{"id":48613,"date":"2026-03-05T12:17:24","date_gmt":"2026-03-05T07:17:24","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613"},"modified":"2026-03-05T15:32:53","modified_gmt":"2026-03-05T10:32:53","slug":"barqarorlikka-yetaklovchi-odimlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz","title":{"rendered":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">TIYNAT<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odamlar goho jamiyatdagi o\u02bbzgarishlar haqida gapirar ekan, \u201czamon og\u02bbirlashib ketdi\u201d, \u201codamlar avvalgidek emas\u201d, degan fikrlarni ko\u02bbp aytadi. Lekin \u201cmen o\u02bbzimchi, to\u02bbg\u02bbri yashayapmanmi\u201d, deb o\u02bbzidan hech so\u02bbramaydi. U bitta oddiy haqiqatni unutadi: jamiyat \u2013 kimdir emas, o\u02bbzimiz. Kunlik munosabatlarimiz, ishimizga yondashuvimiz, va\u02bcdamizga vafo qilishimiz \u2013 jamiyatning haqiqiy qiyofasi mana shu.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Joriy yilning mamlakatimizda \u201cMahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili\u201d deb belgilanishi ham o\u02bbzgarish yuqoridan emas, hayotning ichida, insonning o\u02bbzida boshlanishini anglatadi. Zero, barqaror va sog\u02bblom jamiyat katta maydonlarda emas, aynan kundalik hayotimizda shakllanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aslida, jamiyat degani osmondan tushgan mavhum tushuncha emas. U \u2013 bozordagi muomala, ishxonadagi munosabat, mahalladagi oddiy tartib, oiladagi tarbiya va insonning o\u02bbz vijdoni bilan bo\u02bblgan munosabatidir. Shuning uchun ham jamiyat barqarorligi katta shiorlardan emas, oddiy odamlarning har kungi kichik, ammo hal qiluvchi tanlovlaridan boshlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Halollik \u2013 insonning ichki mezoni. U nazorat bor joyda emas, nazorat yo\u02bbq joyda ham insonni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblda ushlab turadigan kuch. Masalan, ish joyida rahbar ko\u02bbrib turganda hamma tartibli bo\u02bbladi. Lekin rahbar yo\u02bbq paytda ham kishi o\u02bbz vazifasini sidqidildan bajarayaptimi \u2013 mana shu yerda halollikning haqiqiy qiymati ko\u02bbrinadi. Kimdir omonatni o\u02bbz vaqtida qaytaryaptimi yoki turli bahonalar bilan kechiktiryaptimi \u2013 bu o\u02bbrinda esa insonning ichki tartibi namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Halollik faqat moliyaviy masala emas. Vaqtga nisbatan halollik bor, so\u02bbzga nisbatan halollik, ishonchga nisbatan halollik bor. Kimdir bergan va\u02bcdasiga bepisandlik qilsa, u ham halollikka putur yetkazgan bo\u02bbladi. Kimdir \u201cbir martadan nima ham bo\u02bblardi\u201d deb mas\u02bculiyatdan qochsa, u ham jamiyat poydevoriga ko\u02bbrinmas, ammo jiddiy zarar yetkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda muhim bir jihatga e\u02bctibor qaratish kerak. Ba\u02bczan \u201chalollik yuqumli\u201d degan ibora ishlatiladi. Bu yerda gap halollikning yomon odatga aylanishida emas, balki muhit masalasida. Agar muhitda halollik qadrlansa, rostgo\u02bbylik odat bo\u02bblsa, odamlar bir-birini qo\u02bbllab-quvvatlasa, u joyda halol inson o\u02bbzini erkin his qiladi. Agar aksincha, loqaydlik, beparvolik, \u201chamma shunday qilyapti\u201d degan qarash ustun bo\u02bblsa, halollik to\u02bbsiqqa uchraydi. Demak, gap fazilatning o\u02bbzgarishida emas, muhitning insonga ta\u02bcsirida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Tarixga nazar tashlasak, <\/strong>barqaror jamiyat har doim halol mehnatga tayangan. Savdoda taroziga tosh qo\u02bbygan odam jamoatdan istihola qilgan. Chunki tarozidan urish nafaqat qonunbuzarlik, balki umumiy axloqodobga ham zid bo\u02bblib, boshqalarning haqqiga tajovuz sifatida qabul qilingan. Bugun ham shu qarash saqlanib qolsa, iqtisodiy munosabatlar ham, ijtimoiy ishonch ham ancha mustahkam bo\u02bblardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Adolat masalasi ham shunga yaqin. <\/strong>Halollik bilan yonma-yon turadigan bu mezonni faqat jazo yoki qat\u02bciy talab bilan bog\u02bblash to\u02bbg\u02bbri emas. <strong>Adolat, bu \u2013 eng avvalo, munosabat madaniyati. <\/strong>Kimningdir mehnatiga yarasha baho berish, kimnidir imkoniyati bo\u02bblmagani yoki notanish bo\u02bblgani uchun chetga surmaslik, kimningdir haqqini boshqalar hisobidan kamaytirmaslik, mana shular adolatning hayotiy ko\u02bbrinishlaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odamlar ko\u02bbpincha adolatni o\u02bbziga nisbatan olib o\u02bblchashga moyil bo\u02bbladi. Aslida esa adolat, bu \u2013 boshqalarga qanday munosabatda bo\u02bblayotganimizda o\u02bbzini namoyon qiladigan mezon. Shu ma\u02bcnoda u faqat davlat siyosati emas, balki shaxsiy madaniyat masalasi hamdir. Adolat yo\u02bbq joyda odamlar norozi bo\u02bblib, umidsizlikka tushib qoladi. Umidsizlik esa jamiyat uchun eng xavfli holatlardan. Chunki umid yo\u02bbqolgan joyda tashabbus ham, ishtiyoq ham so\u02bbnadi. Shu bois adolat \u2013 jamiyatni harakatda ushlab turadigan asosiy omillardan biri.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda jamiyat hayotida ko\u02bbp kuzatilayotgan holatlardan biri \u2013 <strong>beparvolik, ya\u02bcni \u201cmenga aloqasi yo\u02bbq\u201d, \u201cmenga tegmasa bo\u02bbldi\u201d degan kayfiyat. <\/strong>Bunday holatda na halollik va na adolat qaror topadi. Chunki barqarorlik befarqlikka emas, umumiy mas\u02bculiyat hissiga tayanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbp qavatli uyda yashaydiganlar yaxshi biladi: bir odamning befarqligi butun uyga kirish yo\u02bblagidagi xonadonlar kayfiyatini buzadi. Yo\u02bblakka bir bor tashlangan chiqindi \u2013 ertangi odatga aylanadi. Yomon odatlar ham, yaxshi fazilatlar ham yuqumli. <strong>Faqat farqi shundaki, halollik tartib yaratadi, befarqlik esa tartibni yemirib boradi. <\/strong>Tozalikka befarqlik \u2013 mas\u02bculiyatga befarqlikning boshlanishi. Mas\u02bculiyat susaygan joyda esa adolat ham, ishonch ham uzoq yashamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yosh avlod masalasi bu o\u02bbrinda alohida ahamiyatga ega. Yoshlar tarbiyani ko\u02bbproq aytilgan gapdan emas, ko\u02bbrgan narsasidan oladi. Kattalar o\u02bbz so\u02bbziga rioya etmasa, eng yaxshi ta\u02bclim va eng chiroyli shior ham ta\u02bcsir qilmaydi. Shu bois <strong>halollik va adolat haqida gapirishdan oldin, ularni hayotda ko\u02bbrsatish muhim. <\/strong>Shunday ekan, o\u02bbzimizga to\u02bbg\u02bbri savol qo\u02bbyishimiz kerak: <strong>\u201cMen o\u02bbzim ishimda, so\u02bbzimda, munosabatimda qay darajada to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl tutyapman?\u201d <\/strong>Ana shu savol insonni ichki o\u02bbzgarishga yetaklaydi. Jamiyatni yaxshilash istagi aynan shu yerdan boshlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barqaror jamiyat qurish uchun yangi formulalar kerak emas. Asosiy qoida azaldan ma\u02bclum: <strong>halol yashash, adolatli munosabat va mas\u02bculiyatli pozitsiya. <\/strong>Har kim o\u02bbz o\u02bbrnida halol bo\u02bblsa, adolatli munosabatni me\u02bcyorga aylantirsa, barqarorlik yuqoridan tushmaydi \u2013 pastdan, hayotning o\u02bbzida shakllanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Halollik va adolat \u2014 jamiyatning bezagi emas, poydevori. <\/strong>Poydevor qanchalik mustahkam bo\u02bblsa, bino shunchalik barqaror turadi. Shuning uchun har birimiz o\u02bbz o\u02bbrnimizda to\u02bbg\u02bbrilikni tanlasak, jamiyatning ertasi ham charog\u02bbon bo\u02bbladi. Kichik qadamlar katta barqarorlikka olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Sherzod MAMATOV,<br \/>\nImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori maslahatchisi<br \/>\nManba: \u201cMahalla ko\u02bbzgusi\u201d jurnali 2026-yil, \u2116 2-son<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TIYNAT Odamlar goho jamiyatdagi o\u02bbzgarishlar haqida gapirar ekan, \u201czamon og\u02bbirlashib ketdi\u201d, \u201codamlar avvalgidek emas\u201d, degan fikrlarni ko\u02bbp aytadi. Lekin \u201cmen o\u02bbzimchi, to\u02bbg\u02bbri yashayapmanmi\u201d, deb o\u02bbzidan hech so\u02bbramaydi. U bitta oddiy haqiqatni unutadi: jamiyat \u2013 kimdir emas, o\u02bbzimiz. Kunlik munosabatlarimiz, ishimizga yondashuvimiz, va\u02bcdamizga vafo qilishimiz \u2013 jamiyatning haqiqiy qiyofasi mana shu. Joriy yilning mamlakatimizda \u201cMahallani rivojlantirish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48614,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Barqarorlikka yetaklovchi odimlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-03-05T07:17:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-03-05T10:32:53+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz\",\"name\":\"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg\",\"datePublished\":\"2026-03-05T07:17:24+00:00\",\"dateModified\":\"2026-03-05T10:32:53+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-03-05T07:17:24+00:00","article_modified_time":"2026-03-05T10:32:53+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz","name":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg","datePublished":"2026-03-05T07:17:24+00:00","dateModified":"2026-03-05T10:32:53+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/mahallakuzgusi050326.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48613&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Barqarorlikka yetaklovchi odimlar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48613"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48613"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48613\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48626,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48613\/revisions\/48626"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48614"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48613"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48613"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48613"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}