{"id":49651,"date":"2026-05-04T11:01:35","date_gmt":"2026-05-04T06:01:35","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651"},"modified":"2026-05-04T12:09:29","modified_gmt":"2026-05-04T07:09:29","slug":"umrboqiy-merosdan-yangi-yuksalishga","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz","title":{"rendered":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mamlakatimiz azal-azaldan jahon tamadduni taraqqiyotiga beqiyos ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan, unga yangi ruh, yangi mazmun bag\u02bbishlagan muqaddas makon sifatida e\u02bctirof etib kelinadi. Bu zaminda shakllangan ilmiy va ma\u02bcnaviy meros asrlar davomida insoniyat tafakkuriga yo\u02bbl ko\u02bbrsatib kelgani bilan alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda esa dunyo hamjamiyati yurtimizning mutlaqo yangi bosqichga ko\u02bbtarilgan taraqqiyotini diqqat bilan kuzatmoqda, uni chuqur tahlil etmoqda va erishilayotgan yutuqlarni yuksak baholamoqda. Ana shu izchillik, shijoat va qat\u02bciyat samarasi o\u02bblaroq, yurtimiz yangi marralarni ishonch bilan zabt etmoqda. Bu yuksalishning mustahkam poydevori esa, shubhasiz, chuqur ilm, yuksak ma\u02bcrifat va boy ma\u02bcnaviy merosga tayanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlar islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini teran ochib berishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda, buyuk allomalarimiz qoldirgan beqiyos ilmiy merosni qayta tiklash, uni zamonaviy yondashuvlar asosida o\u02bbrganish va keng jamoatchilikka yetkazish ustuvor vazifaga aylandi. Xususan, insonni ma\u02bcnaviy kamolot sari yetaklovchi muhim ta\u02bclimot \u2013 tasavvuf ilmiga bo\u02bblgan qiziqish va e\u02bctibor izchil ortib bormoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli ishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar \u2013 UNESCO, ISESSO, IRCISA hamda Organization of Turkic States tomonidan yuksak e\u02bctirof etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizda faoliyat yuritayotgan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari kabi ilmiy dargohlar \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u201d ezgu g\u02bboyasi asosida jamiyatda sog\u02bblom ma\u02bcnaviy muhitni qaror toptirishga xizmat qilmoqda. Ular yosh avlodni zamonaviy fikrlaydigan, shu bilan birga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo\u02bblib voyaga yetishini ta\u02bcminlashga salmoqli hissa qo\u02bbshmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, buyuk allomalar merosini o\u02bbrganish, ular yaratgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilish va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali bu bebaho ma\u02bcnaviy boylik nafaqat xalqimiz, balki butun jahon jamoatchiligi o\u02bbrtasida keng targ\u02bbib etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bcon, hadis, fiqh va kalom ilmlariga oid nodir asarlar ilk bor o\u02bbzbek tiliga tarjima qilinib, keng jamoatchilikka taqdim etildi. Ayni paytda, tasavvuf ta\u02bclimoti tarixi hamda tariqat namoyandalari merosini o\u02bbrganish va tarjima qilish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tasavvuf tarixi va falsafasi, mutasavviflar ilmiy merosiga bag\u02bbishlangan fundamental tadqiqotlar izchil olib borilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizning qator nufuzli oliy ta\u02bclim muassasalarida tasavvuf alohida fan sifatida o\u02bbqitilib, talabalarga nazariy bilimlar berilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ana shu asosda tasavvufning naqshbandiya, yassaviya va kubroviya kabi mumtoz tariqatlari, shuningdek, ular bilan bog\u02bbliq muqaddas ziyoratgohlarning obod etilishi xalqaro ziyorat turizmining izchil o\u02bbsib borayotganidan dalolat beradi. Zero, tasavvufga bo\u02bblgan e\u02bctibor shunchaki o\u02bbtmishni yodga olish emas, balki jamiyatda bag\u02bbrikenglik, ma\u02bcnaviy poklik va ruhiy barqarorlikni qaror toptirishga qaratilgan amaliy sa\u02bcy-harakatlar ifodasidir. Bu jarayon, avvalo, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosning asl mohiyatini keng ommaga yetkazishga xizmat qiladi. Shu orqali allomalarimizning ilm-fan yutuqlarini zamon bilan uyg\u02bbunlashtirish imkoniyati kengayadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Diyorimizda shakllanib, kamol topgan naqshbandiya, yassaviya va kubroviya kabi tasavvuf tariqatlari o\u02bbzining yuksak ma\u02bcnaviy-axloqiy g\u02bboyalari, ayniqsa, vatanparvarlik ruhi bilan minglab insonlar qalbidan chuqur joy olgan. Bu ta\u02bclimotlar Qur\u02bcon va hadisga tayangan holda shakllangan bo\u02bblib, tariqat pirlarining bosh maqsadi Payg\u02bbambar alayhissalom sunnatlarini mustahkamlash, asosiy vazifasi esa bid\u02bcat va xurofotga qarshi kurashishdan iborat bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Naqshbandiylik ta\u02bclimoti, ayniqsa, mehnatsevarlik g\u02bboyasini ilgari surgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda inson qalbi Alloh bilan, qo\u02bbli esa mehnat bilan band bo\u02bblishi lozimligi xususidagi bosh g\u02bboya bugun bashariyat ahlini ogohlikka chaqiradigan o\u02bbziga xos shior darajasiga yetdi. Bu tamoyil insonning halol mehnat orqali yashab, ayni paytda ma\u02bcnaviy kamolotga intilishi mumkinligini isbotlaydi. Bunday yondashuv jamiyatda ijtimoiy adolat qaror topishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yassaviylik ta\u02bclimoti esa insonni nafsini tiygan, ruhan va qalban pok, fikran barkamol bo\u02bblishga undaydi. Unda shariat zohiriy amallar orqali, tariqat qalb orqali, haqiqat esa insonning botiniy dunyosi \u2013 ko\u02bbngli orqali anglanishi ta\u02bckidlanadi. Ma\u02bcrifat esa ana shu uyg\u02bbunlikni hikmatlar vositasida targ\u02bbib etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kubroviylik ta\u02bclimoti inson kamolotini eng oliy maqsad sifatida talqin etib, bag\u02bbrikenglik va ma\u02bcnaviy hushyorlikka asoslangan chin insoniylik tamoyillarini ilgari suradi. Mazkur ta\u02bclimot asoschisi Najmiddin Kubro shariatni kemaga, tariqatni dengizga, haqiqatni esa inju-marvaridga qiyoslaydi. Ya\u02bcni inson haqiqatga yetishish uchun, avvalo, shariat va ilm asoslarini puxta egallashi, so\u02bbngra hayot sinovlariga matonat bilan bardosh berib, ma\u02bcnaviy kamolot sari intilishi lozim. Ana shundagina u haqiqat durini qo\u02bblga kiritishi mumkin bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tariqatlar, avvalo, inson nafsini jilovlay olish, bor kuch va imkoniyatlarni ilohiy muhabbat yo\u02bblida safarbar etish, butun vujudni ruhiy kamolot sari yo\u02bbnaltirish zarurligini uqtiradi. Yerdan unumli hosil olish uchun uni begona o\u02bbtlardan tozalab, so\u02bbng urug\u02bb sepilgani kabi, inson ham avvalo botinini poklab, keyin ma\u02bcnaviy zikr urug\u02bbini qalbiga joylashi lozimligi ta\u02bckidlanadi. Shu bilan birga, ma\u02bcrifat sari intilishda nafsga qarshi sabr-toqatli bo\u02bblish, halol rizqqa rioya qilish, hushyorlikni saqlash va halol mehnatni hayot tarziga aylantirish muhim omil sifatida qayd etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mustaqillikning dastlabki yillarida Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy va Najmiddin Kubro kabi tasavvuf allomalarining tavallud sanalari, asosan, tor doiralarda nishonlangan bo\u02bblsa, bugungi kunda tasavvufga, xususan, naqshbandiylik, yassaviylik va kubroviylik ta\u02bclimotlariga bo\u02bblgan e\u02bctibor mutlaqo yangi bosqichga ko\u02bbtarildi. Yetti Pir, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi, Maxdumi A\u02bczam majmuasi kabi yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Bu ilmiy maktab yoshlarni turli buzg\u02bbunchi g\u02bboyalar ta\u02bcsiridan asrash, ularni Vatanga muhabbat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk allomalar merosini chuqur o\u02bbrganish va keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, yot g\u02bboyalarga qarshi ilmiy asoslangan munosabat bildirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbari 2024-yil 30-may kuni Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo\u02bbldi. Tashrif chog\u02bbida naqshbandiya tariqati namoyandalari ta\u02bclimotini chuqur o\u02bbrganish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ajdodlarimizning insoniyat merosi hisoblangan asarlarini tadqiq etish, muqaddas qadamjolarni obod etish, jumladan, majmua hududini yanada takomillashtirish, Doniyolbiy madrasasini qayta tiklash, alloma hayoti va faoliyatiga bag\u02bbishlangan muzey tashkil etish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu sa\u02bcy-harakatlar natijasida majmua yangi qiyofa kasb etib, yanada obod va fayzli maskanga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarning navbatdagi bosqichi sifatida Bahouddin Naqshband me\u02bcmoriy majmuasini yirik ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifat maskaniga aylantirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu orqali mazkur maskan, avvalo, naqshbandiya ta\u02bclimotining asl mohiyatini ilmiy asosda yoritish, aholi va xorijlik sayyohlarni Yetti Pir ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni milliy va diniy bag\u02bbrikenglik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O\u02bbzbekistonning tinchlikparvar va bag\u02bbrikeng siyosati mazmun-mohiyatini namoyon etishga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi Farmoniga muvofiq Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Mazkur markaz qisqa vaqt ichida ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda salmoqli natijalarga erishdi. Jumladan, \u201cO\u02bbzbekiston \u2013 bag\u02bbrikeng diyor\u201d, \u201cAqidaparastlik va radikalizmga qarshi kurashishning ma\u02bcnaviy asoslari\u201d, \u201cRadikalizm va mutaassiblikning salbiy oqibatlari\u201d kabi dolzarb mavzularda 20 dan ortiq targ\u02bbibot tadbirlari o\u02bbtkazildi. Ilmiy yo\u02bbnalishda esa 8 ta kitob va yigirmadan ziyod ilmiy-ommabop maqolalar nashr etildi. Shuningdek, markazning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatiga doir 600 dan ortiq material e\u02bclon qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Madaniy merosni asrab-avaylash va tiklash borasidagi bunyodkorlik ishlari Maxdumi A\u02bczam majmuasida ham izchil amalga oshirildi. Mazkur majmua ilk bor 1618-yilda Samarqand hukmdori Yalangto\u02bbsh Bahodir tomonidan masjid va daxmadan iborat me\u02bcmoriy inshoot sifatida barpo etilgan. Keyinchalik Buxoro hukmdori Amir Haydar ustozi Muhammad Amin Dahbediy qabri ustiga sufadaxma qurdirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majmuada 1991, 1998 va 2014-yillarda ta\u02bcmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo\u02bblsa, keyingi yillarda bu jarayon yanada keng qamrov kasb etdi. Jumladan, Prezidentimiz 2025-yil mart oyida Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida mazkur majmuani obod qilish loyihasi bilan tanishib, tegishli ko\u02bbrsatmalar berdi. Shu asosda keng ko\u02bblamli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlat rahbarining 2025-yil 25-noyabrdagi tashrifi davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan majmuada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Uning tashabbusi bilan ziyoratgoh tubdan qayta tiklanib, hududi kengaytirildi va milliy-ma\u02bcnaviy merosimizning yorqin namunasi sifatida zamonaviy qiyofa kasb etdi. Qariyb to\u02bbrt asrdan so\u02bbng majmua tarixiy ko\u02bbrinishiga yaqin holda qayta tiklanib, zamonaviy va sharqona uslub uyg\u02bbunligida yangi inshootlar barpo etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistonlik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida majmua tarixi va u yerda dafn etilgan shaxslar haqida qimmatli ma\u02bclumotlar tiklandi. Xususan, Mirzo Maqsud Dahbediyning 1840-1848-yillarda yozgan \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d (\u201dSoliklar oynasi\u201d) asari asosida majmua xaritasi qayta tiklandi. Shuningdek, Maxdumi A\u02bczam Dahbediy, Xoja Muhammad Hoshim, Musoxonxoja Dahbediy, Yalangto\u02bbsh Bahodir kabi tarixiy shaxslarga oid ellikdan ortiq qabrtosh bitiklari o\u02bbrganildi. Ilgari yo\u02bbq qilingan ayrim qabrlar qayta tiklanib, ularga yangi qabrtoshlar o\u02bbrnatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majmua hududida ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi: ikkita ulkan ravoqli darvoza, ochiq va yopiq ko\u02bbp qavatli avtoturargoh, favvora, dam olish ayvonlari, ayollar va erkaklar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan tahoratxonalar barpo etildi. Qariyb 400 yillik masjid to\u02bbliq ta\u02bcmirlanib, kengaytirildi, ayvon qismiga naqshinkor ustunlar o\u02bbrnatildi. Ayollar uchun alohida namozxona qurildi. Daxma qismida Qur\u02bcon tilovati uchun mo\u02bbljallangan ayvon devorlari nafis naqshlar bilan bezatilib, shift qismida sharqona uslubdagi yog\u02bboch bezaklar qo\u02bbllanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda Maxdumi A\u02bczam majmuasida keng ko\u02bblamli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Qariyb 5 gektar maydonni egallagan majmuada ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda: maqbara atrofida uch qavatli zamonaviy avtoturargoh, ikkita muhtasham kirish darvozasi, kushxona va ma\u02bcmuriy binolar, tahoratxona, ming kishilik masjid hamda qo\u02bbshimcha ayvonlar barpo etildi. Buning natijasida majmua bir vaqtning o\u02bbzida 35 ming nafargacha ziyoratchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo\u02bbldi. Holbuki, ilgari bu ko\u02bbrsatkich atigi 5 ming nafar atrofida edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majmua qayta tiklanar ekan, uning tarixiy qiyofasi asrab qolindi va zamonaviy me\u02bcmorchilik yechimlari bilan uyg\u02bbunlashtirildi. Hududga turli manzarali daraxtlar, ko\u02bbchatlar, gullar ekilib, yashil maydonlar barpo etildi. Bu esa ziyoratgohni nafaqat muqaddas, balki ko\u02bbngilga orom baxsh etuvchi go\u02bbzal maskanga aylantirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan majmuaga olib boradigan yo\u02bbllar va yo\u02bblbo\u02bbyi infratuzilmasi ham tubdan yaxshilandi. Ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar uchun yer osti yo\u02bbli qurildi, atrof-hududlar tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Barchasi inson qadrini ulug\u02bblash, ziyorat madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bunday ulkan o\u02bbzgarishlar zamirida, shubhasiz, mamlakatimiz rahbarining ilm-fan, ma\u02bcnaviyat va milliy merosga bo\u02bblgan yuksak e\u02bctibori va g\u02bbamxo\u02bbr siyosati mujassam. Diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham tinchlik, bag\u02bbrikenglik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majmuaning qayta qad rostlashi, bu faqat binolarning yangilanishi emas. Bu Mahdumi A\u02bczam Dahbediyning \u201cInson mehnati va xizmatini qadrla, zero insonga noshukrlik \u2013 Yaratganga noshukrlik\u201d degan hikmatini xalq qalbiga yana bir bor jo etish demakdir. Shu ma\u02bcnoda, bu maskan bugun nafaqat ziyoratgoh, balki yuksak ma\u02bcnaviy tarbiya va ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbiga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tasavvuf allomalarining ibratli hayoti, ularning din va dunyo, inson va olam, ilm va muhabbat haqidagi teran qarashlari insoniyatga islom tafakkurining pok va mumtoz yo\u02bbllarini namoyon etadi. Ularning ilmiy-ma\u02bcrifiy merosi inson qalbida mustahkam e\u02bctiqod, sog\u02bblom fikr va ma\u02bcnaviy immunitetni shakllantiradi. Zero, dono xalqimiz aytganidek: \u201cOg\u02bbizga tushgan luqma qalbga ekilgan urug\u02bb kabidir: inson nimani eksa, albatta, o\u02bbshani o\u02bbradi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Mexrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimiz azal-azaldan jahon tamadduni taraqqiyotiga beqiyos ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan, unga yangi ruh, yangi mazmun bag\u02bbishlagan muqaddas makon sifatida e\u02bctirof etib kelinadi. Bu zaminda shakllangan ilmiy va ma\u02bcnaviy meros asrlar davomida insoniyat tafakkuriga yo\u02bbl ko\u02bbrsatib kelgani bilan alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda esa dunyo hamjamiyati yurtimizning mutlaqo yangi bosqichga ko\u02bbtarilgan taraqqiyotini diqqat bilan kuzatmoqda, uni chuqur tahlil &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49652,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-05-04T06:01:35+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-05-04T07:09:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"666\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz\",\"name\":\"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg\",\"datePublished\":\"2026-05-04T06:01:35+00:00\",\"dateModified\":\"2026-05-04T07:09:29+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg\",\"width\":660,\"height\":666},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-05-04T06:01:35+00:00","article_modified_time":"2026-05-04T07:09:29+00:00","og_image":[{"width":660,"height":666,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz","name":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg","datePublished":"2026-05-04T06:01:35+00:00","dateModified":"2026-05-04T07:09:29+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/20260504_buxo.jpg","width":660,"height":666},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49651&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Umrboqiy merosdan \u2013 yangi yuksalishga"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49651"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49651"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49651\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49663,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49651\/revisions\/49663"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49652"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49651"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49651"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49651"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}