{"id":49838,"date":"2026-05-14T12:24:21","date_gmt":"2026-05-14T07:24:21","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838"},"modified":"2026-05-14T12:35:09","modified_gmt":"2026-05-14T07:35:09","slug":"imom-buxoriyning-al-jome%ca%bc-as-sahih-asarining-islom-ilmlari-rivojiga-qo%ca%bbshgan-hissasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yetishib chiqqan. Manbalarda keltirilishicha, birgina hadis ilmi bo\u02bbyicha uch mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abdulhamid Keshiy, Haysam Shoshiy va Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislarning buyuk xizmatlari tufayli bu o\u02bblka \u201cBuyuk muhaddislar yurti\u201d deb e\u02bctirof etilgan va ularning noyob asarlari keng o\u02bbrganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu zamindan yetishib chiqqan buyuk ulamolardan hadis ilmi sohasida eng mashhurlaridan biri, shubhasiz, Imom Buxoriydir. Alloma o\u02bbzining nodir zehni, ijtihodi, aql bovar qilmas xotirasi, noyob iste\u02bcdodi bilan o\u02bbz zamonasida ham, keyingi davrlarda ham katta hurmatga sazovor bo\u02bblgan. Islom dunyosida muhaddislar sultoni deya shuhrat topgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi davrlar osha o\u02bbz qadr-qimmatini yo\u02bbqotmay, katta qiziqish bilan mutolaa qilinib, tadqiq etilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh qirq yil mobaynida ilmiy safarda bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Imom Buxoriyning juda yosh paytidayoq kitob yozishni boshlagani va ilmning bir necha yo\u02bbnalishlarida ko\u02bbplab kitob yozgani ma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) Imom Buxoriyning shoh asari hisoblanib, u o\u02bbn olti yil mobaynida yozilgan. Asarning qo\u02bblyozma nusxalari butun dunyoning mashhur kutubxonalarida saqlanmoqda. Bugungi kunda bu to\u02bbplam o\u02bbzbekchaga tarjima qilingan bo\u02bblib, undan yoshu keksalar mutolaa qilib, ma\u02bcnaviy-ruhiy quvvat olmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga ko\u02bbplab sharhlar yozilganidan ham asarning qiymati nechog\u02bblik yuksak ekanini anglab olish mumkin. Imom Buxoriyning bu asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba sanaladi. Ko\u02bbpchilik bu to\u02bbplam va unga oid ma\u02bclumotlarni bilishga intiladi. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplami xorijlik olimlar tomonidan juda mukammal o\u02bbrganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Bizning yurtimizda ham o\u02bbrganilgan. Lekin mukammal deb bo\u02bblmaydi. Bu to\u02bbplamni o\u02bbrganish, tadqiq qilish va u haqidagi qiziqarli ma\u02bclumotlarni xalqimizga yetkazish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Xususan, bu to\u02bbplam haqidagi ma\u02bclumotlarni o\u02bbrganish xalqimiz uchun juda qiziq. Demak, biz kelajakda bu ishlarni amalga oshirishga mas\u02bculmiz. Buni o\u02bbrganishdan maqsad, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplami haqidagi ma\u02bclumotlarni xalqimizga yetkazishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga oid ma\u02bclumotlar har xil manbalarda turlicha keltirilgan. Ba\u02bczi manbalarda to\u02bbplamning nusxalari bayon etilgan bo\u02bblsa, boshqalarida sharh, hoshiya va tarjimalariga urg\u02bbu berilgan. Hoji Xalifaning \u201cKashfuz zunun\u201d asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamiga bag\u02bbishlab yozilgan sharhlar bayon etilgan. Muhammad Isom Husaniy va doktor Abdug\u02bbani Abduxoliq o\u02bbz asarlarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamiga yozilgan sharh, hoshiya va muxtasarlarga ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratgan. Yana bu asar qanday niyatda o\u02bbqilsa, ko\u02bbzlagan maqsadi hosil bo\u02bblishini ham bayon etgan. Shamsiddin Zahabiy \u201cTarixul islom\u201dda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba ekaniga e\u02bctibor qaratgan. Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin \u201cTarixi turosil arabiy\u201d (\u201cArabiy meroslar tarixi\u201d) asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga bag\u02bbishlab yozilgan sharh, muxtasar va qo\u02bblyozma nusxalarini keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbalarda bu asarning yozilishiga Imom Buxoriyning ustozi Is\u02bchoq ibn Rohavayhning so\u02bbzlari sabab bo\u02bblgan, deb ko\u02bbrsatilgan. Xususan, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy (vaf. 854\/1450)dan bunday rivoyat qilinadi: \u201cImom Buxoriy: \u201cIs\u02bchoq ibn Rohavayh bir kuni: \u201cQaniydi sizlardan biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan sahihlarini to\u02bbplab, bir asar ta\u02bclif etsangiz\u201d, dedi. Mana shu so\u02bbz mening qalbimga qattiq o\u02bbrnashib qoldi. Natijada \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni jamlashga kirishdim\u201d, deb aytadi\u201d [5:7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin ba\u02bczi rivoyatlardan \u201cTarixi turosil arabiy\u201d kitobida Imom Buxoriy rahimahulloh (194-256\/810-870) \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarini vafotidan 23-yil oldin yozib tugatganini aytadi. Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarini 16-yil davomida yozganini zikr qilgan. Uni taxminan 217\/832-yili boshlab, 233\/848-yilda tugatgan [3:16-17].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shamsiddin Zahabiy (vaf.748\/1347) \u201cTarixul islom\u201d kitobida: \u201cImom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ulug\u02bb va afzal kitob bo\u02bblib, hozirgi kunda odamlar uchun eng oliy sanaddir\u201d, deb yozgan [11:274].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni yozib bo\u02bblib, uni odamlarga yetkazish uchun dars halqalari tashkil qilgan. Ushbu darslarda uning atrofida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni eshitishga mushtoq bo\u02bblgan va rivoyat qilishga katta qiziqish bilan qaraydigan ko\u02bbp odam to\u02bbplangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan eshitgan bu jamoani orasidan kitobni boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq eshitgan roviylar toifasi mashhur bo\u02bblgan. Ular kitobni mukammal o\u02bbrgangan. O\u02bbzidan keyingi roviylarga bu kitobni yetkazgan. Ular ham o\u02bbzidan keyingilarga yetkazgan. Natijada dunyoda kitobning qadri baland bo\u02bblgan va nomi keng tarqalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddan dars beradigan majlislarda rivoyatlarni to\u02bbg\u02bbrilash, eshitgan narsalarini yozib olish va lafzlarni tuzatish uchun himmatlarini sarflaydigan roviylar to\u02bbplangan. Bu haqda Imom Buxoriyning eng mashhur shogirdi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (231-320\/846-932): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, deb aytadi [7:28]. Haqiqatan, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d nusxalari orasida Imom Firabriyning rivoyati juda mashhur bo\u02bblib ketgan. Buning sababi uning uzoq umr ko\u02bbrgani va kitobining nusxasi to\u02bbliq bo\u02bblganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Rushayd Sabtiy bunday degan: \u201cBugun Mashriq va Mag\u02bbribda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini eshitishda sanadi Imom Buxoriyga bog\u02bblangan yo\u02bbl Abu Abdulloh Firabriyning yo\u02bblidir. Rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining mashhurligi uchun odamlar unga suyanadi. Uning qo\u02bblida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi bo\u02bblgan va undan Abu Abdulloh Firabriyning shogirdlari ko\u02bbchirib olgan. Bu esa Abu Abdulloh Firabriyni qo\u02bbllab-quvvatlaydigan hujjat va uning to\u02bbg\u02bbriligiga shahodatdir. So\u02bbngra \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yo\u02bbl bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam ushlagan va unga ijmo\u02bb bog\u02bblangan. Natijada aniq hujjat bo\u02bblgan\u201d [2:18-19].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu haqda Ibn Hajar Asqaloniy (vaf. 1448): \u201cBu asrda va bundan oldingi asrlarda \u201cAl-852\/Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini eshitishda sanadi bog\u02bblangan rivoyat Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mator ibn Solih ibn Bishr Firabriyning rivoyatidir\u201d, degan [10:491-492].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Firabrda dars berib bo\u02bblgach, 255\/869-yilda Nasafga kelgan va shu yerda bir muddat yashagan. Buyuk muhaddis ushbu shaharga kelib, yashaganida nasafliklar \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan ta\u02bclim olgan. Ular: Hammod ibn Shokir Nasafiy, Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Abu Fazl Tohir ibn Husayn ibn Maxlad, Abu Talha Mansur ibn Muhammad ibn Ali Pazdaviy, Tuban qishlog\u02bbining boshlig\u02bbi Abu Fazl Ja\u02bcfar ibn Muhammad ibn Abbos Tubaniy va Xalaf ibn Shohid ibn Hasan ibn Hoshim va boshqalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamiga ko\u02bbplab sharh yozilganidan ham asarning qiymati nechog\u02bblik yuksak ekanini anglab olish mumkin. Boshqa asarlar kabi \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga ham ko\u02bbpdan-ko\u02bbp sharhlar bitilgan bo\u02bblib, u muhim manba sifatida qayta-qayta nashr qilingan. Arab tilidagi sharh va hoshiyalar juda ko\u02bbp bo\u02bblib, hajm va ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Qator manbalarda ularning soni yuzga yaqin ekani aytib o\u02bbtilgan. Xususan, Muhammad Isom Husaniy \u201cIthoful qoriy bi-ma\u02bcrifati juhud va a\u02bcmolil ulamo ala Sahihil Buxoriy\u201d asarida bu asarga bag\u02bbishlab uch yuz yetmishga yaqin muxtasar va to\u02bbliq kitob yozilganini ta\u02bckidlaydi. \u201cKashfuz zunun\u201d muallifi Hoji Xalifa ellikka yaqin sharh yozilgan, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Doktor Fuad Sezgin (1342-1439\/1964-2018) \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga bag\u02bbishlab yozilgan ellik oltita sharhni sanab o\u02bbtgan. U yana \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning o\u02bbn to\u02bbrtta muxtasarini ham keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning atrofida juda ko\u02bbp kitob va risola bitilgan. Doktor Fuad Sezgin \u201cTarixi turosil arabiy\u201d asarida ularni quyidagi tartibda keltirgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Birinchisi: Sulosiyot (\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi uch roviyli oliy sanadli hadislar) kitoblari bo\u02bblib, bir nechta ulamolar shunday asarlar yozgan. Yana Sulosiyotga bag\u02bbishlab yozilgan kitob va sharhlar bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ikkinchisi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning boblari haqida yozilgan kitoblar bo\u02bblib, bu borada bir nechta asarlar bitilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Uchinchisi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni o\u02bbqish odoblari va unga bog\u02bbliq masalalar haqida yozilgan kitoblar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">To\u02bbrtinchisi: Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamidagi hadislarni rivoyat qilgan ustozlari va asarning manbalari haqidagi kitoblar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Beshinchisi: Imom Buxoriy va Imom Muslim birgalikda hadis rivoyat qilgan roviylar va ularning hadislari haqidagi kitoblar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oltinchisi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d va \u201cSahihi Muslim\u201dda bir xil kelgan matnlarni jamlovchi sharhlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yettinchisi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d va \u201cSahihi Muslim\u201dda mushtarak (o\u02bbxshash) bo\u02bblgan rivoyatlarni jamlovchi va mukammal qiluvchi kitoblar [4:255].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Doktor Fuad Sezgin \u201cTarixi turosil arabiy\u201d asarining \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari qo\u02bblyozma nusxalari bo\u02bblimida quyidagilarni keltiradi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari qo\u02bblyozma nusxalari arab olamidagi deyarli barcha kutubxonalarda uchraydi. Nusxalar orasida biz bilgan eng qadimiy qo\u02bblyozma \u2013 370-390\/980-999-yillarda Marvaziy rivoyatiga ko\u02bbra ko\u02bbchirilgan \u201cMinjana\u201d nusxasi ham bor. Mazkur nusxa 1936-yil Kembrij universitetiga olib ketilgan\u201d [4:228].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zamondosh ulamolardan doktor Abdug\u02bbani Abduxoliq o\u02bbzining \u201cImom Buxoriy va uning sahihi\u201d asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga bog\u02bbliq sharh, hoshiya va muxtasarlardan bir yuz o\u02bbttiz bittasini keltirgan. Hadisshunos olim Ubaydulla Uvatovning tadqiqotlarida 80 dan ziyod sharh va ularning mualliflari haqida ma\u02bclumot keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu asarni o\u02bbrganish dastavval xattotlar tomonidan ko\u02bbchirishdan boshlangan. Jumladan, Quddusda yashagan Abu Nasr Mo\u02bbtaman Sojiy milodiy 1053-1113-yillarda asarni olti marta to\u02bbliq ko\u02bbchirgan. Ushbu asar islom olamida o\u02bbta ahamiyatli bo\u02bblgani uchun yozib tugatilganidan hozirga qadar unga sharh va hoshiyalar bitilib, tadqiqotlar olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirga qadar asarning bir yuz ellikka yaqin sharhi bor ekani aniqlangan. Hindistonlik mashhur olim Abdusalom Muborakfuriy (1289-1342\/1872-1924)ning \u201cSiyratul Imom Buxoriy sayyidil fuqaho va imomil muhaddisin\u201d (\u201cFaqihlar peshvosi va muhaddislar yetakchisi Imom Buxoriyning tarjimayi holi\u201d) kitobida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga yozilgan bir yuz qirq ikkita sharhni sanab, ular haqida qisqacha ma\u02bclumot keltirgan [1:452]. Bu borada olim kitobining \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asariga yozilgan sharh va izohlar, deb nomlangan to\u02bbrtinchi bobida bunday deydi: \u201cAsarning ulug\u02bbvorligi va qadri buyuk ekaniga isbot sifatida unga yozilgan sharh va izohlarni keltirish mumkin. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamiga sharh yozgan olimlar qaysi mazhab va yo\u02bbnalishda bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, asar rivojiga o\u02bbz hissasini qo\u02bbshib kelmoqda. Sharh bitganlarning ba\u02bczilari asarning umumiy holatiga sharh yozgan bo\u02bblsa, boshqasi hadis rivoyat qilgan insonlar kitobda keltirilgan fiqh ilmiga oid mavzularni o\u02bbrganib, tadqiq qilgan. Sharh yozganlardan ba\u02bczilari o\u02bbz sharhini mufassal yozgan bo\u02bblsa, ayrimlari umumlashtirib, yana ba\u02bczilari o\u02bbzidan oldin yozilgan sharhlarni muxtasar \u2013 ixcham holatga keltirib, jamlagan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga oid sharhlarning hammasini yoki u haqda yozilgan kitoblarni tadqiq qilish juda qiyin ish. Ammo qo\u02bblimdan kelganicha, o\u02bbsha izoh va mulohazalarni hurmatli o\u02bbquvchiga havola etaman. Hadis olimlari o\u02bbz asarida ishora qilgan ba\u02bczi sharhlar haqida to\u02bbliq ma\u02bclumotga ega bo\u02bblish imkoni yo\u02bbq bo\u02bblgani uchun ularning nomi yoki tafsilotini keltirmasdan, batafsil ma\u02bclumot bera olmaganimizdan chuqur afsusdaman\u201d [1:363]. Ushbu ma\u02bclumotlardan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarining nechog\u02bblik muhim ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asarning ilk sharhi sifatida Imom Xattobiy nomi bilan mashhur Abu Sulaymon Ahmad ibn Muhammad (319\/931-388\/998)ning \u201cA\u02bclomus sunan\u201d kitobini keltirish mumkin. Bu kitob haqida mashhur tarixchi olim Hoji Xalifa (vaf. 1068\/1657) quyidagilarni aytib o\u02bbtadi: \u201cA\u02bclomus sunan\u201d asari o\u02bbta nodir sharh bo\u02bblib, u \u201cNe\u02bcmatlarni beminnat tortiq qiluvchi Allohga hamd bo\u02bblsin\u201d deb boshlanadi. Imom Xattobiy \u201cMaolimus sunan\u201d kitobini tugatganidan so\u02bbng, ushbu asarni bir jildda yozib qoldirdi. Bu asar Balx ahli iltimosiga binoan yozilgan\u201d [9: J: 1. \u2013 B: 545]. Imom Xattobiyning \u201cMaolimus sunan\u201d kitobi olti sahih hadis asarlari orasidagi Imom Abu Dovud (202-275\/889-817-y.)ning \u201cSunan\u201diga yozilgan sharhdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asariga ilk sharh deb qaraladigan \u201cA\u02bclomus sunan\u201d asarining nomi borasida bir qancha qarash bor. Ya\u02bcni asar nomi aslida \u201cA\u02bclomus sunan\u201d bo\u02bblganmi yoki boshqami degan savol tadqiqotchilar orasida uchraydi. Chunki uning bir qancha qo\u02bblyozma nusxalarida \u201cA\u02bclomus sunan\u201d nomidan tashqari \u201cAl-I\u02bclomus sunan\u201d, \u201cAl-I\u02bclomul Buxoriy\u201d, \u201cA\u02bclamul hadis\u201d kabi o\u02bbnga yaqin ko\u02bbrinishlarni uchratish mumkin. Asar ustida tadqiqot olib borgan doktor Muhammad ibn Sa\u02bcd so\u02bbnggi xulosa o\u02bbrnida uning nomini \u201cA\u02bclomus sunan\u201d ekanini to\u02bbg\u02bbri deb qayd etgan [6:67].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Xattobiy o\u02bbzining \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga yozilgan \u201cA\u02bclomus sunan\u201d nomli sharhida: \u201cMen kitobning ko\u02bbproq qismini Xalaf ibn Muhammad Xayyomdan, u Imom Buxoriyning o\u02bbzidan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni eshitgan mashhur shogirdi Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiydan Imom Firabriyning yo\u02bblidan boshqa yo\u02bbl bilan eshitdim\u201d, degan. Demak, Imom Xattobiy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning yo\u02bbli orqali rivoyat qilgan roviylardan biri sanaladi. U kitobning ko\u02bbproq qismini Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning yo\u02bbli orqali, faqat kitobning oxiridagi hadislarni esa Firabriyning yo\u02bbli orqali eshitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning rivoyati Abu Solih Xalaf ibn Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning yo\u02bbli orqali tarqalgan. U movarounnahrlik muhaddis bo\u02bblib, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy va boshqa muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Boshqa shaharlarga safar qilmagan. Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning rivoyati Yer yuzida keng tarqalgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Xaldun: \u201cImom Buxoriy asarining sharhi islom ummatiga qarzdir\u201d, degan. \u201cFathul boriy\u201d nomli sharh yozilganidan keyin alloma Imom Saxoviy \u201cUmdatus same\u02bc val qoriy\u201d asarida: \u201cEhtimol, o\u02bbsha qarzdan butun islom ummati endi qutuldi\u201d, deb ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga yozilgan sharhlar orasida eng ko\u02bbp mutolaa qilinadiganlari Ibn Hajar Asqaloniy (773\/1372-852\/1449) qalamiga mansub \u201cFathul boriy sharhu Sahihil Buxoriy\u201d va Badriddin Ayniyning (762\/1361-855\/1451) \u201cUmdatul qoriy fi-sharhi Sahihil Buxoriy\u201d asarlaridir. O\u02bbz davrida hech kim kitob yozishda bu ikki allomaga tenglasha olmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga hanafiy yo\u02bbnalishida yozilgan sharhlar orasida eng mashhuri 21 jildli \u201cUmdatul qoriy fi-sharhi Sahihil Buxoriy\u201d bo\u02bblib, muxtasar holatda \u201cUmdatul qoriy\u201d nomi bilan tanilgan. Bu esa eng mukammal sharhlardan biri hisoblanadi. Unda Badriddin Ayniy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dda hanafiy mazhabiga mos kelmagan hadislar muqobiliga moslarini keltirib sharhlagan va afzal jihatlarini yoritib bergan. O\u02bbquvchi tez va oson fahmlashi uchun qiyin tushuniladigan oyat va hadislarga izohlar yozgan. Jumladan, o\u02bbquvchi kerakli manbani tez topishi uchun har bir juz avvalida mundarija keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Badriddin Ayniy bu sharhni hijriy 821-yili boshlab, 847-yilda, ya\u02bcni 26-yil deganda, Ibn Hajar Asqaloniy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga \u201cFathul boriy\u201d nomli sharhni yozib tugatganiga 5-yil bo\u02bblganda tamomlagan. Ko\u02bbplab ulamolarning nuqtayi nazari va bildirgan fikrlariga qarasak, \u201cUmdatul qoriy\u201d afzalroq ekani ravshan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplami har jihatdan maqbul va ming yildan buyon matlub bo\u02bblganiga hech kim shubha qilmaydi. Zero, bu asar hadis ilmida yozilgan kitoblar orasida eng buyugi va eng mashhuri hisoblanadi. Bu asarni Ahli sunna val jamoa ulamolari va musulmonlarning katta qismi Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba, deb bilgan. Asrlar davomida dunyo ulamolari \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni o\u02bbqishga, o\u02bbqitishga katta ahamiyat berib kelgan. Uni o\u02bbrganib, tadqiq va tahlil qilishga diqqat qaratgan. Unga turli davrlarda sharhlar, hoshiyalar, mustaxraj va mustadrak asarlar, tanqidiy va himoyaviy mazmundagi kitoblar tasnif etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Abdulhaq Dehlaviy \u201cAsh\u02bcatul lam\u02bcot\u201dda bunday deydi: \u201cKo\u02bbplab ustozlar va ishonchli ulamolar \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni maqsadlari hosil bo\u02bblishi, muhim ishlariga erishishi, hojatlari ravo bo\u02bblishi, balo (baxtsizlik)larni ketkazish, g\u02bbam-g\u02bbussalarni aritish, kasalliklarni muolaja qilish, kasallarni davolash uchun mushkul va qiyin vaziyatlarda o\u02bbqigan. Shunda ularning maqsadlari hosil bo\u02bblgan, ular o\u02bbz maqsadiga erishgan va uni sinalgan (tekshirib ko\u02bbrilgan) zaharga qarshi dori kabi (foydali) deb topgan. Darhaqiqat, bu ma\u02bcno muhaddislarning nazdida mashhur bo\u02bblgan va keng tarqalgan\u201d [8:33].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhaddis Sayyid Jamoliddin ustozi Sayyid Asliddindan bunday naql qiladi: \u201cMen \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni turli xil voqea va muhim ishlarda o\u02bbzim va boshqa odamlar uchun bir yuz yigirma necha marta o\u02bbqidim. Uni nima niyatda o\u02bbqigan bo\u02bblsam, ko\u02bbzlagan maqsadim hosil bo\u02bbldi va istagan narsam yetdi\u201d [8:33-34].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur ma\u02bclumotlarga xulosa va taklif tarzida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy hadis ilmida mo\u02bbminlar amiri bo\u02bblishi bilan birga, islom ilmlarining boshqa sohalarini ham mukammal egallagan. U islom ilmlarining deyarli har bir sohasiga oid kitob yozgan. Kitoblarining ba\u02bczisi o\u02bbsha ilm bo\u02bbyicha yozilgan asarlarning eng avvali hisoblanadi. Asarlarining ayrimlari bizgacha yetib kelgan bo\u02bblsa, afsuski, ayrimlari yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan asarlari ulamolar tomonidan to\u02bbliq tahqiq etilgan, o\u02bbrganilgan va dunyoning ko\u02bbplab shaharlarida qayta-qayta nashr qilingan;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Birgina kitobning atrofida bu qadar ko\u02bbp sharh, risola va kitobning yozilishi, bizga kitobning ahamiyati va qiymati naqadar buyukligini bildiradi. Demak, bu asar bu qadar ko\u02bbp sharh, bahs, risola va kitobning yozilishiga sababchi bo\u02bblgan. Shuning o\u02bbzi islom ilm-fanining rivojiga katta hissa qo\u02bbshganini anglatadi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shubhasiz, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d buyuk muhaddisning shoh asari bo\u02bblib, Qur\u02bconi karimdan keyingi manba sanaladi. Bugungi kunda bu to\u02bbplam o\u02bbzbekchaga tarjima qilingan bo\u02bblib, undan yoshu keksalar mutolaa qilib, ma\u02bcnaviy-ruhiy quvvat olmoqda;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buyuk muhaddisning bu asari hojatlar ravo bo\u02bblishi, balolarni ketkazish, g\u02bbam-g\u02bbussalarni aritish va kasalliklarni daf qilish uchun mushkul va qiyin vaziyatlarda o\u02bbqiladi. Chunki bu nima niyatda o\u02bbqilsa, ko\u02bbzlangan maqsad hosil bo\u02bbladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning o\u02bbzidan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni rivoyat qilgan roviylarning hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish maqsadga muvofiq;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning islom ilm-fani rivojiga qo\u02bbshgan hissasini o\u02bbrganish orqali, Imom Buxoriy Movarounnahrning qaysi shaharlarida yashagan, ta\u02bclim bergani va qaysi mashhur muhaddislar bilan uchrashganini o\u02bbrganish maqsadga muvofiqdir;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati hamda qoldirgan boy ilmiy merosini o\u02bbrganish g\u02bboyat muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday tadqiqotlar Imom Buxoriy hayoti va faoliyati, hadisshunoslik ilmi va tarixiga oid yangi ma\u02bclumotlarni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdusalom Muborakfuriy. Siyratul Imom Buxoriy sayyidil fuqaho va imomil muhaddisin. \u2013 Makka: Doru olimil favoid, 2001.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Rushayd Sabtiy Fihriy Andalusiy. Ifodatun nasiyh fit ta\u02bcrif bi-sanad Al-Jome\u02bc as-sahih. \u2013 Tunis: Dorut Tunisiya, 2019.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ja\u02bcfar Varroq Buxoriy. Shamoili Buxoriy. Abu Muoviya Bayrutiy tahqiqi. Abduvosi Shonazarov tarjimasi. \u2013 Samarqand: \u201cImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u201d nashriyoti, 2023.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Doktor Fuad Sezgin. Tarixi turosil arabiy. \u2013 Saudiya Arabistoni: Imom Muhammad ibn Saud universiteti, 1411\/1991.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. \u2013 Bayrut. Dorul ma\u02bcrifa, 1959.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Xattobiy. A\u02bclomus sunan. Muhammad ibn Sa\u02bcdi tahqiqi. \u2013 Makka: Ummul Quro universiteti, 1988.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Al-Bidoya van nihoya: 15 jildli. Ustozlar jamoasining tahqiqi. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1407\/1987.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad Isom Husaniy. Ithoful qoriy bi-ma\u02bcrifati juhud va a\u02bcmolil ulamo ala Sahihil Buxoriy. \u2013 Bayrut: Al-Yamoma. 1407\/1987.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hoji Xalifa. Kashfuz zunun an-asomil kutub val funun. \u2013 Bayrut: Dor ihya at-turos, 1941.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hofiz Ahmad ibn Ali ibn Hajar Asqaloniy. Hadyus soriy muqaddimatu Fathil boriy: 2 jildli. \u2013 Ar-Riyod: Doru Toyba, 1426\/2005.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Tarixul islom va vafoyotil mashayir val a\u02bclom. \u2013 Bayrut: Dorul kitobil arabiy, 1990.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a\u02bclomin nubalo: 25 jildli. \u2013 Bayrut: Doru muassasatir risola, 1992.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV<br \/>\n<\/strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yetishib chiqqan. Manbalarda keltirilishicha, birgina hadis ilmi bo\u02bbyicha uch mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abdulhamid Keshiy, Haysam Shoshiy va Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislarning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49840,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARININGISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARININGISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-05-14T07:24:21+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-05-14T07:35:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg\",\"datePublished\":\"2026-05-14T07:24:21+00:00\",\"dateModified\":\"2026-05-14T07:35:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARININGISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARININGISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARININGISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-05-14T07:24:21+00:00","article_modified_time":"2026-05-14T07:35:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg","datePublished":"2026-05-14T07:24:21+00:00","dateModified":"2026-05-14T07:35:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARININGISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Imom_Buxoriy_Sahih.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49838&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYNING \u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49838"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49838"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49838\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49839,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49838\/revisions\/49839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49840"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49838"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49838"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49838"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}