{"id":50142,"date":"2026-06-04T11:27:26","date_gmt":"2026-06-04T06:27:26","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142"},"modified":"2026-06-04T11:49:30","modified_gmt":"2026-06-04T06:49:30","slug":"hadislar-ham-alloh-muhofazasidadir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz","title":{"rendered":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadislarning islomdagi yuksak ahamiyati va asosiy yo\u02bbriqnoma ekani, muqaddas dinimizning barcha jihatlari Sunnatga bog\u02bbliqligi xuddi Qur\u02bconi kabi hadislarni ham Alloh himoya qilishini taqozo etadi. Buni quyidagi dalillar misolida ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Birinchidan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam \u2013 oxirgi Payg\u02bbambar, u zot keltirgan shariat qiyomatgacha qoluvchi so\u02bbnggi shariatdir. Bu shariat hadislar bilangina mukammal bo\u02bblib, unga faqat Sunnat orqali komil amal qilish mumkin. Demak, shariat qiyomatgacha o\u02bbzgarishlarga uchramay saqlanishi uchun uning ikki asosi bo\u02bblmish Qur\u02bcon ham, hadislar ham muhofaza qilingan bo\u02bblishi shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ikkinchidan, Alloh taoloning quyidagi so\u02bbzlarida buning tasdig\u02bbi yaqqol namoyon bo\u02bbladi: <strong>\u00abUlar Allohning nurini og\u02bbizlari bilan o\u02bbchirmoqchi bo\u02bblurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, o\u02bbz nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir. U garchi mushriklar yoqtirmasa ham, O\u02bbz Rasulini hidoyat va haq din bilan hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir\u00bb<\/strong> [<em>Tavba surasi, 32-33-oyatlar<\/em>]<strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u00ab<strong>Allohning nuri<\/strong>\u00bb \u2013 Rasuliga yuborgan hidoyat va haq din. Bunga ham vahiyning ikki turi \u2013 Qur\u02bcon va hadis kiradi. Bu nurni faqat Qur\u02bcon bilan cheklashga hech qanday asos yo\u02bbq, chunki islom dini hadissiz to\u02bbliq bo\u02bblmaydi. Chunki, uni hadislardan ayro holda tasavvur qilish imkonsizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqoridagi oyatning ma\u02bcnosini quyidagicha tushunish mumkin: \u00abKofirlar Allohning dinini yolg\u02bbon va urushlar bilan yo\u02bbq qilmoqchi bo\u02bbladi, lekin buni uddalay olmaydi. Ular quyosh nurini puflab o\u02bbchirmoqchi bo\u02bblgan nodonlarga o\u02bbxshaydi. Alloh taolo O\u02bbz dinini muqarrar g\u02bbolib qiladi\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Uchinchidan, Alloh taoloning mana bu kalomi: <strong>\u201cAlbatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz\u201d<\/strong> [<em>Hijr surasi, 9- oyat<\/em>]<strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu dalil \u201czikr\u201d so\u02bbzining ma\u02bcnosiga bog\u02bbliq. Lug\u02bbat kitoblarida, xususan, \u00abAl-Qomus\u00bbda bu kalima \u201cdin tafsilotlari va qonun-qoidalari bayon qilingan kitob\u201d deb ta\u02bcriflangan. Imom Rog\u02bbibning \u00abMufradot\u00bb asarida: \u00abHar bir haq so\u02bbz zikr deyiladi\u00bb, deb aytilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Foris \u201ckitob\u201d so\u02bbzining asli bir narsani boshqasida jamlashni anglatishini aytib o\u02bbtgan. Imom Rog\u02bbib esa, yozuvda harflarni bir-biriga qo\u02bbshib tizish \u201ckitobat\u201d (yozish) deyilishini, bu so\u02bbz ba\u02bczan og\u02bbzaki nutqqa nisbatan ham ishlatilishini qo\u02bbshimcha qilgan. Shuning uchun ham Alloh taoloning kalomi, garchi o\u02bbsha kezlari hali qog\u02bbozga tushirilmagan bo\u02bblsa-da, oyatlarda \u201ckitob\u201d deb nomlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u00abDin tafsilotlari bayon qilingan kitob\u00bb so\u02bbzlariga ko\u02bbra, <strong>\u00abAlbatta, zikrni Biz nozil qildik<\/strong>\u00bb oyatidagi \u201czikr\u201d Qur\u02bconi karim ekani ayon bo\u02bbladi. Ko\u02bbpchilik ulamo va mufassirlar shu fikrda yakdildir. Biroq \u201czikr\u201d so\u02bbzi faqat Qur\u02bconga xos emas, balki keng ma\u02bcnoli bo\u02bblib, u boshqa narsalarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, <strong>\u00ab<\/strong><strong>B<\/strong><strong>ilmasangiz, zikr ahlidan so\u02bbrangiz\u00bb<\/strong> oyatidagi \u201czikr ahli\u201d olimlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunga ko\u02bbra, <strong>\u201cAlbatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz\u201d<\/strong> oyati Qur\u02bconi karimning o\u02bbzgarishdan saqlanishini ochiq-oydin bildiradi. Lekin faqat Qur\u02bconni saqlashini anglatmaydi. Chunki Haq taolo boshqa narsalarni ham saqlagan, masalan, Payg\u02bbambarimizni dushmanlar suiqasdidan asragan, shuningdek, Arshni, osmonlar va yerni zavolga yuz tutishdan saqlab turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oyatdagi muhofaza qilish va\u02bcdasi avvalgi ilohiy kitoblarga nisbatan qo\u02bbllangan bo\u02bblishi ham mumkin. Chunki Alloh taolo avvalgi kitoblarni saqlashni o\u02bbsha qavmlarning o\u02bbziga topshirgan, ular esa buni uddalay olmagan edi. Oqibatda oldingi ilohiy kitoblar o\u02bbzgartirib yuborilgandi. Qur\u02bconni saqlashni esa Alloh taolo O\u02bbz zimmasiga oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oyatning ma\u02bcno va maqsadiga qaralsa, u islomni barcha jihatlari bilan saqlashni o\u02bbz ichiga oladi. Muqaddas dinimizning ikkinchi asosi bo\u02bblgan hadislar ham shular jumlasidandir. Chunki Qur\u02bconni saqlashdan maqsad islomni muhofaza qilish ekan, u hadissiz to\u02bbliq saqlanib qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karimni muhofaza qilishdan asosiy maqsad bandalarning unga amal qilishidir. Mus\u02bchafi sharifdagi ko\u02bbplab hukmlar umumiy va qisqa berilgan, ularni ularga hadis orqali batafsil tushungachgina amal qilish mumkin. Masalan, Alloh azza va jalla: <strong>\u00abVa s<\/strong><strong>iz<\/strong><strong>ga<\/strong> (ey Muhammad!)<strong> odamlarga nozil qilingan narsani o\u02bbzlariga bayon qilib berishing<\/strong><strong>iz<\/strong><strong> uchun zikrni nozil qildik\u00bb,<\/strong> degan. Bu Qur\u02bcon bilan birga uning \u201cbayoni\u201dni \u2013 ma\u02bcnosini, tafsilotlarini, ya\u02bcni hadislarni ham Alloh saqlanishini tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aynan shuning uchun ham ulug\u02bb imom Abdulloh ibn Muborak hadisning muhofaza qilinishiga mana shu oyatni dalil qilib keltirgan. U kezlarda uydirma hadislar ko\u02bbpayib ketgan edi. Bir kuni odamlar: \u201cBu to\u02bbqilgan hadislar nima bo\u02bbladi?\u201d deb so\u02bbrashganida, u: \u201cUlar uchun bilimdon mutaxassislar bor\u201d, deb javob berib, <strong>\u201cAlbatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz\u201d<\/strong> oyatini qiroat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu bilan ulug\u02bb imom hadislar ham xuddi Qur\u02bconi karim kabi Alloh taoloning himoyasida ekanini tushuntirgan. Hadislar majmuidan tashkil topgan Sunnatni saqlash esa bilimdon muhaddis olimlar orqali amalga oshiriladi. Ular hadislarni ilm elagidan o\u02bbtkazib, saralab, sahihini zaifidan, aslini uydirmasidan ajratib beradi. Islom tarixi davomida muhaddislar aynan shu ishni qildi va bu Allohning hadisni saqlash haqidagi va\u02bcdasining isboti bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sunnatning muhofaza qilinishiga boshqa dalillar ham bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbnggi payg\u02bbambar ekanlari, u zotning dini qiyomatgacha boqiy bo\u02bblishi uchun islomning asosi bo\u02bblgan hadislar ham saqlanishi shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dinning mukammal qilingani Alloh taoloning <strong>\u201cBugun diningizni mukammal qilib berdim\u201d<\/strong> [<em>Moida surasi, 3-oyat<\/em>] degan so\u02bbzlari bilan sobit bo\u02bblgan. Bu xitob qiyomatgacha bo\u02bbladigan barcha zamonlarga tegishli. Dinning mukammalligi esa hadislar saqlangandagina tamomiga yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh O\u02bbz nurini batamom qilishi \u2013 <strong>\u201cAlloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, o\u02bbz nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir\u201d<\/strong> [<em>Tavba surasi, 32-oyat<\/em>] oyati ham islomning barcha asoslari saqlanishini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadisning vahiy ekani bunday tasdiqlanadi. Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: <strong>\u00ab<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantirurman. Gunglar ogohlantirilgan<\/strong><strong> vaqt<\/strong><strong>da da\u02bcvatni eshitmaslar<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong> de<\/strong><strong>n<\/strong><strong>g\u00bb<\/strong> [<em>Anbiyo surasi, 45-oyat<\/em>]<strong>,<\/strong> degan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam odamlarni ham Qur\u02bcon, ham hadis bilan ogohlantirganlar. Demak, hadis ham Qur\u02bcon kabi vahiydir. Sunnatdan esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu so\u02bbzlari dalil bo\u02bbladi: <strong><em>\u201cMenga Qur\u02bcon bilan birga uning mislicha berildi\u201d<\/em><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karimdagi ko\u02bbplab hukmlar umumiy bo\u02bblib, ular hadislarda kelgan tafsilotlarga muhtoj. Sunnat muhofaza qilinmaganida, Qur\u02bcon hukmlariga amal qilib bo\u02bblmas edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo: <strong>\u00abVa sizga <\/strong>(ey Muhammad!)<strong> odamlarga nozil qilingan narsani o\u02bbzlariga bayon qilib berishingiz uchun zikrni nozil qildik\u00bb,<\/strong> degan. Bu oyat ham hadisning saqlanishini taqozo qiladi, chunki tushuntiruvchi manba yo\u02bbqolsa, Qur\u02bconi karimning maqsadi amalga oshmay qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Haq taolo bunday marhamat qilgan: <strong>\u00abKim islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko\u02bbrguvchilardan bo\u02bbladir\u00bb<\/strong> [<em>Oli Imron surasi, 85-oyat<\/em>]. Bu hukm qiyomatgacha yashaydigan barcha insonlarga taalluqli. Ularning din bo\u02bbyicha hujjati to\u02bbliq bo\u02bblishi uchun u avvalo o\u02bbsha avlodlarga to\u02bbliq holida yetib borishi kerak. Islom dini esa hadissiz to\u02bbliq yetib bormaydi. Demak, qiyomatgacha din saqlanishi uchun hadislar muhofaza qilinishi shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadisning ilohiy muhofazasi faraznamo ta\u02bckid emas, balki olimlar, ayniqsa, hadis ilmi va roviylar bo\u02bbyicha mutaxassislar aniq biladigan hayotiy haqiqatdir. Islom ummati hadislarni saqlashga, to\u02bbg\u02bbrisini xatosidan ajratishga misli ko\u02bbrilmagan darajada katta ahamiyat bergan. Hadislarning mukammal saqlanganiga faqat bu ilmlardan bexabar bo\u02bblgan johillar yo islomga zarar yetkazishni ko\u02bbzlagan g\u02bbalamislargina shubha qiladi. Bu shubha zamirida aslida ilmiy-mantiqiy shubha-gumon emas, g\u02bbaraz yotgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom ulamolari yuqoridagilardan kelib chiqib, Sunnat ham xuddi Qur\u02bconi karim kabi Allohning himoyasida, degan xulosaga kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Shofeiy ta\u02bckidlaganidek, Sunnat ulamolar orasida to\u02bblaligicha saqlangan. To\u02bbg\u02bbri, bir olim barcha hadislarni bilmasligi mumkin, lekin u bexabar bo\u02bblgan rivoyatdan boshqa bir olim, albatta, boxabar bo\u02bbladi. Shu tariqa barcha olimlarning bilganlari jamlansa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlari to\u02bbla-to\u02bbkis namoyon bo\u02bbladi. Hech bir hadis butunlay yo\u02bbqolib ketmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Ibn Hazm hadislarning Qur\u02bconi karim kabi Alloh tomonidan saqlanishiga bir qancha oyatlarni dalil qilib keltirgan. Avvalo aytish kerakki, u ham <strong>\u201cAlbatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz\u201d<\/strong> oyatidagi zikr so\u02bbzini barcha vahiylarga tegishli deb biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Olimning fikricha, Qur\u02bcon va hadislar bir-birini to\u02bbldiradi. Ikkalasi ham Alloh taoloning huzuridan kelgani uchun ham shunday. Mana shundan kelib chiqib, ikkisidagi hukmlarga birdek itoat qilish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201c<\/strong><strong>Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantirurman<\/strong><strong>\u201d<\/strong>. Haq taolo insonlarni to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri emas, payg\u02bbambarlar orqali ogohlantiradi. Payg\u02bbambarlar, xususan, Nabiy alayhissalom insonlarni nafaqat oyatlar bilan, balki hadislar bilan ham ogohlantirganlar. Demak, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlari vahiydir. Vahiy (zikr) esa Qur\u02bcondagi ilohiy va\u02bcda bilan muhofazaga olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo bir narsani saqlashni o\u02bbz zimmasiga oldimi, demak, u yo\u02bbqolib ham ketmaydi, o\u02bbzgarib ham qolmaydi. Dinning qaysidir bir jihati yo\u02bbq bo\u02bblib ketsa yoki u haq bilan botilni ajratib bo\u02bblmaydigan darajaga tushib qolsa, ilohiy va\u02bcda quruq gap bo\u02bblib qolar edi. Vaholanki, Qodir Parvardigordan Uning O\u02bbziga malomat keltiradigan kalom nozil bo\u02bblishi har qanday mantiqqa ziddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuning uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam keltirgan din qanday bo\u02bblgan esa, qiyomatga qadar shundayligicha qoladi. U zot aytgan dinga oid biror so\u02bbz yo\u02bbqolishi yoki unga bironta uydirma gap mutlaqo ajralmaydigan bo\u02bblib aralashib qolishi aslo mumkin emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yana bir muhim jihat shuki, Alloh taolo Mus\u02bchafi sharifda namoz, zakot va haj kabi amallar qisqa tarzda aytilgan, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga Qur\u02bconni odamlarga tushuntirib berishni buyurgan. E\u02bctibor bersak, ularning qanday bajarilishi faqat hadislar orqali ma\u02bclum bo\u02bbladi. Bu ko\u02bbrsatmalar saqlanmaganida, ishonchli bo\u02bblmaganida edi, din arkonlariga amal qilishning imkoni qolmas, farz amallar qat\u02bciy qoidalar asosida emas, pala-partish va betartib bajariladigan bo\u02bblardi. Ba\u02bczilari hatto bekor bo\u02bblib yo unutilib, yo\u02bbqolib ham ketishi ham hech gap emasdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu shuni anglatadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning din borasida aytgan har bir so\u02bbzlari Alloh taoloning himoyasida bo\u02bblib, unga hech qachon yot narsalar ajratib bo\u02bblmaydigan darajada aralashib ketmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u02bbz so\u02bbngida xalq orasidagi \u201cjo\u02bbn gap\u201dga ham murojaat qilsak. Islomda \u201cQur\u02bconda zikr qilingan narsa qiyomatgacha yo\u02bbqolmaydi\u201d degan tushuncha bor. Buning ma\u02bcnosi shuki, Qur\u02bconi karim muhofazada ekan, unda qayd etilgan narsalar kelgusi avlodlar uchun tushunarsiz, mavhum, unutilgan bo\u02bblib qolmaydi, balki Mus\u02bchafi sharifdek saqlanadi. Shunga muvofiq fikr yuritadigan bo\u02bblsak, Qur\u02bconi karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish \u2013 buyurganlarini bajarish, nimadan qaytargan bo\u02bblsalar, ularni tark qilish \u2013 amri bor. Bu ilohiy amr ham \u2013 Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlari qiyomatgacha saqlanishini anglatadi. Negaki, Sunnat saqlanmasa, unga amal qilishni amr etishda ma\u02bcno va mantiq qolmasdi. Haq taoloning amri esa, boya ta\u02bckidlanganidek, Uning O\u02bbziga malomat keltiradigan gap emas, balki ilohiy hikmatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Nurmuhammad MATKARIMOV<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hadislarning islomdagi yuksak ahamiyati va asosiy yo\u02bbriqnoma ekani, muqaddas dinimizning barcha jihatlari Sunnatga bog\u02bbliqligi xuddi Qur\u02bconi kabi hadislarni ham Alloh himoya qilishini taqozo etadi. Buni quyidagi dalillar misolida ko\u02bbrish mumkin. Birinchidan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam \u2013 oxirgi Payg\u02bbambar, u zot keltirgan shariat qiyomatgacha qoluvchi so\u02bbnggi shariatdir. Bu shariat hadislar bilangina mukammal bo\u02bblib, unga faqat Sunnat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":50144,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Hadislar ham Alloh muhofazasidadir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-06-04T06:27:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-06-04T06:49:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz\",\"name\":\"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg\",\"datePublished\":\"2026-06-04T06:27:26+00:00\",\"dateModified\":\"2026-06-04T06:49:30+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-06-04T06:27:26+00:00","article_modified_time":"2026-06-04T06:49:30+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz","name":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg","datePublished":"2026-06-04T06:27:26+00:00","dateModified":"2026-06-04T06:49:30+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/hadismuh.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=50142&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Hadislar ham Alloh muhofazasidadir"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50142"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=50142"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50142\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":50147,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/50142\/revisions\/50147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/50144"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=50142"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=50142"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=50142"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}