{"id":50783,"date":"2026-07-10T15:48:30","date_gmt":"2026-07-10T10:48:30","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50783"},"modified":"2026-07-10T19:06:19","modified_gmt":"2026-07-10T14:06:19","slug":"ma%ca%bcrifatga-chorlov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50783&lang=oz","title":{"rendered":"MA\u02bcRIFATGA CHORLOV"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixga nazar tashlasak, barcha buyuk sivilizatsiyalar avvalo ilm-ma\u02bcrifatga tayanganini ko\u02bbramiz. Qudratni qurol-yarog\u02bb yo boylik emas, bilim belgilagan. Qaysi xalq olimni qadrlagan bo\u02bblsa, taraqqiyotga erishgan. Qaysi jamiyatda ilm ahliga yaxshi sharoit yaratilgan bo\u02bblsa, o\u02bbsha yerda madaniyat, iqtisodiyot va davlatchilik yuksalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr tarixi bu haqiqatning yorqin tasdig\u02bbidir. Bu zamindan yetishib chiqqan yuzlab allomalar faqat bir xalq yoki bir mintaqa emas, butun insoniyat ilmiy tafakkuri rivojiga hissa qo\u02bbshgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Mansur Moturidiy, Burhonuddin Marg\u02bbinoniy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg\u02bboniy kabi buyuk zotlarning ilmiy merosi bugun ham o\u02bbz ahamiyatini yo\u02bbqotgan emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning asarlariga murojaat qilganimizda bir jihat alohida e\u02bctibor tortadi. Bu allomalar ilmni faqat nazariy bilim sifatida emas, insonni komillikka yetaklovchi kuch sifatida ko\u02bbrgan. Chunki ma\u02bcrifatning haqiqiy maqsadi insonni kamolotga boshlash, jamiyatni yuksaltirish va hayotni yaxshilashdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi murakkab va ziddiyatli dunyoda ana shu g\u02bboya yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Turli mafkuraviy ta\u02bcsirlar, axborot xurujlari, murosasizlik kayfiyatlari va keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda jamiyatlarni birlashtiradigan eng katta kuch \u2013 bu ma\u02bcrifatdir. Zero, bilim bo\u02bblgan joyda mulohaza yuritiladi, mulohaza bo\u02bblgan joyda esa bag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro hurmat qaror topadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, so\u02bbnggi 7 kun davomida Toshkentda o\u02bbtgan, Samarqand va Termiz shaharlarida davom etgan \u201cIslom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag\u02bbrikenglik va ma\u02bcrifat yo\u02bbli\u201d mavzuidagi I Xalqaro islom forumi nafaqat keng qamrovli xalqaro anjuman, balki ma\u02bcrifatni taraqqiyotning asosiy sharti sifatida e\u02bctirof etayotgan Yangi O\u02bbzbekistonning butun dunyoga yo\u02bbllayotgan muhim murojaati sifatida ham alohida ahamiyat kasb etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ICESCO bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur anjuman O\u02bbzbekistonning ma\u02bcrifatparvarlik an\u02bcanalari bilan bugungi taraqqiyot yo\u02bbli o\u02bbrtasidagi uzviy bog\u02bbliqlikni namoyon etadigan muloqot maydoni bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanda Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300\u00a0dan ortiq olim, tadqiqotchi, din arbobi, ekspert va madaniyat namoyandasi ishtirok etdi. Bu esa forumni turli xalq va madaniyatlar vakillari uchrashadigan nufuzli xalqaro platformaga ham aylantirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanni tashkil etishdan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad islom sivilizatsiyasining insonparvarlik va ma\u02bcrifatparvarlik mohiyatini keng ochib berishdan iborat bo\u02bbldi. Afsuski, ba\u02bczan islom haqida gap ketganda, uning boy ilmiy va madaniy merosidan ko\u02bbra, uning niqobi ostida sodir bo\u02bblayotgan salbiy voqealar ko\u02bbproq tilga olinadi. Vaholanki, islom sivilizatsiyasi asrlar davomida ilm-fan, tibbiyot, astronomiya, matematika, falsafa, me\u02bcmorlik, adabiyot va boshqa sohalar rivojiga beqiyos hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Siyosiy voqealar pillapoyasida islom, avvalo, kitoblar tarixi, kutubxonalar tarixi, ilmiy bahslar tarixi, ustoz va shogird munosabatlari tarixini o\u02bbzida aks ettiradi. Bugun \u201cuniversitet\u201d deb ataladigan ilm dargohining kelib chiqishiga aynan islom sababchi bo\u02bblgani shundan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forum doirasida ana shu masalalar keng muhokama qilindi. O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yuqori darajada tashkil etilgan yalpi yig\u02bbilishlar hamda qator tematik sessiyalarda turkiy xalqlarning insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo\u02bbshgan hissasi, hadis, fiqh va kalom ilmlarining rivojlanishi, muzeylar va qo\u02bblyozma fondlarining ahamiyati, islom sivilizatsiyasi va zamonaviy media makon, raqamli kommunikatsiyalar va ma\u02bcrifat yo\u02bblidagi faoliyatning yangi shakllari borasida qizg\u02bbin fikr almashildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, zamonaviy axborot makonida islom sivilizatsiyasi merosini to\u02bbg\u02bbri va xolis targ\u02bbib qilish masalasi bugun dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Chunki raqamli texnologiyalar insonlar uchun katta imkoniyatlar bilan birga muayyan xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda. Shu bois tarixiy merosni zamonaviy formatda taqdim etish, yoshlarga tushunarli va qiziqarli usullarda yetkazish muhim vazifaga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda bo\u02bblib o\u02bbtgan tadbirlarda esa Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari va uning jahon ilm-fanidagi o\u02bbrni, Imom Moturidiy ta\u02bclimotining mo\u02bbtadillik, aql va ma\u02bcrifatga asoslangan g\u02bboyalari muhokama qilindi. Bu mavzular nafaqat diniy ilmlar, balki zamonaviy jamiyat taraqqiyoti nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Surxon vohasining ma\u02bcmuriy markazida Termiz hadis maktabi va uning ilm ilm-fani rivojiga qo\u02bbshgan hissasi haqida yangi tadqiqotlar taqdim etildi. Bu bejiz emas. Chunki Termiz zamini asrlar davomida islom ilmlari taraqqiyotining muhim markazlaridan biri bo\u02bblib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forum doirasida islom xattotligi va qo\u02bblyozmalari ko\u02bbrgazmalari, noyob tarixiy manbalar taqdimotlari, hujjatli filmlar namoyishi va madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlar ham o\u02bbtkazildi. Bu esa ishtirokchilarga kitoblarda o\u02bbqigan merosni bevosita ko\u02bbrish, his qilish va anglash imkonini berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forumning yana bir muhim jihati shundaki, unda tinchlik va bag\u02bbrikenglik madaniyatini rivojlantirish, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashga ma\u02bcrifiy yondashuvlarni kuchaytirish, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, madaniy merosni asrash kabi masalalarga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun jahon tajribasi bir haqiqatni ko\u02bbrsatmoqda. Radikal g\u02bboyalarga qarshi kurashishning eng samarali yo\u02bbli ma\u02bcrifatdir. Inson qalbi va ongini bilim bilan to\u02bbldirish mumkin bo\u02bblgan joyda jaholatga o\u02bbrin qolmaydi. Shuning uchun ham ma\u02bcrifatga qaratilgan har bir tashabbus aslida tinchlikka qaratilgan tashabbusdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forumning ahamiyatini yana bir jihatdan baholash mumkin. U O\u02bbzbekistonning xalqaro gumanitar muloqot, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o\u02bbrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini yanada keng namoyon etdi. Keyingi yillarda mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy merosni o\u02bbrganish, tarixiy obidalarni tiklash, qo\u02bblyozma boyliklarni tadqiq qilish va ularni xalqaro ilmiy muomalaga kiritish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Forum ana shu sa\u02bcy-harakatlarning mantiqiy davomi bo\u02bbladigan xalqaro hamkorlikka yo\u02bbl ochdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng muhimi, mazkur anjuman bugungi dunyoga muhim bir haqiqatni yana bir bor uqtirdi \u2013 taraqqiyotning eng ishonchli yo\u02bbli ilmdan boshlanadi. Tinchlikning eng mustahkam poydevori bag\u02bbrikenglikdir. Jamiyatning eng katta boyligi esa ma\u02bcrifatli insonlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, ilk bor o\u02bbtkazilgan I Xalqaro islom forumi nafaqat olimlar va mutaxassislar uchrashuvi, balki Yangi O\u02bbzbekistonning butun dunyoga yo\u02bbllayotgan ma\u02bcnaviy chaqirig\u02bbi sifatida ham katta ahamiyat kasb etdi. Bu da\u02bcvatning mazmuni oddiy, ammo g\u02bboyat teran: insoniyatni birlashtiradigan eng katta kuch \u2013 bilim, tinchlik va ma\u02bcrifatdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mexrojiddin AMONOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta <\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarixga nazar tashlasak, barcha buyuk sivilizatsiyalar avvalo ilm-ma\u02bcrifatga tayanganini ko\u02bbramiz. Qudratni qurol-yarog\u02bb yo boylik emas, bilim belgilagan. Qaysi xalq olimni qadrlagan bo\u02bblsa, taraqqiyotga erishgan. Qaysi jamiyatda ilm ahliga yaxshi sharoit yaratilgan bo\u02bblsa, o\u02bbsha yerda madaniyat, iqtisodiyot va davlatchilik yuksalgan. Movarounnahr tarixi bu haqiqatning yorqin tasdig\u02bbidir. Bu zamindan yetishib chiqqan yuzlab allomalar faqat bir xalq yoki &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":50784,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50783"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=50783"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50783\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":50902,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50783\/revisions\/50902"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/50784"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=50783"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=50783"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=50783"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}