{"id":49157,"date":"2026-04-09T09:45:46","date_gmt":"2026-04-09T04:45:46","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157"},"modified":"2026-04-08T10:24:06","modified_gmt":"2026-04-08T05:24:06","slug":"xv-xix-asrlarda-naqshbandiya-tariqatining-zarafshondagi-namoyandalari-1-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz","title":{"rendered":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqshbandiylar o\u02bbzi faoliyat ko\u02bbrsatgan hududlardagi ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy-madaniy hayotda muhim o\u02bbrin tutgan. Hukmdor va amaldorlar tariqat murshidlariga ixlos qo\u02bbygani tufayli ularning mavqei mustahkamlanib borgan. Natijada bu holat obodlik va yurt ravnaqi uchun shogird-u ixlosmandlar ko\u02bbmagi bilan masjidu madrasalar, xonaqohlar barpo etib, xalqning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy hayoti yaxshilanishiga turtki bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahouddin Naqshband 1389-yilda vafot etganidan so\u02bbng tariqat yo\u02bblini davom ettirish mas\u02bculiyati Alouddin Attor zimmasiga tushadi. Uning asl ismi Muhammad ibn Muhammad Buxoriy bo\u02bblib, Xorazmda tavallud topgan. Nosiruddin Buxoriy \u201cTuhfatuz zoyirin\u201d asarida quyidagi shajarani taqdim etgan: \u201cSayyid Muhammad ibn Sayyid Amir Muhammad Buxoriy ibn Sayyid Abdulloh Zarbaxsh ibn Sayyid Ahmad ibn Sayid Abu Bakr ibn Sayid Qosim ibn Sayid Husayn ibn Sayid Muso ibn Sayid Abdulloh ibn Sayid Muhammad Shahid ibn Sayid Abdulaziz ibn Sayyid Ja\u02bcfar ibn Sayid Abdulhaq ibn Sayyid Mujtabo ibn Sayid Muhammad kabir ibn Sayid Ibrohim Rizo ibn Imom Ali Muso Rizo orqali to\u02bbrtinchi xalifa Hazrati Aliga yetadi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin Attorga oid ma\u02bclumotlar Mavlono Ya\u02bcqub Charxiy, Saloh ibn Muborak, Muhammad Porso, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Faxriddin Ali Safiy kabi mualliflar asarlarida tarqoq holda uchraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahmon Jomiy bergan ma\u02bclumotga ko\u02bbra, Alouddin Attor 802\/1400-yil 20 rajab\/16-mart chorshanba kuni xufton namozi vaqtida vafot etgan va qabri Deh Navchag\u02bbaniyondadir (Abdurahmon Jomiy, 254<sup>b<\/sup>-sahifa).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin Attor ilmiy faoliyatining muhim jihati shuki, u Bahouddin Naqshband haqida bitilgan asarlarning sababchisi va tartibga soluvchisi bo\u02bbldi. Xususan, Muhammad Porsoning mashhur \u201cRisolai qudsiya\u201d (\u201cPok kalimalar jamlangan risola\u201d), Muhammad Boqirning \u201cMaqomoti Xoja Naqshband\u201d (\u201cXoja Naqshband maqomlari\u201d), Mavlono Ya\u02bcqub Charxiyning \u201cRisolai unsiya\u201d (\u201cDo\u02bbstlik haqida risola\u201d), Salohiddin ibn Muborakning \u201cAnisut tolibin va uddatus solikin\u201d (\u201cToliblar do\u02bbsti va soliklar yarog\u02bbi\u201d) risolasi kabi asarlar uning tufayli dunyoga kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin Attor ustozi Bahouddin Naqshband vafotidan keyin tariqatni turli buzg\u02bbunchi qarashlardan, ziddiyatli tahdidlaridan himoya qilgan. Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik haqida yoziladigan barcha kitoblarni sinchiklab o\u02bbrganib chiqib, kitob qilish uchun turli mualliflarni jalb etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning Xoja Hasan Attor, Xoja Abdulloh Imom Isfahoniy, Shayx Umar Moturidiy, Mavlono Ahmad Maska, Darvesh Ahmad Samarqandiy, Sayid Sharif Jurjoniy, Nizomiddin Xomush, Shayx Abdurazzoq, Mavlono Abusaid Balxiy, Ya\u02bcqub Charxiy kabi shogirdlari bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcqub Charxiy ibn Usmon ibn Mahmud G\u02bbaznaviy (taxminan 1363-yilda) G\u02bbazna yaqinidagi Charx qishlog\u02bbida tavallud topgan. 1380-yilda Buxoroda Bahouddin Naqshbandga shogird tushgan. Keyinchalik Xoja Alouddin Attorning xizmatiga kirgan. Tasavvuf, fiqh, tafsirga doir o\u02bbndan ortiq asar yozgan. Bugungi kunda ulardan yettitasi ma\u02bclum: \u201cTafsiri Charxiy\u201d, \u201cRisolai unsiya\u201d (\u201cDo\u02bbstlik haqida risola\u201d), \u201cRisolatul abdoliya\u201d (\u201cAbdol (avliyolar, valiylikning yuqori darajasiga chiqqan so\u02bbfiy)lar haqida risola\u201d), \u201cRisola dar siyrati Mustafoviya va tariqai mustaqimiya\u201d (\u201cMustafoning siyratlari va to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbllar haqida risola\u201d), \u201cRisola dar ilmi faroiz\u201d (\u201cMeros haqida risola\u201d), \u201cRisola dar aqoid\u201d (\u201cAqoid ilmi haqida risola\u201d), \u201cRisola fil hisob val faroiz\u201d (\u201cHisob va meros) taqsimi haqida risola\u201d), \u201cMuxtasar dar bayoni silsilai naqshbandiya\u201d (\u201cNaqshbandiya suluki haqida qisqacha risola\u201d), \u201cSharhi asmoulloh\u201d (\u201cAlloh ismlarining sharhi\u201d), \u201cSharhi nuvadu nuh nom\u201d (\u201cTo\u02bbqson to\u02bbqqiz go\u02bbzal ismning sharhi\u201d), \u201cFaroizi manzuma\u201d (\u201cFarzlar haqida nazmiy risola\u201d).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1400-1447-yillar davomida naqshbandiylik tariqatini boshqargan Ya\u02bcqub Charxiy Movarounnahr va Xurosonda naqshbandiya tariqati ta\u02bclimotining keng yoyilishiga ulkan hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Muhammad Porso nomi bilan mashhur bo\u02bblgan Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hofiz Buxoriy (746-822\/1345-1420) Markaziy Osiyo tasavvuf ilmi rivojining islohotchilaridan bo\u02bblgan. Porso (dindor) laqabini unga ustozi Bahouddin Naqshband bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning yigirmaga yaqin asari mavjud. Ular orasida \u201cRisolai qudsiya\u201d, \u201cAvsofi qudsiyai mashoyixi tariqat\u201d (\u201cTariqat mashoyixlarining qudsiy kalimalari\u201d), \u201cRisola dar odobi murid\u201d, \u201cE\u02bctiqodot\u201d, \u201cRisolai mahbubiya\u201d (\u201cDo\u02bbstlik haqida risola\u201d), \u201cRisolai kashfiya\u201d (\u201cKaromatlar haqida risola\u201d), \u201cMuxtasari tarixi Makka\u201d (\u201cMakkai mukarramaning qisqacha tarixi\u201d), \u201cMaqomoti Xoja Bahouddin Naqshband\u201d, \u201cHaftodu du firqa\u201d (\u201cYetmish ikki firqa\u201d) kabi asarlar qatorida \u201cMaqomoti Xoja Alouddin Attor\u201d kitobi ham bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ubaydulloh Mahmud xoja o\u02bbg\u02bbli \u2013 Ahror Valiy nomi bilan mashhur. 806\/1404-yil ramazon\/mart oyida Shosh\/Toshkentning Bog\u02bbistonida dunyoga kelgan. Otasi Xoja Mahmud va bobolari ma\u02bcrifatli kishilar bo\u02bblib, ziroat va tijorat bilan shug\u02bbullangan. Ona tomonidan Shayx Xovandi Tohurga borib ulanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">22 yoshida tog\u02bbasi Ibrohim Shoshiy tahsil uchun Samarqandga olib boradi. U yerda Mavlono Qutbiddin Sadrning madrasasida o\u02bbqiydi. 1428-yili Hirotda Sayid Qosim Tabriziyning dargohida tahsilni davom ettiradi. Shu tariqa Chag\u02bboniyon mavzeida yashovchi Yaqub Charxiy huzuriga borib qoladi va tasavvuf sir-asrorlarini qunt bilan o\u02bbrganadi. Alisher Navoiyning \u201cNasoyimul muhabbat\u201d asarida \u201cXoja Ubaydulloh Xuroson mashoyixlari Hazrati Mir Sayyid Qosim Anvor, shayx Bahouddin Umar, shayx Zayniddin Xavofiy, Mavlono Muhammad Asad, Mavlono Sa\u02bcdiddin Qoshg\u02bbariy, Movarounnahr mashoyixlari Xoja Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr, Mavlono Nizomiddin Xomush suhbatida bo\u02bblib, Mavlono Ya\u02bcqub Charxiydan\u201d irshod va tarbiya topgani bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">29 yoshida Toshkentga qaytib, dehqonchilik bilan mashg\u02bbul bo\u02bbladi. Xalq orasida ancha tanilgandan so\u02bbng, 1450-yildan keyin Samarqandga boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ahror Valiy odamlarni rom qiluvchi rivoyatlarni, ilmi fiqh va ruboiyotlarni, tafsir va hadislarni yaxshi bilgan. Uning hayot yo\u02bbli va fazilatlarini bayon qiluvchi tarixiy asarlar orasida eng birinchilardan bo\u02bblib yozilgani \u201cMasmuot\u201ddir (\u201cEshitilgan narsalar\u201d). Uni kuyovi va izdoshi Mir Abdulavval Nishopuriy XV asr oxirlarida bitgan. Unda Muhammad sollallohu alayhi vasallam va choryorlardan Xoja Ahror Valiy yashagan davrgacha bo\u02bblgan tasavvuf silsilasi, sulukning eng ulug\u02bb namoyandalari hamda Xojaning temuriylar sulolasi bilan munosabatlari bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy naqshbandiya tariqatining eng buyuk murshidlaridan biri bo\u02bblib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma\u02bcnaviy hayotda katta iz qoldirgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri naqshbandiylikni islom olamidagi eng ulug\u02bb silsilalardan biriga aylantirganidir. Ayni paytda tasavvuf tarixida birinchi bo\u02bblib, xalq ravnaqi yo\u02bblida tariqatni siyosatga, hukmdorlarga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatuvchi amaliyotga aylantirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ahror Valiy o\u02bbz davrida Mavlono Sulton, Xoja Muhammad Yahyo, Burhoniddin Xatloniy, Xoja Muhammad Ubaydulloh, Sayfiddin, Mavlono shayx, Ismoil Hiraviy, Ismoil Qamariy, Nosiriddin O\u02bbtroriy, Mavlono Ja\u02bcfar, Lutfulloh, Xoja Ali Toshkandiy, Nuriddin Toshkandiy, Mahmud Xoja Turkistoniy, Mavlono O\u02bbtroriy, Shayx Habib Buxoriy, Sayyid Hasan, Muhammad Qozi, Muhammad Qosim, Xoja Muhammad Zohid kabi shogirdlarni tarbiyalagan. Muridlari Movarounnahr va Xuroson bo\u02bbylab naqshbandiya ta\u02bclimotini yoygan. Yangi-yangi markazlar shakllanishiga sabab bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Muhammad Qozining to\u02bbliq ismi Muhammad ibn Burhoniddin Miskiniy Samarqandiydir. Otasi Burhoniddin Qozi Imodiddinning yaqinlaridan bo\u02bblgani uchun ham o\u02bbg\u02bbliga \u201cQozi\u201d nisbasini bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Qozi boshlang\u02bbich ta\u02bclimni mukammal egallaganidan so\u02bbng tasavvufga mayli kuchayib, Xurosonga otlanadi. 885\/1480-yili Samarqandda Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy bilan uchrashadi. O\u02bbn ikki yil uning xizmatida bo\u02bbladi. Ustozidan irshod huquqini olib, vafoti (1515-yil)ga qadar naqshbandiya tariqatini yurgizadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sayyid Ahmad xoja (Mahdumi A\u02bczam Dahbediy) Kosoniy Mavlono Mir Sayyid Ali huzurida sarf-nahv ilmini qunt bilan o\u02bbrganadi. Keyin tasavvufga rag\u02bbbat sezib, ustozi Mavlono Mir Sayyid Alining maslahati bilan Xoja Ahror Valiyning Toshkentda yashayotgan eng yaqin shogirdi va xalifasi Mavlono Muhammad Qozi huzuriga borib, qo\u02bbl beradi va eng uning suyukli shogirdiga aylanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahdumi A\u02bczam Dahbediy va (uning shogirdi) Mavlono Xurd azizonning shogirdi bo\u02bblgan Muhammadshoh (Mulla Poyanda) Axsikatda dunyoga kelgan. To\u02bbliq ismi \u2013 Muhammad ibn Mir Darvesh Muhammad ibn Mir Obid Husayn Axsikatiy Abbosiy. Toshkent, Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boqiy Muhammad Shikoriy Fanoiy Buxoriyning \u201cMaqomotul orifin\u201d (\u201cMa\u02bcrifat egalarining maqomoti\u201d) asarida ustozi Mulla Poyandaning tarjimayi holi yozilgan. Mulla Poyanda 1596-yili Fayzobodda xonaqoh qurdirgan. Buxoroning Samarqand ko\u02bbchasida masjid (Shoh Axsi jome\u02bcsi), ikki qavatli maktab, gumbazli tahoratxona barpo ettirgan. Shoh Axsi masjidining nomi u joylagan hududga ham berilgan. Shuningdek, Fayzoboddagi xonaqoh ayni nomni olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mulla Poyandaning huzurida Mavlono Mastiy, Oxund Kamoliddin Vaganzaviy, Muhammad Qosim Buxoriy, Shoh Muhammad Sarrof, Amir Avaz, Mir Rahmatulloh, Muhammad Yusuf, Qozi Mahmud, Xoja Muhammad Shirin, Mirzo Bargiy, Mavlono Solih, Darvesh Muhammad Mirobodiy, Xoja Muqim, Shayx Muzaffar, Shayx Siroj, Mirzojon qori, Xoja Hamdiy Romitaniy, Mavlono Muhammad Kalon Novkadiy Toshkandiy, Mavlono Ibrohim Kalon, Nazar Toshkandiy, Xoja Burhoniddin Zandanaviy, Muhammad Maksoniy, Abdurahim qori, Avaz Nasafiy, Mir Hoshim Manoriy, Sayid Jorulloh Karminiy, Shoh Muhammad Kotib, Hoshim Devona, Amir Hoshim Tabib, Hoji Muhammad, Boltavoy Miyonkoliy, Muhammad Solih Miyonkoliy, Solih Xaraqoniy, Boqiy Masnaviyxon kabi shogirdlar tarbiya olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">davomi bor&#8230;<\/span><\/strong><\/em><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR <\/strong><strong>RO\u02bbYXATI<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurahmon Jomiy. <em>Nafahotul uns.<\/em> IBXITM qo\u02bblyozma fondi, inv \u2116545.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alouddin Muhammad Buxoriy. <em>Hujjatul komilin fi atvorus solikin.<\/em> O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi inv \u21164400\/II.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Tohir xoja. \u2013 Toshkent: Kamalak.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Jaloliddin Buxoriy. <em>Mukoshiful asror.<\/em> O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi inv: \u2116 2085.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>Irshodnoma<\/em>. Qo\u02bblyozma. Forscha. XIX asr. Mavlono Ibrohim xoja avlodi Saida Qayumova xonadonida saqlanadi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattayev K (1994). <em>Maxdumi A\u02bczam va Dahbed. \u2013 <\/em>Samarqand: So\u02bbg\u02bbdiyona.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattayev K (2016). <em>Maxdumi A\u02bczam Dahbediy tarixi va mukammal dahbediylar tariqati.<\/em> \u2013 Toshkent: Mashhur-Press.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattayev K. (2017). <em>Tasavvuf allomalari.<\/em> \u2013 Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karimov E. (2003). <em>Xo\u02bbja Ahror (hayoti va faoliyati).<\/em> \u2013 Toshkent: Ma\u02bcnaviyat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mavlono Muhammad Mahjuriy. <em>Tazkirai olimoni Samarqand.<\/em> Qo\u02bblyozma. Tojikcha. \u2013 Samarqand Davlat muzeyi qo\u02bblyozmalar fondi inv. \u21165653\/2.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzo Junaydulloh Hoziq. (1326\/1906). Qo\u02bblyozma, fors tilida O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, inv \u2116 3021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nosiriddin Buxoriy. (1324\/1916). <em>Tuhfatuz zoyirin. \u2013 <\/em><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G. (2019). <em>Bahouddin Naqshband: manbalar tahlili.<\/em> \u2013 Toshkent: Sano-standart.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>Naqshbandiya tariqatiga oid qo\u02bblyozmalar fihristi<\/em> (1993). \u2013 Toshkent: Movarounnahr.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Roqimiy Samarqandiy. (1998). <em>Tarixi tomm.<\/em> \u2013 Toshkent: Ma\u02bcnaviyat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Muhammad Davlat. (2022). \u2013 Samarqand: Mahorat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mexrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naqshbandiylar o\u02bbzi faoliyat ko\u02bbrsatgan hududlardagi ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy-madaniy hayotda muhim o\u02bbrin tutgan. Hukmdor va amaldorlar tariqat murshidlariga ixlos qo\u02bbygani tufayli ularning mavqei mustahkamlanib borgan. Natijada bu holat obodlik va yurt ravnaqi uchun shogird-u ixlosmandlar ko\u02bbmagi bilan masjidu madrasalar, xonaqohlar barpo etib, xalqning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy hayoti yaxshilanishiga turtki bergan. Bahouddin Naqshband 1389-yilda vafot etganidan so\u02bbng tariqat yo\u02bblini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":49158,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-04-09T04:45:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-04-08T05:24:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz\",\"name\":\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\",\"datePublished\":\"2026-04-09T04:45:46+00:00\",\"dateModified\":\"2026-04-08T05:24:06+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-04-09T04:45:46+00:00","article_modified_time":"2026-04-08T05:24:06+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz","name":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","datePublished":"2026-04-09T04:45:46+00:00","dateModified":"2026-04-08T05:24:06+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/naqshband0904.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=49157&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XV-XIX ASRLARDA NAQSHBANDIYA TARIQATINING ZARAFSHONDAGI NAMOYANDALARI (1-qism)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49157"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=49157"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49157\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":49159,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/49157\/revisions\/49159"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/49158"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=49157"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=49157"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=49157"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}