{"id":49200,"date":"2026-04-13T09:53:26","date_gmt":"2026-04-13T04:53:26","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200"},"modified":"2026-04-09T15:55:00","modified_gmt":"2026-04-09T10:55:00","slug":"takfir-va-uning-xatarlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz","title":{"rendered":"TAKFIR VA UNING XATARLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda musulmonlar orasida tafriqa (bo\u02bblinish) va fitnalar kelib chiqishiga sabab bo\u02bblayotgan jiddiy muammolardan biri takfir, ya\u02bcni musulmonni kofir deb fatvo chiqarish ko\u02bbpayganidir. Bu keyin paydo bo\u02bblgan masalalardan hisoblanadi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida biror kishini kofir deb hukm chiqarilgani ma\u02bclum emas. Shu bois bugun bu mavzu juda nozik va o\u02bbta xatarlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Internet tarmoqlarida ayrim toifalar birovlarni kofir deb ayblashdan o\u02bbzini tiymayapti. Vaholanki, musulmon musulmonni kofir deyishi ulkan gunoh hisoblanadi. Ramazon Butiy rahimahulloh: \u201cMa\u02bclumki, kofirligi aniq bo\u02bblgan kimsani umring bo\u02bbyi kofir demasang, Alloh taolo buning uchun seni qiyomatda jazolamaydi. Ammo Allohning nazdida kofir bo\u02bblmagan (chunki qalbdagi imonni faqat Alloh biladi) odamni umring davomida bir marta kofir desang, o\u02bbzingni Alloh taolo huzuridagi eng ulkan gunohga ro\u02bbbaro\u02bb qilibsan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonni kofirga chiqarishning zararli xatarini bir qancha hadislarda bayon qilganlar. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKishi birodarini kofirga chiqarsa, albatta, ikkisidan biri kufrga duchor bo\u02bbladi\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d. Kim mo\u02bbmin birodarini kofir deyish mumkin, degan e\u02bctiqodda kofir desa, o\u02bbzi kofir bo\u02bbladi. Chunki halolni harom deb bilish kufrdir. Bu holatda kimningdir imoniga, shahodatiga hamla qilib, uni kofirga chiqaryaptimi, demak, o\u02bbzi kofir bo\u02bbladi. Birovga \u201cEy kofir\u201d deyish kishini kufrga olib boradi. Ya\u02bcni, bunday deyishda kofir bo\u02bblib qolish xavfi bor. Bunday inson bugun kofir bo\u02bblmasa-da, bora-bora bir kun dindan chiqib qoladi. Shunday ekan, birovni kofir deyishdan oldin bu gap o\u02bbziga qaytishi mumkinligini yaxshilab o\u02bbylab qo\u02bbyish kerak bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa ulamolari musulmonni kufrda ayblash masalasida nihoyatda ehtiyot bo\u02bblishni buyurgan. Buyuk muhaddis va faqih Abu Ja\u02bcfar Tahoviy rahimahulloh o\u02bbzining \u201cAqidatut Tahoviy\u201d asarida bunday deydi: \u201cQibla ahlining birortasini gunohi sababli \u2013 to uni halol sanamas ekan \u2013 kofirga chiqarmaymiz\u201d. Bu shuni anglatadiki, musulmon gunohga qo\u02bbl urgani bilan uni halol deb bilmasa, u hanuz islom doirasida qolayotgan bo\u02bbladi. Zero, gunoh boshqa, kufr boshqa.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mulla Ali Qoriy rahimahulloh bu xususda mashhur hanafiy olim Ibn Nujaym rahimahullohning so\u02bbzlarini keltiradi: \u201cMusulmonni kofir deyishga dalolat bo\u02bbladigan to\u02bbqson to\u02bbqqizta dalil bo\u02bblsa-yu, musulmon deb bilishga dalolat bo\u02bbluvchi birgina dalil bo\u02bblsa, muftiy va qozilar uchun o\u02bbsha bitta dalilni olish lozim bo\u02bbladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu so\u02bbzlar takfir naqadar katta xatarlarga olib borishini ochiq-oydin ko\u02bbrsatmoqda. Islom shariatida kishining imondan chiqishi faqat aniq va qat\u02bciy dalillarga tayanishi lozim. Gumon yo noto\u02bbg\u02bbri talqin asosida birovni kofirga chiqarish jamiyatni ulkan fitnaga yetaklaydi. Shu sababli mo\u02bbmin kishi doimo o\u02bbz birodari haqida yaxshi gumonda bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha ulamolar ittifoqiga ko\u02bbra, qibla ahlini \u2013 musulmonni kofirga chiqarmaslik kerak. Mazhabboshimiz Abu Hanifa rahimahulloh qibla ahlidan biror kishini kofir deb hukm qilmagan. Uning \u201cFiqhul akbar\u201d kitobida bunday yozilgan: \u201cBiror musulmonni qilgan gunohi sababli kofirga chiqarmaymiz, garchi u kabira gunoh bo\u02bblsa ham, \u2013 basharti uni halol deb e\u02bctiqod qilmagan bo\u02bblsa \u2013 undan imon ismini olib tashlamaymiz, uni mo\u02bbmin deb atayveramiz, uni fosiq deyish mumkin, faqat kofir emas\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir musulmonning qoni, obro\u02bbsi va moli boshqa bir musulmon uchun qadrli bo\u02bblishi lozim. Vidolashuv hajida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan mana bu gap buni tasdiqlaydi: <strong><em>\u201cAlbatta, qonlaringiz, mollaringiz va obro\u02bbingiz o\u02bbzlaringiz uchun xuddi shu kuningiz, shu oyingiz va shu shahringiz kabi muharramdir. Bu yerda hozir bo\u02bblgan kishi hozir bo\u02bblmaganlarga yetkazsin\u201d<\/em><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixidan ma\u02bclumki, musulmonni gunohi sababli kofir deyishga birinchi bo\u02bblib jur\u02bcat etganlar xavorijlardir. Ular: \u201cMo\u02bbmin kishi gunoh qilsa, kofir bo\u02bbladi, islomdan chiqadi\u201d, dedi. Bora-bora ularning takfirdan boshqa ishi qolmadi. Shariatga zid bunday yondashuv musulmonlar orasida ixtilof va ziddiyatlar keltirib chiqarib, qirg\u02bbinbarot urushlarga, behisob musulmonlarning qoni to\u02bbkilishiga olib bordi. Ulamolar islomga xavorijlarchalik katta zarar yetkazgan kuch bo\u02bblmaganini ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalifa Ali roziyallohu anhu davrida paydo bo\u02bblgan xavorijlar firqasi takfir tushunchasini o\u02bbziga ergashmaganlarga nisbatan qo\u02bbllagan. Ular oldin Ali roziyallohu anhuning ashaddiy tarafdorlari edi. Siffiyn jangidan so\u02bbng o\u02bbn ikki minglik qo\u02bbshin bilan ajralib chiqib, Ali va Muoviya roziyallohu anhumoga qarshi barobar kurash boshlab yuborgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xavorijlar qurol ishlatish yo\u02bbli bilan o\u02bbz e\u02bctiqodini yoyish va hokimiyatga erishishni maqsad qilgan. Musulmonlarni o\u02bbldirishni halol sanagan. Jamal voqeasi ishtirokchilarini, Usmon, Ali, Muoviya, Amr ibn Os, Abu Muso kabi sahobalarni kufrda ayblagan. Katta gunoh qilganlarni kofirga chiqarib, ularning ahli ayoli, moli va jonini o\u02bbziga halol sanagan. Xavorijlarning takfir tushunchasi orqali minglab musulmonlar, jumladan, Ali roziyallohu anhu hayotiga ham tajovuz qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom ulamolari xavorijlarning katta gunohga oid da\u02bcvolarini tahlil etib, ularning gaplari islomiy tushunchalardan juda yiroq ekanini ta\u02bckidlaydi. Dinimiz tarixida xavorijlar qo\u02bbllagan uslub bugun ham o\u02bbzini jihodchi qilib ko\u02bbrsatayotgan to\u02bbdalar mafkurasida davom ettirilyapti. Ular o\u02bbziga ergashmagan shaxs va tuzumlarni kofirlikda ayblaydi. 2005-yil iyul oyida Iordaniyaning Ammon shahrida yetakchi islom ulamolari qabul qilgan fatvoda: \u201cTo\u02bbrt sunniy mazhabga e\u02bctiqod qiluvchilarning barchasi musulmon hisoblanadi. Ularni imonsizlikda ayblash, joniga, nomusiga va mulkiga qasd qilish joiz emas\u201d, deb e\u02bclon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Yusuf Qarzoviy musulmonni kofirga chiqarish haqidagi savolga bunday javob beradi: \u201cKim Allohdan o\u02bbzga iloh yo\u02bbq va Muhammad alayhissalom Uning Rasuli ekaniga qalbi bilan tasdiqlagan holda guvohlik bersa, u musulmondir. Unga to\u02bblaligicha musulmonlarga qilinadigan muomala qilinishi lozim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zabardast olim Ramazon Butiy bir maqolasida quyidagilarni yozgan: \u201cSahobalarning zamonini o\u02bbrgandim, birortasining gunoh qilgan kimsani kofirga chiqarganini ko\u02bbrmadim. O\u02bbz orasida mo\u02bbtazila, jahmiya, xavorij va boshqa firqalar bo\u02bblishiga qaramay, ular ham hech kimni gunohi sababli kofirga chiqarmagan. Endi har bir gapida musulmonni kofirga chiqarayotgan hozirgi kimsalarga nima ham deyish mumkin! Ular \u201cBiz sahoba va tobeinlarga ergashamiz\u201d degan da\u02bcvoni ko\u02bbtaradi-yu lekin qilayotgan ishlari aslo sahoba va tobeinlarning amallariga to\u02bbg\u02bbri kelmaydi. Ular musulmonni kofirga chiqarishni xuddi bandani Allohga yaqinlashtiradigan tasbeh singari ko\u02bbp ishlatadi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda musulmonlarni kofirga chiqaruvchilarning asosiy xatosi dinni puxta bilmaslik, oyat-hadislarni yengil-yelpi tushunish, mo\u02bbtabar mujtahid ulamolar, mufassirlar va hadislarga sharh yozgan buyuk olimlarning so\u02bbzlaridan bexabarlik yoki bilsa ham, e\u02bctiborga olmaslikdir. Birovni kofir deyish o\u02bbyin emas. Chunki buning orqasidan kelib chiqadigan hukmlar o\u02bbta xatarlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh: \u201cAs\u02bchoblarimizdan hech kim qibla ahlidan bo\u02bblgan ahli havoni kofirga chiqarishni aytmagan (buyurmagan). Bir narsani vojib yo harom deyish, birovga savob yo azob berish, birovni kofir yo fosiq deb hukm qilish Allohning ishidir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, xavorij va mo\u02bb\u02bctazila kabi firqalar takfir masalasini ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga zid tarzda talqin qilgan. Hozirgi kunda islom niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli oqimlar musulmonlarni qilgan amali bois kofirga chiqarish orqali o\u02bbz jinoyatlarini oqlamoqda. Bu dinimiz ta\u02bclimotiga ziddir. Qolaversa, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam, sahobalar, tobeinlar va ularga ergashgan ulamolar gunohkor musulmonlarni murtad yoki kofirga chiqarmaganlar. Shunday ekan, musulmon shaxs sunnatga va salafi solihlar yo\u02bbliga ergashishini da\u02bcvo qilar ekan, ushbu qoidani mahkam tutishi lozim.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda musulmonlar orasida tafriqa (bo\u02bblinish) va fitnalar kelib chiqishiga sabab bo\u02bblayotgan jiddiy muammolardan biri takfir, ya\u02bcni musulmonni kofir deb fatvo chiqarish ko\u02bbpayganidir. Bu keyin paydo bo\u02bblgan masalalardan hisoblanadi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida biror kishini kofir deb hukm chiqarilgani ma\u02bclum emas. Shu bois bugun bu mavzu juda nozik va o\u02bbta xatarlidir. Internet tarmoqlarida &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49201,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TAKFIR VA UNING XATARLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TAKFIR VA UNING XATARLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TAKFIR VA UNING XATARLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TAKFIR VA UNING XATARLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-04-13T04:53:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-04-09T10:55:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"372\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz\",\"name\":\"TAKFIR VA UNING XATARLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg\",\"datePublished\":\"2026-04-13T04:53:26+00:00\",\"dateModified\":\"2026-04-09T10:55:00+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TAKFIR VA UNING XATARLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg\",\"width\":660,\"height\":372},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TAKFIR VA UNING XATARLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TAKFIR VA UNING XATARLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TAKFIR VA UNING XATARLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TAKFIR VA UNING XATARLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TAKFIR VA UNING XATARLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-04-13T04:53:26+00:00","article_modified_time":"2026-04-09T10:55:00+00:00","og_image":[{"width":660,"height":372,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz","name":"TAKFIR VA UNING XATARLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg","datePublished":"2026-04-13T04:53:26+00:00","dateModified":"2026-04-09T10:55:00+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TAKFIR VA UNING XATARLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/takfir1304.jpg","width":660,"height":372},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49200&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TAKFIR VA UNING XATARLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49200"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49200"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49200\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49202,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49200\/revisions\/49202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49201"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49200"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49200"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49200"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}