>yaxshilik qildi. Holbuki<\/strong><strong>, ular ilgari ochiq xato-zalolatda edilar<\/strong>\u00bb <em>[Oli Imron surasi, 164-oyat]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi: \u00ab<strong>U <\/strong>(Alloh) <strong>omiylar<\/strong><strong>ga<\/strong> (ya\u02bcni, ahli kitob bo\u02bblmagan ilmsiz kishilarga)<strong> o\u02bbzlarida<\/strong><strong>n<\/strong><strong> bo\u02bblgan, ularga <\/strong>(Qur\u02bcon)<strong> oyatlarini tilovat qiladigan, ularni <\/strong>(shirk va jaholatdan)<strong> poklaydigan hamda ularga Kitob \u2013 Qur\u02bcon va <\/strong><strong>h<\/strong><strong>ikmat \u2013 <\/strong><strong>h<\/strong><strong>adisni o\u02bbrgatadigan bir payg\u02bbambarni <\/strong>(ya\u02bcni, Muhammad alayhissalotu vassalomni) <strong>yuborgan Zotdir. Shak-shubhasiz, ular <\/strong>(payg\u02bbambar kelishidan avval)<strong> ilgari ochiq zalolatda edilar<\/strong>\u00bb <em>[<\/em><em>Jum<\/em><em>\u02bc<\/em><em>a surasi, 2-oyat]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctibor bering, ushbu oyatlarda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mo\u02bbminlarga Kitob va hikmatni o\u02bbrgatishlari Allohning oyatlarini tilovat qilib berishlariga bog\u02bblab keltirilmoqda. Ya\u02bcni, Kitob va hikmatni o\u02bbrgatish oyatlarni tilovat qilishdan butunlay boshqa narsadir. Buni ilohiy bayondagi so\u02bbzlarning turlicha kelgani ham ko\u02bbrsatib turibdi. Zero, Alloh taolo dastlabki harakatni \u201ctilovat\u201d deb, keyingisini esa \u201co\u02bbrgatish\u201d deb atayapti. Ta\u02bclim berish esa shunchaki tilovat qilishdan farq qiladi. Qolaversa, arab tili qoidalariga ko\u02bbra, so\u02bbzlarni bir-biriga bog\u02bblab so\u02bbzlash (atf) ular o\u02bbrtasida ma\u02bcno jihatidan farq borligini bildiradi. Ayniqsa, keyingi uch oyatda <em><u>Kitob va hikmat ta\u02bclimi<\/u><\/em> bilan <em><u>tilovat<\/u><\/em> \u201cularni poklaydigan\u201d mazmunidagi jumla bilan ajratilgani bu ikki tushuncha bir-birini shunchaki sharhlab keluvchi sinonimlar emasligini yana bir bor qat\u02bciy tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oyatlarni tilovat qilishning ma\u02bcnosi hammaga tushunarli. Kitobni o\u02bbrgatish esa Qur\u02bcondagi umumiy va muxtasar hukmlarni bayon qilib berish demakdir. Bunga Alloh taoloning ushbu so\u02bbzlari dalil bo\u02bbladi: \u00ab<strong>Sizga esa odamlarga nozil qilingan <\/strong>(ma\u02bclumotlar)<strong>ni bayon <\/strong>(tafsir)<strong> qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni <\/strong>(Qur\u02bconni)<strong> nozil qildik<\/strong>\u00bb <em>[<\/em><em>Nahl surasi, 44-oyat]<\/em> Alloh taolo O\u02bbz Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qur\u02bconni sharhlash, undagi qisqa hukmlarni batafsil tushuntirish va mavhum joylariga oydinlik kiritish vazifasini yuklagan. Bu ulug\u02bb vazifa esa faqatgina <em><u>hikmat<\/u><\/em>ni o\u02bbrgatish orqali amalga oshadi. Hikmat esa \u2013 Alloh taolo u zotga vahiy qilgan sunnatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu tahlil \u201chikmat\u201d so\u02bbzi Kitobga bog\u02bblanib kelgan boshqa oyatlarda ham Qur\u02bcondan farqli o\u02bblaroq alohida bir asos \u2013 Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ekaniga yorqin dalildir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconda \u201chikmat\u201d deb atalgan ushbu sharafli nabaviy sunnat Alloh taolo tomonidan nozil qilingan vahiy ekanini ochiq-oydin ko\u02bbrsatuvchi oyatlar ham bor. Jumladan, Alloh subhonahu va taolo bunday amr etadi: \u00ab<strong>Allohning sizlarga bergan ne\u02bcmatini va sizlarga nasihat sifatida nozil qilgan Kitob va <\/strong><strong>h<\/strong><strong>ikmatni<\/strong> (hadislarni)<strong> yodingizda tutingiz!<\/strong>\u00bb <em>[Baqara surasi, 231-oyat]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bunday marhamat qiladi: \u00ab<strong>Alloh sizga Kitob va hikmatni nozil qildi va bilmagan narsalaringizni bildirdi. <\/strong><strong>Allohning sizga <\/strong><strong>fazlu marhamati ulug\u02bb bo\u02bbldi<\/strong>\u00bb <em>[Niso surasi, 113-oyat]<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyatlardagi \u00ab<strong>Kitob va hikmat<\/strong>\u00bb degan ilohiy so\u02bbzlar <em><u>hikmat<\/u><\/em> xuddi Qur\u02bconi karim kabi Alloh taolo tomonidan nozil qilinganini ochiq ko\u02bbrsatadi. Chunki u \u201cKitob\u201d so\u02bbzi bilan yonma-yon va unga bog\u02bblanib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, dastlabki misollardagi oyatlar orqali <em><u>hikmat<\/u><\/em>ning <em><u>Kitob<\/u><\/em>dan boshqa narsa ekani isbotlandi. Kyeyingi misollar bilan bu hikmat ham xuddi Kitob kabi Allohdan nozil bo\u02bblgan ilohiy vahiy ekani o\u02bbz tasdig\u02bbini topdi. Ana shu vahiy nabaviy sunnatdir, vallohu a\u02bclam.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Shofeiy rahmatullohi alayh Kitob bilan hikmat o\u02bbrtasidagi bu farqni qat\u02bciy ta\u02bckidlab, mazkur oyatlar sharhida bunday degan: \u00abAlloh Kitobni zikr qildi \u2013 u Qur\u02bcondir. Shuningdek, hikmatni zikr qildi. Men Qur\u02bcon ilmini yaxshi biladigan, o\u02bbzim rozi bo\u02bblgan olimlardan eshitdimki, ular: \u201cHikmat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir\u201d, dedi. Bu gap ayni haqiqatdir\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Shofe\u02bciy ma\u02bcqullagan va Qur\u02bcon olimlaridan naql qilgan bu qarash barcha salaf solihlar va yetuk mufassirlarning yakdil ittifoqidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Kasir o\u02bbz tafsirida bunday yozadi: Hikmat \u2013 sunnat deganidir. Buni Hasan Basriy, Qatoda, Muqotil ibn Hayyon, Abu Molik va boshqalar aytgan. Shuningdek, u \u201cdindagi chuqur tushuncha\u201d deb talqin qilingan. Bu ikki fikr o\u02bbrtasida qarama-qarshilik yo\u02bbq, biri ikkinchisining mazmuniga uyg\u02bbundir\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu o\u02bbrinda bir muhim jihatga e\u02bctibor qaratish lozimki, bu oyatlardagi \u201chikmat\u201d so\u02bbzini \u201csunnat\u201d deb tafsir qilgan olimlar, tilshunoslik jihatidan hikmat va sunnat so\u02bbzlari mutlaq ma\u02bcnodosh (sinonim) demoqchi emas. Chunki lug\u02bbat darsliklarida, jumladan, Xalil ibn Ahmad Farafidiyning \u00abKitobul ayn\u00bb asarida keltirilishicha, \u201chikmat\u201d so\u02bbzi tilda \u201cilm\u201d va \u201cadolat\u201d ma\u02bcnolarini anglatadi. Mufassirlar oyatning kelish o\u02bbrni va matn siyoqini hisobga olib, uni ilm va adolatning eng oliy darajada namoyon bo\u02bblishi, ya\u02bcni hadis deb izohlagan. Zero, Alloh taolo hikmatni ham nozil qilingan narsalar qatoriga qo\u02bbyishi va uni Kitob bilan birga qayd etishi uning aynan hadis ekaniga yaqqol dalildir. Chunki Alloh taolo tomonidan Kitobdan tashqari nozil qilingan yagona manba \u2013 bu hadisdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davomi bor&#8230;<\/span><\/strong><\/em><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nurmuhammad MATKARIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot <\/strong><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Payg\u02bbambarlik faqat kitob tushishi bilan emas, balki Alloh taolo tanlab olgan bandalariga vahiy nozil qilishi bilan amalga oshishi yetti qat\u02bciy dalil orqali isbotlab berildi. Shuningdek, payg\u02bbambarlarga keladigan vahiy ikki tur \u2013 tilovat qilinadigan (matluv) va tilovat qilinmaydigan (g\u02bbayri matluv) bo\u02bblishi ham ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Endi esa Qur\u02bconi karimning bir qator oyatlarini keltiramiz. Ular o\u02bbz matni, mazmuni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51312,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51311"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51311"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51311\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51922,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51311\/revisions\/51922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51312"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51311"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51311"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51311"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}