{"id":48786,"date":"2026-03-24T16:27:47","date_gmt":"2026-03-24T11:27:47","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786"},"modified":"2026-03-27T17:46:34","modified_gmt":"2026-03-27T12:46:34","slug":"ulug%ca%bblar-yurtiga-ulug%ca%bbvorlik-yarashadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz","title":{"rendered":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><em><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev g\u02bboyasi va tashabbusi asosida Samarqand viloyatining Payariq tumanida yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasini ko\u02bbrgan har qanday kishi ulug\u02bblar yurtiga ulug\u02bbvorlik yarashadi degan ezgu naql zamirida g\u02bboyat chuqur hayotiy haqiqat borligiga yana bir bor amin bo\u02bbladi.<\/span><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, biz bugun yashayotgan saxovatli zamin asrlar davomida insoniyatga ne-ne allomalarni taqdim etganini yaxshi bilamiz, dunyo afkor ommasi ham e\u02bctirof qiladi. Hozirgi zamon kishisi uchun oddiy ko\u02bbringan ko\u02bbplab hayotiy zarur ashyo va tamoyillar negizida aslida katta kashfiyotlar, ilmiy jasorat namunalari yotishi ham ayni haqiqat. Lekin bugun odatiy narsalar hisoblanmish ana shu ilmiy mo\u02bbjizalarni o\u02bbsha davrlarda insoniyat istifodasiga havola etmoq uchun qancha ko\u02bbz nuri to\u02bbkilgani, qancha-qancha uyqusiz tunlar o\u02bbtkazilgani, ijodning qanday og\u02bbir iztiroblari chekilgani, bir so\u02bbz bilan aytganda, mislsiz aqliy riyozat sinovlaridan o\u02bbtilganini faqat kashshoflarning \u2013 olimu allomalarimizning o\u02bbzlari biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Misol uchun, Xorazmiy bobo jiddu jahd qilib arab raqamlarini ilmiy muomalaga kiritmaganida, bashariyat yana necha asr davomida rimliklarning raqamlari bilan aldanib-adashib, hisob-kitobga qiynalib, oqibatda taraqqiyotni ortga surgandan suraverib yurgan bo\u02bblardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boshqa allomalarimizning ilmiy jasoratlari va ilm-fanning oliy peshtaxtasiga zarhal harflar bilan bitilgan kashfiyotlaridan ham ko\u02bbplab misollar keltirish mumkin. Lekin o\u02bbylaymizki, shuning o\u02bbzi kifoya. Zero, aql egalari ularni allaqachon o\u02bbz tafakkuri bilan qalbiga singdirib bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ajdodlarimiz jahon ilm-fani barobarida islomiy ilmlar rivojiga ham beqiyos hissa qo\u02bbshgan. Imom Buxoriyning shoh asari bo\u02bblmish \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d asrlar davomida musulmon olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba sifatida e\u02bctirof etib kelinayotganini barchamiz yaxshi bilamiz. Shuni ham bilamizki, dunyo musulmonlarining aksariyati muqaddas dinimizning aqidasini Imom Moturidiy maktabi, aniqrog\u02bbi, uning \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asari asosida o\u02bbrganadi. Shu ikki zalvorli misol bilan cheklanish mumkinmikan!.. Axir islom fiqhi \u2013 yurisprudensiyasi hali-hanuz Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning \u201cHidoya\u201d asari asosida yuritilishini, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy kabi tariqat ahlining qariyb barcha peshvolari shu muqaddas zamindan yetishib chiqqan shaxslar bo\u02bblganini aytmaslik o\u02bbz-o\u02bbzimizga xiyonatdek tuyuladi-da.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Negaki, bu zaminning har qarichi muqaddas \u2013 har viloyatning xohlagan tumaniga boring, albatta, bir avliyo yoki olimning ziyoratgohiga duch kelasiz. Boshqa xalqlar shu jihatdan bizga havas bilan qarashi bor gap. Musulmonlar istiqomat qiladigan har qanday diyorga borib, \u201cBuxoriyning yurtdoshiman\u201d desangiz, o\u02bbzgacha munosabat ko\u02bbrsatilishi ko\u02bbpdan-ko\u02bbp hayotiy tasdiqlardan o\u02bbtgan haqiqat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Lekin biz ajdodlar bilan faqat faxrlanish yo\u02bblidan bormayotganimizni ham ta\u02bckidlash kerak. Mamlakatimizda bu aziz zotlarning ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini asrab-avaylash, o\u02bbqib-o\u02bbrganish, keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodni shu meros ma\u02bcno-mazmun oladigan go\u02bbzal an\u02bcanalar asosida tarbiyalash borasida bemisl ishlar amalga oshirilmoqda. Bir necha yillardan buyon Samarqandda Imom Buxoriy, Termizda Imom Termiziy, Toshkentda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Mana, Ramazon hayiti arafasida O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalari buyuk muhaddis va mufassirlar, kalom ilmi peshvolarining asarlarini, ularga boshqa nufuzli ulamolar bitgan sharhlarni o\u02bbzbek tiliga izohli tarjima qilib, nashrdan chiqarmoqda. Bu faqat islomiy ilmlarni emas, balki ta\u02bclim-tarbiyani, shuningdek, vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchliksevarlik, bag\u02bbrikenglik, halollik, atrof-muhitga g\u02bbamxo\u02bbrlik kabi his-tuyg\u02bbu va fazilatlarni ham keng yoyish hamda rivojlantirishga yo\u02bbl ochmoqda. Negaki, bu noyob meros hayotning hamma jabhalarini qamrab oladigan, shaxsiy kamolotdan fozil davlat va fozil jamiyat qurishgacha bo\u02bblgan hamma bosqich va pog\u02bbonalarda dasturilamal bo\u02bbladigan bebaho xazinadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbplab donishlarning \u201cbir yil ilm o\u02bbrgangan bo\u02bblsam, qirq yil odobni o\u02bbrgandim\u201d degan mazmundagi gapini hammamiz eshitganmiz, o\u02bbqiganmiz. Ya\u02bcni tarbiya ma\u02bcnosidagi odob yaxshi bo\u02bblsa, tarbiyadan shakllanuvchi axloq, dunyoqarash, intilishlar ezgu bo\u02bblsa, ilm rivojlanib boraveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu ma\u02bcnoda, Imom Buxoriyning, boshqa allomalarimizning ilmiy merosi o\u02bbz-o\u02bbzidan katta boylik bo\u02bblsa, buning tarbiyaviy ahamiyati yana bir ulkan mulkdir. Misol keltiraylik. Yaxshi ma\u02bclumki, Imom Buxoriy bolaligida otasidan yetim qolib, onasi tarbiyasi bilan voyaga yetgan. U ayol erkaklar bilan yonma-yon masjidga bora olmasdi, lekin o\u02bbg\u02bblini ertalab ibodatga ketayotgan odamlar safiga qo\u02bbshib yuborishdan hech ham tolmasdi. Uning duogo\u02bbyligi sababli yosh Muhammadning ojiz ko\u02bbzlariga yana nur qaytgan. Uning jonkuyarligi tufayli yosh Muhammad hamma tan oladigan Imom \u2013 hadis ilmining sultoni bo\u02bblib yetishgan, desak, mubolag\u02bba qilmagan bo\u02bblamiz. Axir ota umri uzoq bo\u02bblgan taqdirda ham hamisha farzandning yonida turolmaydi. U turmush tashvishlari bilan ertalab ketib, kechqurun qaytadigan rahnamo. Ona esa bola bilan doimo birga. Mana shu misolning o\u02bbzi yosh onalarimiz uchun katta saboq bo\u02bblsa, ajab emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy haqida, uning asarlari to\u02bbg\u02bbrisida soatlab gapirish mumkin. Alloh taolo u zotga katta fazl va sharaf ato etgan. Ilm yo\u02bblidagi xizmatlarining samarasi o\u02bblaroq shuhratini butun dunyoga qiyomatga yetadigan qilib tarqatgan. U zotning sha\u02bcniga aytilgan gaplarni to\u02bbliq keltirishning sira iloji yo\u02bbq. Biz faqat hadis ilmining yetuk olimi Asqaloniyning \u201cKeyingi asrda yashab o\u02bbtgan ulamolarning Imom Buxoriy nomiga aytgan maqtovlari\u201d nomli alohida bob ochsalar varaqlar qolmay, siyohlar tugab bitar edi. Chunki u sohili yo\u02bbq dengizdir\u201d degan gapini keltirish bilan kifoyalanamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz Imom Buxoriy majmuasining betakror me\u02bcmoriy yechimlari, texnik sifatlari, bu yerdagi mehmonxonalar, zangori suvli hovuzlar, azim chinorlar haqida to\u02bbxtalmadik. Illo, qolgan taassurotlarni ziyoratga kelgan kishi o\u02bbzi ko\u02bbrib, his qilgani, anglagani ma\u02bcqul.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Faqat bir jihatni ta\u02bckidlab o\u02bbtamiz: rivoyatlarga ko\u02bbra, Imom Buxoriy dafn etilganida, qabridan yuqoriga nur ko\u02bbtarilib, yon-atrofga juda yoqimli hid taralgan ekan. Shu darajadaki, odamlar u yerdan uyiga tuproq olib keta boshlagan. Ya\u02bcni ulug\u02bb insonlarning ulug\u02bbvorligi vafotidan keyin ham muazzamligicha qolaveradi. Zotan, Prezidentimiz tomonidan ana shu ulug\u02bb inson sharafiga bunyod qilingan majmua ham g\u02bboyat ulug\u02bbvorlik kasb etganini ko\u02bbrib, bunga yana bir karra amin bo\u02bblib turibmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shovosil ZIYODOV,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>tarix fanlari doktori, professor<br \/>\nManba: \u201cXalq so\u2018zi\u201d gazetasi 2026-yil 24-mart, \u211656(9227)<br \/>\n<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev g\u02bboyasi va tashabbusi asosida Samarqand viloyatining Payariq tumanida yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasini ko\u02bbrgan har qanday kishi ulug\u02bblar yurtiga ulug\u02bbvorlik yarashadi degan ezgu naql zamirida g\u02bboyat chuqur hayotiy haqiqat borligiga yana bir bor amin bo\u02bbladi. Darhaqiqat, biz bugun yashayotgan saxovatli zamin asrlar davomida insoniyatga ne-ne allomalarni taqdim etganini yaxshi bilamiz, dunyo &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48788,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-03-24T11:27:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-03-27T12:46:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"667\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz\",\"name\":\"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg\",\"datePublished\":\"2026-03-24T11:27:47+00:00\",\"dateModified\":\"2026-03-27T12:46:34+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg\",\"width\":660,\"height\":667},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-03-24T11:27:47+00:00","article_modified_time":"2026-03-27T12:46:34+00:00","og_image":[{"width":660,"height":667,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz","name":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg","datePublished":"2026-03-24T11:27:47+00:00","dateModified":"2026-03-27T12:46:34+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/xsgaz2403.jpg","width":660,"height":667},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48786&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ULUG\u02bbLAR YURTIGA ULUG\u02bbVORLIK YARASHADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48786"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48786"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48786\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48873,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48786\/revisions\/48873"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48788"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48786"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48786"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48786"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}