{"id":50680,"date":"2026-07-02T12:31:29","date_gmt":"2026-07-02T07:31:29","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680"},"modified":"2026-07-02T12:31:36","modified_gmt":"2026-07-02T07:31:36","slug":"mayda-ko%ca%bbringan-salafiylikning-oqibati-og%ca%bbir-bo%ca%bbladigan-ta%ca%bcsiri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz","title":{"rendered":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohiym<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi globallashuv sharoitida barcha sohalar kabi din bilan bog\u02bbliq jarayonlar ham jadallashib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda diniy arkonlarni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilish holatlari tobora avj olmoqda. Bunday vaziyatda har bir kishi bilim va axborot iste\u02bcmoli madaniyatiga juda muhtoj bo\u02bbladi. Dinini sof saqlamoqchi bo\u02bblgan inson to\u02bbg\u02bbrini noto\u02bbg\u02bbridan ajratib olishi uchun yetarlicha salohiyatga ega bo\u02bblishi davrimizning eng dolzarb talablaridan bo\u02bblib qoldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda oyat va hadislarni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilib, odamlarni o\u02bbz buzg\u02bbunchi g\u02bboyalariga undayotgan oqimlardan biri salafiylik toifasi bo\u02bblib, u Markaziy Osiyo mintaqasiga ham o\u02bbzining salbiy ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo \u201csalafiylik\u201d iborasiga to\u02bbxtaladigan bo\u02bblsak, u arab tilidagi \u201c\u0633\u0644\u0641\u201d [salaf] so\u02bbzidan olingan bo\u02bblib, \u201cajdodlar\u201d, \u201cavval yashab o\u02bbtganlar\u201d ma\u02bcnolarini anglatadi. Hadislarga ko\u02bbra, \u201csalaflar\u201d yo \u201csalafi solihlar\u201d deganda, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Ya\u02bcni, bular \u2013 sahoba, tobein va tabaa tobeinlar. Ulardan keyingi davrlarda yashab o\u02bbtgan odamlarga nisbatan \u201csalaf\u201d atamasi ishlatilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda \u201csalafi solihlarga ergashish\u201d shiori ostida soxta salafiylar jamoasi paydo bo\u02bbldi. Ularning aqidaviy asosi Ibn Taymiya (1263\/1328) ismli shaxsga borib taqaladi. U fiqhiy-aqidaviy masalalarda ixtilof qilgani sababli ahli sunna ulamolari tomonidan qattiq tanqid qilingan va keskin raddiyalarga uchragan. Shunday bo\u02bblsa-da, uning g\u02bboyalari turli mutaassib toifalarga asos bo\u02bblib xizmat qilishda davom etyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikdan keyingi yillarda bizning yurtimizda vahhobiylik harakati bo\u02bby cho\u02bbzdi. Aslida salafiylik bilan vahhobiylik orasida farq yo\u02bbq. Ularning e\u02bctiqod va qarashlari bir xil. Vahhobiylik salafiylikdan kelib chiqqan. Uning asoschisi Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1791) Ibn Taymiyaning fikrlariga qo\u02bbshilishga chaqirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylikning faoliyatiga e\u02bctibor berilsa, ular ahli sunnaning aqida bo\u02bbyicha ash\u02bcariylik va moturidiylik ta\u02bclimotlarini, to\u02bbrt fiqhiy mazhab va tasavvufni inkor etadi. Fiqhiy mazhablar o\u02bbrtasidagi juz\u02bciy ixtilofli masalalarni tanqid qilib, ularni ayblaydi va mazhabsizlikka undaydi. Fiqhiy-aqidaviy ixtiloflar keltirib chiqaribgina qolmay, ijtimoiy-siyosiy holatlarni tanqid ostiga olib, o\u02bbz buzuq g\u02bboyalarini singdirishga urinadi. Ularning targ\u02bbiboti zamirida jihod va xalifalik g\u02bboyalari yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi vaqtda salafiylik g\u02bboyalarining tarqalishi keng tus olmoqda. Mamlakatimiz misolida ko\u02bbradigan bo\u02bblsak, xorijda turib, o\u02bbzini shayx, haq da\u02bcvatchi va islomning asl mohiyatini to\u02bbg\u02bbri ochib beruvchi qilib ko\u02bbrsatayotgan ba\u02bczi salafiy da\u02bcvatchilar mazhablarni ixtilofda ayblab, Qur\u02bcon va sunnatga ergashish da\u02bcvosi bilan salafiylikka, mazhabsizlikka da\u02bcvat qilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy vaziyatga doir ayrim holatlarni tanqid qilib, o\u02bbz ta\u02bcsirini oshirishga urinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiy da\u02bcvatchilar ijtimoiy tarmoqlardagi \u201cva\u02bcz\u201dlarida fiqhiy-aqidaviy mazhablarni tugatish va tasavvufni inkor qilishga qattiq urg\u02bbu bermoqda. Da\u02bcvolari juda jimjimador. Go\u02bbyo ular Qur\u02bcon va sunnatga ergashayapti-yu, ixtiloflarni mazhablar keltirib chiqarayotganday.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixdan ma\u02bclumki, barcha davrlarda o\u02bbz maqsadi yo\u02bblida islom aqidasi va arkonlarini noto\u02bbg\u02bbri talqin qilib, odamlarni haq yo\u02bbldan ozdirishga harakat qiladigan toifalar chiqib turgan. Salafiylar ham shulardan biri. Chuqurroq tahlil qilinadigan bo\u02bblsa, ularning g\u02bboyalari tarixdagi mo\u02bbtazila, mushabbiha, mujassima, karromiya kabi botil toifalarning qarashlariga o\u02bbxshashi yaqqol ko\u02bbrinadi. Quyida ulardan ba\u02bczilarini sanab o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylar aqida borasida\u00a0<strong>\u201cRahmon Arshga istivo qildi\u201d\u00a0<\/strong>(Toha surasi, 5-oyat),<strong>\u00a0\u201cYoki sizlar osmondagi Zot\u00a0<\/strong>(Alloh)<strong>dan xotirjammisiz?!\u201d\u00a0<\/strong>(Mulk surasi, 16-oyat),<strong>\u00a0\u201cBalki Alloh taolo u\u00a0<\/strong>(Iso alayhissalom)<strong>ni O\u02bbziga ko\u02bbtarib oldi\u201d\u00a0<\/strong>(Niso surasi, 158-oyat) kabi ba\u02bczi mutashobih (birini-biridan ajratish qiyin bo\u02bblgan va bir necha ma\u02bcnolarni anglatadigan) oyatlarni zohiriga (yuzaki ma\u02bc\u02bcnosiga) qarab, Alloh taologa makon nisbat beradi va U Zotni osmonda, deb da\u02bcvo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga ko\u02bbra, Alloh taolo makondan oliy va behojat Zotdir. Ulamolarimiz aqidaviy masalalarda, ayniqsa, Alloh taolo borasida, U Zotni nuqson va kamchiliklardan poklashda o\u02bbta ehtiyotkordir. Eng nozik nuktalarni ham e\u02bctibordan chetda qoldirmay, masalaning asl mohiyatini ochib berishga bor kuch-quvvatini sarflagan. Alloh taologa makon nisbat berish U Zotni maxluqotlarga o\u02bbxshatishdir. U Zot azza va jalla Qur\u02bconi karimda:\u00a0<strong>\u201cAlbatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir\u201d\u00a0<\/strong>(Ankabut surasi, 6-oyat), degan. Ya\u02bcni, Arsh, yer va osmonlar kabi narsalar Alloh yaratgan maxluqotlar bo\u02bblib, olam jumlasiga kiradi. Olam esa azaliy emas, Alloh taolo azaliydir. Azalda esa Allohdan o\u02bbzga hech kim va hech narsa mavjud bo\u02bblmagan. U Zot azaldan makon va zamon ehtiyojidan xoli bo\u02bblgan va bundan buyon ham shunday bo\u02bbladi. Demak, Alloh taolo olamlardan behojat, ya\u02bcni ularga ehtiyoji tushmaydigan Zotdir. Boshqa bir oyatda:\u00a0<strong>\u201cUnga o\u02bbxshash biror narsa yo\u02bbq\u201d\u00a0<\/strong>(Sho\u02bbro surasi, 11-oyat), deydi. Ya\u02bcni, Alloh taolo biror narsaga o\u02bbxshamaydi va O\u02bbzi yaratgan narsalarga o\u02bbxshab biror makonga muhtoj emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, salafiylarning tavhid, qabrlarni ziyorat qilish, mavlidni nishonlash, namozdan keyin jamoat bo\u02bblib duo qilish va yana ko\u02bbplab aqidaviy masalarda ixtiloflari mavjud. Ularning barcha da\u02bcvolariga ahli sunna olimlari kuchli dalillar asosida javob bergan va berib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir ba\u02bczi salafiylar Oli Imron surasining 103-oyatidagi<strong>\u00a0\u201cAllohning arqonini mahkam tuting\u201d\u00a0<\/strong>so\u02bbzlarini keltiradi va<strong>\u00a0\u201cAllohning arqonini birgalikda ushlash va ixtilofga bormaslik kerak. Biz ixtilofga borsak, qalblarimiz ixtilofga boradi. Ayrimlar o\u02bbzicha: \u201cBiz islomda odamlarni tarbiyalayapmiz. O\u02bbz mazhabiga amal qilsa, nima bo\u02bbpti, deyapmiz\u201d, deb o\u02bbylashi mumkin. Lekin bu hech qachon odamlarni birlikka olib bormaydi. Balki ixtilofga, bo\u02bblinishga olib boradi\u201d\u00a0<\/strong>deb, mazhabga ergashish ixtilofga sabab ekanini da\u02bcvo qiladi. Shunday da\u02bcvo bilan mazhablarni islomdan ayrodek tasavvur qildirishga urinmoqda. Vaholanki, islom dini shu to\u02bbrt mazhab asosida asrlar osha davom barqaror qolib kelmoqda. Bugun ham qanchadan-qancha odamlar shu mazhablar asosida dinga amal qilib keladi. Ya\u02bcni, aqidada \u2013 Moturidiy va Ash\u02bcariy ta\u02bclimotlariga, fiqhda \u2013 Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy va Ahmad ibn Hanbal mazhablariga amal qilib kelmoqda. Xuddi Payg\u02bbambarimiz aytganlaridek, savodul a\u02bczam \u2013 ulkan jamoatni lozim tutib kelmoqda. Asrlar davomida shu to\u02bbrt mazhabning mujtahid olimlari islomning asl mohiyatini Qur\u02bcon va sunnat asosida musulmonlarga bayon qilib kelgan. Salafiylar esa, tarixda ham, hozir ham ummat ichida ixtilof va tafriqaga (bo\u02bblinishga), diniy va ijtimoiy-siyosiy notinchlikka sabab bo\u02bblgan, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylarning g\u02bbalati bir jihati shundaki, haq yo\u02bbldaligini aytib, da\u02bcvatida o\u02bbziga ergashishni targ\u02bbib qiladi. Vaholanki, musulmonlar shundoq ham ulardan olimroq, Qur\u02bcon va sunnatni ulardan ko\u02bbra chuqur biluvchiroq bo\u02bblib, Payg\u02bbambarimiz alayhissalomga ulardan yaqinroq davrda yashagan mazhab mujtahidlariga ergashadi. Demak, yaqinda chiqib, o\u02bbziga ergashishga chaqirayotgan bunday toifalarning etagini tutishga hech qanday hojat yo\u02bbq. Chunki mazhab mujtahidlari ergashishga ulardan ko\u02bbra loyiqroq zotlardir. Shunday ekan, dinini sof saqlamoqchi bo\u02bblgan har bir musulmon kecha paydo bo\u02bblgan toifaga emas, ahli sunna val jamoa mazhabiga ergashishi maqsadga muvofiq. Axir, biz osmon-falakka ko\u02bbtarilib, uzog\u02bbimizni yaqin qiladigan samolyotlarni, koinot kengliklarini zabt etadigan raketalarni tashlab, yaqinda velosipedni kashf qilgan va noto\u02bbg\u02bbri yasagan odamning ikki qadam masofadan keyin ag\u02bbanab tushadigan ixtirosiga o\u02bbzimizni ursak, bu biror mantiqqa ham to\u02bbg\u02bbri kelmaydi-da.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiylikning tarixiy ildizlariga e\u02bctibor berilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bunday oqimlarga makon bo\u02bblmagan. Ammo doimiy tarzda bu yerdagi o\u02bblkalarga botil g\u02bboyalarni singdirishga urinishlar bo\u02bblib turgan va hozir ham davom etmoqda. Lekin har davrda ahli sunna val jamoa ulamolari ularning g\u02bboyalariga qarshi o\u02bbz fiqhiy-aqidaviy mazhablarini mahkam tutgan holda qattiq kurashib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixan bizning xalqimiz aqidada moturidiylikni, fiqhda hanafiylikni asrlar osha mahkam tutib kelgan. Urf odatlarimiz va milliy onggimizda ushbu fiqhiy-aqidaviy mazhab asosiy o\u02bbrin tutadi. Yaqinda chiqib, \u201chaqiqiy to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl\u201dni ko\u02bbrsatmoqchi bo\u02bblayotganlar asrlar osha muayyan tartib-qoidalar asosida dinga amal qilib kelgan bu xalq, dunyoga qanchadan-qancha ulug\u02bb olimlarni yetishtirib bergan bu diyor odamlari islomga noto\u02bbg\u02bbri amal qilib kelganini da\u02bcvo qilmoqda. Tashvishlanarli va achinarli tomoni bo\u02bblmaganda, bu juda kulgili bo\u02bblardi. Salafiylar Qur\u02bcon va sunnatga amal qilayotganini iddao qilib, mazhablarni inkor etmoqda. Rasululloh alayhissalom va sahobalar davrida hech qanday mazhab bo\u02bblmaganini dalil qilib keltirmoqda. Bu juda ham noto\u02bbg\u02bbri va soxta da\u02bcvo ekani kundek ravshan. Bunga hujjat-dalillar yetarli darajada ko\u02bbp. Tarixda ham, hozir ham ahli sunna olimlari ularning yo\u02bbli noto\u02bbg\u02bbri ekanini bot-bot isbotlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chetdan qaraganda, bir tabiiy xulosa yaqqol namoyon bo\u02bbladi. Biz Qur\u02bconi karimning har bir oyati qachon, qanday vaziyatda nozil bo\u02bblganini aniq biladigan, uning turli tafsir va ta\u02bcvillaridan boxabar bo\u02bblgan, yuz minglab hadislarni yod olgan mujtahidlarning yo\u02bblini tutganimiz to\u02bbg\u02bbrimi yo kechagina duyoga kelgan, ilmining tayini bo\u02bblmagan, biror ulug\u02bb asar yozib ulamolar e\u02bctirofini qozonmagan, ijtihodga mutlaqo yaramaydigan, peshvolari o\u02bbrgatganini takrorlab, mustaqil fikr bildirishga qodir bo\u02bblmaganlarga ergashishimiz durustmi? Asrlar davomida muayyan mazhabni mahkam tutgan ota-bobolarimiz haqmi yo anavilar ulardan aqlliroq chiqib qoldimi? Internet orqali tinmay \u201csayrayotgan\u201d bu salafiylarning birortasi, deylik, Abu Hanifa yo Imom Shofeiy yo ularning mujtahid izdoshlari bilganini biladimi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashvishga soladigan jihati shuki, salafiylikning mamlakatimiz hayotiga salbiy ta\u02bcsiri yo\u02bbq emas. Mamlakatimiz aholisi ahli sunnaning fiqhiy-aqidaviy mazhablarini mahkam tutgan va hayot tarziga tasavvuf g\u02bboyalarini singdirgan xalqdir. Salafiylik esa aynan mazhablar va tasavvufni qoralaydi. Shu sababli salafiylik g\u02bboyalarining kirib kelishi va kimlarning ularning domiga tushishi oqibatida xalq orasida ixtilof va bo\u02bblinishlar ehtimoli yuzaga keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikning dastlabki yillarida kuzatilgan vahhobiylik xurujlari bunga yorqin misoldir. Salafiylik ham diniy, ham ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo\u02bbladi. Chunki bu toifaning asl maqsadlari zamirida hijrat va xalifalikni tiklash kabi g\u02bboyalar yotadi. Vaholanki, musulmonlarning yagona xalifalik hukmronligi ostida yashashi haqida buyruq yoki ko\u02bbrsatma na oyat va na hadisda mavjud. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam xalifalik borasida:\u00a0<strong>\u201cMendan so\u02bbng xalifalik o\u02bbttiz yildir. Undan keyin podshohliklar bo\u02bbladi\u201d,<\/strong>\u00a0deganlar. Hijrat xususida esa:\u00a0<strong>\u201cFathdan\u00a0<\/strong>(Makka musulmonlar tomonidan zabt etilganidan)<strong>\u00a0keyin hijrat yo\u02bbq\u201d,<\/strong>\u00a0deb aytganlar. Ulamolar \u201cbu hadis umumiy bo\u02bblib, o\u02bbzidan oldin kelgan hijratga dalolat bo\u02bbluvchi rivoyatlarni nasx (bekor) qiluvchi\u201d ekanini aytgan. Shu bilan birga, Nabiy sollallohu alayhi vasallam islomni qabul qilganlarga o\u02bbzlari tomon hijrat qilishni amr etmaganlar va o\u02bbz yurtida yashashini inkor ham etmaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nafsilamrini aytganda, salafiylik jamiyat ichida diniy asosdagi qarama-qarshilik, ziddiyat va nizolar yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. Hozir ko\u02bbp joylarda jamoatchilik osudaligini buzishga urinayotgan, ba\u02bczan buzayotgan bu toifa bizning mamlakatimizga ham ta\u02bcsir o\u02bbtkazishga urinmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda o\u02bbzbekzabon ba\u02bczi salafiy da\u02bcvatchilar o\u02bbz g\u02bboyalarini yoyishga qattiq kirishib ketgan. Bu, afsuski, gohida natija ham bermoqda. Turli davlatlarda bo\u02bblgani kabi O\u02bbzbekistonda ham ularning botil aqidasiga ergashib qolish holatlari yo\u02bbq emas. Bu holat, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadigan yoshlar orasida uchrab turadi. Dinga qiziqqan yoshlar orasida bilib-bilmay salafiylarning ta\u02bcsir doirasiga tushib qolish holatlari sodir bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salafiy da\u02bcvatchilarning ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalardagi faoliyati ancha rivojlangan va takomiliga yetgan. Ularni kuzatib boruvchilar soni ko\u02bbpayishda davom etmoqda. Bunga Yaqin Sharqdagi, ayniqsa, Suriya va Falastin yerlaridagi beqarorlikdan foydalanish, shu bilan odamlarning jazavasini qo\u02bbzg\u02bbash kabi usullar katta turtki bermoqda. Chunki salafiylar o\u02bbzini musulmonlar uchun qayg\u02bburayotgan jonkuyar insonlar qilib ko\u02bbrsatadi. O\u02bbzi demokratik mamlakatlar hududidan boshpana topganiga qaramay, O\u02bbzbekistondagi demokratik tuzumni \u201ckufr tuzumi\u201d deb atab, yoshlarimizni chalg\u02bbityapti. Lekin mohiyatan bu mantiqsizlikdan boshqa narsa emas. Shunday esa-da, bir qarashda mayda ko\u02bbrinadigan salafiylikning ta\u02bcsiri og\u02bbir kechadigan oqibatlarga olib kelishi mumkin ekan. Ular go\u02bbyo juz\u02bciy diniy masalalarni ko\u02bbtarib chiqqandek bo\u02bbladi, lekin mayda-mayda qilib, pirovardida tog\u02bbdek g\u02bboyasini singdirib yuborishi hech gap emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu buzg\u02bbunchilar nufuzli ilmiy tashkilotlar yoki e\u02bctiborli ulamolar tomonidan e\u02bctirof etilgan emas. Shunday bo\u02bblsa-da, rivojlanish darajasi qanday ekanidan qat\u02bci nazar, har qanday yurtda uchrashi mumkin bo\u02bblgan ayrim ijtimoiy muammolarni ko\u02bbtarish uslubi ularning auditoriyasi kengayishiga hissa qo\u02bbshmoqda. Ba\u02bczan kichkina haqiqatni gapira turib, ortidan ulkan nohaqlikni iroda qilayotgani, buni esa din borasida yetuk bilimga ega bo\u02bblmagan yoshlar anglab yetmayotgani ularga juda asqotmoqda. Ularning bunday ma\u02bcruzalari yoshlar orasida islom dini borasida tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi, albatta. Buning oldini olish uchun esa, avvalo, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash lozim. Adashgan toifalarning da\u02bcvolari noto\u02bbg\u02bbri ekanini isbotlovchi raddiya shaklidagi audio-video murojaatlarni, ixcham risolalarni ko\u02bbpaytirish va odamlarga yetkazish ham foydadan xoli emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday salbiy illatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimiz ma\u02bcanaviy-ma\u02bcrifiy sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan xalq ma\u02bcnaviyatini yanada boyitish, diniy bilimsizlikni bartaraf etish maqsadida turli institutlar, universitet va ilmiy markazlar, masjid va madrasalar barpo etilib, ko\u02bbplab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shundan foydalangan holda o\u02bbz ma\u02bcnaviyatini boyitib, dunyoqarashini kengaytirib, mantiqqa tayanish va tanqidiy fikrlashni o\u02bbrganish, shu tariqa salafiylik kabi toifalarning g\u02bboyalariga aldanib qolishdan saqlanish kattayu-kichik har bir yurtdoshimizga lozim bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ravshan ELMURODOV,<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"http:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/47629-mayda-ko-ringan-salafiylikning-oqibati-og-ir-bo-ladigan-ta-siri\"><span style=\"color: #0000ff;\">muslim.uz<\/span><\/a><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohiym Bugungi globallashuv sharoitida barcha sohalar kabi din bilan bog\u02bbliq jarayonlar ham jadallashib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda diniy arkonlarni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilish holatlari tobora avj olmoqda. Bunday vaziyatda har bir kishi bilim va axborot iste\u02bcmoli madaniyatiga juda muhtoj bo\u02bbladi. Dinini sof saqlamoqchi bo\u02bblgan inson to\u02bbg\u02bbrini noto\u02bbg\u02bbridan ajratib olishi uchun yetarlicha salohiyatga ega bo\u02bblishi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":50681,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-07-02T07:31:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-07-02T07:31:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"370\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz\",\"name\":\"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg\",\"datePublished\":\"2026-07-02T07:31:29+00:00\",\"dateModified\":\"2026-07-02T07:31:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg\",\"width\":660,\"height\":370},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-07-02T07:31:29+00:00","article_modified_time":"2026-07-02T07:31:36+00:00","og_image":[{"width":660,"height":370,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz","name":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg","datePublished":"2026-07-02T07:31:29+00:00","dateModified":"2026-07-02T07:31:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/radmaqola.jpg","width":660,"height":370},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50680&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Mayda ko\u02bbringan salafiylikning oqibati og\u02bbir bo\u02bbladigan ta\u02bcsiri"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50680"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=50680"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50680\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":50683,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50680\/revisions\/50683"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/50681"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=50680"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=50680"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=50680"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}