{"id":50694,"date":"2026-07-03T10:39:44","date_gmt":"2026-07-03T05:39:44","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694"},"modified":"2026-07-02T17:50:50","modified_gmt":"2026-07-02T12:50:50","slug":"azim-zotlar-yurtiga-muazzamlik-yarashadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz","title":{"rendered":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">RAMAZON HAYITI ARAFASIDA SAMARQAND VILOYATINING POYARIQ TUMANIDAGI XO\u02bbJA ISMOIL SHAHARCHASIDA IMOM BUXORIY MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI BO\u02bbLIB O\u02bbTDI.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuning muazzamlikdan belgilangani hech kimni taajjubga solmasin. Bu hargiz nokamtarlik emas. O\u02bbzimizni ko\u02bbkka ko\u02bbtarishni ham anglatmaydi. Bu o\u02bbrinda ulug\u02bblik buyuk ajdodlarimizga nisbat bilan aytilayotir. Bugun biz yashayotgan saxovatli zamin o\u02bbtmishda insoniyatga ne-ne allomalarni taqdim etganini yaxshi bilamiz, buni dunyo afkor ommasi ham e\u02bctirof etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi zamon kishisi uchun oddiy ko\u02bbringan ko\u02bbplab ashyo va tamoyillar negizida aslida katta kashfiyotlar, ilmiy jasorat yotishi ham haqiqatdir. Lekin ana shu ilmiy mo\u02bbjizalarni kashf etmoq uchun qancha ko\u02bbz nuri to\u02bbkilgani, qancha-qancha uyqusiz tunlar o\u02bbtkazilgani, ijodning qandayin og\u02bbir iztiroblari chekilgani, bir so\u02bbz bilan aytganda, mislsiz aqliy riyozat sinovlaridan o\u02bbtilganini faqat kashshoflarning \u2013 olimu allomalarimizning o\u02bbzi biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misol uchun, Xorazmiy bobo jiddu jahd qilib arab raqamlarini ilmiy muomalaga kiritmaganida, bashariyat yana necha asr davomida rimliklarning raqamlari bilan aldanib-adashib, hisob-kitobga qiynalib, oqibatda taraqqiyotni ortga suraverib yurgan bo\u02bblardi \u2013 buni Allohning o\u02bbzi biladi. Kundalik hayotda ko\u02bbp ishlatiladi bu sanoq tizimi, shuning uchun aksar odamlar ahamiyatiga e\u02bctibor bermaydi. Vaholanki, Rim raqamlari bilan arifmetik amallarni, ko\u02bbpaytiruv va bo\u02bbluvni amalga oshirib ko\u02bbrish yetarli. Eng oqil kishining ham miyasini charchatadi bu. Endi oliy matematika yo kvant fizikasini olib qaraydigan bo\u02bblsak, arab raqamlari bo\u02bblmasa, bu fanlar sira ham shakllanmasdi. Axir Rim raqamlari bilan qanday qilib ham formula tuzib bo\u02bblsin! Boshqa cheklov ham bor \u2013 bu raqamlar yordamida inson oqqa tushira olishi mumkin bo\u02bblgan eng katta son (harflar ustiga chiziq tortmagan holda) \u2013 3999! U bunday yoziladi: MMMCMXCIX.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerda MMM \u2013 3000, CM \u2013 900, XC \u2013 90, IX \u2013 9. Gap shundaki, bu tizimda I, X, C, M belgilarini uch martadan ko\u02bbp ishlatish mumkin emas. V, L, D belgilari esa umuman bittadan ortiq qaytarilmaydi. 3999dan katta sonni ko\u02bbrsatish uchun bu belgilar ustiga chiziq tortish kerak bo\u02bbladi, u raqamni ming karra oshiradi. Masalan, chiziqli V \u2013 besh mingni, chiziqli M \u2013 millionni anglatadi. Ochig\u02bbini aytganda, bunday tizim jiddiy izlanishlar uchun yaroqsizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa allomalarimizning ilmiy jasorati va fanning oliy peshtaxtasiga zarhal harflar bilan bitilgan kashfiyotlaridan ham ko\u02bbp misol keltirish mumkin. Lekin, o\u02bbylaymizki, shuning o\u02bbzi kifoya. Zero, aql egalari ularni allaqachon o\u02bbz tafakkuri bilan qalbiga singdirib bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuga qaytib, muazzamlikdan so\u02bbz ochilganiga keladigan bo\u02bblsak, bundan murod alloma ajdodlarimiz jahon fani barobarida islomiy ilmlar rivojiga ham beqiyos hissa qo\u02bbshganini ta\u02bckidlamoq edi. Imom Buxoriyning shoh asari bo\u02bblmish \u00abAl-jome\u02bc as-sahih\u00bb asrlar davomida musulmon olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba sifatida e\u02bctirof etib kelinayotganini barchamiz yaxshi bilamiz. Shuni ham bilamizki, dunyo musulmonlarining aksariyati muqaddas dinimizning aqidasini Imom Moturidiy maktabi, aniqrog\u02bbi, uning \u00abTa\u02bcvilotul-Qur\u02bcon\u00bb asari asosida o\u02bbrganadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ikki zalvorli misol bilan cheklanish mumkinmikan?!.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axir islom fiqhi \u2013 yurisprudensiyasi hanuz Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning \u00abHidoya\u00bb asari asosida yuritilishini, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy kabi tariqat ahlining qariyb barcha peshvolari shu muqaddas zamindan yetishib chiqqanini aytmaslik o\u02bbzimizga xiyonatdek tuyuladi-da. Negaki, bu zaminning har qarichi muqaddas \u2013 qaysi viloyatning qaysi tumaniga bormang, albatta bir avliyo yo olimning ziyoratgohiga duch kelasiz. Boshqa xalqlar shu jihatdan bizga havas qilishi \u2013 bor gap. Musulmonlar istiqomat qiladigan har qanday diyorga borib, \u201cBuxoriyning yurtdoshiman\u201d desangiz o\u02bbzgacha munosabat ko\u02bbrsatilishi \u2013 haqiqat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin biz ajdodlar bilan quruq faxrlanish yo\u02bblidan bormayotganimizni ham ta\u02bckidlash kerak. Mamlakatimizda bu aziz zotlarning ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini asrash, o\u02bbrganish, jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodni shu meros asosida tarbiyalash borasida bemisl ishlar qilinmoqda. Bir necha yildan buyon Samarqandda Imom Buxoriy, Termizda Imom Termiziy, Toshkentda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Mana, muqaddas Ramazon oyida Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi. Uning ta\u02bcrifini keltirib, o\u02bbquvchining vaqtini olmaymiz \u2013 teleradio, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bu haqda batafsil ma\u02bclumot berib bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur muassasalar buyuk muhaddis va mufassirlar, kalom ilmi peshvolarining asarlarini, ularga boshqa nufuzli ulamolar bitgan sharhlarni o\u02bbzbek tiliga tarjima qilib, nashrdan chiqarmoqda. Bu faqat islomiy ilmlarni emas, balki ta\u02bclim-tarbiyani, vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchliksevarlik, bag\u02bbrikenglik, halollik kabi tuyg\u02bbu va fazilatlarni ham keng yoyish va rivojlantirishga yo\u02bbl ochmoqda. Negaki, bu noyob meros hayotning hamma jabhalarini qamrab oladigan, shaxsiy kamolotdan fozil davlat va fozil jamiyat qurishgacha bo\u02bblgan hamma bosqich va pog\u02bbonalarda dasturulamal bo\u02bbladigan bebaho xazinadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab donishlarning \u00abbir yil ilm o\u02bbrgangan bo\u02bblsam, qirq yil odobni o\u02bbrgandim\u00bb degan mazmundagi gapini hammamiz eshitganmiz, o\u02bbqiganmiz. Ya\u02bcni, tarbiya ma\u02bcnosidagi odob yaxshi bo\u02bblsa, tarbiyadan shakllanuvchi axloq, dunyoqarash, intilishlar ezgu bo\u02bblsa, ilm rivojlanib boraveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda Imom Buxoriyning, boshqa allomalarimizning ilmiy merosi o\u02bbz-o\u02bbzidan katta ma\u02bcnaviy boylik bo\u02bblsa, buning tarbiyaviy ahamiyati yana bir ulkan mulkdir. Misol keltiraylik. Yaxshi ma\u02bclumki, Imom Buxoriy bolaligida otasidan yetim qolib, onasining tarbiyasi bilan voyaga yetgan. U ayol erkaklar bilan yonma-yon masjidga bora olmasdi, lekin o\u02bbg\u02bblini ertalab ibodatga ketayotgan odamlar safiga qo\u02bbshib yuborishdan hech ham tolmasdi. Uning duogo\u02bbyligi sababli yosh Muhammadning ko\u02bbr ko\u02bbzlariga yana nur qaytgan. Uning jonkuyarligi tufayli yosh Muhammad hamma tan oladigan imom \u2013 hadis ilmining sultoni bo\u02bblib yetishgan desak, mubolag\u02bba qilmagan bo\u02bblamiz. Axir ota umri uzoq bo\u02bblgan taqdirda ham hamisha farzandning yonida bo\u02bblavermaydi. U turmush tashvishlari bilan ertalab ketib, kechqurun qaytadigan rahnamo. Ona esa bola bilan doim birga. Mana shu misolning o\u02bbzi yosh onalarimiz uchun katta saboq bo\u02bblsa ajab emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tomas Edison degan olimni hamma taniydi. Bir kuni u maktabdan qaytganida, onasiga o\u02bbqituvchining xatini tutqazadi. Onasi xatni ochib, biroz termulib turadi-da, tabassum bilan jaranglatib o\u02bbqiydi: \u00abO\u02bbg\u02bblingiz \u2013 daho. Bu maktab juda mayda joy. Bu yerda o\u02bbg\u02bblingizga ta\u02bclim berishga qodir o\u02bbqituvchi yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iltimos, unga o\u02bbzingiz tahsil bersangiz\u00bb. Oradan yillar o\u02bbtib, Tomas o\u02bbz asri va keyingi zamonlarning eng yirik kashfiyotchi olimlaridan biri sifatida tan olingan paytlar keladi. Bir kuni u oila arxivini ko\u02bbzdan kechirayotib, o\u02bbsha maktubni topib oladi va o\u02bbqiydi: \u00abO\u02bbg\u02bblingiz \u2013 aqli noqis bola. Biz uni bu maktabda boshqa bolalar bilan birga o\u02bbqita olmaymiz. Shuning uchun o\u02bbg\u02bblingizga o\u02bbzingiz uyda mustaqil ta\u02bclim berishingizni tavsiya qilamiz\u00bb. Tomas ancha vaqtgacha ko\u02bbz \u00a0yoshini tiyolmay o\u02bbtiradi, keyin kundaligiga bunday deb yozadi: \u00abTomas Alva Edison aqli noqis bola edi. Lekin jonkuyar, fidoyi, qahramon onasi tufayli o\u02bbz asrining eng buyuk dohiylaridan biri bo\u02bblib yetishdi\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz Imom Buxoriy haqida, uning asarlari to\u02bbg\u02bbrisida soatlab gapirishimiz mumkin. Alloh taolo u zotga katta fazl va sharaf ato etgan. Ilm yo\u02bblida qilgan xizmatlarining samarasi o\u02bblaroq, shuhratini butun dunyoga qiyomatga yetadigan qilib tarqatgan. U zotning sha\u02bcniga aytilgan gaplarni to\u02bbliq keltirishning sira iloji yo\u02bbq. Bu o\u02bbrinda faqat hadis ilmining yetuk olimi Ibn Hajar Asqaloniyning \u00abKeyingi asrda yashab o\u02bbtgan ulamolarning Imom Buxoriy nomiga aytgan maqtovlari\u00bb nomli alohida bob ochsalar, varaqlar qolmay, siyohlar tugab bitar edi. Chunki u sohili yo\u02bbq dengizdir\u00bb degan gapi kifoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ha, muqaddas islom dini ravnaqini ta\u02bcminlashga xalqimizning eng iqtidorli buyuk allomalari beqiyos hissa qo\u02bbshgan. Bir yarim ming yildan ziyod davrdagi islom tarixi va taraqqiyotini ularning ilmiy faoliyatisiz tasavvur etib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday esa-da, bu qutlug\u02bb diyor dunyoga ulug\u02bblar ichra ulug\u02bblarni ham yetishtirib berdiki, bu daholar nomining o\u02bbzi ilm va haqiqatni anglatadigan bo\u02bblib qoldi. Tabiiyki, bu o\u02bbrinda Imom Buxoriy nazarda tutilayapti. Istalgan musulmon mamlakatga borib, mahalliy aholi bilan muloqotga kirishing va gap orasida bir hadis aytib bering-a! Sizdan darhol \u00abbuni kim rivoyat qilgan?\u00bb deb so\u02bbrashadi. \u00abBu Imom Buxoriy keltirgan hadislardan\u00bb desangiz shu bilan bu mavzu yopiladi. Siz aytgan rivoyatning sahihligiga hech kim shubha qilmaydi, hech qanday gumonga o\u02bbrin qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytadilar-ku, avval martaba shaxsning nufuzini oshiradi. Lekin shu inson martabalarning hamma darajasidan ham yuksalib ketsa, u zot nomining o\u02bbzi oliy martabaga aylanadi. Deylik, Albert Aynshtaynni fizika fanlari doktori yo akademik desak, olimning fandagi maqomini tushirib yuborgan bo\u02bblib chiqamiz. Shuning uchun bo\u02bblsa kerak, el orasida yosh iqtidor egalariga \u00ab<em>Navoiy bo\u02bblib ketgin\u00bb<\/em>, \u00ab<em>Sen ikkinchi Aynshtayn bo\u02bblasan\u00bb <\/em>qabilidagi maqtovlar aytiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy nomi ham shunday. U zotni \u00abImomul-muhaddisiyn\u00bb (barcha muhaddislar imomi), \u00abAmirul-mu\u02bcminiyn fil hadis\u00bb (hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri), \u00abImomud-dunyo\u00bb (dunyo imomi) deb sharaflashgan. Qolaversa, Asqaloniyning yuqoridagi so\u02bbzlari Imom Buxoriyni har qancha ta\u02bcriflasa ham qanoat hosil bo\u02bblmasligini bildirib turipti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana, nomining o\u02bbzi har qanday martabani parchalab yuboradigan shu buyuk allomaning mo\u02bbtabar xoki abadiy qo\u02bbnim topgan ko\u02bbhna Samarqandda \u2013 ro\u02bbyi zamin sayqali, O\u02bbzbekiston durdonasi bo\u02bblgan go\u02bbshada Imom Buxoriy majmuasi bunyod etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun islom olamida islom ilmlari, xususan, hadisshunoslik haqida, uning shakllanishi va rivojlanishi to\u02bbg\u02bbrisida gap ketganda, hech shubhasiz, bizning yurtimiz allomalari birinchilar qatorida tilga olinadi. Chunki Imom Buxoriy, Imom Moturidiy (u ham ayrim ta\u02bcvil va tafsirlarga hadis bilan dalil keltirish orqali oliy darajadagi muhaddis maqomida bo\u02bblgan), Abd ibn Humayd Keshiy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Abdurahmon Dorimiy, Ibn Hibbon kabi buyuk olimlar aynan mana shu qutlug\u02bb zamin farzandlaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy haqida o\u02bbqib-o\u02bbrganishni har bir yurtdoshimizning o\u02bbziga havola qilgan holda, bu shonli voqea munosabati bilan u zot haqida bir-ikki jumla aytishga ijozat bergaysiz. Bolaligidan hadis ilmini o\u02bbrganishga chuqur kirishgan, hali balog\u02bbatga yetmay turib ustozlarining xato-kamchiliklarini to\u02bbg\u02bbrilash darajasiga ko\u02bbtarilgan bu ulug\u02bb alloma 600 mingdan ziyod \u2013 e\u02bctibor bering-a, 600 mingdan ko\u02bbproq \u2013 hadis to\u02bbplagan. To\u02bbplash o\u02bbz yo\u02bbliga dersiz, hammasini yod bilgan, adashganlarga qayerda xato qilayotganini bildirib borish uchun sahih bo\u02bblmagan, to\u02bbqima hadislarni ham xotirasida saqlagan. Bundan tashqari, hadis rivoyat qiluvchilardan 80 mingtasining tarjimai holini yod bilgan. Yuz minglab hadis orasidan 7500 dan ziyodini o\u02bbta sinchkovlik bilan saralab, \u00abSahihul-Buxoriy\u00bbga kiritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalq orasida, umuman, musulmon dunyosida ayni shu to\u02bbplam mashhur. Aytish kerakki, bu mumtoz siymo 20 dan ziyod boshqa asar ham yozgan. Ularning har biri asrlar davomida islom dini poydevorini mustahkamlashga xizmat qilib kelayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bcriflar bilan tanishishni ham hamyurtlarning o\u02bbziga qoldiramiz, lekin umuman tavsifsiz o\u02bbtish ham noqulay. Shu bois boshqa mashhur muhaddis Imom Muslimning so\u02bbzlarini keltirib o\u02bbtamiz: \u00abImom Buxoriy \u2013 ustozlarning ustozi, hadisshunoslar sayyidi, hadis illatlarining tabibidir. Guvohlik beramanki, dunyoda unga teng keladigan alloma yo\u02bbq\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonda qiyosi yo\u02bbq ana shunday alloma bobokalonimizning yodgorlik majmuasini u zotning olamshumul shuhratiga munosib tarzda, muazzam bir shaklda barpo etish xalqimizning orzusi edi. Bugun uning o\u02bbta go\u02bbzal tarzda ushalganiga guvoh bo\u02bblib turibmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fursatdan foydalanib, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi to\u02bbg\u02bbrisida ayrim ma\u02bclumotlarni ham keltirib o\u02bbtsak. Qurilish boshlanganini bildik, nihoyasiga yetganini bildik, majmua ochilganini bildik. Lekin bu ulkan bunyodkorlik jarayoni, bu yerdagi keng qamrovli ishlarning texnik jihatlaridan hozircha hamma ham boxabar emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo shuni aytish kerakki, yangi mahobatli bino qurilishi O\u02bbzbekiston Prezidentining tashabbusi bilan 2021-yilda boshlandi. Qurilishning umumiy maydoni \u2013 60 gektar. Shundan 45 gektari majmua uchun ajratilgan bo\u02bblsa, qolgan 15 gektariga zamonaviy shinam mehmonxonalar qurildi.Majmuaning o\u02bbzi 10 ming kishini sig\u02bbdiradigan masjid, ichki hovlida 154 ustunli P shaklidagi ayvon, Innovatsion muzey va maqbaradan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, majmuada yuksak martabali mehmonlarni qabul qilishga mo\u02bbljallangan qismlar, ma\u02bcmuriyat bo\u02bblimi, huquq-tartibot, yong\u02bbin xavfsizligi va boshqa xizmatlar ham bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmua binosining fasadi turli mamlakatlardan keltirilgan oq marmar hamda moleanos toshlari bilan, ichki devorlar yorqin marmar bilan qoplangan. 14 gumbaz, 75 metrlik 4 ta minora majmuaning salobati va haybatini yanada oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolganini ziyoratga borganda yo\u02bbl-yo\u02bblakay bilib olaverasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy majmuasi faqat hashamatli bino va inshootlardan iborat maskan emas, balki insonlarning qalbini zabt etadigan, ayniqsa, yoshlarning hayotda adashmasdan, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni topishiga xizmat qiladigan ilmiy dargoh, ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbi, shuning barobarida, buyuk muhaddisning ibratli hayoti va serqirra faoliyatini aks ettiruvchi muborak maskandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom olamida Imom Buxoriydek yuksak maqom tutgan allomalarning hayotini chuqur tadqiq etish, asarlarini targ\u02bbib qilish muhim vazifalardan sanaladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, Imom Buxoriy majmuasida alloma hayoti va ilmiy faoliyatini yorituvchi innovatsion muzey tashkil qilindiki, bunga sal kengroq to\u02bbxtalish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari 2022-yil 17-18-avgust kunlari Saudiya Arabistonida bo\u02bblganida Muhammad alayhissalomning siyrati va Islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan yaqindan tanishgan edi. O\u02bbsha pallada ushbu tabarruk majmuada yurtimizda ham xuddi shunday muzey yaratishga qaror qilindi. Prezidentning bu tashabbusini jamoatchilik qo\u02bblladi. Shu asosda Imom Buxoriyning ilmiy shavkatiga, shaxs sifatidagi fazilatlariga, kuchli xotira, bugun biz mas\u02bculiyat deb ataydigan qat\u02bciy omonatdorlik, safar va izlanish iztiroblariga sabrli bo\u02bblish kabi noyob xislatlariga mos qilib, ya\u02bcni shu jihatlarni to\u02bbla-to\u02bbkis aks ettiradigan muzey barpo etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi bo\u02bblimma-bo\u02bblim yurib, qisqa-qisqa sharhlar berib o\u02bbtsak. 1-pavilyon \u00abMuhammad alayhissalom va nubuvvat tarixi\u00bb deb nomlangan. U yerda Qur\u02bconi karimda ismlari zikr qilingan payg\u02bbambarlar haqida ma\u02bclumot beriladi. Keyin Muhammad alayhissalomning shajarasi ekspozitsiyadan o\u02bbrin olgan yirik hajmdagi daraxt shaklidagi interaktiv infokiosk yordamida namoyish etiladi. U zotning dunyoga kelishi va nubuvvatning boshlanishi (shahar maketi va proyeksion videofilm), Hujrai saodatning qayta tiklangan ko\u02bbrinishi, Hiro g\u02bborida ilk vahiy nozil bo\u02bblishi aks ettirilgan. \u201cHadis ilmining paydo bo\u02bblishi va rivojlanishi\u201d nomli 2-pavilyonda eksponatlar, infografik, audio va vizual materiallar orqali hadis ilmining paydo bo\u02bblish va rivojlanish tarixi bilan tanishish mumkin. Infografik pannoda eng ko\u02bbp hadis rivoyat qilgan sahobalar ro\u02bbyxati berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sal yursangiz, katta xaritaga duch kelasiz. Unda ilk o\u02bbrta asrlardagi Movarounnahr va Xuroson shaharlarining qadimgi nomlari hamda tarixiy-madaniy markazlar va viloyatlar ajratib ko\u02bbrsatilgan. Karvon yo\u02bbllari va ular o\u02bbrtasidagi masofalar sayohatlar mashaqqati haqida aniqroq tasavvur shakllantirish maqsadida kun o\u02bblchamlarida berilgan. Yon tomonlarda movarounnahrlik muhaddis ulamolarning tarjimayi holi va ilmiy merosi haqida ma\u02bclumotlar, vitrinalarda ularning asarlaridan namunalar turipti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3-pavilyon \u2013 \u00abImom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati\u00bb. Bu qismni tashkil etishdan maqsad muzeyga keluvchilarning ko\u02bbz o\u02bbngida alloma hayoti va ilmiy faoliyatini qayta tiklash, ilmiy merosi naqadar buyuk ahamiyatga ega ekanini ko\u02bbrsatib berish hamda yoshlarda ilm bilan shug\u02bbullanishga mehr va rag\u02bbbat paydo qilishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi pavilyon \u201cImom Buxoriy: buyuk fenomen\u201d deb nomlangan bo\u02bblib, unda allomaning hayoti va faoliyati haqidagi film katta ekranda namoyish etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">5-pavilyonga \u00abImom Buxoriy fazilatlari\u00bb degan nom berilgan. Unda Imom Buxoriyning buyuk ilmiy salohiyati, eng ishonchli hadislarni saralash va avlodlarga qoldirish yo\u02bblida chekkan zahmati, taqvosi, islom olamida Qur\u02bcondan keyingi o\u02bbrinda turuvchi asar muallifi ekani, uni butun dunyo e\u02bctirof etgani, yoshligidan zehni o\u02bbtkir va xotirasi kuchli bo\u02bblgani, ota-onasi va ustoz-shogirdlariga samimiy munosabati kabi jihatlari ko\u02bbrsatib berilgan. Ushbu qismda allomaning ilm yo\u02bblida chekkan mashaqqati va sinovlarni yengib o\u02bbtishdagi jasorati haqidagi ma\u02bclumotlar keltirilgan bo\u02bblib, bu yoshlar qalbida ajdodlar bilan faxrlanish tuyg\u02bbusini kuchaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyonning butun hududi bo\u02bbylab proyeksiya orqali mavzuni yoritadigan videolar uzluksiz ko\u02bbrsatib turiladi. Videofilmlar mavzularga bo\u02bblingan holda ketma-ket davom etib, pavilyonga istalgan vaqtda kelgan tomoshabinga mavzuga tez kirishib ketish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, bu yerda Imom Buxoriyning Bog\u02bbdod, Samarqand va Nishopurda imtihon qilinishi, ilm yo\u02bblidagi mashaqqatlarni matonat bilan yengib o\u02bbtishi maketlar orqali ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning betakror xotira egasi bo\u02bblgani haqida film namoyish etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy avlodlari\u201d deb atalgan 6-pavilyonda yosh tomoshabinlarga muzey konsepsiyasidan o\u02bbrin olgan mavzular bilan o\u02bbyinli interaktiv eksponatlar orqali tanishish, o\u02bbrganish imkoniyati yaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchar gilamda tarixga sayohat qildiruvchi 5D filmi o\u02bbrta asrlardagi islom olami shaharlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Yosh Muhammad ibn Ismoil bilan birga xotira o\u02bbyini (Interaktiv immersiv proyeksiya) ham yosh avlod uchun nihoyatda foydali.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">7-pavilyon \u00ab\u201dAl-jome\u02bc as-sahih\u201d \u2013 islom dinining ikkinchi manbasi\u00bb deb nomlangan. Bu yerda mazkur buyuk to\u02bbplamning ilmiy, hayotiy ahamiyatini ko\u02bbrsatib berish maqsad qilingan. \u00abAl-jome\u02bc as-sahih\u00bbga berilgan ta\u02bcriflar bilan tanishish mumkin. Matnli pannoda asar haqida ma\u02bclumot bor. Yurishda davom etsangiz, asarning dunyo fondlaridagi nusxalari bilan tanishasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyonning o\u02bbrta qismiga ustun shaklidagi vitrinalar o\u02bbrnatilgan. Ularga \u00abSahihul-Buxoriy\u00bbning turli davlatlar kutubxonalaridagi nusxalaridan parchalar joylashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">8-pavilyon \u00abImom Buxoriy merosi va bugungi kundagi ahamiyati\u00bb deb atalgan. Hozirgi yoshlar tarbiyasida alloma asarlari va hadislarining ahamiyati yuqori ekanini inobatga olib, muzeyning ushbu qismiga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Pavilyon markazidagi yirik lavh ustida \u00abAl-jome\u02bc as-sahih\u00bb asarining katta maketi o\u02bbrin olgan. Uning atrofidan yozuv qog\u02bbozi shiftga tomon aylanib ko\u02bbtariladi. Qog\u02bbozning boshlanish qismida to\u02bbplamdagi birinchi hadis \u2013 <em>\u201cAlbatta, amallar niyatlarga ko\u02bbradir\u201d <\/em>so\u02bbzlari 22 tilda go\u02bbzal xattotlik usulida yozilgan. Qog\u02bboz mato shaklida butun pavilyon bo\u02bbylab aylanishda davom etadi. Devordagi ekranlarda asardan<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tanlangan hadislar uch tilda namoyish etiladi. Shu yerda hadislar kartotekasi ham bor. Foydalanuvchilar maxsus vitrina ustiga terilgan taxtachalarni ko\u02bbtarib, ichida yozilgan hadislarni o\u02bbqishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">9-pavilyon \u2013 \u00abYangi O\u02bbzbekistonda diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar va Imom Buxoriy merosiga e\u02bctibor\u00bb. Bu yerda O\u02bbzbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar, xususan, Imom Buxoriyning vatan, millat manfaati va din yo\u02bblida qilgan xizmatlarini munosib baholash va ruhini shod etish maqsadida alloma maqbarasining obodonlashtirilishi, uning ulkan merosini ilmiy asosda o\u02bbrganish va xalqimizga yetkazishga qaratilgan tarjima va nashr ishlari, alloma asarlarini yurtimiz va jahon jamoatchiligi orasida keng targ\u02bbib etish maqsadida qabul qilingan huquqiy-me\u02bcyoriy hujjatlar haqida ma\u02bclumot berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pavilyonning alohida qismidan \u201cImom Buxoriy\u201d ordeni vitrinasi o\u02bbrin olgan. U orqali ordenning o\u02bbzi, ta\u02bcsis hujjatlaridan nusxalar, taqdirlangan shaxslar bilan tanishish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Devorlardan biriga Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdulaziz sovg\u02bba qilgan kisva \u2013 ka\u02bcbapo\u02bbsh osilgan bo\u02bblsa, yana biriga turli mamlakatlar rahbarlari tomonidan Imom Buxoriy majmuasiga hadya qilingan Qur\u02bconi karim nusxalari joylashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qancha qisqa qilishga urinmaylik, kuchli hayajon tufayli baribir so\u02bbzlar hajmi oshib borayapti. Shu bois Imom Buxoriy majmuasining betakror me\u02bcmoriy yechimlari, texnik sifatlari, bu yerdagi mehmonxonalar, zangori hovuzlar, azim chinorlar haqida to\u02bbxtalmaymiz. Illo, qolgan taassurotlarni ziyoratga kelganda, Imom Buxoriy innovatsion muzeyi bilan tanishganda o\u02bbzingiz olganingiz ma\u02bcqul.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqat bir jihatni ta\u02bckidlab o\u02bbtamiz: rivoyatlarga ko\u02bbra Imom Buxoriy dafn etilganda qabridan yuqoriga nur ko\u02bbtarilib, atrofga juda yoqimli hid taralgan ekan. Shu darajadaki, odamlar u yerdan uyiga tuproq olib keta boshlagan. Ya\u02bcni, ulug\u02bb insonlarning ulug\u02bbvorligi vafotidan keyin ham muazzamligicha qolaveradi. Ana shunday buyuk inson nomidagi majmua ochilgan ushbu saodatli kunlarda ulug\u02bblarning hamma narsasi ulug\u02bbvor bo\u02bblaverishini tasdiqlab, bunga yana bir marta amin bo\u02bblib turibmiz!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anvar BOBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cMA\u02bcNAVIY HAYOT\u201d jurnali \u21162\/2026<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>RAMAZON HAYITI ARAFASIDA SAMARQAND VILOYATINING POYARIQ TUMANIDAGI XO\u02bbJA ISMOIL SHAHARCHASIDA IMOM BUXORIY MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI BO\u02bbLIB O\u02bbTDI. Mavzuning muazzamlikdan belgilangani hech kimni taajjubga solmasin. Bu hargiz nokamtarlik emas. O\u02bbzimizni ko\u02bbkka ko\u02bbtarishni ham anglatmaydi. Bu o\u02bbrinda ulug\u02bblik buyuk ajdodlarimizga nisbat bilan aytilayotir. Bugun biz yashayotgan saxovatli zamin o\u02bbtmishda insoniyatga ne-ne allomalarni taqdim etganini yaxshi bilamiz, buni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":50692,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-07-03T05:39:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-07-02T12:50:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"860\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz\",\"name\":\"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg\",\"datePublished\":\"2026-07-03T05:39:44+00:00\",\"dateModified\":\"2026-07-02T12:50:50+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg\",\"width\":660,\"height\":860},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-07-03T05:39:44+00:00","article_modified_time":"2026-07-02T12:50:50+00:00","og_image":[{"width":660,"height":860,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz","name":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg","datePublished":"2026-07-03T05:39:44+00:00","dateModified":"2026-07-02T12:50:50+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/gazeta030726.jpg","width":660,"height":860},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50694&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AZIM ZOTLAR YURTIGA MUAZZAMLIK YARASHADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50694"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=50694"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50694\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":50697,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50694\/revisions\/50697"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/50692"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=50694"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=50694"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=50694"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}