{"id":48770,"date":"2026-03-19T16:16:19","date_gmt":"2026-03-19T11:16:19","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770"},"modified":"2026-03-19T16:26:42","modified_gmt":"2026-03-19T11:26:42","slug":"imom-buxoriy-qabrini-ziyorat-qilgan-livanlik-olim-shayx-nadimning-xotiralari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz","title":{"rendered":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Nadim Jisr 1956-yili Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilib bo\u02bblgach, olam-olam taassurotlar bilan yurtiga qaytib ketadi. Zotan, u ishonchlilik jihatidan Qur\u02bconi karimdan keyingi o\u02bbrinda turuvchi asar \u2013 \u201cal-Jome as-Sahih\u201dning muallifi, mo\u02bbminlarning hadis ilmidagi amiri degan sharafli maqom egasi bo\u02bblmish Imom Buxoriyning qabrini ziyorat qilishdek baxtga musharraf bo\u02bblgan edi. Uning bu tarixiy ziyorati haqida yozgan adib Xurshid Davron maqolasini quyidagi satrlar bilan yakunlaydi: \u201cVataniga qaytgan Shayx Nadim \u00acJisr yana uzoq yillar muftiy bo\u02bblib xizmat qiladi, talay kitoblar tasnif etadi. U Imom Buxoriy marqadiga qilgan safari haqida biron nima yozganmi-yo\u02bbqmi, afsuski, bexabarmiz\u201d.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-48773\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_2.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"430\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_2.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_2-300x195.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ulu<\/strong><strong>g\u02bb<\/strong> <strong>mu<\/strong><strong>h<\/strong><strong>addisga<\/strong> <strong>ba<\/strong><strong>g\u02bb<\/strong><strong>ishlangan<\/strong> <strong>asar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Adibning mazkur satrlari bizni Shayx Nadim Jisrning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishishga undadi. Izlanishlar natijasida ayon bo\u02bbldiki, u Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilib qaytganidan so\u02bbng \u201cImon qissasi: falsafa, ilm va Qur\u02bcon o\u02bbrtasida\u201d nomli asarni yozgan. Bu asarning birinchi nashri 1961 yilda, ikkinchisi 1962 yilda va uchinchisi 1969-yilda dunyo yuzini ko\u02bbrgan. Unda Shayx Nadim Jisr Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishi asnosida uning vujudini chulg\u02bbab olgan ruhiy kechinmalar ijodiy obrazlar \u2013 Shayx Mavzun Samarqandiy va shogirdi Hayron ibn Az\u02bcaf Panjobiy o\u02bbrtasidagi falsafiy muloqot tarzida bayon qilingan. Ulamolar fikricha, bu asar arab islom olamini mahv etishga qaratilgan dahriylik to\u02bblqiniga qarshi kurashishning ilmiy-falsafiy loyihasi sifatida yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur asardagi Imom Buxoriy qabrining ziyorati bilan bog\u02bbliq sahifalarni e\u02bctiboringizga havola etmoqchimiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Bolalik xotiralar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bolalik yillarim shahrimizdagi Taynol masjidida o\u02bbtgan. U shaharning chekkasidagi xushbo\u02bby va maftunkor bog\u02bblarimizdan birining ichida joylashgan. Mening bolalik xotiralarim bilan bog\u02bbliq qadrli onlar aynan o\u02bbsha yerda o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">U yer menga hayit kunlarining salqin tonglarini eslatib turadi. O\u02bbsha kezlarda otam quyosh chiqishidan oldin meni ergashtirib, masjid yonida joylashgan qabristondagi marhumlarimizni ziyorat qilishga olib chiqar, keyin masjidda iyd namozini o\u02bbqir edi. O\u02bbshanda men masjid hovlisidagi quduq va hovuz o\u02bbrtasida joylashgan daraxt tagida o\u02bbynar edim. Otam bir guruh qariyalar qurshovida o\u02bbz xonasida o\u02bbtirar, ular uning so\u02bbzlariga quloq solib turar edi. Ana u qo\u02bbshaloq zinapoyali minora ham menga bir nimalarni eslatib turadi&#8230; biz masjid hovlisi tarafdan kirib unga ko\u02bbtarilar va bir zumda o\u02bbzimizni haramning ichida ko\u02bbrar edik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu masjid menga allaqachon vafot etib ketgan va qalbimning tubini ezib turadigan davomli xafalikni qoldirgan ana shu kishilarning barchasini eslatib turadi. Shu bois qachon Taynol masjidiga qaytsam, bu xotiralar temir va olovli panjalari bilan mening ezilgan qalbimni yana tirnay boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kunlar, kunlar ortidan yillar o\u02bbtdi. Biz mahallamizdan uzoqlashdik, masjiddan olislarga ketdik. Borib-borib, shaharni butunlay tark etdik. Uzoq yillik musofirlikdan so\u02bbng yana unga qaytdik. Taynol masjidiga bo\u02bblgan sog\u02bbinchim meni u tomonga yetaklab keldi. Bir kuni choshgoh vaqti namozxonlar yo\u02bbqligida masjidga keldim. Bolaligimda o\u02bbynab o\u02bbtkazgan joylarni aylanib chiqdim. O\u02bbtmish xotiralarimning barchasini ko\u02bbz oldimdan o\u02bbtkazdim va&#8230; uzoq yig\u02bbladim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Xartanglik musofir<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jimlik qa\u02bcriga g\u02bbarq bo\u02bblib, masjidning viqorli minoralaridan taralayotgan yig\u02bbiga o\u02bbxshash ovoznigina eshitib turar ekanman, banogoh masjidning sharqiy qismida joylashgan xona ichidan bir ovoz keldi. Keyin xonaning eshigidan soch-soqoli oppoq, ko\u02bbrinishi salobatli, sipo kiyingan bir qariya chiqib, mening oldimga keldi. Salom bergach, yonimga o\u02bbtirdi va \u201cBirodar, nega yig\u02bblayapsiz?\u201d dedi. Men: \u201cOtamning davrida mana shu masjid ichida o\u02bbtgan bolalik yillarimni eslab\u201d, dedim. U: \u201cOtangiz kim?\u201d dedi. Men otamning ismini tilga olar-olmas uning badani titrab ketdi. Ko\u02bbz yoshlarga to\u02bbla nigohlari bilan menga tikilib qaradi va: \u201cOtangiz Shayx Jisrmi?\u201d deb so\u02bbradi. Men: \u201cHa. Hazrat, o\u02bbzingiz kimsiz?\u201d dedim. U bunday dedi: \u201cMen aslida uzoqdan \u2013 Misrdan kelganman. Yarmi Shom diyoriga, yarmi Hijozga tarqalib ketgan \u201cOli Moiy\u201d qabilasidanman. Taqdir bobomni Hijozdan Hindistonga yetaklab kelgan va u shu yerda yashab qolgan. Ismim Hayron ibn Az\u02bcaf Panjobiy\u201d. Men: \u201cHindistondan bu yerga nima uchun keldingiz?\u201d dedim. U: \u201cMen Hindistondan kelmadim, Samarqanddan, to\u02bbg\u02bbrirog\u02bbi Samarqanddagi Xartang qishlog\u02bbidan keldim\u201d, dedi. Men: \u201cShuncha olis yerdan bizning diyorimizga nima uchun keldingiz va bu masjidda istiqomat qilib turganingizga sabab nima?\u201d dedim. U: \u201cOtangizni ziyorat qilish uchun yurtingizga bir kirib o\u02bbtay dedim\u201d, dedi. Men unga hayrat bilan tikilib qoldim. Chunki otam ancha yillar oldin vafot etib ketgan edi. U bunday dedi: \u201cHayron bo\u02bblmang. Men Hijozga ketayotib, uning qabrini, shayxim menga ta\u02bcriflab berib va otangiz unda dars berganini aytib suyukli qilib qo\u02bbygan mana shu masjidni ham ziyorat qilish uchun keldim. Namozxonlar menga otangiz o\u02bbzining xos xonasi qilib olgan mana shu xonani ko\u02bbrsatishdi. Bu masjid hayotimning eng totli va qadrli onlari o\u02bbtgan \u201cXartang\u201d masjidiga juda o\u02bbxshab ketar ekan. Shu bois shayximni Alloh yo\u02bbliga boshlab qo\u02bbygan kishi yashagan mana shu joyda haj mavsumi boshlanguncha bir necha kun qolib, Allohga ibodat qilishni ixtiyor qildim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Men: \u201cXojam, shayxingiz kim?\u201d dedim. U: \u201cSamarqand ulamolaridan Shayx Abu Nur Mavzun rahimahulloh\u201d, dedi. Men: \u201cKunlaringizni ibodat bilan o\u02bbtkazyapsizmi?\u201d dedim. U: \u201cHozir ha, ammo oldin zalolatda yurgan vaqtim va qanday qilib imon keltirganim haqidagi qissani yozayotgan edim. Uni menga shayxim Mavzun aytib turgan. Otangiz rahimahullohni shu orqali taniganman\u201d, dedi. \u201cZalolatda yurgan va imonga kelgan kunlaringiz haqidagi hikoya nimalardan iborat?\u201d dedim. \u201cBuning tarixi uzun, Xudo oson qilsa, uni odamlar o\u02bbqishi uchun nashr qildiraman\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">U shunday dedi-yu, qabrlari bor xonaga kirib ketdi. Birozdan so\u02bbng katta bir daftarni olib chiqib, oldimga qo\u02bbydi: \u201cBu \u2013 shayx Mavzun aytib yozdirgan gaplar, men unga biron bir qo\u02bbshimcha qo\u02bbshmagan holda chiroyli qilib ko\u02bbchirib chiqdim\u201d. \u201cBu katta kitob ekan. Uni o\u02bbqish uchun uyimga olib borib, ikki kundan keyin sizga qaytarib bersam maylimi?\u201d dedim. U: \u201cTurkchani bilasizmi?\u201d dedi. Men: \u201cHa, uni juda yaxshi bilaman\u201d, dedim. U: \u201cBu kitobim mendan sizga hadya. Unda otangizning kitobidan qisqartirib olishni rejalashtirgan mavzu, shuningdek, zalolatda yurgan va imonga kirgan kunlarim bilan bog\u02bbliq tafsilotlar barchasi bayon qilingan. Uni olib arab tiliga tarjima qiling, chop ettirib odamlarga tarqating. Buning uchun sizdan haq so\u02bbramayman. Ammo ulug\u02bb Allohdan so\u02bbraganim shuki, bu ishimni O\u02bbzining roziligi uchun xolis qabul etsa va odamlar uchun foydali qilsa. Vafot etib, amallarim to\u02bbxtaganidan so\u02bbng menga ham foydasi tegadigan bir amal bo\u02bblsa&#8230;\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy ziyorati<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boyagi odam bir necha kundan so\u02bbng Hijozga safar qildi. Men esa kitobni tarjima qilishga kirishdim va bu bir necha yil davom etdi. Keyin zamona zayli bilan Toshkentga safar qiladigan bo\u02bblib qoldim. Eng buyuk maqsadim \u2013 Imom Buxoriy roziyallohu anhuning qabrini ziyorat qilish, undan so\u02bbng Hayron ibn Az\u02bcaf bilan uchrashib, tarjima qilingan kitobni uning o\u02bbziga ko\u02bbrsatish edi. Bu ishda menga mamlakatning eng katta muftiysi, otamning do\u02bbstlaridan biri bo\u02bblmish solih, obid, zohid va avliyo zot Boboxon rahimahullohning o\u02bbg\u02bbli oliyjanob va muruvvatli zot Shayx Ziyouddin yaqindan yordam berdi. U Xartangga borish haqidagi niyatimni bilgach, Samarqandga, u yerdan Xartanggacha menga hamrohlik qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbsha yerda masjid xodimidan surishtirib bildimki, Hayron ibn Az\u02bcaf haj ibodatini ado qilish uchun Makkaga jo\u02bbnab ketgan va o\u02bbsha yerlarda qazo qilgan. Biz Imom Buxoriyning qabrini ziyorat qildik. Marqadi ustida bir muddat tik turib qoldik. Yon-atrofga boqib, masjidning Hayron rahimahulloh menga ta\u02bcriflab berganidek Taynol masjidiga o\u02bbxshab ketadigan jihatlari borligiga guvoh bo\u02bbldim: Bog\u02bb-rog\u02bblar ichida bir o\u02bbzi qad rostlab turibdi. Imom Buxoriyning qabri kichkina bog\u02bb ichida, soyali daraxt tagida o\u02bbz holicha\u00a0 ajralib turibdi&#8230; atrofi o\u02bbralmagan, hyech qanday bezak berilmagan va suvalmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Men Hayron va ustozi dars o\u02bbqigan kichkina xonaga kirdim. Ko\u02bbrdimki, uning o\u02bbzi menga ta\u02bcriflab berganidek, u Imom Buxoriyning qabriga qarab solingan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shayx Nadim orzu <\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilgan<\/strong> <strong>majmua<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Taniqli adibimiz Shayx Nadim Jisrning Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishi haqidagi maqolasini \u201cU Imom Buxoriy marqadiga qilgan safari haqida biron nima yozganmi-yo\u02bbqmi, afsuski, bexabarmiz\u201d, deb tugatganidek, bizda ham, afsuski, javobsiz bir savol paydo bo\u02bbldi: Shayx Nadim Jisr hozir hayot bo\u02bblib, Imom Buxoriyning muborak qabrini ziyorat qilish uchun kelganida, bugungi holatni ko\u02bbrib nima degan bo\u02bblar edi? Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tarafidan ilgari surilgan tashabbus \u2013 Imom Buxoriy mangu qo\u02bbnim topgan maskan uning islom olamidagi mavqyeiga munosib bo\u02bblishi zarur, degan maqsad ortidan qad ko\u02bbtargan mahobatli majmuani ko\u02bbrib, qanday holatga tushar edi? O\u02bbzi ta\u02bcriflaganidek, 1956 yillarda \u201ckichkina bog\u02bb ichida, soyali daraxt tagida o\u02bbz holicha\u00a0 ajralib turibdi&#8230; atrofi o\u02bbralmagan, hyech qanday bezak berilmagan va suvalmagan\u201d, xullas, tashlandiq holga kelib qolgan qabr va u bilan tutash maskanda bunyod etilgan ulkan ziyoratgohni, balki kattayu kichik ziyoratchilar uchun ilm-ma\u02bcrifat, tarbiya va ma\u02bcnaviyat maskaniga aylantirilganini ko\u02bbrib, uni e\u02bctirof etgan bo\u02bblmasmidi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Alouddin NE\u02bcMATOV,<br \/>\nImom Buxoriy xal<\/strong><strong>q<\/strong><strong>aro<\/strong> <strong>ilmiy<\/strong><strong>&#8211;<\/strong><strong>tad<\/strong><strong>q<\/strong><strong>i<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ot<\/strong> <strong>markazi<\/strong> <strong>ilmiy<\/strong> <strong>xodimi<br \/>\nManba: <span style=\"text-decoration: underline;\"><span style=\"color: #0000ff; text-decoration: underline;\"><a style=\"color: #0000ff; text-decoration: underline;\" href=\"https:\/\/zarnews.uz\/post\/imom-buxoriy-qabrini-ziyorat-qilgan-livanlik-olim-shayx-nadimning-xotiralari\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">zarnews.uz<\/a><\/span><\/span><\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shayx Nadim Jisr 1956-yili Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilib bo\u02bblgach, olam-olam taassurotlar bilan yurtiga qaytib ketadi. Zotan, u ishonchlilik jihatidan Qur\u02bconi karimdan keyingi o\u02bbrinda turuvchi asar \u2013 \u201cal-Jome as-Sahih\u201dning muallifi, mo\u02bbminlarning hadis ilmidagi amiri degan sharafli maqom egasi bo\u02bblmish Imom Buxoriyning qabrini ziyorat qilishdek baxtga musharraf bo\u02bblgan edi. Uning bu tarixiy ziyorati haqida yozgan adib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48772,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-03-19T11:16:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-03-19T11:26:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"430\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz\",\"name\":\"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg\",\"datePublished\":\"2026-03-19T11:16:19+00:00\",\"dateModified\":\"2026-03-19T11:26:42+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg\",\"width\":660,\"height\":430},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-03-19T11:16:19+00:00","article_modified_time":"2026-03-19T11:26:42+00:00","og_image":[{"width":660,"height":430,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz","name":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg","datePublished":"2026-03-19T11:16:19+00:00","dateModified":"2026-03-19T11:26:42+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/imombuxoriymaqola1903_1.jpg","width":660,"height":430},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48770&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgan livanlik olim Shayx Nadimning xotiralari"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48770"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48770"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48778,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48770\/revisions\/48778"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48772"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}