{"id":49172,"date":"2026-04-09T08:42:01","date_gmt":"2026-04-09T03:42:01","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172"},"modified":"2026-04-08T11:43:18","modified_gmt":"2026-04-08T06:43:18","slug":"samarqanddagi-gori-amir-maqbarasining-tarixiy-ziyoratgoh-sifatidagi-orni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz","title":{"rendered":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Go\u2018ri Amir maqbarasi Samarqand shahrida joylashgan ulug\u2018vor tarixiy yodgorlik bo\u2018lib, nafaqat O\u2018zbekistonning, balki butun islom dunyosi me\u2019moriy yodgorliklarining ajralmas qismidir. Maqbarada Amir Temur va uning avlodlari dafn etilgan bo\u2018lib, noyob arxitektura va badiiy bezaklari bilan alohida ahamiyatga ega. Go\u2018ri Amir ziyoratgohi nafaqat tarixiy, balki madaniy va diniy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Ushbu maqola Go\u2018ri Amir maqbarasi tarixi, me\u2019moriy-ruhiy ahamiyati va zamonaviy davrdagi roli haqidagi tahlillarni o\u2018z ichiga oladi. Mazkur yodgorlik o\u2018zining go\u2018zal va betakror arxitekturasi bilan nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy sayyohlarga ham ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda. Ushbu maqolada Go\u2018ri Amir maqbarasining yaratilishidan tortib, tarixiy ahamiyati va zamonaviy merosimizga ta\u2019siriga qadar bo\u2018lgan jihatlar yoritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amir Temurning milliy davlatchilik siyosati: tarix va hozirgi zamon (2006). Ushbu ilmiy konferensiya materiallari Amir Temurning davlat qurilishi, siyosati va uning O\u2018zbekiston tarixidagi o\u2018rni haqida batafsil ma\u2019lumot beradi. Kitobda Amir Temur davrining siyosiy va madaniy rivojlanishi, barpo etilgan yirik inshoot va ziyoratgohlarning me\u2019moriy va siyosiy ahamiyati tahlil qilingan. Go\u2018ri Amir maqbarasi temuriylar davri madaniy merosi doirasida o\u2018rganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Berdimurodov A. Go\u2018ri Amir maqbarasi. Ilmiy-ommabop risola (1996). Ushbu risolada Go\u2018ri Amir maqbarasining me\u2019moriy xususiyatlari va uning tarixiy ahamiyati ommabop tilda bayon etilgan. Unda maqbaraning o\u2018zgacha badiiy shakli va temuriylar sag\u2018anasining ochilish tarixi, har bir qabrning o\u2018rni, xususiyati haqida ma\u2019lumot berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zahiriddin Muhammad Bobur \u201cBoburnoma\u201d (1960). Boburning mashhur asari \u201cBoburnoma\u201dda Amir Temur va uning avlodlari haqida ko\u2018plab ma\u2019lumot berilgan. Ushbu asarda Go\u2018ri Amir maqbarasi va uning qurilishi haqida ma\u2019lumot berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u2018minov I. Amir Temurning O\u2018rta Osiyo tarixida tutgan o\u2018rni va roli (1993). I.Mo\u2018minov asarlarida Amir Temurning O\u2018rta Osiyo tarixida tutgan o\u2018rni va ijtimoiy-siyosiy tizimga qo\u2018shgan hissasi haqida ma\u2019lumot berilgan. Ushbu asarda Amir Temur tomonidan barpo etilgan me\u2019moriy yodgorlik \u2013 Go\u2018ri Amir maqbarasiga alohida e\u2019tibor berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jo\u2018rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O\u2018zbekiston tarixi (2000). Ushbu kitob O\u2018zbekistonda mustaqillik yo\u2018lida amalga oshirilgan o\u2018zgarishlar va unda tarixiy yodgorliklarning o\u2018rni haqida so\u2018z yuritilgan. Ushbu asarda Go\u2018ri Amir maqbarasi tarixiy merosimizni mustahkamlashda muhim omil ekani haqida so\u2018z yuritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432\u0430 \u041c., \u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432\u0430 \u041a., \u041c\u0438\u0445\u0430\u0438\u043b \u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432. \u042f \u0438\u0449\u0443 \u043b\u0438\u0446\u0430 (2007). Gerasimovlar asarlari ilmiy restavratsiya va tarixiy shaxslar yuzini tiklashga bag\u2018ishlangan. Ushbu asar Amir Temur va uning avlodlari yuzini tiklash ishlari haqida ma\u2019lumot beradi. Bu esa, Go\u2018ri Amir maqbarasidagi ko\u2018plab arxeologik va restavratsiya ishlarini yanada batafsil tahlil qilish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0413\u0435\u043d\u0438\u0439 \u043d\u0430\u0443\u0447\u043d\u043e\u0439 \u0440\u0435\u0441\u0442\u0430\u0432\u0440\u0430\u0446\u0438\u0438. \u041f\u0430\u043c\u044f\u0442\u0438 \u041c.\u041c.\u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432\u0430 (2020). Ushbu asar ilmiy restavratsiya ahamiyati va tarixiy obidalar bilan ishlash metodikasiga oid ma\u2019lumot beradi. Vaqt o\u2018tishi Go\u2018ri Amir maqbarasiga yetgan zarar va ularni tiklashga oid tahlil ham mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi asarlar Go\u2018ri Amir maqbarasining tarixiy, arxitektura va madaniy ahamiyatini o\u2018rganishda asosiy yordamchi manbalar bo\u2018lib, maqolada berilgan ma\u2019lumotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish uchun zarurdir. Har bir asarda maqbaraning turli jihatlari \u2013 arxitekturasi, siyosiy ahamiyati, tarixiy konteksti va zamonaviy o\u2018rni haqida ma\u2019lumot berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Go\u2018ri Amir maqbarasini o\u2018rganish uchun bir necha ilmiy metod va yondashuvlar qo\u2018llanildi. Ushbu metodlar tarixiy va madaniy obidalarni chuqur tahlil qilish va ularning ahamiyatini aniqlashga yordam beradi. Quyida asosiy metodlar va yondashuvlar keltirilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy-metodologik yondashuv usuli orqali Go\u2018ri Amir maqbarasining qurilish tarixi haqida aniq va ishonchli ma\u2019lumot berilgan. Ushbu metod yordamida maqbara qurilishi va uning o\u2018ziga xos jihatlari, shuningdek, obidaning qachon, qanday va kim tomonidan qurilgani haqidagi ma\u2019lumot to\u2018planadi. Tarixiy manbalar, jumladan, Amir Temur davrida va undan keyingi asrlarda yozilgan asarlar maqbaraning arxitektura va madaniy ahamiyatini tushunishga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqolani tayyorlashda arxeologik metoddan foydalanildi. Ma\u2019lumki, arxeologik qazishma va tadqiqotlar Go\u2018ri Amir maqbarasining ichki va tashqi qismlarini o\u2018rganishda muhim rol o\u2018ynaydi. Bu metod orqali maqbaraning devorlari, poydevor qoldiqlari, ichki va tashqi bezaklar, shuningdek, obidaga tegishli boshqa elementlar tahlil qilinadi. Qazishmalar natijasida topilgan materiallar maqbaraning asl holati haqida ma\u2019lumot beradi va ularni tiklash uchun zarur bo\u2018lgan asosiy elementlarni aniqlashga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Go\u2018ri Amir maqbarasi 1404-yilda Amir Temurning buyrug\u2018i bilan qurila boshlangan. Aslida bu maqbara Temurning sevimli nabirasi Muhammad Sulton uchun qurilgan, ammo keyinchalik Amir Temurning o\u2018zi ham vafot etganidan so\u2018ng Samarqandga, shu yerga dafn etilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur \u201cBoburnoma\u201d asarida Go\u2018ri Amir maqbarasini hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Boburning yozishicha, bu maqbara Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari uchun yaratilgan ulug\u2018vor maqbaradir. U asarda quyidagi ma\u2019lumotni keltirgan: \u201cTemurbekning nabirasi, Jahongir Mirzoning o\u2018g\u2018li Muhammad Sulton Mirzoga atab qurilg\u2018on Samarqandning tosh qo\u2018rg\u2018onida \u2013 chaqarda bir madrasa solibtur. Temurbekning qabri va avlodidin har kimki Samarqandta podshohliq qilibtur alarning qabri ul madrasadadur\u201d [3:105]. Shuningdek, maqbarada Temuriylar sulolasidan bo\u2018lgan boshqa a\u2019zolar, jumladan, Sohibqironning o\u2018g\u2018li Shohrux va nabirasi Mirzo Ulug\u2018bek ham shu maqbaraga qo\u2018yilgan. Bu haqida \u041c.M.Vaxitov va Sh.R.Mirzayev tomonidan yozilgan \u201cMe\u2019morchilik\u201d nomli darslikda bu inshootni 1404-yilda Amir Temur ko\u2018rsatmasi bilan Kichik Osiyoga yurish qilgan vaqtda (1403-yilda) vafot etgan sevimli nabirasi, taxt vorisi Muhammad Sultonga atab qurdirgani, biroz vaqt o\u2018tgach, 1405-yil fevral oyida Xitoyga yurish chog\u2018ida Sohibqiron vafot etgandan so\u2018ng, u ham shu yerga dafn qilingani haqida ma\u2019lumot berilgan [4:131].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sobiq Ittifoqning mafkuraviy ta\u2019siri ostida tarixiy haqiqatni aytish katta jasorat talab qilgan murakkab davrda yirik faylasuf olim Ibrohim Mo\u2018minov o\u2018zining \u201cAmir Temurning O\u2018rta Osiyo tarixida tutgan o\u2018rni va roli\u201d nomli asarida Amir Temur shaxsiyati va uning vorislik masalalariga doir muhim jihatlarni ochib bergan. Olimning yozishicha, Sohibqiron o\u2018g\u2018li Jahongir Mirzo vafotidan keyin eng sevimli nabirasi Muhammad Sultonni voris sifatida belgilagan. Bu tanlov, bir tomondan, Amir Temurning o\u2018z oilasiga bo\u2018lgan chuqur mehr-muhabbati va insoniy hissiyotlarini aks ettirsa, boshqa tomondan, uning davlatni barqaror boshqarish uchun uzoqni ko\u2018zlagan siyosiy strategiyasini ham namoyon etadi [5:39].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">I.Mo\u2018minovning bu kabi jasoratli fikrlari o\u2018sha davr mafkurasi qarshiligiga qaramay, Amir Temur shaxsining tarixiy ahamiyatini qayta kashf qilish va uni adolatli baholash yo\u2018lidagi dadil qadam bo\u2018ldi. Uning ilmiy qarashlari nafaqat Amir Temurning buyuklik fenomenini anglashga, balki o\u2018zbek xalqi tarixiy xotirasini saqlab qolishga xizmat qilgan. Shunday qilib, Muhammad Sultonning voris sifatida e\u2019tirof etilishi, ammo baxtsiz hodisa tufayli uning vafoti Temuriylar sulolasi oilaviy sag\u2018anasining barpo etilishiga sabab bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amir Temur davrida qurilgan mashhur tarixiy obidalardan yana biri \u2013 Go\u2018ri Amir maqbara majmuasidir. Aslida Amir Temur uni sevimli nabirasi (Jahongir Mirzoning o\u2018g\u2018li) Muhammad Sulton uchun qurdirgan edi. U 19 yoshida turklar bilan bo\u2018lgan jangda halok bo\u2018lgan edi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, shu yerga dafn qilinadi. Sohibqiron 1404-yili harbiy yurishdan qaytgach, Muhammad Sultonga atab shu maqbarani qurdiradi. Maqbara tez fursatda bitkazilgan. Bu betimsol ajoyib maqbarani qurgan kishi Usto Ibn Isfahoniy edi. Amir Temur Xitoy tomon harbiy yurish vaqtida kasallanib, vafot etgandan so\u2018ng, uning o\u2018zi ham shu yerga dafn qilindi va maqbara Amir Temur nomini oldi. Keyinchalik bu obida Temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanib, bu yerga Muhammad Sulton, Amir Temurdan tashqari uning o\u2018g\u2018illari Umarshayx, Shohrux va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug\u2018bek hamda Amir Temurning piri Said Barakaning sag\u2018analari qo\u2018yilgan. Tarixdan ma\u2019lumki, dafinalar ustiga maqbaralar qurish IX asrdan boshlab odat tusiga aylangan bo\u2018lib, Temuriylar davrida bu soha yanada rivojlandi [1:26].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda O\u2018rta asrlarning yirik me\u2019moriy obidasi, hozirgi kunga qadar ziyoratgoh vazifasini bajarib kelayotgan Go\u2018ri Amir maqbarasi o\u2018zining noyob arxitekturasi va nafis bezaklari bilan barcha ziyoratchilar diqqatini tortib kelayotgan majmuadir. O\u2018zbekiston Milliy Ensiklopediyasida qayd etilishicha, XX asrga kelib, Muhammad Sulton madrasasi va xonaqohi unutilgani sababli, dastlabki tadqiqotchilar Samarqand yodgorliklarining joylashuv o\u2018rnini aniqlay olmagan. Faqat XX asr o\u2018rtalaridan boshlab, qadimiy yodgorliklarni chuqur va har tomonlama o\u2018rganish imkoniyati yuzaga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida, vayron bo\u2018lgan binolarning devor va poydevor qoldiqlari topilgan. Tadqiqotlar jarayonida bino o\u2018lchami, dizayni va pardozlash usullari haqida aniq ma\u2019lumot olingan. Ushbu materiallar rejalashtirilgan restavratsiya ishlari uchun asos sifatida xizmat qilgan. Butunlay vayron bo\u2018lgan hovli devorlari tiklanishi natijasida, arxitektura majmuasining binolari qanday tartibda qulagani haqida ilmiy ma\u2019lumot olish mumkin bo\u2018lgan. Shu bilan birga, qazishmalar va restavratsiya ishlari tarixiy obidalarni tiklash va saqlab qolishdagi muhim qadam sifatida ko\u2018rsatilgan. Shundan kelib chiqib, O\u2018zbekiston Milliy Ensiklopediyasida ushbu arxitektura majmuasi bo\u2018yicha yig\u2018ilgan materiallar nafaqat tarixni qayta tiklash, balki ilmiy izlanishlar uchun ham muhim ahamiyatga ega ekani ta\u2019kidlanadi [7-525].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqbaraning ichki me\u2019moriy bezaklari haqida ham so\u2018z yuritish maqsadga muvofiqdir. Mazkur bino markazida katta gumbaz mavjud bo\u2018lib, u murakkab naqshlar bilan bezatilgan. Gumbazining moviy rangli g\u2018ishtlari va ularning ustiga ishlangan o\u2018yma naqshlar uning ajoyib ko\u2018rinishiga xosdir. Binoning ichki qismiga ham murakkab bezaklar, oyatlar va rangli koshinlar bilan boyitilgan naqshlar tushirilgan. Ayniqsa, maqbara ichida joylashgan ziyoratgohdagi oq marmar qabr toshlari me\u2019morchilik san\u2019atining yuqori darajasini ko\u2018rsatadi. \u201cMaqbaraning tashqi tomoni bunyod qilinganda uning gumbaziga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr bo\u02bblsa-da, uning og\u02bbirligi sezilmaydi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga ega. Gumbazda havo rang ko\u02bbproq ishlatilgani uchun u gumbazning egri chiziqli qobirg\u02bbalarida tovlanib, quyoshda charaqlab, go\u2018yo osmonga qadalib turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Sharafalarida ham shunday koshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor. Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning yanada salobatli bo\u02bblishi uchun ustiga ikkinchi gumbaz o\u02bbrnatilgan\u201d [7:526]. Amir Temur maqbarasining o\u2018ziga xos xususiyati shundan iboratki, u O\u2018zbekiston va Markaziy Osiyo tarixidagi eng muhim madaniy yodgorliklardan biridir. Bu bino XV asrdan buyon me\u2019moriy san\u2019atning namunasi bo\u2018lib kelmoqda va uning tasviri O\u2018zbekiston milliy ramzlaridan biriga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqbaraga gumbazli sharqiy peshtoqdan kiriladi. Uning ichi juda aniq rejalangan va g\u2018oyat nafis bezatilgan. Devorning pastki qismi ko\u2018kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora (bezak)dir, uning choklari ko\u2018kimtir toshlar bilan bezatilgan. Bezak ustiga ishlangan rang-barang lavhalar xuddi zar aralashtirib to\u2018qilgan gilamga o\u2018xshaydi. Gumbazning ichi, kunjak yaruslari har turli shakllarda bir necha qavat ipak qog\u2018ozdan bo\u2018rttirib ishlangan. Ularga zarhal berilgan va mayda gullar solib naqshlangan. Maqbara ichiga rangdor oynali va panjarali to\u2018rt darchadan yorug\u2018lik tushadi. Maqbara ichining balandligi va bezaklarining boyligi kishini hayratga soladi. Maqbaraning o\u2018rtasiga o\u2018rnatilgan sag\u2018ana toshlarida yozuvlar bor. Bular orasida Amir Temur qabri ustiga qo\u2018yilgan to\u2018q yashil rangli nefrit toshi diqqatga sazovor. Amir Temur, uning ikki nabirasi Muhammad Sulton va Ulug\u2018bek, ikki o\u2018g\u2018li Shohruh, Mironshoh va boshqalarning sag\u2018analari marmar panjara bilan o\u2018ralgan [4:131].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Go\u2018ri Amir maqbarasining ichki me\u2019moriy uslubi, tarixiy ahamiyati haqida keltirilgan ma\u2019lumotlarni jamlab, umumiy fikrlarni bayon etamiz. Xususan, hozirda ziyoratxona darajasidagi ahamiyatga ega ushbu dahma marmar panjara bilan o\u02bbralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qo\u02bbyilgan. Eng avvalo, ziyoratxona joylashuvi va tuzilishini tasvirlash maqsadga muvofiq. Ziyoratxonaning ichki yuqori sahnasi o\u2018rtasida marmar panjara mavjud bo\u2018lib, qabr toshlari tartib bilan joylashtirilgan. Shu yerda murabba shaklidagi xazira sahnining ta\u2019rifi joyning shaklini, tartibini va dizaynini yoritadi. Ziyoratxona haqida so\u2018z borganda, uning bejirimligi, shuningdek, ziyoratgohdagi muhim shaxslar haqida qisqacha ma\u2019lumotlar ham ahamiyatlidir. Bu yerda Amir Temur va uning atrofidagi shaxslarning qabrlari borligi yozilgan. Yuqorisi (to\u02bbri)da Amir Temurning harbiy yurishlarida unga hamroh bo\u02bblgan va uning yuqori hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag\u02bbanasi joylashgan. Mir Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o\u02bbzi dafn qilingan. Sababi, Amir Temurning o\u2018z maqbarasining Sayyid Baraka qabriga yaqin joylashgani ziyoratgohdagi qabrlarga nisbatan tarixiy va diniy aloqalarni va ulkan hurmat ma\u2019nosiga ega xususiyat mavjudligini ko\u2018rsatadi. Amir Temur sag\u02bbanasiga qo\u02bbyilgan ko\u02bbk nefrit qabrtoshini Ulug\u02bbbek Mo\u02bbg\u02bbulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Sohibqironni ulug\u02bblaydigan so\u02bbzlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o\u02bbymakor yozuvda bitilgan. Bu yerda toshdagi yozuvlarning estetik va tarixiy qiymati haqida so\u2018z boradi. Yozuvlar va o\u2018ymakorlik san\u2019ati, ziyoratgohning nafaqat diniy, balki madaniy ahamiyatini ham ko\u2018rsatadi. Bu yozuvlar Amir Temur shaxsiyatini, uning tarixiy o\u2018rni va muvaffaqiyatini ulug\u2018lashga qaratilgan [7:527].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018z vaqtida hamma sag\u02bbanalar Ulug\u02bbbek tomonidan yaxlit o\u02bbyma marmar panjara bilan o\u02bbralgan. Uning maqbara bezaklaridagi roli va yuksak san\u2019at darajasida ishlangani alohida ahamiyatga ega. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali pastki qavatdagi go\u02bbrxonaga tushish mumkin. Go\u02bbrxona sakkiz qirrali. Undagi sag\u02bbanalar yuqoridagi qavatda qanday joylashgan bo\u02bblsa, bu yerda ham shu tartibda joylashgan. Bu qismda ziyoratgohning ichki tuzilishi va uning qavatlaridagi joylashuvi tasvirlanadi. Ziyoratgoh arxitekturasi, strukturasi va shakllari ham alohida xususiyatga egadir [7:527].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning har biri yuksak san\u02bcat asaridir. Bu so\u2018zlar ziyoratgohdagi qabrtosh va bezaklarning san\u2019at darajasida ekanini ko\u2018rsatadi. Ziyoratgohning har bir elementi san\u2019at asari sifatida tasvirlanadi, bu esa uning madaniy ahamiyatini ochib beradi. \u201cZiyoratxona serhasham bezaklarga boy, bo\u02bbrtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar bilan ishlangan. Izorasi yashil toshdan girix shaklida terilgan. Ziyoratgohning tashqi ko\u2018rinishi va uning bezaklariga ham alohida e\u2019tibor qaratilgan. Zamin bezaklari va ranglar, shuningdek, uning san\u2019ati va estetik sifatlari haqida batafsil tasvirlangan. To\u02bbrtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o\u02bbsha vaqtda rangli oyna o\u02bbrnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug\u02bbvor va afsonaviy tus olgan. Bu tasvir, ziyoratgohning yorug\u2018lik va bezaklar bilan bezatilganini, shuningdek, uni ziyorat qilishda his qilinadigan ulug\u2018vorlikni ko\u2018rsatadi. Shamlar va rangli oynalar orqali ziyoratgohdagi ruhiy muhit va atmosferaning naqshlari yanada oydinlashadi. Tashqarisi sirkor g\u02bbishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko\u02bbzga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog\u02bbochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo\u02bbsh zaminli o\u02bbymakor bezaklar bo\u02bblgan. Bu tasvir ziyoratgohning tashqi ko\u2018rinishi, uning me\u2019morchiligi va o\u2018ymakorlik san\u2019ati haqida ma\u2019lumot beradi [7:527]. Arabiy yozuv va yog\u2018ochdan ishlangan panjaralar maqbara bezaklarining ma\u2019naviy qiymatini ochib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqbaraning g\u02bbarbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga ko\u02bbra, bu peshtoq qoldiqlari XVII asrga mansub bo\u2018lib, bu maqbaraning yoshi va me\u2019morchilik tarixini ko\u2018rsatadi. Umuman olganda, ushbu me\u2019moriy daxma zamonaviy va tarixiy elementlarni o\u2018zida mujassam etgan me\u2019morchilik yodgorliklarining tarixiy ahamiyatini ko\u2018rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Go\u2018ri Amir maqbarasi Amir Temur va uning avlodlarini xotirlash va ularning boy merosini anglashga yordam beruvchi ziyoratgoh hisoblanadi: \u201cYuksak shaharsozlik usullariga ega, me\u2019moriy dekor san\u2019atiga boy, koshinkorlik ishlari juda ham sifatli, arka va sferik gumbazlarining arxitekturaviy shakl va proporsiyalari uyg\u2018unlashgan tarixiy yodgorliklarga serob Samarqandda yana bir yangi uslub \u2013 relyefli bezak qo\u2018llangan\u201d [4:131]. Maqbara yuksak me\u2019moriy san\u2019at namunasidir. Samarqandning boshqa yodgorliklari kabi Go\u2018ri Amir ham O\u2018zbekiston me\u2019moriy yodgorliklarini dunyoga tanitishda katta rol o\u2018ynaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amir Temur maqbarasi, ya\u2019ni Go\u2018ri Amir maqbarasining ochilishi va bu voqea bilan bog\u2018liq hodisalar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo\u2018lib, o\u2018ziga xos e\u2019tiborni talab qiladi. 1930-yillar oxirlarida Sobiq Ittifoq davrida arxeologlar, jumladan, mashhur olim M.Gerasimov boshchiligida Samarqanddagi Go\u2018ri Amir maqbarasida qazishma ishlarini o\u2018tkazish rejalashtirilgan. Ushbu qazishmalar davomida Amir Temur va uning avlodlari, jumladan, Ulug\u2018bek, Shohruh va boshqa temuriylar qabri ochilgan. Bu ish 1941-yil iyun oyida amalga oshirilgan bo\u2018lib, ilmiy dalillar yig\u2018ishga qaratilgan edi. Bu haqda ba\u2019zi manbalarda ham ma\u2019lumot berilgan: \u201c<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/1941\">1941-yil<\/a> iyun oyida <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Sovet_Sotsialistik_Respublikalari_Ittifoqi\">SSSR<\/a> hukumati Amir Temur va uning qarindoshlari qabrini ochishga qaror qildi\u201d [8:37-38]. Ekspeditsiya tarkibiga O\u02bbzSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi o\u02bbrinbosari, shuningdek, tarixchi va mutaxassis professor <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Toshmuhammad_Qori-Niyoziy\">T.N.Qori Niyoziy<\/a>, yozuvchi <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Sadriddin_Ayniy\">Sadriddin Ayniy<\/a>, sharqshunos <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Aleksandr_Semyonov\">A.A.Semenov<\/a>, haykaltarosh-antropolog <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Mixail_Gerasimov\">M.Gerasimov<\/a>, arxeolog olim <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Mixail_Masson\">E.Masson<\/a> kiritilgan. Ekspeditsiya a\u02bczolari sifatida arxeologlar <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Vasiliy_Shishkin\">V.A.Shishkin<\/a> va <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Yahyo_G%CA%BBulomov\">Yahyo G\u02bbulomov<\/a>, adabiyotshunos <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Hodi_Zarifov\">Hodi Zaripov<\/a>, yozuvchi M.I.Sheverdin, antropolog <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Vasiliy_Oshanin\">L.V.Oshanin<\/a> qatnashdi. Qabrlarni ochish jarayonini suratga olish yosh operator <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Malik_Qayumov\">M.Qayumovga<\/a> topshirilgan [10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u2019zi adabiyotlarda esa quyidagi ma\u2019lumot uchraydi, ya\u2019ni 1941-yilda Go\u02bbri Amir maqbarasi yaqinida Inturist mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan qabristonni suv bosgan. Bu Temuriylar maqbarasi qoldiqlarini yo\u02bbq qilishi mumkin edi. Maqbarani vayron bo\u02bblishini oldini olish uchun bir guruh olimlar antropolog M.Gerasimov boshchiligida qazish ishlarini boshlagan [11:61]. T.N.Qori Niyoziy tomonidan tuzilgan O\u02bbzSSR Hukumatining maxsus ekspeditsiyasi qabrlar haqiqiyligini aniqlash, dafn marosimi, Amir Temur va uning avlodlarini dafn etish bilan bog\u02bbliq an\u2019analarni aniqlash, shuningdek, chuqur antropologik o\u02bbrganish ishlarini amalga oshirish vazifasini bajargan [9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo maqbaraning ochilishi bilan bog\u2018liq holda xalq orasida turli afsonalar tarqaldi. Maqbarani ochishdan oldin mahalliy aholi qariyalari va diniy ulamolari ekspeditsiya a\u2019zolarini bu ishni to\u2018xtatish haqida ogohlantirgan, chunki ular bunday amallar falokatlarga olib kelishi mumkinligiga ishongan. Afsuski, bu ogohlantirish inobatga olinmadi, bu afsonaga monand gap ekani aniq. Bu voqealarga bevosita daxldor kinorejissyor Malik Qayumov \u201cHayotim \u2013\u00a0 kinematografiya\u201d nomli kitobida shunday yozadi: \u201cUzoq davom etgan suratga olish ishlaridan so\u2018ng, bir piyola choy ichish uchun choyxonaga kirdim. Qarasam, uchta chol choy ichib o\u2018tirgan ekan. Qo\u2018llarida esa kattakon kitob bor edi. Ulardan biri Temurning maqbarasini ochilishiga aloqam bormi yoki yo\u2018qligini surishtirishdi. Hazillashib, \u201ceng katta boshlig\u2018iman\u201d, deb aytdim, chunki mening buyrug\u2018im bilan chiroqlar yoqilardi. Shunda chol: \u201cTemurning qabrini ochmaslik kerak, ochilsa \u2013 urush ruhi chiqadi\u201d, deb aytdi. Bu gap yo 16 yoki 17-iyun 1941-yilda bo\u2018lgan edi. \u201cBu nimadan ma\u2019lum?\u201d deb so\u2018radim men. Chol kitobdagi yozuvni ko\u2018rsatdi va kulibroq, arabcha o\u2018qishni bilasizmi, deb so\u2018radi. Men bilaman deb javob berdim. Javobim suhbatdoshlarimni ajablantirdi, chunki biz bu vaqtda kirill imlosiga o\u2018tgan edik. Ular mendayin yosh yigit arabcha o\u2018qishni bilmaydi, degan fikrda edi. Men o\u2018z so\u2018zimda qattiq turib olgach, ular kitobni ko\u2018rsatdi va men haqiqatdan ham \u201cTemur qabrini ochish mumkin emas, ochishsa urush ruhi chiqadi va qiyomat kunlar boshlanadi\u201d, degan so\u2018zlarni o\u2018qidim\u201d [2:6]. Bu so\u2018zlar qabr ochilishidan oldin aytilgan va qilingan bashorat edi. Tabiiyki, bu so\u2018zlar o\u2018z isbotini topdi. Sobiq Ittifoqqa fashistik Germanya armiyasi 21-iyundan 22-iyunga o\u2018tar kechasi kutilmaganda hujum qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy tarix, madaniyat va buyuk ajdodlar merosini tiklashga katta e\u2019tibor qaratildi. Bu jarayonda Go\u2018ri Amir maqbarasining holati va uning milliy madaniy merosdagi o\u2018rni alohida o\u2018rganildi. O\u2018zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Go\u2018ri Amir maqbarasida keng ko\u2018lamli restavratsiya ishlari amalga oshirildi. 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligining nishonlanishi doirasida maqbara qayta ta\u2019mirlanib, uning tarixiy va me\u2019moriy qiyofasi tiklandi. Ta\u2019mirlash ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida olib borildi va maqbaraning go\u2018zalligi va mustahkamligi asliga yaqin holatda qayta tiklandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida Go\u2018ri Amir nafaqat tarixiy obida, balki xalqaro miqyosda tanilgan sayyohlik markaziga aylandi. Dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlar Amir Temur va temuriylar davri merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo\u2018ldi. Mustaqillikdan so\u2018ng Go\u2018ri Amir milliy tarixiy xotira va faxr manbai sifatida yangidan e\u2019tirof etila boshladi. Mahalliy aholi va ziyoratchilar uchun maqbara muqaddas maskan sifatida qadrlanadi. Bu yerda Amir Temur va uning avlodlari xotirasiga hurmat bajo keltiriladi. O\u2018zbekiston hukumati Amir Temur shaxsiyatini milliy g\u2018urur va davlat suvereniteti ramzi sifatida ulug\u2018ladi. 1996-yil Amir Temur yili deb e\u2019lon qilinishi va Samarqand shahrida Amir Temur xalqaro jamg\u2018armasi tashkil qilinishi bu yo\u2018nalishda amalga oshirilgan muhim qadamlar edi [6:387-388]. Shu jarayonda Go\u2018ri Amir maqbarasi mamlakatning tarixiy-madaniy merosini targ\u2018ib qilishning markaziy obidalaridan biriga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda Go\u2018ri Amir maqbarasi UNESCOning Butunjahon merosi ro\u2018yxatiga kiritilgan Samarqandning qadimiy obidalaridan biri sifatida xalqaro e\u2019tiborni tortmoqda. Amir Temur va temuriylar davri tarixini o\u2018rganish va targ\u2018ib qilish uchun muhim tadbirlar, xalqaro konferensiya va tadqiqotlar markazi bo\u2018lib xizmat qilmoqda. U O\u2018zbekistonning madaniy turizmini rivojlantirishda muhim o\u2018rin tutadi. Go\u2018ri Amir maqbarasi hozirga qadar nafaqat moddiy-madaniy meros sifatida rol o\u2018ynab, balki milliy o\u2018zlikni mustahkamlashning ramziga aylangan tarixiy obida hisoblanadi. Mazkur obida nafaqat tarixiy haqiqatni yoritishda, balki O\u2018zbekistonning boy madaniy merosini avlodlarga yetkazishda ham muhim ahamiyatga egadir.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cAmir T\u0435murning milliy davlatchilik siyosati: tarix va hozirgi zamon\u201d mavzusidagi Amir Temur tavalludining 670 yilligiga bag\u2018ishlangan ilmiy konferensiya materiallari. \u2013 T., 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Berdimurodov A. Go\u2018ri Amir maqbarasi: ilmiy \u2013 ommabop risola \/ T.Shirinov tahriri ostida. \u2013 T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. \u2013 T., 1960.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Vaxitov \u041c.M., Mirzayev Sh.R. Me\u2019morchilik (darslik). O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi. \u2013 T.: Tafakkur, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mo\u2018minov I. Amir Temurning O\u2018rta Osiyo tarixida tutgan o\u2018rni va roli. O\u2018zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. \u2013 T.: Fan, 1993.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Jo\u2018rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O\u2018zbekiston tarixi. \u2013 T.: Sharq, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/O%CA%BBzME\">O\u02bbzME<\/a>. Birinchi jild. \u2013 T., 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432\u0430 \u041c., \u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432\u0430 \u041a., \u041c\u0438\u0445\u0430\u0438\u043b \u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432: \u042f \u0438\u0449\u0443 \u043b\u0438\u0446\u0430. \u041e \u0432\u043e\u0441\u0441\u0442\u0430\u043d\u043e\u0432\u043b\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0432\u043d\u0435\u0448\u043d\u0435\u0433\u043e \u043e\u0431\u043b\u0438\u043a\u0430 \u0438\u0441\u0442\u043e\u0440\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0445 \u043b\u0438\u0446. \u2013 \u041c.: \u041d\u0430\u0443\u043a\u0430, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0413\u0435\u043d\u0438\u0439 \u043d\u0430\u0443\u0447\u043d\u043e\u0439 \u0440\u0435\u0441\u0442\u0430\u0432\u0440\u0430\u0446\u0438\u0438. \u041f\u0430\u043c\u044f\u0442\u0438 \u041c.\u041c.\u0413\u0435\u0440\u0430\u0441\u0438\u043c\u043e\u0432\u0430 (110 \u043b\u0435\u0442 \u0441\u043e \u0434\u043d\u044f \u0440\u043e\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f) . \u0413\u043e\u0441\u0443\u0434\u0430\u0440\u0441\u0442\u0432\u0435\u043d\u043d\u044b\u0439 \u0414\u0430\u0440\u0432\u0438\u043d\u043e\u0432\u0441\u043a\u0438\u0439 \u043c\u0443\u0437\u0435\u0439. www.darwinmuseum.ru (2017-yil 21-sentyabr). 2020-yil 16-yanvarda asl nusxadan <a href=\"https:\/\/web.archive.org\/web\/20200116051621\/http:\/www.darwinmuseum.ru\/blog\/gerasimov\">arxivlangan<\/a>. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u041c\u0438\u043b\u0430\u043d\u0430 \u041c\u0438\u043b\u0430\u043d\u0430.<a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/watch?v=5z23B0OXRf4\"> \u0422\u0430\u0439\u043d\u0430 \u0433\u0440\u043e\u0431\u043d\u0438\u0446\u044b \u0422\u0438\u043c\u0443\u0440\u0430 \u043f\u0440\u043e\u043a\u043b\u044f\u0442\u0438\u0435 \u0422\u0430\u043c\u0435\u0440\u043b\u0430\u043d\u0430. <\/a>(ru).YouTube. 2020-yil 18-yanvarda asl nusxadan <a href=\"https:\/\/web.archive.org\/web\/20200118203054\/https:\/www.youtube.com\/watch?v=5z23B0OXRf4\">arxivlangan<\/a>. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u041c\u0430\u0442\u044e\u0448\u0438\u043d \u0413.\u041d. \u0410\u0440\u0445\u0435\u043e\u043b\u043e\u0433\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0441\u043b\u043e\u0432\u0430\u0440\u044c. \u0423\u0447\u0435\u0431\u043d\u043e\u0435 \u0438\u0437\u0434\u0430\u043d\u0438\u0435. \u2013 \u041c.: \u041f\u0440\u043e\u0441\u0432\u0435\u0449\u0435\u043d\u0438\u0435, 1996<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00a0<\/em><strong>Mastura SIDDIQOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cIpak yo\u2019li\u201d turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dotsenti, PhD<\/em><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Go\u2018ri Amir maqbarasi Samarqand shahrida joylashgan ulug\u2018vor tarixiy yodgorlik bo\u2018lib, nafaqat O\u2018zbekistonning, balki butun islom dunyosi me\u2019moriy yodgorliklarining ajralmas qismidir. Maqbarada Amir Temur va uning avlodlari dafn etilgan bo\u2018lib, noyob arxitektura va badiiy bezaklari bilan alohida ahamiyatga ega. Go\u2018ri Amir ziyoratgohi nafaqat tarixiy, balki madaniy va diniy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Ushbu maqola Go\u2018ri &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49173,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-04-09T03:42:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-04-08T06:43:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"370\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"14 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz\",\"name\":\"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg\",\"datePublished\":\"2026-04-09T03:42:01+00:00\",\"dateModified\":\"2026-04-08T06:43:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg\",\"width\":660,\"height\":370},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-04-09T03:42:01+00:00","article_modified_time":"2026-04-08T06:43:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":370,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"14 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz","name":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg","datePublished":"2026-04-09T03:42:01+00:00","dateModified":"2026-04-08T06:43:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/GuriAmir0904.jpg","width":660,"height":370},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49172&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAMARQANDDAGI GO\u2019RI AMIR MAQBARASINING TARIXIY ZIYORATGOH SIFATIDAGI O\u2018RNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49172"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49172"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49172\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49174,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49172\/revisions\/49174"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49173"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49172"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49172"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49172"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}