{"id":51260,"date":"2026-07-24T17:19:30","date_gmt":"2026-07-24T12:19:30","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260"},"modified":"2026-07-24T17:38:06","modified_gmt":"2026-07-24T12:38:06","slug":"markaziy-osiyo-dinimizga-yot-oqimlarga-makon-bo%ca%bblmagan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz","title":{"rendered":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun ijtimoiy tarmoqlarda dinni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilish holatlari avj olyapti. Bunday vaziyatda kishilar o\u02bbzlarida aniq ma\u02bclumotga muhtojlik sezadi. Dinini sof saqlayman degan inson to\u02bbg\u02bbrini noto\u02bbg\u02bbridan ajratib olishi uchun yetarlicha salohiyatga ega bo\u02bblishi ham muhim ahamiyatga ega.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinni noto\u02bbg\u02bbri talqin etib, odamlarni o\u02bbz g\u02bboyalariga undayotgan oqimlardan biri salafiylik bo\u02bblib, u Markaziy Osiyo mamlakatlariga o\u02bbzining salbiy ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSalafiylik\u201d arab tilidagi \u201csalaf\u201d so\u02bbzidan olingan bo\u02bblib, \u201cajdodlar\u201d, \u201cavval yashab o\u02bbtganlar\u201d ma\u02bcnosini beradi. Hadislarga ko\u02bbra, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Ya\u02bcni, sahoba, tobein va tabaa tobeinlar salafi solihlar hisoblanadi. Ulardan keyin yashaganlarga nisbatan \u201csalaf\u201d atamasi ishlatilmagan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda \u201csalafi solihlarga ergashish\u201d shiori ostida soxta salafiylar jamoasi paydo bo\u02bbldi. Ularning aqidaviy asosi Ibn Taymiya (163-1328)ga borib taqaladi. U fiqhiy-aqidaviy masalalarda ixtilof qilgani sababli ahli sunna ulamolari tomonidan tanqid va keskin raddiyalarga uchragan. Shunday bo\u02bblsa-da, uning g\u02bboyalari keyinchalik turli mutaassib toifalarga xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylik faoliyatiga e\u02bctibor berilsa, ular ahli sunnaning ash\u02bcariy va moturidiylik aqidaviy ta\u02bclimotlari, to\u02bbrt fiqhiy mazhablarni va tasavvufni inkor etadi. Fiqhiy mazhablar o\u02bbrtasidagi juz\u02bciy ixtilofli masalalarni tanqid qilib, ularni ayblaydi va mazhabsizlikka undaydi. Ular fiqhiy-aqidaviy ixtiloflar keltirib chiqarib qolmay, ijtimoiy-siyosiy holatlarni tanqid ostiga olib, o\u02bbz g\u02bboyalarini singdirishga urinadi. Ularning targ\u02bbiboti zamirida jihod va xalifalik g\u02bboyalari yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirda salafiylik g\u02bboyalari keng tus olmoqda. Buni mamlakatimiz misolida ko\u02bbradigan bo\u02bblsak, xorijda turib, o\u02bbzlarini shayx, haq da\u02bcvatchi va islomning asl mohiyatini to\u02bbg\u02bbri ochib beruvchi hisoblayotgan ba\u02bczi salafiy da\u02bcvatchilar mazhablarni ixtilofda ayblab, Qur\u02bcon va sunnatga ergashish da\u02bcvosi bilan salafiylikka, mazhabsizlikka da\u02bcvat qilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy holatlarni tanqid qilib, ta\u02bcsirlarini oshirishga urinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiy da\u02bcvatchilar ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida fiqhiy-aqidaviy mazhablarni tugatish va tasavvufni inkor qilishga qattiq urg\u02bbu bermoqda. Qilayotgan da\u02bcvolari esa jimjimador. Go\u02bbyoki, ular Qur\u02bcon va sunnatga ergashayapti-yu, mazhablar ixtilof keltirib chiqarganday.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixdan ma\u02bclumki, barcha davrlarda o\u02bbz maqsadi yo\u02bblida Islomni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilib, odamlarni haqdan ozdirishga harakat qilib kelgan, adashgan toifalar chiqib turgan. Salafiylar ham xuddi shunday toifalardan biri. Agar tahqiq qilinadigan bo\u02bblsa, ularning g\u02bboyalari tarixdagi mo\u02bbtazila, mushabbiha, mujassima, karromiya kabi botil toifalarning qarashlariga o\u02bbxshashi yaqqol ko\u02bbrinadi. Quyida ulardan ba\u02bczilarini ko\u02bbrib o\u02bbtamiz.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, ular aqida borasida\u00a0<strong>\u201cRahmon Arshga istivo qildi\u201d\u00a0<\/strong>(Toha, 5-oyat),<strong>\u00a0\u201cYoki sizlar \u201cosmondagi\u201d zot\u00a0<\/strong>(Alloh)<strong>dan xotirjammisiz?!\u201d\u00a0<\/strong>(Mulk, 16-oyat),<strong>\u00a0\u201cBalki Alloh taolo u\u00a0<\/strong>(Iso alayhissalom)<strong>ni O\u02bbziga ko\u02bbtarib oldi\u201d\u00a0<\/strong>(Niso, 158-oyat) kabi ba\u02bczi mutashobih oyatlarni zohiriga qarab, Alloh taologa makon nisbat beradi va U Zotni osmonda, deb da\u02bcvo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga ko\u02bbra, Alloh taolo makondan oliy va behojat Zotdir. Ahli sunna ulamolari aqidaviy masalalarda, ayniqsa, Alloh taolo borasida, U Zotni nuqson va kamchiliklardan poklashda o\u02bbta ehtiyotkordir. Eng nozik nuqtalarni ham e\u02bctibordan chetda qoldirmay, masalaning asl mohiyatini ochib berishga bor kuch-quvvatini sarflagan. Alloh taologa makon nisbat berish U Zotni maxluqotlarga o\u02bbxshatishdir. U Zot azza va jalla Qur\u02bconi karimda:\u00a0<strong>\u201cAlbatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir\u201d\u00a0<\/strong>(Ankabut, 6-oyat), degan. Ya\u02bcni, Arsh, yer va osmon kabilar Alloh yaratgan maxluqotlar bo\u02bblib, olam jumlasiga kiradi. Olam esa azaliy emas, Alloh taolo azaliydir. Azalda esa Allohdan o\u02bbzga biror narsa mavjud bo\u02bblmagan. U Zot azalda makon va zamondan xoli bo\u02bblgan va doim shunday bo\u02bbladi. Demak, Alloh taolo olamlardan behojat, ya\u02bcni ularga hojati tushmaydigan Zotdir. Boshqa bir oyatda U Zot:\u00a0<strong>\u201cUnga o\u02bbxshash biror narsa yo\u02bbq\u201d\u00a0<\/strong>(Shuro, 11-oyat), deydi. Ya\u02bcni, Alloh taolo biror narsaga o\u02bbxshamaydi va O\u02bbzi yaratgan narsalarga o\u02bbxshab biror makonga muhtoj emas.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, salafiylarning tavhid, qabrlarni ziyorat qilish, mavlidni nishonlash, namozdan keyin jamoat bo\u02bblib duo qilish va yana ko\u02bbplab aqidaviy masalalarda ixtiloflari mavjud. Lekin ularning barcha da\u02bcvolariga ahli sunna olimlari kuchli dalillar asosida javob bergan va berib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirda ba\u02bczi salafiylar Alloh taoloning\u00a0<strong>\u201cAllohning arqonini mahkam tuting\u201d\u00a0<\/strong>(Oli Imron, 103-oyat), oyatini keltirib: \u201cAllohni arqonini birga ushlash va ixtiloflashmaslik kerak. Ixtiloflashsa, qalblar ixtiloflashadi. Balki o\u02bbzlaricha: \u201cBiz islomga odamlarni tarbiyalayapmiz. O\u02bbzini mazhabiga amal qilsa, nimasi yomon\u201d, deyapmiz\u201d deb o\u02bbylashi mumkin. Lekin bu hech qachon odamlarni birlikka olib kelmaydi. Balki ixtilofga, bo\u02bblinishga olib keladi\u201d deb mazhabga ergashish ixtilofga sabab ekanini da\u02bcvo qilmoqda. Bu da\u02bcvolari bilan mazhablarni Islomdan boshqadek tasavvur qildirishga urinmoqda. Vaholanki, Islom dini shu to\u02bbrt mazhab asosida asrlar osha yashab kelmoqda. Millionlab odamlar shu mazhablar asosida dinga amal qilyapti. Ya\u02bcni, aqidada Moturidiya va Ash\u02bcariya ta\u02bclimotiga, fiqhda Hanafiy, Molikiy, Shofeiy va Hanbaliy mazhablariga amal qilmoqda. Xuddi Payg\u02bbambarimiz aytganlaridek, savodul a\u02bczam \u2013 ulkan jamoatni lozim tutmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asrlar davomida ushbu to\u02bbrt mazhabning mujtahid olimlari Islomning asl mohiyatini Qur\u02bcon va sunnat asosida musulmonlarga bayon qilib kelgan. Salafiylar esa, tarixda ham, hozirda ham ummat ichida ixtilof va tafriqaga, diniy va ijtimoiy-siyosiy notinchlikka sabab bo\u02bblyapti, xolos.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylarning qiziq bir jihati shundaki, o\u02bbzlarini haq yo\u02bblidaligini aytib, da\u02bcvatlarida o\u02bbziga ergashishni targ\u02bbib qiladi. Vaholanki, musulmonlar shundoq ham ulardan ko\u02bbra olimroq, Qur\u02bcon va sunnatni ulardan ko\u02bbra chuqur biluvchi, Payg\u02bbambarimizga ulardan ko\u02bbra yaqinroq davrda yashagan mazhab mujtahidlariga ergashadi. Chunki mazhab mujtahidlari ulardan ko\u02bbra ergashishga loyiqroq zotlardir. Shunday ekan, dinini sof saqlayman degan har bir musulmon kecha paydo bo\u02bblgan toifaga emas, ahli sunna val jamoa mazhabiga ergashishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylikning tarixiy ildizlariga e\u02bctibor berilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bu kabi oqimlarga makon bo\u02bblmagan. Ammo doimiy tarzda bu o\u02bblkalarga o\u02bbzlarining botil g\u02bboyalarini singdirishga urinishlar bo\u02bblgan va davom etmoqda. Lekin har davrda ularning g\u02bboyalariga qarshi ahli sunna val jamoa ulamolari o\u02bbzlarining fiqhiy-aqidaviy mazhablarini mahkam tutgan holda qattiq kurash olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixan mamlakatimiz aqidaviy jihatdan moturidiylik, fiqhiy jihatdan hanafiylik mazhabini asrlar osha mahkam tutib kelgan. Xalqning urf odati-yu, milliy ongida ushbu fiqhiy-aqidaviy mazhablar asosiy rol o\u02bbynaydi. Yaqinda chiqib, \u201chaqiqiy to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl\u201dni ko\u02bbrsatmoqchi bo\u02bblayotganlar asrlar osha dinga amal qilib kelgan ushbu xalqni va qanchadan-qancha olimlarni tarbiyalagan ushbu diyor odamlarini Islomga noto\u02bbg\u02bbri amal qilib kelganini da\u02bcvo qilmoqda. O\u02bbzlarini Qur\u02bcon va sunnatga amal qilayotganini iddao qilib, mazhablarni inkor etmoqda. Mazhablarni Rasululloh va sahobalar davrida bo\u02bblmaganini da\u02bcvo qilmoqda. Bu juda ham noto\u02bbg\u02bbri da\u02bcvo. Ularning da\u02bcvolari noto\u02bbg\u02bbri va soxta ekani kundek ravshan. Bunga hujjat-dalillar yetarli darajada ko\u02bbp. Tarixda ham, hozirda ham ahli sunna olimlari ularning yo\u02bbli noto\u02bbg\u02bbri ekanini isbotlab bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylik faoliyatning mamlakatimiz hayotiga salbiy ta\u02bcsiri bor. Chunki biz ahli sunnaning fiqhiy-aqidaviy mazhablarini mahkam tutgan va hayot tarziga tasavvuf g\u02bboyalari singgan xalqmiz. Salafiylik esa aynan mazhablar va tasavvufni qoralaydi. Shu sababli salafiylik g\u02bboyalarining kirib kelishi xalq orasida ixtilof va bo\u02bblinishlarga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotida yuz bergan vahhobiylik harakatining xurujlari bunga yorqin misol. Salafiylik ham diniy, ham siyosiy beqarorlikka sabab bo\u02bbladi. Chunki ularning asl maqsadi zamirida hijrat va xalifalikni tiklash kabi g\u02bboyalari yotadi. Vaholanki, musulmonlarning yagona xalifalik ostida yashashi haqida buyruq yoki ko\u02bbrsatma mavjud emas. Chunki Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam xalifalik haqida:\u00a0<strong><em>\u201cMendan so\u02bbng xalifalik o\u02bbttiz yildir. Undan keyin podshohliklar bo\u02bbladi\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat borasida esa:\u00a0<strong><em>\u201cFathdan keyin hijrat yo\u02bbq\u201d<\/em><\/strong><em>,\u00a0<\/em>deganlar. Ulamolar: \u201cBu hadis umumiy bo\u02bblib, o\u02bbzidan oldin kelgan hijratga dalolat qiluvchilarni nasx qiluvchidir\u201d, degan. Shu bilan birga, Nabiy sollallohu alayhi vasallam musulmon bo\u02bblgan arablarni o\u02bbzlari tomon hijrat qilishga amr qilmagan va o\u02bbz yurtida turishlarini inkor ham etmaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, salafiylik faoliyati jamiyat ichida diniy-siyosiy qarama-qarshiliklar va nizolarning yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirda dunyo jamoatchiligining tinchligiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotgan bu toifalar mamlakatimizga ta\u02bcsir o\u02bbtkazishga urinmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda o\u02bbzbek tilli ba\u02bczi salafiy da\u02bcvatchilar o\u02bbz g\u02bboyalarini yoyishga harakat qilmoqda. Dunyoning turli davlatlarida bo\u02bblgani kabi mamlakatimizda ham ularning botil aqidalariga ergashib qolish holatlari mavjud. Bu holat, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadigan yoshlar orasida ko\u02bbp uchraydi. Dinga qiziqqan yoshlar orasida bilib-bilmay ularning ta\u02bcsir doirasiga tushib qolish holatlari bo\u02bblyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiy da\u02bcvatchilarning ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalardagi faoliyati ancha rivojlangan. Ularni kuzatib boruvchilar soni ko\u02bbpayishda davom etmoqda. Bunga Yaqin Sharqdagi, ayniqsa, Suriya va Falastin yerlaridagi beqarorlik katta hissa qo\u02bbshmoqda. Chunki ular o\u02bbzlarini musulmonlar uchun qayg\u02bburayotgan jonkuyar insonlar qilib ko\u02bbrsatishida ana shu qurolli nizolarning ta\u02bcsiri bor. O\u02bbzlari demokratik mamlakatlar hududidan boshpana topganiga qaramay, yoshlarni O\u02bbzbekistondagi demokratik tuzumni kufr tuzumi, deb ta\u02bcrif berishi, hukumatga qarshi chiqish lozimligi haqidagi chaqiriqlari mantiqsizlikdan boshqa narsa emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, ular nufuzli ilmiy tashkilotlar yoki e\u02bctiborli ulamolar tarafidan e\u02bctirof etilgan ham emas. Shunday bo\u02bblsa-da, ular o\u02bbz chiqishlarida har qanday yurtda uchrashi mumkin bo\u02bblgan ayrim ijtimoiy muammolarni qo\u02bbshib o\u02bbtishi ularning auditoriyasi ko\u02bbpayishiga sabab bo\u02bblayotir. Bunday kimsalarning ba\u02bczan haqiqatni gapirib, ortidan nohaqlikni iroda qilayotgani, buni esa din borasida yetuk bilimga ega bo\u02bblmagan yoshlar anglab yetmayotgani ularga asqotmoqda.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buning oldini olish uchun avvalo, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash lozim. Qolaversa, adashgan toifalar da\u02bcvolarining noto\u02bbg\u02bbri ekanligini isbotlovchi raddiya shaklidagi videomurojaatlarni ko\u02bbpaytirish va uni xalqimizga yetkazish foydadan xoli bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ravshan ELMURODOV,<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong>\u00a0<strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: <a href=\"https:\/\/zarnews.uz\/mutolaa\/markaziy-osiyo-dinimizga-yot-oqimlarga-makon-bolmagan\"><span style=\"color: #0000ff;\">zarnews.uz<\/span><\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun ijtimoiy tarmoqlarda dinni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilish holatlari avj olyapti. Bunday vaziyatda kishilar o\u02bbzlarida aniq ma\u02bclumotga muhtojlik sezadi. Dinini sof saqlayman degan inson to\u02bbg\u02bbrini noto\u02bbg\u02bbridan ajratib olishi uchun yetarlicha salohiyatga ega bo\u02bblishi ham muhim ahamiyatga ega. Dinni noto\u02bbg\u02bbri talqin etib, odamlarni o\u02bbz g\u02bboyalariga undayotgan oqimlardan biri salafiylik bo\u02bblib, u Markaziy Osiyo mamlakatlariga o\u02bbzining salbiy ta\u02bcsirini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51261,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-07-24T12:19:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-07-24T12:38:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz\",\"name\":\"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg\",\"datePublished\":\"2026-07-24T12:19:30+00:00\",\"dateModified\":\"2026-07-24T12:38:06+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-07-24T12:19:30+00:00","article_modified_time":"2026-07-24T12:38:06+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz","name":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg","datePublished":"2026-07-24T12:19:30+00:00","dateModified":"2026-07-24T12:38:06+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/yot2407.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51260&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MARKAZIY OSIYO DINIMIZGA YOT OQIMLARGA MAKON BO\u02bbLMAGAN"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51260"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51260"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51265,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51260\/revisions\/51265"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51261"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}