{"id":49587,"date":"2026-04-30T10:09:07","date_gmt":"2026-04-30T05:09:07","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587"},"modified":"2026-04-30T12:24:48","modified_gmt":"2026-04-30T07:24:48","slug":"ixlos-va-uning-e%ca%bctirofi-muvozanat-qayerda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz","title":{"rendered":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u02bbnggi paytlarda ayrim doiralarda \u201cmo\u02bbmin kishi odamlardan hech qanday e\u02bctibor yo mukofot kutmasligi, din yo\u02bbliga chiqqan inson natija haqida o\u02bbylamasligi kerak, shuningdek, odamlardan maqtov yo tashakkur eshitishga haqqi yo\u02bbq\u201d degan mazmundagi gap-so\u02bbzlar tarqalmoqda. Bir qarashda bu fikrlar chin ixlosga da\u02bcvatdek tuyulsa-da, aslida ilmiy va shar\u02bciy jihatdan jiddiy muammolarni o\u02bbz ichiga oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islomda ixlos \u2013 amalni faqat Allohning roziligi uchun qilishdir. Biroq bu tushunchani noto\u02bbg\u02bbri talqin qilib, odamlar bildiradigan har qanday e\u02bctirofni, qo\u02bblga kiritiladigan natijani, erishiladigan nufuzni mutlaq inkor qilish shariatdagi muvozanatga zid bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo mo\u02bbminlarning amallarini zoye qilmasligini, ularni dunyoda ham, oxiratda ham mukofotlashini bayon qiladi. Demak, dunyoviy natijani, xususan, odamlar orasidagi hurmat-e\u02bctiborni mutlaq yomonlik sifatida ko\u02bbrsatish to\u02bbg\u02bbri emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarning xizmatlarini ochiq e\u02bctirof etganlar, jasorat va fidoyilikni maqtaganlar, munosib insonlarni mas\u02bculiyatli lavozimlarga tayinlaganlar. Masalan, Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu yosh bo\u02bblishiga qaramay, qo\u02bbmondon etib tayinlangan. Dunyoviy e\u02bctirofning riyo bo\u02bblganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunga yo\u02bbl qo\u02bbymagan bo\u02bblardilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Gapning asli shuki, bu xususda muammo mukofot yo maqomda emas, balki ularni amalning asosiy maqsadiga aylantirib olishdadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karimda Alloh taolo mo\u02bbminlarga nusrat, g\u02bbalaba va izzatni va\u02bcda qilgan. Payg\u02bbambarlar o\u02bbz qavmlarining hidoyatini istagan va shuning natijasini orzu qilib, Allohdan so\u02bbragan. Demak, natija ixlosga zid emas, muhim jihat \u2013 o\u02bbsha natijani Allohning irodasiga topshirishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi: <strong>\u201cImon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa, <\/strong>(bilib qo\u02bbysinlarki)<strong> albatta, Biz yaxshi amallar qilgan kishining mukofotini zoye qilmasmiz\u201d<\/strong> (<em>Kahf surasi, 30-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu oyat Alloh bandaning amalini qadrlashini, bu qadrlash faqat oxirat bilan cheklanmay, dunyo hayotida ham turli shakllarda namoyon bo\u02bblishi mumkinligini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islomda dunyoviy mukofotning o\u02bbzi yomonlanmaydi. Ta\u02bckidlanganidek, Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalarni xizmatiga qarab maqtaganlar, ularga mas\u02bculiyat yuklab, mansab berganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cOdamlarga tashakkur aytmagan odam Allohga ham shukr qilmagan bo\u02bbladi\u201d<\/em><\/strong>, dedilar (<em>Termiziy rivoyati<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu hadis odamlar orasida minnatdorlik va e\u02bctirofni inkor qilish islomiy ruhga zid ekanini ochiq-oydin ko\u02bbrsatib turipti. Banda vazifani ado etadi, natija esa \u2013 Allohning in\u02bcomi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odamlarning asl niyati va qalbidagi chin e\u02bctiqodi nima ekanini bilmasdan hukm chiqarish qanchalik to\u02bbg\u02bbri!? Islomda insonlarning ichki holatini bilmay turib, ularni riyo, manfaatparastlik yo ixlossizlikda ayblash qat\u02bciyan man etilgan. Hamma odamlarni bir xil holatda tasvirlash, biror kishi haqida riyo va beixloslik tasavvurini uyg\u02bbotish adolatdan yiroq va shar\u02bcan asossizdir. Qur\u02bconi karimda marhamat qilinadi:<strong> \u201cAlloh sizlardan imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga xuddi ilgari o\u02bbtgan <\/strong>(imonli)<strong> zotlarni <\/strong>(yer yuziga)<strong> xalifa <\/strong>(hukmron)<strong> qilganidek, ularni ham yer yuziga xalifa qilishni va\u02bcda qildi\u201d<\/strong> (<em>Nur surasi, 55-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu o\u02bbrinda \u201cxalifa qilmoq\u201d faqat \u201chukmdorlik\u201d ma\u02bcnosida emasligini anglash uchun katta olim bo\u02bblish shart emas. Bandani \u201cxalifa qilmoq\u201d uni odamlar orasida nufuzli bo\u02bblish bilan siylamoqdir. Bu nufuz mol-davlat, obro\u02bb-e\u02bctibor, amal-mansab va boshqa omillar shaklida namoyon bo\u02bblishi, ba\u02bczan ularning hammasini o\u02bbzida jamlashi mumkin. Misol tariqasida suriyalik shayx Ramazon Butiyni keltiradigan bo\u02bblsak, uning mansabi katta emas edi, lekin ilmi (faqihligi) tufayli orttirgan nufuzi butun islom olamiga yoyilgan bo\u02bblib, fatvolari, o\u02bbgitlari, nasihatlari, asarlari vafotidan keyin ham dolzarbligicha saqlanib turipti. Undan o\u02bbz vaqtida hatto davlat rahbari ham maslahat so\u02bbrab turgani yaxshi ma\u02bclum. Bularning barchasi Alloh taoloning \u201cxalifa qilmoq\u201d bilan siylagani belgisidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarlar o\u02bbz qavmlarining hidoyatini istagan, g\u02bbalaba va islohni (e\u02bctiqodda sobitlikni) orzu qilgan. Demak, natijani istash mumkin, ammo uni yaratishni Allohga topshirish lozim. Har narsani ato etuvchi Parvardigor in\u02bcomni ham faqat O\u02bbzi ato etadi. Shuning uchun odamning qalbida nima borligini bilmay turib, hukm chiqarish islomda qat\u02bciyan man etilgan. Hadisda quyidagicha keladi: \u201cUsoma ibn Yazid roziyallohu anhumo aytadi: <em>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni Xuraqo tomon yubordilar. Biz u qavmga tongda hujum qildik va ularni yengdik. Men va bir ansoriy ulardan bir kishini uchratib qoldik. Biz uni qurshab olgan edik, u \u201cLaa ilaaha illalloh!\u201d dedi. Ansoriy o\u02bbzini to\u02bbxtatib qoldi. Men esa nayzamni sanchib, uni o\u02bbldirdim. (Madinaga) kelganimizda bu xabar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib bordi. U zot: <strong>\u201cHoy Usoma! \u201cLaa ilaaha illalloh\u201d, deganidan keyin ham uni o\u02bbldirdingmi?\u201d<\/strong> dedilar. Men: \u201cU qutulib qolmoqchi edi\u201d, dedim. U zot o\u02bbsha gapni qayta-qayta takrorlayverdilar, hatto o\u02bbsha kundan avval musulmon bo\u02bblmasaydim, deb orzu qilib qoldim\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirgi ba\u02bczi yuzaki hukmlar bir tomondan o\u02bbsha sahobaning holatini eslatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yana bir jihatni alohida ta\u02bckidlash kerak \u2013 hurmat bilan ibodat o\u02bbrtasida farq bor. Deylik, dunyo manfaati uchun biror mansab egasini ko\u02bbkka ko\u02bbtarib, xushomad qilmasdan (ilohiylashtirmasdan) dono rahbar, oqil boshqaruvchi, odamlarni foydali ishlarda o\u02bbziga ergashtira oladigan yetakchi sifatida hurmat qilish shirk bo\u02bblmaydi. Yoki aytaylik, biror yaqinimizni og\u02bbir xastalikdan xalos etgan (shunga sababchi bo\u02bblgan) shifokorni e\u02bczozlasak, odamlar orasida uning qobiliyatlarini tilga olsak, bu ibodat emas, kasbining ustasi bo\u02bblgan kishiga ehtirom va minnatdorlik bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom rohiblik dini emas. Ya\u02bcni, tarkidunyochilikni targ\u02bbib etmaydi, balki hayotning oxiratdagi natija uchun vosita-sabab ekanini uqtiradi. Qur\u02bconi karimda aytilganidek, <strong>\u201cAlloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo\u02bblgan nasibangni ham unutmagin\u201d<\/strong> (<em>Qasas surasi, 77-oyat<\/em>). Dunyoviy izzat va maqom maqsadga aylantirilmasa, balki Allohning ne\u02bcmati va in\u02bcomi sifatida qabul qilinsa, u ixlosga zid bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dunyoni butunlay tark etishni buyurmaydi. Mazkur oyatda bandalarga Alloh bergan ne\u02bcmatlardan foydalanish, ammo oxiratni unutmaslik amr etilgan. Dunyoviy izzat, maqom yo mukofot maqsadga aylanib qolmasa bo\u02bblgani. Ya\u02bcni, bular sinov va ne\u02bcmat, xolos. Rohiblik va o\u02bbzini o\u02bbzi kamsitish (dunyoda xorlikni orzu qilish) \u2013 islomiy yo\u02bbl emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa qilib aytganda, ixlos bahonasi bilan umumiy va keskin hukmlar chiqarish, odamlarning niyatini shubha ostiga qo\u02bbyish xavflidir. Negaki, bu shariatdagi muvozanatni buzadi. Amal \u2013 Alloh uchun, natija \u2013 Allohdan, dunyoviy e\u02bctirof esa maqsad emas, balki ne\u02bcmat va in\u02bcom bo\u02bblishi kerak. Shu qat\u02bciy qoida unutilmasligi kerak, vassalom.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ixlosda eng yuksak bo\u02bblganlari holda, eng ulug\u02bb maqom va hurmatga sazovor bo\u02bblganlari, qariyb 15 asrdan buyon u zotga har kuni milliardlab salovat aytilib turgani bu haqiqatning eng yorqin dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Bahodir MIRZAYEV,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u02bbnggi paytlarda ayrim doiralarda \u201cmo\u02bbmin kishi odamlardan hech qanday e\u02bctibor yo mukofot kutmasligi, din yo\u02bbliga chiqqan inson natija haqida o\u02bbylamasligi kerak, shuningdek, odamlardan maqtov yo tashakkur eshitishga haqqi yo\u02bbq\u201d degan mazmundagi gap-so\u02bbzlar tarqalmoqda. Bir qarashda bu fikrlar chin ixlosga da\u02bcvatdek tuyulsa-da, aslida ilmiy va shar\u02bciy jihatdan jiddiy muammolarni o\u02bbz ichiga oladi. Islomda ixlos \u2013 amalni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49589,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-04-30T05:09:07+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-04-30T07:24:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz\",\"name\":\"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg\",\"datePublished\":\"2026-04-30T05:09:07+00:00\",\"dateModified\":\"2026-04-30T07:24:48+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-04-30T05:09:07+00:00","article_modified_time":"2026-04-30T07:24:48+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz","name":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg","datePublished":"2026-04-30T05:09:07+00:00","dateModified":"2026-04-30T07:24:48+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/ixlos_rad.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49587&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IXLOS VA UNING E\u02bcTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49587"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49587"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49587\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49588,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49587\/revisions\/49588"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49589"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49587"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49587"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49587"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}