{"id":48737,"date":"2026-03-17T12:18:25","date_gmt":"2026-03-17T07:18:25","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737"},"modified":"2026-03-17T12:18:25","modified_gmt":"2026-03-17T07:18:25","slug":"markaz-fondida-saqlanayotgan-boy-ma%ca%bcnaviy-meros","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz","title":{"rendered":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Allomalarning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini keng tadqiq etish va kelajak avlodga yetkazilish zarurati har doim dolzarb va ahamiyatli bo\u02bblgan. Shu ma\u02bcnoda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy maqsadlaridan biri Movarounnahr va umuman musulmon dunyosining buyuk mutafakkirlari qoldirgan boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosni chuqur tadqiq etish, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo\u02bbshgan beqiyos hissasini keng targ\u02bbib qilish, yosh avlodni bag\u02bbrikenglik, o\u02bbzaro hurmat, Vatanga sadoqat va ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqaro hamkorlik va muloqotni mustahkamlashdan iboratdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, Markaz oldida mamlakatimiz va xorijdagi kutubxona va arxivlarda saqlanayotgan, islom dunyosida muhim ahamiyatga ega bo\u02bblgan qo\u02bblyozma va toshbosma asarlarning elektron nusxalarini to\u02bbplash, ularni ilmiy tahlil qilish kelajak va avlodga yetkazish vazifasi turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u02bbnggi yillarda yurtimiz olimlari ilm-fanning barcha yo\u02bbnalishlariga oid nodir manbalarni qiyosiy tahlil asosida o\u02bbrganish ishlarini tobora faollashtiryapti. Ma\u02bclumki, Movarounnahr allomalarining diniy va dunyoviy ilmlarga oid asarlari xalqimiz eng katta ma\u02bcnaviy merosi bo\u02bblib, nafaqat biz, balki musulmon olami va umuman bashariyat uchun muhim manbalar hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida qo\u02bblyozma va toshbosma asarlar fondi tashkil etildi. Hozir bu xazinada 1679\u00a0dan ortiq manba mavjud bo\u02bblib, ularning 648\u00a0tasi qo\u02bblyozma, 917\u00a0tasi toshbosma kitob va 114\u00a0tasi tarixiy hujjatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bblyozma kitoblar mavzusi jihatidan islomiy ilmlarning deyarli barcha sohalarini, shuningdek, ayrim dunyoviy fanlarni qamrab olgan. 648\u00a0jild qo\u02bblyozma ichida jami 1252\u00a0ta asar mavjud bo\u02bblib, ular XIV-XX\u00a0asrlarga tegishli. Asarlar arab, fors, turk, tatar, ibroniy va boshqa sharq tillarida yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bularda: adabiyot \u2013 243, aqida \u2013 146, astronomiya \u2013 3, balog\u02bbat \u2013 2, grammatika \u2013 219, duo va zikr \u2013 41, qomus \u2013 3, Qur\u02bconi karim \u2013 68, lug\u02bbat \u2013 8, mantiq \u2013 67, meros \u2013 1, odob-axloq \u2013 32, siyrat \u2013 4, tajvid \u2013 38, tarix \u2013 7, tasavvuf \u2013 65, tafsir \u2013 8, tibbiyot \u2013 6, fiqh \u2013 263, hadis \u2013 26, hisob \u2013 2 va boshqa (21) sohalarni qamrab olgan asarlar jamlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bblyozmalar orasida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Hakim Termiziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarning asarlari ham mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bblyozmalar katalogini tuzish Markazning ustuvor vazifalaridan biri bo\u02bblib, shu choqqacha 688 betlik katalog nashr etildi. Unda 107\u00a0alloma qalamiga mansub 534\u00a0ta asarning tavsifi va 50\u00a0xattot, 41\u00a0sahhof, 3\u00a0nafar kitob sohibi hamda 22\u00a0muhrning ko\u02bbrsatkichlari keltirib o\u02bbtilgan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu katalogini tuzishda dunyo standartlariga mos ravishda quyidagi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tartib raqami;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asar nomi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">raqami;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tili;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muallifi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asar tavsifi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mavzusi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asar boshi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asar so\u02bbngi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kolofoni;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bibliografiya;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbchirilgan sanasi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbchirilgan joyi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xattoti;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yozuv turi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Varaqlari soni;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qatori;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mistarasi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Poygiri;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Siyohi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qog\u02bbozi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kurrosasi (daftar);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bezagi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Matnining o\u02bblchami;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Varag\u02bbining o\u02bblchami;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Raqamlanishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muqovasi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sahhofi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhri;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kitob sohibi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bblyozmaning holati;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Birinchi va oxirgi sahifalarining suratlari kabi tafsilotlar e\u02bctiborga olindi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbalar xazinasida saqlanayotgan tarixiy va nodir asarlar nafaqat milliy, balki jahon ilm-fani uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Quyida ana shunday mashhur qo\u02bblyozmalardan ayrimlarining qisqacha ilmiy tavsifi keltiriladi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u211631 raqamda saqlanayotgan kitob \u2013 Mahmud ibn Umar Zamaxshariy Xorazmiy (538\/1144), \u201cKashshofu an haqoyiqit tanzil\u201d asarining ikkinchi juzi. 315\u00a0varaq, \u201cMaryam\u201d surasining birinchi oyati bilan boshlanib, \u201cSoffat\u201d surasining 144-oyatida tugagan. Qog\u02bboz, siyoh, xat turi va kodikologik tahlil natijalari XIV\u00a0asrda ko\u02bbchirilganini tasdiqlaydi. Muqovasi kartondan, yashil rangli, bosma naqshli \u2013 turunj va lolali.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2116428 \u2013 majmua bo\u02bblib, 269\u00a0varaq. Uning tarkibidan:<\/span>\n<ul>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shamsiddin Muhammad Jazariy (1350-1429) \u2013 <em>\u201cHisnul hasin\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><strong>[2]<\/strong><\/a><\/em>;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Iso Muhammad Termiziy (824-892)<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a> \u2013 <em>\u201cShamoilun nabaviy\u201d<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><strong>[4]<\/strong><\/a><\/em>;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan Hizomiy Huvroniy Navaviy (1233-1277) \u2013 <em>\u201cArbain\u201d<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><strong>[5]<\/strong><\/a><\/em>;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hofiz Jaloliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr Suyutiy \u2013 <em>\u201cLubobul hadis\u201d<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><strong>[6]<\/strong><\/a><\/em>;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870) \u2013 <em>\u201cAhodisus sulosiyot\u201d<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><strong>[7]<\/strong><\/a><\/em>;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muallifi noma\u02bclum bo\u02bblgan <em>\u201cKa\u02bcbul axbor\u201d<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\"><strong>[8]<\/strong><\/a><\/em><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">kabi asarlar o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kitob Samarqand qog\u02bboziga qora siyoh bilan nasx xatida ko\u02bbchirilgan. Matn ichidagi hadislarning tartib raqami va zaruriy deb topilgan ayrim qaydlar qizil siyohda yozilgan. Uning hoshiyasida izoh va qaydlar ham mavjud. Majmuadagi 1-\u201cHisnul hasin\u201d asarining kolofon qismida 821\/1418\u00a0yil jumodus soniy oyida ko\u02bbchirilgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur asarlarning barchasi bir majmuada jamlangani va husnixati, xat turi, yozish uslubi, qog\u02bboz turining bir xilligidan kelib chiqib, ularning barchasini bir xattot tomonidan bir vaqtda ko\u02bbchirilgan deb xulosa qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u211678 \u2013 Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud qalamiga mansub \u201cMuxtasarul viqoya\u201d asarining turkiy tarjimasi. Asar 183 varaqdan iborat bo\u02bblib, \u201cKitobut tahora\u201ddan boshlanib, \u201cKitobul xunasa\u201dda tugagan. Uning 183<sup>a<\/sup>-varag\u02bbida kolofon qismi joylashgan bo\u02bblib, 976\/1568\u00a0yilda xattot Abdurozi ibn Abdurahmon ko\u02bbchirgani qayd etilgan<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2116200 \u2013 Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy (1414-1492)ning \u201cAl-Favoiduz Ziyoiyya bi sharhil Kofiya\u201d asari. Jamoliddin Abu Amr Usmon ibn Umar ibn Abu Bakr ibn Hojibning (vaf. 646\/1248) \u201cKofiya\u201d asariga yozilgan sharh<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>. Arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlangan. Masalalar sharhlar bilan keng yoritib berilgan. O\u02bbrta Osiyo madrasalarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kolofon qismi 211<sup>a<\/sup>-varaqda. Asarni 897\u00a0yil 11\u00a0ramazon (1492\u00a0yil 6\u00a0iyul) kuni ko\u02bbchirilgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muqovasi sharqona, kartondan, mallarang, bosma naqshli, lola va turunjli, lola ichida sahhof nomi Abdusattor deb ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"5\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u21167 \u2013 Burhonuddin Marg\u02bbinoniy (vaf. 1187)ning \u201cHidoya\u201d asari. Asar hanafiy fiqhi bo\u02bbyicha muhim ilmiy ahamiyatga ega bo\u02bblgani bois XII asrdan hozirgacha madrasalarda asosiy darslik sifatida foydalanib kelinadi. Unga juda ko\u02bbplab sharh va hoshiyalar yozilgan<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Mazkur nusxa 348 varaqdan iborat. Kolofon qismida 1242\/1826-yilda xattot Ahmad Ho\u02bbja ibn Bahodir Ho\u02bbja Eshon ko\u02bbchirgani qayd qilingan<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>. Muqovasi kartondan, yashil rangli, bosma naqshli, turunj va lolali.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u211668\/I \u2013 Muhammad Yusuf Munshiy ibn Xuja Baqo \u2013 \u201cTazkirai Muqimxoniy\u201d. Asar Balxning Ashtarxoniylar sulolasidan bo\u02bblgan hokimi shahzoda Abulmuzaffar Muqimxonga (1601-1747) bag\u02bbishlab yozilgan. Chingizxon va uning avlodlari, shuningdek, Shayboniylar (1500-1601) va Ashtarxoniylarning (1601-1747) hukmronlik davri (shajarasi) yoritilgan. Asar 63\u00a0varaqdan iborat bo\u02bblib, kolofonida 1239\/1823-yili payshanba kuni ko\u02bbchirilgani qayd etilgan<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>. Muqovasi qora, bosma naqshli, turunjli.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2116456 \u2013 Alisher Navoiy \u2013 \u201cChahor devon\u201d (\u201cXazoyinul maoniy\u201d). Asarda Hazrat Navoiyning 335\u00a0ta g\u02bbazali o\u02bbrin olgan. Devonning umumiy nomi \u201cXazoyinul maoniy\u201d (\u201cMa\u02bcnolar xazinasi\u201d) bo\u02bblib, 4\u00a0qismdan iborat bo\u02bblgani uchun \u201cChor (to\u02bbrt) devon\u201d deb ham atalgan. Unda Hazratning butun hayoti davomidagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalab berilgan. Asar 63\u00a0varaqdan iborat. Kolofon qismi 182<sup>a-<\/sup>varaqda \u2013 1292\/1875\u00a0yili Do\u02bbsanqishloqda xattot Mulla Ernazar ibn Xoliq Xalifa ko\u02bbchirgani qayd etilgan. Muqovasi sharqona, kulrang, bosma naqshli, turunj va lolali.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2116545 \u2013 Abdurahmon Jomiy \u2013 \u201cNafahotul unus min hazorotil quds\u201d. Asar Alisher Navoiyning iltimosi bilan 1476-1478\u00a0yillarda yozilgan. XVI\u00a0asr o\u02bbrtalariga qadar yashagan tasavvuf vakillarini o\u02bbrganishda eng ishonchli manbalardan hisoblanadi. Unda mashhur shayx va so\u02bbfiylarning hayoti va ilmiy faoliyati boblarga ajratilgan holda bayon qilingan. Asar forscha bo\u02bblib, 373 varaqdan iborat. Kolofonida uning 883\/1478\u00a0yilda ko\u02bbchirilgani qayd etilgan<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz ilmiy xodimlari qolgan qo\u02bblyozma kitoblarning katalogini tuzish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Asarlarni tarixiy va kodikologik jihatdan o\u02bbrganish ularning noyob ahamiyatini yanada keng ko\u02bblamda ochishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bblyozma asarlarni jildlash (sahhoflik) san\u02bcati Sharq kitobat madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayrim mashhur sahhoflar o\u02bbz mahorati, uslubi va maktabi bilan alohida e\u02bctiborga sazovor. Kitobat madaniyatining ustalari bo\u02bblgan bu fidoyi insonlar mehnati tufayli qo\u02bblyozma asarlar asrlar davomida saqlanib kelmoqda. Sahhoflik shunchaki hunar emas, balki yuksak badiiy san\u02bcat ham hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz fondida saqlanayotgan qo\u02bblyozma kitoblarning bir qismini jildlagan sahhoflarning faoliyati alohida ta\u02bckidga loyiq:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mirzo Ibodulloh \u2013 16\u00a0ta, Mullo Qudratulloh \u2013 12\u00a0ta, Muhammad &#8230; \u2013 12\u00a0ta, Mullo Muhammad Amin \u2013 11\u00a0ta, Muhammad Yunus \u2013 11\u00a0ta, Abdurroziq \u2013 7\u00a0ta, Eshonquli (1248\/1832) \u2013 7\u00a0ta, Mullo Abdula\u02bcto \u2013 6\u00a0ta, Muhammad Amin ibn Mullo Muhammad \u2013 6\u00a0ta, Mullo Mirzo G\u02bbaniy (1237\/1822) \u2013 5\u00a0ta, Mullo Norxon ibn Muhammad \u2013 3\u00a0ta, Muhammad Sharif valadi Husayn (1274\/1857) \u2013 3\u00a0ta, qolgan sahhoflar 1-2\u00a0donadan kitob muqovalagan<a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan XV-XIX asrlarda ham O\u02bbrta Osiyoda kitobat va sahhoflik san\u02bcati yuqori darajada rivojlangani ko\u02bbrinib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bblyozmalardagi muhrlar \u2013 bu kitob yo hujjatning egasi, kutubxonasi, vaqf maqomi yo rasmiy tasdig\u02bbini ko\u02bbrsatuvchi muhim tarixiy manbadir. Ular nafaqat egalikni, balki asarning tarqalish tarixi, madaniy muhit va siyosiy davr haqida ham qimmatli ma\u02bclumot beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Katalogda tavsifi keltirilgan qo\u02bblyozmalarda 22\u00a0ta muhr mavjud bo\u02bblib, ulaning 13\u00a0tasi kitob sohiblariga, 9\u00a0tasi esa kitoblarni vaqf qilinganiga oid. Bu muhrlar orqali kitobning egasi, qaysi kutubxonaga tegishliligi va kim tomonidan vaqf qilingani haqida ma\u02bclumot olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tadqiqotchilar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo\u02bblyozmalar fondida saqlanayotgan asarlar haqidagi ma\u02bclumotlarni manbalar.uz va bukhari.uz rasmiy veb-saytlaridan olishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazning ustuvor vazifalaridan biri ulug\u02bb alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini, manbalar xazinasida saqlanayotgan bebaho qo\u02bblyozmalarni zarar yetkazmasdan saqlash, kelajak avlodga bus-butun holida yetkazish, ilmiy tadqiqotda qo\u02bbllash tizimini yanada takomillashtirishdan iborat. Shu maqsadda kichik konservatsiya va restavratsiya markazi tashkil etildi. Shuningdek, elektron nusxalar tayyorlash yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. Hozirga qadar 512\u00a0jild kitob (1103\u00a0asar)ning 175\u00a0077\u00a0varag\u02bbi skanerdan o\u02bbtkazildi va ularning JPEG va PDF formatlardagi elektron nusxalari tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tashqi ishlar vazirligi ko\u02bbmagi bilan xorijdan allomalarimiz qalamiga mansub 34\u00a0ta asarning elektron nusxalari olib kelindi, 3265\u00a0ta asarning elektron nusxalari internet orqali yuklab olindi va 130\u00a0000\u00a0dan ziyod qo\u02bblyozmaning elektron nusxalari Misr Arab Respublikasining sobiq muftiysi Ali Juma tomonidan taqdim etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu ishlar natijasi o\u02bblaroq, Markazda qo\u02bblyozma asarlarning salmoqli elektron bazasi shakllandi. Umumiy hisobda hozirga qadar Markaz elektron bazasi 134\u00a0402\u00a0dan ortiq qo\u02bblyozma va toshbosma asarning elektron nusxalari bilan boyitildi. Ayni paytda ulardan samarali va maqsadli foydalanishni yo\u02bblga qo\u02bbyish maqsadida qo\u02bblyozma asarlar platformasini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa qilib aytganda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida qo\u02bblyozma merosni saqlash, tadqiq qilish va raqamlashtirish sohasida ilg\u02bbor amaliyot joriy etilmoqda. Bu nafaqat nodir asarlarning ilmiy va ma\u02bcnaviy qiymatni oshiradi, balki kelajak avlod uchun boy va ishonchli ma\u02bcnaviy merosni saqlashni ta\u02bcminlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<em><br \/>\n<\/em><\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Qo\u02bblyozmalar katalogi. G\u02bboya muallifi: Sh. Ziyodov. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2018. \u2013B. 678-679.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Majmua. \u2116 inv. MR 428\/I. \u2013 B. 1<sup>b<\/sup>-78<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Abu Iso Termiziy \/\/ O\u02bbzbekiston \u2013 buyuk allomalar yurti. Imom Buxoriy xalqaro markazi. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, Movarounnahr. 2010. \u2013 B. 33-50.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Majmua. \u2116 inv. MR 428\/II. \u2013 B. 79<sup>b<\/sup>-147<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Majmua. \u2116 inv. MR 428\/III. \u2013 B. 148<sup>b<\/sup>-162<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Majmua. \u2116 inv. MR 428\/IV. \u2013 B. 163<sup>b<\/sup>-178<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Majmua. \u2116 inv. MR 428\/V. \u2013 B. 180<sup>b<\/sup>-184<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Majmua. \u2116 inv. MR 428\/VI. \u2013 B. 184<sup>b<\/sup>-203<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud. Muxtasarul viqoya. \u2116 inv. MR 78. Qo\u02bblyozma. \u2013 B. 183<sup>a<\/sup><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy. Al-Favoid az-ziyoiyya bi-sharh al-kofiya. 897\/1492. \u2013 B. 211<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> Burhoniddin al-Marg\u02bbiloniy \/\/ O\u02bbzbekiston \u2013 buyuk allomalar yurti. \u2013 T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi, Ma\u02bcnaviyat, Movarounnahr, 2010. \u2013 B. 210-228.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Burhoniddin Marg\u02bbinoniy. Hidoya. \u2116 inv. MR 7. Qo\u02bblyozma. \u2013 B. 348<sup>b<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Muhammad Yusuf Munshiy ibn Xuja Baqo. Tazkirai Muqimxoniy. \u2116 inv. MR 68\/ I. Qo\u02bblyozma. \u2013 B. 63<sup>b<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Abdurahmon Jomiy. Nafahot al-unus min hazorot al-quds. \u2116 inv. MR 545. Qo\u02bblyozma. \u2013 B. 373<sup>b<\/sup> .<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> Qo\u02bblyozmalar katalogi. G\u02bboya muallifi: Sh. Ziyodov. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2018. \u2013B. 679.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Allomalarning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini keng tadqiq etish va kelajak avlodga yetkazilish zarurati har doim dolzarb va ahamiyatli bo\u02bblgan. Shu ma\u02bcnoda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy maqsadlaridan biri Movarounnahr va umuman musulmon dunyosining buyuk mutafakkirlari qoldirgan boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosni chuqur tadqiq etish, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo\u02bbshgan beqiyos hissasini keng targ\u02bbib qilish, yosh avlodni bag\u02bbrikenglik, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48006,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-03-17T07:18:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz\",\"name\":\"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg\",\"datePublished\":\"2026-03-17T07:18:25+00:00\",\"dateModified\":\"2026-03-17T07:18:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-03-17T07:18:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz","name":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg","datePublished":"2026-03-17T07:18:25+00:00","dateModified":"2026-03-17T07:18:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/hokim0202.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48737&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Markaz fondida saqlanayotgan boy ma\u02bcnaviy meros"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48737"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48737"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48737\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48738,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48737\/revisions\/48738"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48006"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48737"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48737"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48737"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}