{"id":51166,"date":"2026-07-22T09:54:24","date_gmt":"2026-07-22T04:54:24","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166"},"modified":"2026-07-22T09:54:24","modified_gmt":"2026-07-22T04:54:24","slug":"sulosiyotul-buxoriyning-nodir-qo%ca%bblyozma-nusxalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy \u201cAmirul mo\u02bbminin fil hadis\u201d \u201c(Hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri)\u201d \u201cImomul muhaddisin\u201d (Muhaddislar imomi), \u201cImomud dunyo\u201d \u201c(Dunyo imomi)\u201d va \u201cShayxulislom\u201d<\/span><a name=\"_ftnref1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28699#_ftn1\">[7:11-12]<\/a> rutbalariga sazovor bo\u02bblgan. Allomaning hayoti va boy ma\u02bcnaviy merosini keng tadqiq etish yuzasidan nafaqat yurtimiz, balki butun islom olamida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Imom Buxoriy qirq yil mobaynida ko\u02bbplab mamlakatlarda ilmiy safarda bo\u02bblib, yigirma to\u02bbrtta asar yozgani qayd etilgan. Allomaning shoh asari \u2013 \u201cSahihul Buxoriy\u201dda 7563 hadis jamlangan. Hadislar sanadi (roviylar silsilasi)dagi roviylarning soni uchtadan to\u02bbqqiztagachadir. Jumladan, 7135-tartib raqami bilan kelgan birgina hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Imom Buxoriyga to\u02bbqqizta roviy orqali yetib kelgan. Hadislarning aksari 5-6 roviylik hadislar hisoblanadi. Uch roviy orqali yetib kelgan hadislar esa 22 tani tashkil etadi. Ya\u02bcni muallif bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o\u02bbrtasidagi roviylarning soni uch kishidan iborat. Masalan, Imom Buxoriy hadisni taba tobeindan, u tobeindan, u sahobadan, sahoba esa shaxsan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan. Uch roviyli \u2013 oliy sanadli hadislarni o\u02bbz ichiga olgan asarlar \u201cSulosiyot\u201d deb nomlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotning maqsadi. Muhaddislar jamlagan \u201cSulosiyot\u201d asarlar, \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dga yozilgan sharhlar haqida ma\u02bclumot berish, \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dning dunyo kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan nodir qo\u02bblyozma nusxalarini aniqlash va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida saqlanayotgan \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dning nodir qo\u02bblyozma nusxasini kodikologik tahlil qilishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muhaddislarning \u201cSulosiyot\u201d asarlari. <\/strong>\u201cSulosiyot\u201d kitoblar talaygina bo\u02bblib, ular orasida \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201d ancha mashhurdir. Imom Dorimiyning (797-869-y.) sulosiyotida o\u02bbn yettita, Ibn Mojaning (824-887-y.) sulosiyotida beshta, Imom Abu Iso Termiziyning (824-892-y.) sulosiyotida bitta, Imom Tabariy (873-971-y.) bitgan hadislar to\u02bbplamida uchta va Imom Ahmadning (780-855) \u201cMusnad\u201d asarida 332 ta hadis uch roviylidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu turdagi hadislar olti sahih hadis to\u02bbplamiga kiruvchi kitoblarning barchasida ham uchramaydi. Masalan, Imom Muslim (820-875), Imom Abu Dovud (817-889) va Imom Nasoiy (830-915)ning to\u02bbplamlarida uch roviylik hadislar kelmagan<\/span><a name=\"_ftnref2\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28699#_ftn2\">[6:7-8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dga yozilgan sharhlar<\/strong><strong>. <\/strong>\u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dga o\u02bbndan ortiq olimlar tomonidan sharhlar yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulxayr Muhammad ibn Abu Imron Muso Marvaziy Saffor (988-1078) birinchilardan bo\u02bblib \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dga \u201cSharh Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsiddin Muhammad ibn Abduddoim ibn Muso Birmoviy Misriy Shofeiy (1362-1428) ham \u201cSharh Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan. Uning sharhi manzuma shaklidagi urjuza bo\u02bblib, bir necha marta nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy (71372-1449) \u201cTajrid Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ibrohim Hazramiy (vaf. 1376) \u201cAl-Farondul marviyot fi favoidis sulosiyot\u201d nomli sharh yozgan. Ushbu sharh 2014-yili Misrda nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammadshoh ibn Hasan ibn Muhammad Rumiy Hanafiy (vaf. 1532) \u201cSharh Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsiddin Muhammad Ko\u02bbhistoniy (vaf. 1555) \u201cSharhus sulosiyot\u201d nomli sharh bitgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Hamiduddin ibn Abdulloh Sindiy Madaniy (vaf. 1600) tomonidan 1595-yilda \u201cSharh Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozilgan. Mazkur sharhning 1277\/1860-yilda ko\u02bbchirilgan 64 varaqdan iborat 1 dona qo\u02bblyozma nusxasi O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondida \u21168742\/I raqam ostida saqlanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nuriddin Ali ibn Sulton Muhammad Hiraviy Makkiy Hanafiy (vaf. 1605) ham \u201cTa\u02bcliqotul qori \u02bcala Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan. Mazkur sharhda asosan \u201cFathul Boriy\u201d asaridan foydalangan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shahobiddin Ahmad Misriy Shofeiy Ajamiy (1605-1675) \u201cSharh Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali Bayyumiy (1696-1769) \u201cHadoyotul Boriy fi sulosiyotil Buxoriy\u201d nomli asar yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulbosit ibn Rustam Qannujiy Hindiy Hanafiy (1746-1808) \u201cNazmul laoliy fi sharhi Sulosiyotil Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Siddiqxon ibn Hasanxon Qannujiy (1832-1890) \u201cG\u02bbunyatul kori bi tarjimati Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Muhammad Majalliy Shaxriy (vaf. 1902) \u201cAd-Daroriyun noshirot fi tarjimat ma fil Buxoriy min sulosiyot\u201d nomli sharh yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abuttayyib Muhammad Shamsulhaq Azimobodiy (1856-1911). \u201cFazlul Boriy sharh Sulosiyotul Buxoriy\u201d.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdussabur ibn Abduttavvob Multoniy (vaf. 1930) \u201cIn\u02bcomul mun\u02bcimil Boriy bi sharhi Sulosiyotul Buxoriy\u201d nomli sharh yozgan <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28699#_ftn2\">[2:8-11]<\/a>.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dning<\/strong> <strong>nodir qo\u02bblyozma nusxalari<\/strong><strong>. <\/strong>Hozirgi kunda \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dning nodir qo\u02bblyozma nusxalari dunyoning barcha mintaqalaridagi kutubxona va arxivlarida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida inv. \u2116 1620 (Ko\u02bbchirilgan sana: 949\/1542-y. hajmi: 1-4 varaq) va inv. \u2116 1621 (Ko\u02bbchirilgan sana: 1150\/1737-y. hajmi: 37-41 varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misr Arab Respublikasidagi Azhar kutubxonasida inv. \u2116125 (hajmi: 1<sup>b<\/sup> \u2013 17<sup>b <\/sup>varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pokiston Islom Respublikasidagi Qosimiya kutubxonasida inv. \u2116 20 (hajmi: 15 varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rossiya Federatsiyasidagi Sankt-Peterburg kutubxonasida inv. \u2116 B 2283 (hajmi: 28<sup>b<\/sup>-33<sup>b<\/sup>), inv. \u2116 B 3004 (Ko\u02bbchirilgan sana: 1313\/1896-y. hajmi: 50<sup>b<\/sup>-68<sup>b<\/sup> varaq) va inv. \u2116 B 4250 (Ko\u02bbchirilgan sana: 1016\/11607-y. hajmi: 246<sup>b<\/sup>-251<sup>b<\/sup> varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistonining Riyod shahridagi \u201cPodshoh Faysal ilmiy tadqiqotlar va islomshunoslik markazi kutubxonasi\u201d kutubxonasida inv. \u2116-1884, <strong>\u0641\u0643<\/strong>-1885,<strong>\u0641<\/strong> -3-1148 (Xattot: Muhammad ibn Abdurahmon ibn Ahmad Ju\u02bcfiy. Ko\u02bbchirilgan sana: 1285\/1842-y. hajmi: 8 varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tunis Respublikasining Tunis Milliy kutubxonasida inv. \u2116 139. \u2116 A-MSS-6809;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiyadagi Anqara milliy kutubxonasida inv. \u2116 139 (Ko\u02bbchirilgan sana: 934\/1527-y. hajmi: 57<sup>b<\/sup>-61<sup>a<\/sup> varaq), inv. \u2116 \u2116 543\/6 (hajmi: 84<sup>b<\/sup>-88<sup>a<\/sup> varaq), Konya o\u02bblka yozma asarlar kutubxonasida inv. \u2116 374\/4 (hajmi: 30<sup>b<\/sup>-38<sup>a<\/sup>), Istanbul shahridagi Sulaymoniya kutubxonasining Asad Afandi kolleksiyasida inv. \u2116 3547 (hajmi: 1-4 varaq), Ayo Sofiya kolleksiyasida inv. \u2116 000882 (hajmi: 120-122 varaq), Laleli kolleksiyasida inv. \u2116 000255-006 (hajmi: 81-83 varaq), Raisul kuttab kolleksiyasida inv. \u2116 001190 (Ko\u02bbchirilgan sana: 949\/1542-y. hajmi: 24-26 varaq), Shahid Ali Posho kolleksiyasida inv. \u2116 000333 (Xattot: Qosim ibn Muhammad. hajmi: 56-61 varaq), Hamidiya kolleksiyasida inv. \u2116 001456 (Ko\u02bbchirilgan sana: 879\/1474-y. hajmi: 235-240 varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida inv. \u2116 428\/IV (Ko\u02bbchirilgan sana: 994\/1585-86-y. hajmi: 188<sup>a<\/sup>-192<sup>a <\/sup>varaq) va O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida inv. \u2116 4079 (hajmi: 111<sup>b<\/sup>-116<sup>b<\/sup> varaq), inv. \u2116 4079\/II (Ko\u02bbchirilgan sana: 998\/1590-y. hajmi: 111<sup>a<\/sup>-116<sup>b<\/sup> varaq), inv. \u2116 4876 (hajmi: 116<sup>b<\/sup>-123<sup>b<\/sup> varaq), inv. \u2116 6591 (hajmi: 59<sup>b<\/sup>-63<sup>a<\/sup> varaq), inv. \u2116 6767 (hajmi: 145<sup>b<\/sup>-149<sup>b<\/sup> varaq) va inv. \u2116 7131 (hajmi: 225<sup>a<\/sup>-226<sup>b<\/sup> varaq);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hindiston Respublikasining Mavlono Abu Kalom Ozod arab va fors tadqiqotlar instituti kutubxonasida inv. \u2116 T\/1987\/5 (Ko\u02bbchirilgan davr: XIII\/XIX asr. hajmi: 2 varaq), inv. \u2116 T\/1987\/6 (Ko\u02bbchirilgan davr: XIII\/XIX asr. hajmi: 2 varaq) raqamlar ostida saqlanmoqda.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur nusxalar turli zamonlarda, har xil joylarda, boshqa-boshqa xattotlar tomonidan ko\u02bbchirilgani bois ularning yozilishi va hajmi bir-biridan farq qiladi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Markaz manbalar xazinasida saqlanayotgan qo\u02bblyozmaning kodikologik tahlili. <\/strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida \u2116 428 raqam bilan saqlanayotgan qo\u02bblyozma majmua bo\u02bblib, unda Shamsiddin Muhammad Jazariyning (1350-1429-y.) \u201cAl-Hisnul hasin\u201d, Abu Iso Muhammad Termiziyning (824-892-y.) \u201cAsh-Shamoyilul Muhammadiya\u201d, Muhiddin Navaviyning (1233-1277-y.) \u201cArbain\u201d, Jaloliddin Suyutiyning \u201cLubobul hadis\u201d va \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201d risolalari jamlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201d \u2116 428\/IV raqam ostida bo\u02bblib, uning umumiy hajmi 269 varaqni, o\u02bblchami 15&#215;9 sm.ni tashkil etadi. \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201d majmuaning 188<sup>a<\/sup>-192<sup>a<\/sup> varaqlaridan o\u02bbrin olgan bo\u02bblib, 5 varaqdan iborat. Asardagi matn o\u02bblchami 6&#215;3.5 sm.ni tashkil etadi. Uning 188<sup>a<\/sup> varag\u02bbida matn satrlari 6 qatorni, 188<sup>b<\/sup> varag\u02bbida 12 qatorni, 189<sup>a<\/sup> \u2013 191<sup>b<\/sup> varaqlarida 13 qatorni va 192<sup>a <\/sup>varag\u02bbida 10 qatorni tashkil etadi. Asar Samarqand qog\u02bboziga qora siyoh bilan nasx xatida ko\u02bbchirilgan. Matn ichidagi hadislarning tartib raqami va zaruriy deb topilgan ayrim qaydlar qizil siyohda yozilgan. Hoshiyasida izoh va qaydlar ham mavjud. Asar nomi 188<sup>a<\/sup> va 188<sup>b<\/sup> varaqlarda \u201c\u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u062d\u064e\u0627\u062f\u0650\u064a\u062b\u064f \u0627\u0644\u062b\u0644\u0627\u062b\u0650\u064a\u064e\u0627\u062a\u064f\u201d (\u201cAl-Ahodisus sulosiyot\u201d)<\/span><a name=\"_ftnref3\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28699#_ftn3\">[3:188<sup>\u0430-\u0431<\/sup>]<\/a> shaklida qayd etilgan. Asarning ko\u02bbchirilgan sanasi va xattot nomi ko\u02bbrsatilmagan. Lekin undan oldingi \u201cAl-Hisnul hasin\u201d asarining kolofon qismida 821\/1418-yili jumodus soniy oyida ko\u02bbchirilgani qayd etilgan<\/span><a name=\"_ftnref4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28699#_ftn4\">[4:87<sup>\u0431<\/sup>]<\/a>. Mazkur asarlar bir majmuada jamlangani va husnixati, xat turi, yozish uslubi, qog\u02bboz turining bir xilligidan kelib chiqib, \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dni ham shu sanada ko\u02bbchirilgan deb xulosa qilish mumkin. Kitob yaxshi saqlangan, muqovasi va tayakisi charmdan ishlangan bo\u02bblib, chetlari biroz yemirilgan. Orqa muqovasi joyidan ajralgani bois ta\u02bcmirlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dning muqaddimasi Ibn Hajar Asqaloniyning (1372\/1449-y.) muqaddimasidagi jumlalar bilan boshlangan. Ibn Hajar Asqaloniy \u201cJomi\u02bcus sahih\u201dning eng mashhur sharhlaridan biri \u201cFathul Boriy\u201dning muallifidir. U zot qohiralik bo\u02bblib, xalq orasida shofeiy mazhabining taniqli olimi, muhaddis va muarrix sifatida tanilgan. Ibn Hajar Asqaloniy \u201cFathul Boriy\u201ddan tashqari \u201cAd-Durarul komina\u201d, \u201cLisonul mezon\u201d, \u201cAl-Isoba fi tamyizis sahoba\u201d, \u201cTahzibut Tahzib\u201d, \u201cBulug\u02bbul marom\u201d, \u201cSubulus salom\u201d va \u201cNuzxatun nazar\u201d kabi yuzga yaqin asarlar muallifidir <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28756#_ftn1\">[5:13]<\/a>. U zot \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dni alohida ajratib olib, tartib bergan. Uning muqaddimasida kelgan quyidagi jumlalarni \u201cSulosiyotul Buxoriy\u201dning boshqa olimlar tomonidan tartiblangan ba\u02bczi nusxalari va unga yozilgan ayrim sharhlarning muqaddimalarida ham keltirilganini ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida 428\/IV raqam bilan saqlanayotgan nusxada ham keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u0628\u0633\u0645 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0627\u0644\u0631\u0651\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0650\u064a\u0645\u0650 \u0627\u0644\u0652\u062d\u064e\u0645\u0652\u062f\u064f \u0644\u0650\u0644\u0647\u0650 \u0631\u064e\u0628\u0651\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0645\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e \u0627\u0644\u0635\u0651\u064e\u0644\u0648\u0629\u064f \u0648\u064e\u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0644\u0627\u0645\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u062e\u064e\u064a\u0652\u0631\u064d \u062e\u064e\u0644\u0652\u0641\u0650\u0647\u0650 \u0645\u064f\u062d\u064e\u0645\u0651\u064e\u062f\u064d \u0648\u064e \u0622\u0644\u0650\u0647\u0650 \u0623\u064e\u062c\u0652\u0645\u064e\u0639\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e \u0628\u064e\u0639\u0652\u062f\u064f \u0641\u064e\u0647\u064e\u0630\u0650\u0647\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u062d\u064e\u0627\u062f\u0650\u064a\u062b\u064f \u0627\u0644\u062b\u0644\u0627\u062b\u0650\u064a\u064e\u0627\u062a\u064f \u0627\u0644\u0651\u064e\u062a\u0650\u064a \u0623\u064e\u062e\u0652\u0631\u064e\u062c\u064e\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0652\u0625\u0650\u0645\u064e\u0627\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0647\u064f\u0645\u064e\u0627\u0645\u064f \u0623\u064e\u062d\u064e\u062f\u064f \u0633\u064e\u0644\u064e\u0627\u0637\u0650\u064a\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0625\u0650\u0633\u0652\u0644\u0627\u0645\u0650 \u0623\u064e\u0628\u064f\u0648 \u0639\u064e\u0628\u0652\u062f\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0647\u0650 \u0645\u064f\u062d\u064e\u0645\u0651\u064e\u062f\u064f \u0628\u0652\u0646\u064f \u0625\u0650\u0633\u0652\u0645\u064e\u0627\u0639\u0650\u064a\u0644\u064e \u0627\u0644\u0652\u0628\u064f\u062e\u064e\u0627\u0631\u0650\u064a\u0651\u064f \u0631\u064e\u062d\u0650\u0645\u064e\u0647\u064f \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0641\u0650\u064a \u062c\u064e\u0627\u0645\u0650\u0639\u0650\u0647\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0652\u062a\u064e\u062e\u064e\u0628\u0652\u062a\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0645\u0650\u0646\u0652\u0647\u064f \u062a\u064e\u0630\u0652\u0643\u0650\u0631\u064e\u0647\u064f \u0644\u0650\u0628\u064e\u0639\u0652\u0636\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0625\u0650\u062e\u0652\u0648\u064e\u0627\u0646\u0650 \u0648\u064e \u0645\u0650\u0646\u064e \u0627\u0644\u0644\u0647\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0625\u0650\u0633\u0652\u062a\u0650\u0639\u064e\u0627\u0646\u064e\u0647\u064f \u0648\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0627\u0644\u062a\u0651\u064e\u0643\u064e\u0644\u0627\u0646\u064f<\/span><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28756#_ftn2\">[3\u061b188<sup>\u0430<\/sup>]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Olamlar Rabbi Allohga hamdlar bo\u02bblsin. U yaratgan xalqning eng yaxshisi Muhammad alayhissalomga va ahli oilalariga salavot va salomlar bo\u02bblsin. Amma ba\u02bcd, ushbu Al-Ahodisus sulosiyot \u2013 uch roviylik hadislarni buyuk imom, islom (ilmlari) sultonlarining biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahullohning o\u02bbz to\u02bbplamidan chiqargan (yozgan)lari bo\u02bblib, men ularni ayrim do\u02bbstlarga yodgorlik bo\u02bblishi uchun ajratib oldim. Yordam Allohdandir! Zotan, U yordam so\u02bbralguvchi Zotdir, suyanch Ungadir!\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan so\u02bbng asar basmala, asar nomi va muallifning ismini qayd qilish bilan boshlangan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0628\u0633\u0645 \u0627\u0644\u0644\u0651\u0647\u0650 \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0645\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0650\u064a\u0645\u0650<\/span><\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u062d\u064e\u0627\u062f\u0650\u064a\u062b\u064f \u0627\u0644\u062b\u0644\u0627\u062b\u0650\u064a\u064e\u0629 \u0644\u0644\u0627\u0645\u0627\u0645 \u0623\u064e\u0628\u064a \u0639\u064e\u0628\u0652\u062f \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0645\u064f\u062d\u064e\u0645\u0651\u064e\u062f \u0628\u0646 \u0625\u0650\u0633\u0652\u0645\u064e\u0627\u0639\u0650\u064a\u0644 \u0627\u0644\u0652\u0628\u064f\u062e\u064e\u0627\u0631\u0650\u064a\u0651\u064f \u0631\u064e\u062d\u0650\u0645\u064e\u0647\u064f \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f<\/span><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>(Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahullohning Al-Ahodisus sulosiyoti \u2013 uch roviylik hadislari).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda quyidagi hadis birinchi keltirilgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong>\u0627\u0644\u062d\u062f\u064a\u062b \u0627\u0644\u0627\u0648\u0651\u0644\u064f \u062d\u062f\u0651\u062b\u0646\u0627 \u0627\u0644\u0645\u064e\u0643\u064a\u0651\u064f \u0628\u0652\u0646 \u0625\u0628\u0631\u064e\u0627\u0647\u064a\u0645 \u0642\u0627\u0644: \u062d\u062f\u0651\u064e\u062b\u0646\u064e\u0627 \u064a\u0632\u064a\u062f\u064f \u0628\u0652\u0646 \u0627\u064e\u0628\u064a \u0639\u064f\u0628\u064e\u064a\u0652\u062f\u064d \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0633\u064e\u0644\u064e\u0645\u064e\u0629\u064e \u0628\u0646 \u0627\u0644\u0627\u064e\u0643\u0652\u0648\u0639\u064e \u0631\u064e\u0636\u064e\u0649\u064e\u0623\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647 \u0639\u0646\u0652\u0647\u064f \u0642\u0627\u0644: \u0633\u064e\u0645\u0639\u062a\u064f \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0628\u0650\u064a \u0635\u064e\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u0644\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u064e \u0633\u064e\u0644\u0645 \u064a\u064e\u0642\u064f\u0648\u0644\u064f: \u201c\u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0642\u064f\u0644\u0652 \u0639\u064e\u0644\u064a\u0651\u064e \u0645\u0627 \u0644\u064e\u0645\u0652 \u0623\u064e\u0642\u064f\u0644\u0652 \u0641\u064e\u0644\u0652\u064a\u064e\u062a\u0628\u0648\u0651\u0621\u0652 \u0645\u064e\u0642\u0652\u0639\u064e\u062f\u064e\u0647 \u0645\u0650\u0646\u064e \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0631\u0650\u201d \u0627\u064e\u062e\u0631\u062c\u0647 \u0641\u0649 \u0643\u062a\u0627\u0628 \u0627\u0644\u0639\u0644\u0645 \u0641\u0649\u0650 \u0628\u0627\u0628 \u0627\u0650\u062b\u0645 \u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0630\u064e\u0628\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0628\u0650\u0649\u0651\u064e \u0635\u064e\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u0644\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u064e \u0633\u064e\u0644\u0645<\/strong><\/span> [3:188<sup>b<\/sup> ; 5;12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cBizga Makkiy ibn Ibrohim hadis aytdi. U: \u201cBizga Yazid ibn Abu Ubayd, Salama ibn Akva\u02bc roziyallohu anhudan hadis aytdi\u201d, dedi. Salama: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallamning:<strong> <em>\u201cKimki men aytmagan narsani mening nomimdan aytsa, (oxiratda) o\u02bbziga do\u02bbzaxdan joy hozirlayversin\u201d, <\/em><\/strong>deb aytayotganlarini eshitdim\u201d, dedi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28756#_ftn4\">[1:28]<\/a>. Imom Buxoriy ushbu hadisni \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d hadis to\u02bbplamida \u201cIlm kitobi\u201dning \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam nomidan yolg\u02bbon aytgan kishining gunohi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi bobida keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda mazkur hadisning roviylari haqida qisqacha to\u02bbxtalib o\u02bbtishni lozim topdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Makkiy ibn Ibrohim <\/strong>\u2013 <em>taba tobein. <\/em>To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Sakan Makkiy ibn Ibrohim ibn Bashir ibn Firqad Tamimiy Hanzaliy Barjamiy (743-830-y.). U zot 17 yoshidan hadis ilmi bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan. Makkiy ibn Ibrohim Imom Buxoriyning ustozlari orasida eng yoshi ulug\u02bblaridan biri bo\u02bblib, 17 tobeindan hadis tinglagan<\/span><a name=\"_ftnref5\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28756#_ftn5\">[2:22]<\/a>. Imom Buxoriyning \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d hadis to\u02bbplamida kelgan Al-Ahodisus sulosiyot \u2013 uch roviylik hadislardan 11 tasi u zot tomonidan rivoyat qilingan<\/span><a name=\"_ftnref6\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28756#_ftn6\">[6:56]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yazid ibn Abu Ubayd <\/strong>\u2013 <em>tobein<\/em>. To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Xolid Yazid ibn Abu Ubayd Hijoziy Aslamiy (vaf. 147\/764-y.). Salama roziyallohu anhuning qo\u02bblida tarbiya topib, u kishidan ko\u02bbplab hadislar rivoyat qilgan. Yazid ibn Abu Ubayd tobeinlarning o\u02bbrta tabaqasidan bo\u02bblgan. Imom Buxoriyning \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d hadis to\u02bbplamida kelgan Al-Ahodisus sulosiyot \u2013 uch roviylik hadislardan 17 tasi u zot tomonidan rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Salama ibn Akva\u02bc roziyallohu anhu <\/strong>\u2013 <em>sahobiy.<\/em> To\u02bbliq ismi \u2013 Salama ibn Akva\u02bc Aslamiy (613-693). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni: \u201cMardlarimizning yaxshisi!\u201d deb ta\u02bcriflaganlar. Salama ibn Akva\u02bc roziyallohu anhu 77 ta hadis rivoyat qilgan. Imom Buxoriyning \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d hadis to\u02bbplamida kelgan Al-Ahodisus sulosiyot \u2013 uch roviylik hadislardan o\u02bbntasi u zot tomonidan rivoyat qilingan<\/span><a name=\"_ftnref7\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"> <a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28756#_ftn7\">[6:54]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy: \u201cImom Buxoriy rivoyat qilgan sulosiy hadislar orasida sahihlik darajasiga ko\u02bbra ushbu hadisga teng keladigani yo\u02bbq\u201d, deb keltirilgan hadis roviylari ishonchli va hadisning sahihlik darajasi yuqori ekanini e\u02bctirof etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa. <\/strong>Imom Buxoriyning \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d hadis to\u02bbplamida kelgan \u201cAl-Ahodisus sulosiyot\u201d \u2013 \u201cuch roviylik hadislar\u201d sahihlik darajasiga ko\u02bbra eng oliy va ishonchli hadislar hisoblanadi. Buning asosiy sababi, ularning roviylar silsilasi (isnodi)ning qisqaligidadir. Roviylar soni qancha kam bo\u02bblsa, hadisning o\u02bbzgarishi yoki xato bilan yetkazilish ehtimoli kamayib, sahihlik darajasi yuqori bo\u02bbladi. \u201cSulosiyot\u201d hadislarni o\u02bbrganish Imom Buxoriyning hadislarni saralash va tanlash usullarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shuning uchun uni o\u02bbrganish, tadqiq etish va turli tillarga tarjima qilish tadqiqotchilar oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Takliflar. <\/strong>Asar tarjimalari (o\u02bbzbek va boshqa tillar)dagi farqlar va ularning sabablarini tahlil qilish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar sharhlaridagi izohlar, tahlillar va xulosalarni o\u02bbrganish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardagi hadislarning boshqa hadislar va Qur\u02bcon oyatlari bilan bog\u02bbliqligini o\u02bbrganish.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihul Buxoriy, \u2013 T.: O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d DIN. 2008. Ilm kitobi, 39-bob. 109-hadis.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali ibn Hijoziy ibn Muhammad Bayyumiy. \u201cSahihul Buxoriy\u201ddagi uch roviyli oliy sanadli hadislar. Tarjima va izohlar mualliflari: Shukurillo Umarov, Nodir Qobilov. \u2013T.: 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sulosiyotul Buxoriy. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo\u02bblyozmalar fondi, (Qo\u02bblyozma) \u2116428\/IV.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsiddin Muhammad Jazariy \u201cAl-Hisnul hasin\u201d Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo\u02bblyozmalar fondi, (Qo\u02bblyozma) \u2116428\/I.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u2013 Ar-Riyod. 1429\/2008. 3-Ilm kitobi, 38-bob. 109-hadis.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sulosiyotul Buxoriy. (Tadqiqot, tarjima va sharh muallifi: Hamidulla Aminov) \u2013T.: Irfonnashr, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Said Azim Muhammad Ali. Imom Buxoriy ta\u02bcrifi. \u2013T.: Cho\u02bblpon nashriyoti. 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ixtiyor QUSHSHAQOV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari<\/span><\/strong><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy \u201cAmirul mo\u02bbminin fil hadis\u201d \u201c(Hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri)\u201d \u201cImomul muhaddisin\u201d (Muhaddislar imomi), \u201cImomud dunyo\u201d \u201c(Dunyo imomi)\u201d va \u201cShayxulislom\u201d[7:11-12] rutbalariga sazovor bo\u02bblgan. Allomaning hayoti va boy ma\u02bcnaviy merosini keng tadqiq etish yuzasidan nafaqat yurtimiz, balki butun islom olamida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Manbalarda Imom Buxoriy qirq yil mobaynida ko\u02bbplab &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":51167,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-07-22T04:54:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg\",\"datePublished\":\"2026-07-22T04:54:24+00:00\",\"dateModified\":\"2026-07-22T04:54:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-07-22T04:54:24+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz","name":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg","datePublished":"2026-07-22T04:54:24+00:00","dateModified":"2026-07-22T04:54:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/sulosyotul2207.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=51166&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSULOSIYOTUL BUXORIY\u201dNING NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51166"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=51166"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51166\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":51168,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/51166\/revisions\/51168"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/51167"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=51166"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=51166"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=51166"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}