{"id":48877,"date":"2026-03-30T09:08:03","date_gmt":"2026-03-30T04:08:03","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877"},"modified":"2026-03-30T09:06:41","modified_gmt":"2026-03-30T04:06:41","slug":"asalga-ogu-qoshib-yedirayotganlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz","title":{"rendered":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Diniy mavzuda so\u2018z yuritish o\u2018ta hassos, ayni vaqtda xatarli ishdir. Hassosligi shundaki, inson bolasi o\u2018ziga aytilgan haqoratlarni e\u2019tiborsiz qoldirishi mumkin. Ammo diniy qarashlariga kelganda, uncha-muncha haqoratni hazm qila olmaydi. Shu nuqtai nazardan, jamiyati tinch va barqaror musulmon mamlakatlarning taraqqiy etishini istamaydigan kuchlar aynan din omilidan ko\u2018proq foydalanishga urg\u2018u beradi. Aqidaviy masalalar yuzasidan yakdil bo\u2018lgan musulmon jamiyatini beqarorlashtirish uchun odamlar orasiga yot g\u2018oyalar va botil qarashlarni tiqishtiradi. Diniy sohada malakaga ega bo\u2018lmagan, hatto, ustozlarining tayini yo\u2018q \u201cshayx\u201dlarni o\u2018z nog\u2018orasiga o\u2018ynatadi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Internet sahifalari va turli ijtimoiy tarmoqlarda, afsuski, ko\u2018p sonli kuzatuvchilariga ega bo\u2018lgan ana shunday \u201cshayx\u201dlardan biri faoliyat olib boradi. Uning va\u2019zlariga bir qur nazar tashlaydigan bo\u2018lsak, \u201cfatvo ishlab chiqaruvchi avtomat\u201dga o\u2018xshashiga amin bo\u2018lasiz. Holbuki, sahobalar va tobeinlardan iborat salafi solihlarimiz diniy masalada fatvo berishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Buning oxiratdagi javobgarligidan qo\u2018rqqani uchun savollarga shartta-shartta javob beravermagan. To\u2018rt fiqhiy mazhab imomlarini qo\u2018yib, salafi solihlarga ergashishga chaqirayotgan mazkur salafiy \u201cshayx\u201d bu jihatga e\u2019tibor qaratishni istamaydigan ko\u2018rinadi. U qanday qilib bo\u2018lsa-da, hatto, nufuzli fatvo markazlarida faoliyat olib borayotgan o\u2018nlab, balki yuzlab olimlarning aksariyat fatvolarini xatoga chiqarish hisobiga bo\u2018lsa ham \u201cxojalari\u201d bergan topshiriqni maromiga yetkazib ado etishga harakat qilayotganga o\u2018xshaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur \u201csalafiy shayx\u201d o\u2018z faoliyatida \u201casalga og\u2018u qo\u2018shib yedirish\u201d uslubidan keng foydalanmoqda. Jumladan,\u00a0<strong>\u201cEzgu ish qilganlarga chiroyli narsa\u00a0<\/strong>(jannat)<strong>\u00a0va ziyodalik\u00a0<\/strong>(Allohning diydorini ko\u2018rish)<strong>\u00a0bordir\u201d<\/strong>\u00a0(<i>Yunus surasi) 26-<\/i>oyatini tafsir qilayotib, \u201callaziyna ahsanuv\u201d iborasiga izoh berar ekan, ayni shu uslubdan foydalangan. Uning aytishicha, ustoz shogirdlarga tez-tez ta\u2019lim berish o\u2018rniga ulardan uzoq yillar davomida xizmatkor sifatida foydalanishi bu oyatda nazarda tutilgan \u201cyaxshi narsa\u201d qamroviga kirmas emish. Aslida u shogirdining vaqtini g\u2018animat bilib, tezroq kamolga yetkazishi, o\u2018zidan ilmliroq ustoz chiqib qolsa, uni o\u2018shanga yuborishi ehson sanalarmish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Insof yuzasidan aytish mumkinki, tarixda shogirdini uzoq muddat davomida ekspluatatsiya qilib yurgan niyati buzuq, ixlosi zaif ustozlar ham bo\u2018lgan. Bugun ham yo\u2018q emas. Xo\u2018sh, u holda mazkur \u201cshayx\u201dning so\u2018zlarida qanday yanglishlik bor, dersiz. Xato shundaki, uning so\u2018zlari zamirida bugungi yoshlarning ongini zaharlash, shogirdlarda ustozga ishonch va hurmat tuyg\u2018ularini jarohatlash niyati yotadi. Qolaversa, bu gaplar salaflar davridan bugunga qadar davom etib kelayotgan ustoz-shogird an\u2019anasiga putur yetkazishga qaratilgan. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda \u201cyomg\u2018irdan keyingi qo\u2018ziqorin\u201ddek urchiyotgan, ahli sunna aqidasi va to\u2018rt fiqhiy mazhabdan birining asosida din arkonlariga e\u2019tiqod va amal qilib kelayotgan mo\u2018minlarni adashganga chiqarayotgan \u201cshayx\u201dlaru boshqa nusxalar ana shu sharafli an\u2019ananing ostonasidan qochgan \u201cmullavachchalar\u201ddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shogirdning ustozi bilan o\u2018tkazadigan vaqti shunchaki davomiylik masalasi emas, balki ilmiy kompetensiyani (munosiblik va muvofiqlikni) rivojlantirishning asosiy omilidir. Bunday tajriba nafaqat ilm o\u2018rganish va bilimlarni boyitish, balki ustoz bilan uzoq muddatli muloqot hamda uning metodologiyasini tushunish va qo\u2018llashini kuzatish orqali ham qo\u2018lga kiritiladi. Shogird ustozi huzurida qancha ko\u2018p hozir bo\u2018lsa, unda ilmiy yetuklik darajasi shunchalik yuksalib boradi. Sabr, xokisorlik va ziyraklik singari ilmiy axloqini mustahkamlaydi. Ilmiy kompetensiya faqat kitob o\u2018qish bilan emas, balki malakali ustozning nazorati ostida uzoq muddat ilmiy faoliyat olib borish orqali kasb qilinishini anglab yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ustozsiz ham tez va shunchaki kitob o\u2018qish orqali ilm o\u2018rganish mumkin, deb o\u2018ylagan kishi bu yo\u2018lda sobitlik va mustahkamlikni yo\u2018qotadi. Malakali ustozning yo\u2018qligi shogirdni intellektual va axloqiy rivojlanishdan mahrum qiladi. Natijada uning ilmi, tushunchalari yuzaki bo\u2018lib qoladi. Ko\u2018nikmalari shakllanmaydi ham, rivojlanmaydi ham. Ana shu intellektual bo\u2018shliq (kompetension vakuum) shogirdni yuzaki qaraganda Qur\u2019on va Sunnatga amal qilayotgandek ko\u2018rsatadi. Aslida esa, bu vakuum shogirdni ahli sunna val jamoa metodologiyasidan chetga chiqishga, buzg\u2018unchi oqimlarning da\u2019volariga tezda aldanib qolishga moyil qilib qo\u2018yadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u2018zimiz quruq bo\u2018lmasligi uchun unga bir qator voqeiy misollar keltirish maqsadga muvofiq bo\u2018ladi. Ustoz huzurida uzoq muddat shogird bo\u2018lib yurishni Anas ibn Molik roziyallohu anhu boshlab bergan, desak xato qilmagan bo\u2018lamiz. Zero, Imom Buxoriy va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan xabarda aytilishicha, u bunday degan: \u201cPayg\u2018ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, Abu Talha qo\u2018limdan tutib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib bordi va: \u201cEy Allohning Rasuli, albatta, Anas juda hushyor bola, sizga xizmat qilsin\u201d, dedi. U zotga safarda va muqimlikda o\u2018n yil xizmat qildim\u201d. Ana shu o\u2018n yillik xizmatning mukofoti o\u2018laroq, Anas roziyallohu anhu ilm va odamiylikda qanday maqomlarga erishganini bugun ko\u2018pchiligimiz yaxshi bilamiz, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Shofeiy Madinada Imom Molikning qo\u2018lida uning \u201cMuvatto\u201d asarini ko\u2018p marta o\u2018qigan. Hatto Imom Molik vafot etguniga qadar uning etagini mahkam tutgan. Imom Abu Hanifa o\u2018n sakkiz yil davomida ustozi Hammodning huzurida tahsil olgan. Shu vaqt mobaynida uning birorta darsini qoldirmagan. Ustozining vafotidan so\u2018nggina dars berish uchun uning o\u2018rniga ustozlik faoliyatini olib borgan. Imom Ahmad Bag\u2018dod va boshqa shaharlarga borib, taniqli ulamolar huzurida ta\u2019lim olgan. Uning buyuk imom bo\u2018lib yetishishida uzoq muddat shunday davralarda bo\u2018lgani asosiy rol o\u2018ynagan. Ibn Hajar Asqaloniy uzoq yillar davomida ustozi Hofiz Iroqiyning qo\u2018lida ta\u2019lim olib, hadis ilmining hofiziga aylangan. Imom Navaviy ko\u2018p yillar mobaynida Damashqdagi ustozlari huzurida ilm o\u2018rganib, buyuk faqih va muhaddis olim bo\u2018lib yetishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">E\u2019tibor bering, bugun eng uzoq ta\u2019lim oladigan kasb egalari shifokorlar bo\u2018lsa, yuqorida nomlari keltirilgan allomalar ulardan ham uzoqroq vaqt davomida talaba, shogird maqomida bo\u2018lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xullas, kecha birov tanimaydigan, bugun bir dumalab \u201cshayx\u201d bo\u2018lib olgan ayrim kimsalar ustoz-shogirdlik an\u2019analariga bepisand qaragani uchun zalolatga ketgan. Buning ustiga boshqalarni ham ortidan ergashtirib, zalolat chohiga tortmoqda. Ustozlar nazarini topmagani uchun ulug\u2018 allomalarning \u201ctirnoqlari ostidan kir qidirish\u201d bilan umr o\u2018tkazmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqorida ta\u2019kidlab o\u2018tganimizdek, diniy mavzuda bahs yuritish \u2013 o\u2018ta hassos va xatarli amal. Buning salbiy oqibatlarini musulmon olamining ayrim burchaklarida ko\u2018rib, guvohi bo\u2018lib yashayapmiz. Shunday ekan, yurtimiz yoshlari \u201cQur\u2019on va hadisdan gapiryapti-ku\u201d degan vaj bilan duch kelgan kimsaning ortidan ergashib ketavermasligi lozim. \u201cImom Abu Hanifaga tosh otgan odam undan aqlliroqmi, axir u kishi 600 mingdan ziyod hadisni yod bilgan faqih edi\u201d, \u201cBu shaxsning aytganlari Imom Moturidiyning \u201cTa\u2019viloti\u201dga qanchalar muvofiq, nahotki ilmda u zotdan ham kuchli bo\u2018lsa\u201d, degan mulohazalar orqali ilmning tosh-tarozusiga qo\u2018yib ko\u2018rish kerak. Hozir shukrki, masjidlarimiz bisyor. Eng yaqindagisiga borib, imomdan bir og\u2018iz maslahat so\u2018rash ham mumkin. Shunda \u201cbalki xato qilayotgandir\u201d, degan tanqidiy qarash shakllanadi va bu o\u2018ziga xos himoya vositasi bo\u2018ladi. Hammamiz shunday yo\u2018l tutadigan bo\u2018lsak, oramizda yakdilligimizga raxna soladigan, taraqqiyotimiz yo\u2018lida g\u2018ov bo\u2018lishga urinadigan kimsalar paydo bo\u2018lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Alouddin Ne\u2019matov,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Manba: <span style=\"text-decoration: underline; color: #0000ff;\"><a style=\"color: #0000ff;\" href=\"https:\/\/uza.uz\/oz\/posts\/asalga-ogu-qoshib-yedirayotganlar_835315\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zA<\/a><\/span><\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Diniy mavzuda so\u2018z yuritish o\u2018ta hassos, ayni vaqtda xatarli ishdir. Hassosligi shundaki, inson bolasi o\u2018ziga aytilgan haqoratlarni e\u2019tiborsiz qoldirishi mumkin. Ammo diniy qarashlariga kelganda, uncha-muncha haqoratni hazm qila olmaydi. Shu nuqtai nazardan, jamiyati tinch va barqaror musulmon mamlakatlarning taraqqiy etishini istamaydigan kuchlar aynan din omilidan ko\u2018proq foydalanishga urg\u2018u beradi. Aqidaviy masalalar yuzasidan yakdil bo\u2018lgan musulmon &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48878,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-03-30T04:08:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-03-30T04:06:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"612\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz\",\"name\":\"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg\",\"datePublished\":\"2026-03-30T04:08:03+00:00\",\"dateModified\":\"2026-03-30T04:06:41+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg\",\"width\":1024,\"height\":612},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-03-30T04:08:03+00:00","article_modified_time":"2026-03-30T04:06:41+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":612,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz","name":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg","datePublished":"2026-03-30T04:08:03+00:00","dateModified":"2026-03-30T04:06:41+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/asalgaogu.jpg","width":1024,"height":612},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48877&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Asalga og\u2018u qo\u2018shib yedirayotganlar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48877"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48877"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48877\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48879,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48877\/revisions\/48879"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48878"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48877"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48877"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48877"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}