{"id":49162,"date":"2026-04-10T09:26:18","date_gmt":"2026-04-10T04:26:18","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162"},"modified":"2026-04-08T10:28:49","modified_gmt":"2026-04-08T05:28:49","slug":"xv-xix-asrlarda-naqshbandiya-tariqatining-zarafshondagi-namoyandalari-2-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz","title":{"rendered":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqshbandiya tariqati namoyandalaridan biri Avliyo Xoja XVII asrda yashab o\u02bbtgan. U haqda Samarqand qozikaloni Abu Tohir xoja \u201cSamariya\u201d asarida bunday yozadi: \u201cHazrat Xoja Avliyo mozori. Hazrat Xoja Ahror (sirlari muqaddas bo\u02bblsin) madrasasiga boriladigan katta yo\u02bblning kunchiqarida, shahar ichida, xonaqoh mahallasidadir. Xoja Avliyo dahbedlik Mahdumi A\u02bczam naslidan bo\u02bblib, Bobo Zayniddin Hindiyga ham muridligi bor edi&#8230; Xoja Avliyo qabrining shimol tomonida o\u02bbzga bir qabr bordir. Lekin kimniki ekanligi belgilik emas. Bu kishining qabri nurli va serbarakotdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Avliyo Mahdumi A\u02bczam avlodidan bo\u02bblib, Avliyo xojaning otasi Majnun xoja, uning otasi Xoja Hoshim Dahbediy, uning otasi Muhammad Amin (Xoja Kalon), uning otasi Sayyid Ahmad xoja Kosoniydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin Muhammad Buxoriy tasavvufda bitta tariqat bilan cheklanib qolmagan. Uning naqshbandiya silsilasida ham ijozasi bo\u02bblgan. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamdan Abu Bakr Siddiq orqali Abul Hasan Xaraqoniyga ulangan silsilai ma\u02bcnaviy, undan Shayx Abdulloh Ansoriyga, undan Xoja Abu Ali Farmadiyga, undan Muhammad G\u02bbazzoliyga, undan Xoja Yusuf Hamadoniyga yetgan. Undan Bahouddin Naqshband orqali Ahmad Sirhindiyga bog\u02bblangan. Undan Miyon Ma\u02bcsum Valiyga, undan Xoja Muhammad Siddiq Samarqandiyga, undan Shayx Xoja Nuriddinga, undan Sayyid Amir Zakariyoga, undan Sayyid Amir Olimga, undan xalifa Ashur Muhammad Todaniyga, undan Sayyid Mir Jaloliddin Muhammadga, undan Sayyid Alouddin Muhammad Husayniy Buxoriyga yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kubroviya va naqshbandiya tariqatlari vakili Alouddin Muhammad Buxoriy o\u02bbz nasab shajarasini quyidagi tartibda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazgan: Sayyid Mir Jaloliddin ibn Sayyid Mir Olim ibn Sayyid Amir Zakariyo ibn Sayyid Amir Ne\u02bcmatulloh ibn Sayyid Amir Rahmatulloh ibn Sayyid Amir Bahodir ibn Sayyid Amir Iso ibn Sayyid Amir Abdulboriy ibn Sayyid Amir Shodi ibn Sayyid Amir Hoji (Kirmoniy) ibn Sayyid Amir Yusuf bin Sayyid Amir Baraka ibn Sayyid Amir Ahmad ibn sohibul ansob Sayyid Amir Ali Hamadoniy ibn Shahobiddin Muhammad Yusuf ibn Sayyid Amir Sharaf ibn Muhammad ibn Ja\u02bcfar ibn Abdulloh ibn Husayn ibn Fotimai Zahro.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning naqshbandiya silsilasi otasi Jaloliddin, bobosi Zakariyo, katta bobosi Olim orqali Muhammad Siddiqqa, undan Muhammad Miyon Ma\u02bcsumga ulangan. Muhammad Siddiq boshqa manbalarda Musoxon xoja Dahbediyning shogirdi deb keltirilgan. Demak, Muhammad Siddiq Samarqandiyning naqshbandiya silsilasi Musoxon xoja Dahbediy (va uning ustozlari) orqali Ahmad Sirhindiyga ulanadi. Alouddin Muhammad va Nosiriddin Buxoriy ma\u02bclumotiga ko\u02bbra, Muhammad Siddiq Miyon Ma\u02bcsum orqali Ahmad Sirhindiyga bog\u02bblangan. Ya\u02bcni, Muhammad Siddiq Hindistonda bo\u02bblganda Muhammad Miyon Ma\u02bcsumdan ijoza olgan. Keyinchalik Musoxon xoja Dahbediyga shogird bo\u02bblib Movarounnahrga kelgan va ustozidan so\u02bbng silsilani davom ettirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Xoja Nuriddin \u2013 Mavlono Nafas Hisoriy nomi mashhur bo\u02bblib, asli Ko\u02bblobdan. Ilm olish maqsadida Buxoroga borgan. Muhammad Siddiqdan naqshbandiya ta\u02bclimini Samarqandda olgan. Keyin umrining oxirigacha Buxoroda qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Jaloliddinning \u201cMukoshiful asror\u201d asarida Zarafshon vohasida Muhammad Husayn Buxoriyning oltmishdan ortiq shogirdi haqida ma\u02bclumot keltirilgan. Sayyidquli Miyonkoliy ona tomondan xalifa Muhammad Husayn avlodidan bo\u02bblgan. Zavq va hol sohibi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mir Shoh Samarqandiy tasavvuf ta\u02bclimini Samarqandda olib, keyin Toshkentga borib tariqatni yuritgan. Asosan e\u02bctikof mutasaddisi bo\u02bblgan. Xonaqohda imom xatib va kitobxonlik xizmatida faoliyat olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Sharif Buxoriy Buxoroda qozi askariy lavozimida ishlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahmonbek Buxoro hukmdori bilan Xorazm yurishida qatnashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aflotun Buxoriy \u2013 Buxoro hukmdorining a\u02bclambardori bo\u02bblgan. Qizilbosh hududida qirq kecha-yu kunduz hukmdorga yelkadosh bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Domla Hakimbek Buxoriy \u2013 Buxoro hukmdorining yaqinlaridan bo\u02bblgan. Chelak hududlarida beklik lavozimida xizmat qilgan. Tariqat sabog\u02bbini Muhammad Husayndan olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Yusuf xoja va Muhammad Yunus xoja Vobkandiy Mir Xurd va Mir Kalon mozorlarining mutavallilari bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim xoja Buxoriy \u2013 Ziyouddin qal\u02bcasiga qarashli Sultonobodda istiqomat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eshon Shokir xoja Sug\u02bbonchiy muftiy lavozimida faoliyat olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rahmonberdi Buxoriy aqliy va naqliy ilmda dono bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahim xoja Ofarinkentiy \u2013 Shayx Xudoydod Valiy avlodidan. Shariat va tariqatga qat\u02bciy amal qilib, Kalomullohi sharifni kitobat qilish bilan maxsus shug\u02bbullangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayub xoja Miyonkoliy tariqat ta\u02bclimini olgach, ustozining ko\u02bbrsatmasi bilan Ho\u02bbqandga borib, silsilani davom ettirgan. Keyin yetakchilikni o\u02bbg\u02bbli olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eshon Abdi xoja Miyonkoliy \u2013 dastlab Musoxon xojaga, keyin Xoja Kalon va undan so\u02bbng Muhammad Husaynga shogird bo\u02bblgan. Eshonxoja Dahbediy \u2013 Mahdumi A\u02bczam Dahbediyning Xoja Kalon ismli o\u02bbg\u02bblining avlodidan. Eshon Muhammad Tohir Dahbediy \u2013 Xoja Kalonning avlodi. Muhammad O\u02bbroq xoja Dahbediy \u2013 Maxdumi A\u02bczam Dahbediy avlodlaridan bo\u02bblib, ko\u02bbp yillar xonaqohda imom xatiblik qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Sharif xoja Buxoriy \u2013 Atoulloh xoja shayxulislom Buxoriyning o\u02bbg\u02bbli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Azizxoja Kattaqo\u02bbrg\u02bboniy, Abdulloh xoja Vobkandiy, Aziz xoja Jo\u02bbshiy, Qosim xoja Ofarinkentiy, Eshon Hidoyatulloh xoja Sug\u02bbonchiy, Iyoz Buxoriy, Domla Iyso Buxoriy, Eshon Aziz xoja Ofarinkentiy, Shoh Rustam xoja Samarqandiy, G\u02bbiyosiddin xoja Samarqandiy, Muhammad Solihxoja Karminagiy, Abdulhafiz xoja Karminagiy, Xoja Kalon xoja Buxoriy, Hasan xoja Buxoriy, Mirkomil G\u02bbulakandoziy kabi shogirdlari ham tasavvufning mashhur namoyandalari bo\u02bblgani ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Jaloliddinning \u201cMukoshiful asror\u201d asari orqali Miyonkoliy, Karminagiy, Kattaqo\u02bbrg\u02bboniy, Metaniy, Samarqandiy, G\u02bbijduvoniy, Buxoriy, Ofarinkentiy, Dahbediy, Vobkandiy, Sug\u02bbonchiy, Sarmejiy nisbali 60\u00a0dan ortiq namoyandaning kelib chiqishi Zarafshon vohasi hududi nomi bilan bog\u02bbliq ekani aniqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Mirmuhammad Ibrohim xoja \u2013 tafsir va hadis ilmida mohir bo\u02bblgan, aqliy va naqliyda zamonasining nodir olimlaridan bo\u02bblgan. Nuriddin Mahjuriyning \u201cTazkira\u201dsi xalifa Mirmuhammad Ibrohim xoja hayoti va faoliyatiga bag\u02bbishlab yozilgan. Asarning \u201cTa\u02bcrixi qutbuz zamon va g\u02bbavsi davron Hazrat Eshon xalifa Ibrohim (rahmatullohi alayh)\u201d bo\u02bblimida bunday deyildi: \u201cObid, zohid, olimlarning yo\u02bblboshchisi, qutbi olam, soliklarning maslagi, naqshbandiya suluki muqtadosi, asli shahzodalardan bo\u02bblib, Kobul, Balx, Hirot va Badaxshon shaharlaridan Samarqandga kelgani aytib o\u02bbtilgan. Ustozi \u201cBahouddin Naqshband tariqatidagi Mavlono Husayn\u201d ekani nazmda ta\u02bcriflangan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbpgina buzurgshayxlar qatorida bo\u02bblgan Mirmuhammad Ibrohim xojaning mashhur to\u02bbrt xalifa-shogirdi \u2013 Muhammad Amin xoja Dahbediy, Abdumalik xoja G\u02bbaziragiy, Eshon Valixon Urgutiy va So\u02bbfi xoja.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Amin xojaning shogirdi Eshon Kattaxon xoja Dahbediy (1868-1969) bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahjuriy Muhammad Amin xoja (Eshon Boboxon nomi bilan tanilgan) haqida quyidagi misralarni bitgan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBir olim zotning nomlarin keltirsak,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bcrixi Muhammad Amin tarjimon.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytinglarki, ta\u02bcrixi zayg\u02bbi basar,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana o\u02bbttizni bu kalomga qo\u02bbshib.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo zog\u02bb so\u02bbzi birla ishorat bo\u02bbldi zayg\u02bbi o\u02bb,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nazar solgin suxanning boshi ba sardor bo\u02bbldi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Valekin man hasta mo zog\u02bb ro,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Al-basar birlan tarixin qildi duo.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bilmasdim garchi xush nazar solmasam,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaqindan ta\u02bcrixi Muhammad Amin.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">San bilgin buni bil mo zog\u02bb ro,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba al-basar torixi erur namo.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U misli oy kabi Payg\u02bbambar avlodidur,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo zog\u02bb ta\u02bcrixi ham avlo erur\u201d.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu misralarda yashirin bo\u02bblgan tarix sanasi \u201czayg\u02bbi basar \u2013 \u0632\u064a\u063a \u0628\u0635\u0631\u201d so\u02bbziga o\u02bbttizni qo\u02bbshsak, ya\u02bcni 1309+30=1339 hosil bo\u02bbladi. Demak, Muhammadaminxoja Dahbediy 1339\/1920-yilda vafot etgan. Qusam ibn Abbos (Shohizinda) mozoriga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eshon Valixon Urgutiy Chorchinor mavzeida ko\u02bbplab shogirdlar tarbiyalagan. Undan keyin farzandi va shogirdi Eshon Muhiddinxon Urgutiy silsilani davom ettirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sayyid Muhammad Yo\u02bbldosh xalifa 1860-yili Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumanidagi Jizmonsoyning Dara qishlog\u02bbida tavallud topgan. 17 yoshida ustozi Muhiddinxon Urgutiy dargohiga borib, yigirma yetti yil ta\u02bclim olgan. 1905-yili piridan ijoza olgach, umrining oxiriga qadar tariqat silsilasini yuritgan. Ibn Davlat taxallusi bilan ijod qilgan. 1934-1944-yillarda yozgan \u201cDevon\u201di meros qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zarafshon vohasida faoliyat olib borgan tasavvuf namoyandalari nasl-nasabi Abu Bakr, Umar, Usmon yoki Aliga ulanishi kuzatiladi. Juda bo\u02bblmaganda, mashhur ulamo yo murshidga yetadi. Jumladan, Abu Bakr Siddiqning avlodi \u2013 Xoja Ahror Valiy, Olim shayx Azizon; Umar ibn Xattobning avlodi \u2013 Miyon Fazl Ahmad, Miyon Fazl Muhammadxon; Ali ibn Abu Tolibning avlodi \u2013 Bahouddin Naqshband, Alouddin Attor, Ya\u02bcqub Charxiy, Hoji Habibulloh Buxoriy; Imom Molikning avlodi \u2013 Abduxoliq G\u02bbijduvoniy; Mavlono Orif Revgariyning avlodi \u2013 Xoja Ismatulloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda naqshbandiylikning So\u02bbfi Ollohyor va Musoxon xoja Dahbediy tarmog\u02bbidagi pirlar faoliyati bevosita Markaziy Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy, ma\u02bcnaviy-madaniy sohalarida muhim o\u02bbrin tutganini ko\u02bbrish mumkin. Markaziy Osiyoda naqshbandiya tariqati pirlari faoliyati bevosita siyosiy jarayonlarda ham namoyon bo\u02bblgani, o\u02bbsha davr hukmdorlari bu silsila pirlariga yaqin bo\u02bblgani, o\u02bbzaro manfaatli aloqalar uzviyligi ta\u02bcminlanganini ham ko\u02bbrish mumkin. Silsila vakillari orasida turli tabaqaga mansub insonlar borligi tariqat faoliyati xalqchil bo\u02bblganini namoyon etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR <\/strong><strong>RO\u02bbYXATI<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurahmon Jomiy. <em>Nafahotul uns.<\/em> IBXITM qo\u02bblyozma fondi, inv \u2116545.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alouddin Muhammad Buxoriy. <em>Hujjatul komilin fi atvorus solikin.<\/em> O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi inv \u21164400\/II.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Tohir xoja. \u2013 Toshkent: Kamalak.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Jaloliddin Buxoriy. <em>Mukoshiful asror.<\/em> O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi inv: \u2116 2085.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>Irshodnoma<\/em>. Qo\u02bblyozma. Forscha. XIX asr. Mavlono Ibrohim xoja avlodi Saida Qayumova xonadonida saqlanadi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattayev K (1994). <em>Maxdumi A\u02bczam va Dahbed. \u2013 <\/em>Samarqand: So\u02bbg\u02bbdiyona.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattayev K (2016). <em>Maxdumi A\u02bczam Dahbediy tarixi va mukammal dahbediylar tariqati.<\/em> \u2013 Toshkent: Mashhur-Press.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattayev K. (2017). <em>Tasavvuf allomalari.<\/em> \u2013 Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karimov E. (2003). <em>Xo\u02bbja Ahror (hayoti va faoliyati).<\/em> \u2013 Toshkent: Ma\u02bcnaviyat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mavlono Muhammad Mahjuriy. <em>Tazkirai olimoni Samarqand.<\/em> Qo\u02bblyozma. Tojikcha. \u2013 Samarqand Davlat muzeyi qo\u02bblyozmalar fondi inv. \u21165653\/2.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzo Junaydulloh Hoziq. (1326\/1906). Qo\u02bblyozma, fors tilida O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, inv \u2116 3021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nosiriddin Buxoriy. (1324\/1916). <em>Tuhfatuz zoyirin. \u2013 <\/em><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G. (2019). <em>Bahouddin Naqshband: manbalar tahlili.<\/em> \u2013 Toshkent: Sano-standart.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>Naqshbandiya tariqatiga oid qo\u02bblyozmalar fihristi<\/em> (1993). \u2013 Toshkent: Movarounnahr.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Roqimiy Samarqandiy. (1998). <em>Tarixi tomm.<\/em> \u2013 Toshkent: Ma\u02bcnaviyat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Muhammad Davlat. (2022). \u2013 Samarqand: Mahorat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mexrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naqshbandiya tariqati namoyandalaridan biri Avliyo Xoja XVII asrda yashab o\u02bbtgan. U haqda Samarqand qozikaloni Abu Tohir xoja \u201cSamariya\u201d asarida bunday yozadi: \u201cHazrat Xoja Avliyo mozori. Hazrat Xoja Ahror (sirlari muqaddas bo\u02bblsin) madrasasiga boriladigan katta yo\u02bblning kunchiqarida, shahar ichida, xonaqoh mahallasidadir. Xoja Avliyo dahbedlik Mahdumi A\u02bczam naslidan bo\u02bblib, Bobo Zayniddin Hindiyga ham muridligi bor edi&#8230; Xoja &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49158,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-04-10T04:26:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-04-08T05:28:49+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz\",\"name\":\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\",\"datePublished\":\"2026-04-10T04:26:18+00:00\",\"dateModified\":\"2026-04-08T05:28:49+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-04-10T04:26:18+00:00","article_modified_time":"2026-04-08T05:28:49+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz","name":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","datePublished":"2026-04-10T04:26:18+00:00","dateModified":"2026-04-08T05:28:49+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49162&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (2-qism)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49162"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49162"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49162\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49163,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49162\/revisions\/49163"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49158"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49162"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49162"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49162"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}